{"id":34344,"date":"2022-11-16T07:34:33","date_gmt":"2022-11-16T04:34:33","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=34344"},"modified":"2022-11-16T07:34:56","modified_gmt":"2022-11-16T04:34:56","slug":"yaylov-yoli","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yaylov-yoli\/","title":{"rendered":"&#8220;YAYLOV YO&#8217;LI&#8221;"},"content":{"rendered":"\n<p>&#8220;YAYLOV YO&#8217;LI&#8221;, &#8220;Oltin yo&#8217;li&#8221; \u2014 Xitoydan Mongoliya, Oltoy va Qozog&#8217;iston yaylovlari orqali o&#8217;tib Janubiy Osiyo va Sharqiy Yevropa mamlakatlariga boradigan qadimiy savdo yo&#8217;lining nomi. Keyingi paytlarda ushbu yo&#8217;l ham Buyuk ipak yo&#8217;li deb atalmoqda. Yo&#8217;lning &#8220;oltin yo&#8217;li&#8221; deb atalishi uning qadim zamondagi Oltin tog&#8217;, ya&#8217;ni Oltoy tog&#8217; etaklarida joylashgan yaylovlardan o&#8217;tganligi bilan bog&#8217;liqdir. Hun imperiyasi, Turk xoqonligi, Uyg&#8217;ur xoqonligi va mo&#8217;g&#8217;ul imperiyasi davrida siyosiy, harbiy va iqtisodiy jihatdan ushbu yo&#8217;lning mavqei baland bo&#8217;lgan. Qadim zamondan Xitoyga sotiladigan otlar va boshqalar hayvonlarni haydab borishda ushbu yo&#8217;ldan foydalanilgan. Xitoy, O&#8217;zbekiston, Eron, Turkiya kabi mamlakatlarning shim.da bepoyon dalalar va yaylovlar joylashgan. Arxeologik ma&#8217;lumotlar, qoya toshlarga solingan suratlar va yozma manbalar ham ushbu dalalarda bundan bir necha ming yillar muqaddam chorvachilik bilan shug&#8217;ullanadigan xalqlar yashaganligini to&#8217;la tasdiqlaydi. Mo&#8217;g&#8217;uliston, Oltoy, Shimoliy Qozog&#8217;iston kabi joylarda ochilgan qabrlar ichidan topilgan ipak mato bo&#8217;laklari, mis va jezdan yasalgan ko&#8217;zgu, temir asboblar ushbu mintaqalarning Xitoy va G&#8217;arb mamlakatlar bilan aloqada bo&#8217;lganligidan dalolat beradi. Xitoy adabiyotida ushbu yo&#8217;l &#8220;Tsaoyuan Lu&#8221; (&#8220;yaylov yo&#8217;li&#8221;), &#8220;Tsaoyuan si- Chou chjilu&#8221; (&#8220;yaylovlararo o&#8217;tgan ipak yo&#8217;li&#8221;) deb ataladi. Olimlarning fikricha, miloddan oldingi bir necha asr davomida Yevropa mamlakatlarida paydo bo&#8217;lib qolgan Xitoyning ipak matolari ma&#8217;lum miqdorda &#8220;Yaylov yo&#8217;li&#8221; orqali borgan. &#8220;Yaylov yo&#8217;li&#8221; da harakat qilgan xalqlar chorva bilan birga hunarmandchilik, jundan mato, gilam to&#8217;qish, aravalar yasash, temirchilik va metalldan qurolyaroq, turli buyumlar ishlab chiqarish bilan shug&#8217;ullangan. O&#8217;z mahsulotlarini o&#8217;troq xalqlar ishlab chiqargan mahsulotlarga almashgan. Shu bois mazkur yo&#8217;lni ham &#8220;ipak yo&#8217;li&#8221; deb atasa xato bo&#8217;lmaydi. Ammo yaylovlararo o&#8217;tgan yo&#8217;lni Buyuk ipak yo&#8217;lining asosiy magistral yo&#8217;nalishi deb aytish qiyin. Binobarin, qadimiy Xitoy manbalarida G&#8217;arb bilan Sharqni bog&#8217;lab turgan asosiy savdo yo&#8217;li qadimiy Xitoydan, ya&#8217;ni Xuanxe daryosining o&#8217;rta va quyi qirg&#8217;oqlaridagi shaharlardan Xesi yo&#8217;lagi, Taklamakon cho&#8217;li atrofidagi shaharlar, Pomir, hozirgi Qirg&#8217;iziston, O&#8217;zbekiston, Turkmaniston, Eron, Turkiya orqali Yevropaga boradigan yo&#8217;llardan iboratligi bayon etilgan. Abdulahad Xo&#8217;jayev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&#8220;YAYLOV YO&#8217;LI&#8221;, &#8220;Oltin yo&#8217;li&#8221; \u2014 Xitoydan Mongoliya, Oltoy va Qozog&#8217;iston yaylovlari orqali o&#8217;tib Janubiy Osiyo va Sharqiy Yevropa mamlakatlariga boradigan qadimiy savdo yo&#8217;lining nomi. Keyingi paytlarda ushbu yo&#8217;l ham Buyuk &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yaylov-yoli\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[205],"tags":[],"class_list":["post-34344","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ya-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/34344","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=34344"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/34344\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":34345,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/34344\/revisions\/34345"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=34344"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=34344"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=34344"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}