{"id":34175,"date":"2022-11-14T16:51:10","date_gmt":"2022-11-14T13:51:10","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=34175"},"modified":"2022-11-14T16:51:13","modified_gmt":"2022-11-14T13:51:13","slug":"yaxshilik-va-yomonlik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yaxshilik-va-yomonlik\/","title":{"rendered":"YAXSHILIK VA YOMONLIK"},"content":{"rendered":"\n<p>YAXSHILIK VA YOMONLIK \u2014 axloqshunoslik fanining juft tushunchasi. Odamlarning xatti-harakatlariga, ijtimoiy hodisalarga berilgan ijobiy yoki salbiy bahoni ifodalaydi. Yaxshilik \u2014 eng muhim fazilat bo&#8217;lib, inson faoliyatining asl va azaliy mohiyatini anglatadi. U insonga kuchli ruhiy lazzat bag&#8217;ishlashi barobarida, uni shaxsga aylantiradigan haqiqiy baxtga olib boradi. Shuning uchun ham &#8220;ezgu (yaxshi) fikr&#8221;, &#8220;ezgu (yaxshi) so&#8217;z&#8221;, &#8220;ezgu (yaxshi) amal&#8221; tushunchalari Avestodan tortib, barcha muqaddas kitoblarda yetakchi o&#8217;rin egallagan. Yaxshilik insonning axloqiy va amaliy faoliyatida yuzaga chiqib, unda kamtarlik, ochiqko&#8217;ngillilik, mardlik, halollik, insoflilik, adolat, rostgo&#8217;nlik kabi fazilatlar mujassam bo&#8217;ladi. Yomonlik \u2014 yaxshilikning ziddi, shaxs va jamiyat taraqqiyotiga to&#8217;sqinlik qiluvchi illat. Yolg&#8217;onchilik, pastkashlik, munofikdik, behayolik, rahmsizlik, nomardlik, xiyonat kabi tushunchalarda namoyon bo&#8217;ladi. Diniy nuqtai nazardan yaxshilik ilohiy inoyat, yomonlik esa insondagi shaytoniy va hayvoniy xislatlarning ifodasi tarzida talqin qilinadi; yaxshilik ham, yomonlik ham insonning ixtiyor erkinligidan qay darajada foydalanishining oqibati sanaladi. Qur&#8217;onda yaxshilik qilish insonning tabiiy burchi ekani, Alloh insonga o&#8217;zining ne&#8217;matlari bilan ehson qilganidek, inson ham boshqalarga yaxshilik qilishi lozimligi ta&#8217;kidlanadi. Musulmonlar tasavvuriga ko&#8217;ra, odamlar bu dunyodagi yaxshi ishlari uchun narigi dunyoda mukofotini oladi, ya&#8217;ni huzur-halovatga muyassar bo&#8217;ladi, yomon ishlari uchun do&#8217;zax azobiga duchor etiladi. Qur&#8217;onda &#8220;Agar chiroyli amallar qilsangizlar \u2014 o&#8217;zlaringizga yaxshilik qilgan bo&#8217;lursizlar. Agar yomon, gunoh amallar qilsangizlar ham o&#8217;zlaringiz uchundir&#8221;, deyiladi (17-sura, 7-oyat). Keyingi davrlarda Yaxshilik va Yomonlik inson o&#8217;z manfaatlarini himoya qilishda to&#8217;g&#8217;ri yoki noto&#8217;g&#8217;ri yo&#8217;l tutishi natijasida yuzaga keladi, degan fikr o&#8217;rtaga tashlandi. Mutafakkirlar yomonlikni inson hayotidan chiqarib tashlash uchun uni vujudga keltiruvchi ijtimoiy sharoitni yo&#8217;q qilish zarur deb ta&#8217;lim beradi. Yaxshilik va Yomonlik tushunchalari inson faoliyatini baholash xususiyatiga ega: uni insonning ulug&#8217;ligi yoki tubanligini o&#8217;lchaydigan muqaddas taroziga o&#8217;xshatish mumkin. Inson shaxsidagi yutuq va kamchiliklar, jamiyatning takomilga erishgan yoki erishmagani shu mezonlar bilan o&#8217;lchanadi. Qaysi jamiyatda yaxshilik ko&#8217;payib, yomonlik kamayib borsa, o&#8217;sha jamiyat axloqiy yuksaklikka, farovonlikka, taraqqiyotga tezroq erishadi; shaxsiy munosabatlarda xiyonat, g&#8217;azab, kibr, hasad, qasd, munofiqlik kabi illatlar asta-sekin yo&#8217;qolib, xushxulqlik, shirinsuxanlik, halollik, bag&#8217;rikenglik singari fazilatlar ko&#8217;proq o&#8217;rin egallab boradi, natijada jamiyatda yaxshilikning ustuvor bo&#8217;lishiga olib keladi. Abdulla Sher.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YAXSHILIK VA YOMONLIK \u2014 axloqshunoslik fanining juft tushunchasi. Odamlarning xatti-harakatlariga, ijtimoiy hodisalarga berilgan ijobiy yoki salbiy bahoni ifodalaydi. Yaxshilik \u2014 eng muhim fazilat bo&#8217;lib, inson faoliyatining asl va azaliy mohiyatini &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yaxshilik-va-yomonlik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[205],"tags":[],"class_list":["post-34175","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ya-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/34175","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=34175"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/34175\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":34176,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/34175\/revisions\/34176"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=34175"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=34175"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=34175"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}