{"id":33995,"date":"2022-11-11T13:15:53","date_gmt":"2022-11-11T10:15:53","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=33995"},"modified":"2022-11-11T13:15:54","modified_gmt":"2022-11-11T10:15:54","slug":"ibrohimbek","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ibrohimbek\/","title":{"rendered":"IBROHIMBEK"},"content":{"rendered":"\n<p>IBROHIMBEK, Ibrohimbek Laqay, Mulla Muhammad Ibrohimbek Chaqaboy To&#8217;qsabo o&#8217;g&#8217;li (1889, Dushanba atrofidagi Ko&#8217;ktosh qishlog&#8217;i \u2014 1932.31.8, Toshkent) \u2014 Sho&#8217;ro hukumatiga qarshi kurash harakati raxbarlaridan biri. Ibrohimbek mahalliy madrasada saboqolgan. 1919 yilda Hisor begi huzurida qilgan xizmatlari evaziga qorovulbegi, keyinchalik Buxoro amiri tomonidan devonbegi, to&#8217;pchiboshi va lashkarboshi lavozimlariga ko&#8217;tarilgan. Sobiq Amir Olimxon 1921 yil boshlarida Ibrohimbekni butun qo&#8217;shinlariga qo&#8217;mondon qilib tayinlagan. Buxoro qo&#8217;rboshilarining qurultoyi (1921.17.09) da Ibrohimbekka &#8220;Islom lashkarboshisi&#8221; degan unvon berilgan. U qisqa muddat ichida 10.000 nafardan ortiq askar to&#8217;plab, Ko&#8217;lob, Baljuvon, Qorategin, Darvoz, Hisor viloyatlarini qizil qo&#8217;shindan tozalagan. 1922 yil Dushanba shahrini bosqinchilardan ozod etishda qatnashgan. 1923 yil bahorda Ibrohimbek qo&#8217;l ostida faqat Sharqiy Buxoroda 47 ta qo&#8217;rboshi dastalari harakat qilar, askarlarining soni Hisorning o&#8217;zida 20000 kishi edi. 1923 yil yozida u Hisor vodiysi va Panj daryosi atrofida qator muvaffaqiyatli qarbiy harakatlarni o&#8217;tkazdi. 1925 yil yanvarda Ibrohimbek Surxon vohasida, Sherobod \u2014 Boysun atroflarida sho&#8217;ro qo&#8217;shinlariga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borgan. O&#8217;rta Osiyo respublikalari tuzilgach, Ibrohimbek Tojikiston va O&#8217;zbekistonning, asosan, tog&#8217;lik viloyatlarida kurashni davom ettirgan. 1926 yil 21 iyunda keskin janglardan so&#8217;ng Afg&#8217;oniston hududiga o&#8217;tib ketgan. Ibrohimbek 1926 \u2014 29 yillarda Kobul yaqinidagi Qal&#8217;ai Fotuda \u2014 sobiq Amir Sayd Olimxonning qarorgohida yashagan. Ibrohimbek boshchiligidagi muhojirlar Afg&#8217;onistondagi siyosiy kurashga, harbiy mojarolarga qatnashishga majbur bo&#8217;lishgan (1928-29). 1928 yilning oxirlarida Ibrohimbek Kobuldan Shimoliy Afg&#8217;onistonga kelib, o&#8217;z mavqeini mustahkamladi. 1929 yil 15 aprel \u2014 31 mayda sovet qo&#8217;shinlari Afg&#8217;onistonga bostirib kirdi. Sovet qo&#8217;shinlari 19 aprel Mozori Sharifni, 22 aprelda Toshqo&#8217;rg&#8217;on shaharlarini bosib olishdi. 1930 yil 24-25 mayda qo&#8217;rboshilar qurultoyi chaqirilib, bo&#8217;lg&#8217;usi jang harakatlari va chegaraning turli nuqtalaridan Tojikiston SSR hududiga o&#8217;tish masalalari kelishib olindi. Ibrohimbek SSSRga qarshi yalpi hujum muddati qilib 3 iyul kunini belgiladi. Biroq josuslar orqali bu rejadan voqif bo&#8217;lgan sovet rejimi rahbarlari zudlik bilan qarshi zarba uyushtirdilar. 1930 yil 20 iyunda 2-marta Afg&#8217;onistonga bostirib kirishdi. Bir hafta davom etgan janglarda Ibrohimbekning 839 jangchisi, shuningdek, ko&#8217;plab tinch aholi vakillari o&#8217;ldirildi. Kuchlar teng bo&#8217;lmagan jangda Ibrohimbek mag&#8217;lubiyatga uchrab, o&#8217;zining yaqin safdoshi O&#8217;tanbek qo&#8217;rboshi va qarbiy kuchlari bilan qora Botir tog&#8217;lariga chekindi. 1931 yil boshlariga kelganda Ibrohimbek o&#8217;z harakatini faollashtirib, muhojirlarning tarqoq kuchlarini yana birlashtirdi. Ibrohimbek 1500 kishilik saralangan qo&#8217;shini va 8 ta qo&#8217;rboshisi bilan 1931 y. 30 martda Tojikiston Respublikasi hududiga kirgan. Ibrohimbek qo&#8217;shini bilan sho&#8217;ro askarlari o&#8217;rtasida aprel\u2014iyun oylarida shiddatli janglar bo&#8217;lgan. 12 iyunda Oqbosh tog&#8217;idagi so&#8217;nggi jangda Ibrohimbek yaralanib, mag&#8217;lubiyatga uchragan. 1931 yil 23 iyunda chekistlar tomonidan qo&#8217;lga olinib, Toshkentga olib kelingan. 1932 yil mart oyida Ibrohimbek sud qilinib, 31 avgustda qatl qilingan. Ad: Amir Sayyid Olimxon, Buxoro xalqining hasrati tarixi, T., 1991; O&#8217;zbekistonning yangi tarixi. 2-kitob, [O&#8217;zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Turkestan v nachale XX veka: K istorii istokov Nasionalnoy nezavisimosti, T., 2000; O&#8217;zbegim, T., 1992; Rajabov K,., Buxoroga qizil armiya bosqini va unga qarshi kurash, T., 2002. Qahramon Rajabov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>IBROHIMBEK, Ibrohimbek Laqay, Mulla Muhammad Ibrohimbek Chaqaboy To&#8217;qsabo o&#8217;g&#8217;li (1889, Dushanba atrofidagi Ko&#8217;ktosh qishlog&#8217;i \u2014 1932.31.8, Toshkent) \u2014 Sho&#8217;ro hukumatiga qarshi kurash harakati raxbarlaridan biri. Ibrohimbek mahalliy madrasada saboqolgan. 1919 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ibrohimbek\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[199],"tags":[],"class_list":["post-33995","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-i-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/33995","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=33995"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/33995\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":33996,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/33995\/revisions\/33996"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=33995"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=33995"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=33995"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}