{"id":3414,"date":"2021-10-09T18:39:15","date_gmt":"2021-10-09T15:39:15","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=3414"},"modified":"2021-10-09T18:39:16","modified_gmt":"2021-10-09T15:39:16","slug":"poltergeyst-nima","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/poltergeyst-nima\/","title":{"rendered":"Poltergeyst nima?"},"content":{"rendered":"\n<p>Mabodo Rossiyada uylardagi hamma xurmachaqiliqlarni alvasti \u2014 domovoydan ko&#8217;rishgan bo&#8217;lishsa, Yevropada esa buningdek noxushliklarni poltergeystga to&#8217;nkashgan. Bu haqda ushbu g\u2019ayritabiiy hodisa nomi kelib chiqishini o&#8217;ziyoq dalolat berib turibdi. Olmoncha &#8220;poltergeyst&#8221; kalimasi aynan shovqin yoki ur-yiqit (polter) keltirib chiqaruvchi ruhni (geist) anglatadi. Germaniyada Lyuter tomonidan ilk daf&#8217;a taomilga kiritilgan bu so&#8217;z Angliyada birinchi marta 1848 yilda ishlatilgan edi. Poltergeyst faqat XX asr boshlaridagina keng tarqala boshladi, o&#8217;shanda bu kalima maishiy uylarda sodir bo&#8217;lgan (yoxud go&#8217;yoki sodir bo&#8217;lgan) turli tushunarsiz hodisalarni ifodalay boshladi. Poltergeyst shaytoniy kuchlarning namoyon bo&#8217;lishiga oiddir va ularning xurmachaqiliqlariga tan jodugarliklariga hamma ham ishonavermasa-da, aksariyat soddadillar laqqa tushadigan butun iblisiy hodisalar olamidan biri edi va ko&#8217;pincha u yagonadek ham tuyulardi. Ko&#8217;psonli naqllarda keltirilishicha, poltergeystning xatti-harakatlari hamisha ham ziyon-zahmatli yoki xavf-xatarli bo&#8217;lavermagan. Aldov fosh bo&#8217;ladigan ko&#8217;pchilik hollarda g&#8217;ayritabiiy falokatlar odatda yoki aksfe&#8217;l va ayyor go&#8217;dakning qilg&#8217;ilig\u2019i, yoxud katta yoshdagi kishining aqlan zaiflashuvi oqibati bo&#8217;lib chiqadi. Odatda o&#8217;smir unga qizig&#8217;i bo&#8217;lmagan hunarni o&#8217;rganishni istamaganida yoki kattalar unga man etib kelgan narsaga ega bo&#8217;lishni xohlaganida shunday xurmachahiliqlarni ko&#8217;rsatishga majbur bo&#8217;ladi. Va shunda uyda har qanaqangi ajabtovur narsalar sodir bo&#8217;la boshlaydi: buyumlar go&#8217;yo o&#8217;z-o&#8217;zidan o&#8217;rnini o&#8217;zgartiradi, pardalar ucha boshlaydi yoki polga qulab tushadi. Bolalar o&#8217;zlarining xurmaqiliqlarini shu qadar takomillashtirishardiki, hatto aldovni fosh etish ancha-muncha vaqtni band qilar edi. Albatta, barcha hodisalarni iblisvachchalar poltergeystdan ko&#8217;rish ancha qulay bo&#8217;lgan. Ruhoniylar odatda shunday qilishgan ham, darvoqe, &#8220;chinakam falokat&#8221; tavsifiga o&#8217;zlaridan yangi tafsilotlar qo&#8217;shib qo&#8217;yish imkoniyatini hech qo&#8217;ldan chiqazishmagan. Mana, masalan, Kallas shahrida bo&#8217;lib o&#8217;tganlar haqida naql: &#8220;tosh oqsochning yelkasiga zarb bilan urildi, stol ustida turgan idish-tovoqlar ham unga qarab sapchidi. Shaharning katta qismi ustida esa kuchli o&#8217;kirik bilan to&#8217;zg&#8217;itib yuborilgan cherepitsa va shiferlar ikki milya naridan ko&#8217;rinib turardi (Kallas shahri atroflarida bunchalik miqdorda cherepitsa va shifer bo&#8217;lishi mumkin emasdi, chunki mazkur shahardagi deyarli barcha uylar xurmo novdalari bilan bostirilgan edi) &#8230; bog&#8217;da g&#8217;ishtlar chirpirab uchardi va tuzab qo&#8217;yilgan yemak stoli ag&#8217;anab tushdi&#8221;. Bu tavsif ushbu maskanning chekiga tushgan tabiiy ofatning tavsifiga o&#8217;xshab ketishiga ishonch hosil qilish aytarli mushkul emas. Kuchsizroq zilzila yoki kuchli bo&#8217;ron o&#8217;tishining alomatlari yaqqol ko&#8217;zga tashlanib turibdi. Ammo hamma joyda Shaytonning qilmishlarini ko&#8217;ruvchi o&#8217;rta asrlar kishisining nuqtai nazaricha sodir bo&#8217;lmishlar poltergeystning namoyon bo&#8217;lishiga nisbat berilishi lozim. Muqarrar, poltergeystni tushuntirib berishda ko&#8217;p narsa nafaqat tasavvurga, qolaversa insonning o&#8217;z tevaragida sodir bo&#8217;layotganlarni jiddiy va ilmiy nuqtai nazardan izohlab berishiga ham bog\u2019liq bo&#8217;ladi. Ruhshunoslar asabiy jihatdan qattiq toliqish va zo&#8217;riqish holatida bo&#8217;lgan odam dorilbaho kuchlari aralashuviga ishonishga oson moyil bo&#8217;lishini allaqachon isbotlashgan. Shuning uchun ham eng oddiy hodisalar ortidan qandaydir sirli kuchlarning kutilmaganda &#8220;kashf etilishi&#8221; tez-tez uchrab turadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mabodo Rossiyada uylardagi hamma xurmachaqiliqlarni alvasti \u2014 domovoydan ko&#8217;rishgan bo&#8217;lishsa, Yevropada esa buningdek noxushliklarni poltergeystga to&#8217;nkashgan. Bu haqda ushbu g\u2019ayritabiiy hodisa nomi kelib chiqishini o&#8217;ziyoq dalolat berib turibdi. Olmoncha &#8220;poltergeyst&#8221; &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/poltergeyst-nima\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":657,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[21],"tags":[],"class_list":["post-3414","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bilasizmi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3414","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3414"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3414\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3415,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3414\/revisions\/3415"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/657"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3414"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3414"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3414"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}