{"id":34099,"date":"2022-11-14T13:02:12","date_gmt":"2022-11-14T10:02:12","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=34099"},"modified":"2022-11-14T13:02:14","modified_gmt":"2022-11-14T10:02:14","slug":"yadro-nurlanishi-detektorlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yadro-nurlanishi-detektorlari\/","title":{"rendered":"YADRO NURLANISHI DETEKTORLARI"},"content":{"rendered":"\n<p>YADRO NURLANISHI DETEKTORLARI \u2014 yadro nurlanishlarini kuzatish va qayd qilish uchun mo&#8217;ljallangan asboblar. Ularga stsintillyasiyaviy va ionizasiyaviy hisoblagichlar, Vilson kamerasi, pufak kamera, yarimo&#8217;tkazgich detektorlar, qalin qatlami fotoemultsiya va boshqalar kiradi. Yadro nurlanishlari modda orqali o&#8217;tganda ular qoldiradigan iz (trek) laridan foydalanib ularni o&#8217;rganish mumkin. Xususan, Vilson kamerasi, Pufak kamera va fotoemulsiyaning qalin qatlamidan nurlanish zarralari o&#8217;tganda shunday izlar kuzatiladi. Izlarning qandayligi \u2014 uzun yoki qisqaligi, yo&#8217;g&#8217;on yoki ingichkaligi, magnit maydonida og&#8217;ishi va hokazo zarra zaryadining ishorasini, energiyasi, impulsi va boshqalar fizik kattaliklarni baholashga imkon beradi. Zaryadli zarralar o&#8217;z yo&#8217;lida uchragan molekulalarni ionlashtiradi. Ionizasiyaviy hisoblagichlarda gaz bilan to&#8217;ldirilgan hajmga uchib kirgan zaryadli zarra gaz molekulalari bilan to&#8217;qnashib, ion va elektronlardan iborat iz qoldiradi \u2014 zanjirda tok hosil bo&#8217;ladi. Tokning kattaligidan kamera hajmidan o&#8217;tayotgan zarralar haqida fikr yuritish mumkin. Stsintillyasiyaviy hisoblapllarda lyuminessentsiyalanuvchi sirtga tushuvchi zarralar ta&#8217;sirida yorug&#8217;lik chaqnashlari (stsintillyatorlar) vujudga keladi, moddadan fotonlar chiqadi. Bunday yorug&#8217;lik chaqnashlarini fotoko&#8217;paytirgich qayd qiladi. Neytral zarralar iz qoldirmaydi, lekin ular emirilib zaryadli zarralar hosil qilish paytida yoki biror yadro bilan to&#8217;qnashish paytida seziladi. Demak, neytral zarralar ham o&#8217;zlari hosil qilgan zaryadli zarralarning ionlashtirish ta&#8217;siri orqali qayd qilinadi. Yadro tajribalari impuls kuchaytirgichlar, mos tushish sxemalari, vaqtincha to&#8217;xtatib turish sxemalariga ulangan detektorlar yordamida amalga oshiriladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YADRO NURLANISHI DETEKTORLARI \u2014 yadro nurlanishlarini kuzatish va qayd qilish uchun mo&#8217;ljallangan asboblar. Ularga stsintillyasiyaviy va ionizasiyaviy hisoblagichlar, Vilson kamerasi, pufak kamera, yarimo&#8217;tkazgich detektorlar, qalin qatlami fotoemultsiya va boshqalar kiradi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yadro-nurlanishi-detektorlari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[205],"tags":[],"class_list":["post-34099","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ya-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/34099","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=34099"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/34099\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":34100,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/34099\/revisions\/34100"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=34099"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=34099"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=34099"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}