{"id":34362,"date":"2022-11-16T09:03:25","date_gmt":"2022-11-16T06:03:25","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=34362"},"modified":"2022-11-16T09:03:27","modified_gmt":"2022-11-16T06:03:27","slug":"yassaviylik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yassaviylik\/","title":{"rendered":"YASSAVIYLIK"},"content":{"rendered":"\n<p>YASSAVIYLIK \u2014 tasavvufdagi tariqatlardan biri. Asoschisi Ahmad Yassaviy. 12-asrda O&#8217;rta Osiyoda paydo bo&#8217;lgan. Yassaviylik ta&#8217;limotiga ko&#8217;ra, komil Murshid (Shayx)ning zimmasidagi birinchi vazifa oliy insoniy sifatlarni o&#8217;zida mujassam etish, shariat ilmini mukammal egallab, so&#8217;ng muridlarni ortidan ergashtirishga erishishdir. Yassaviylikka ko&#8217;ra, murid quyidagi talablarga rioya qilishi zarur: biror kishini o&#8217;z murshididan ustun qo&#8217;ymasligi va unga mutlaq ehtirom bilan bog&#8217;lanishi; zikr va idrok sohibi bo&#8217;lishi, ustozining ramzi va ishoratlarini oson ilg&#8217;ashi; so&#8217;zda to&#8217;g&#8217;ri, va&#8217;daga vafodor bo&#8217;lishi; ustozining amr, taklif, va&#8217;z va nasihatlarini nazardan soqit etmay kamolga intilishi. Haziniyning &#8220;Javohir ulabror&#8221; asarida Yassaviylikning asoslari quyidagicha qayd qilingan: tavhidga asoslangan tasavvufiy tushunchalar; shariat va payg&#8217;ambarning sunnatiga mutlaq bog&#8217;liqlik; shariatga tayangan tariqat; riyozat va mushohada; xilvat va zikr. Yassaviylikda ilmma&#8217;rifat egallash, himmat va saxovat tuyg&#8217;ularini kamol toptirish, nafsga qarshi kurashda sobit bo&#8217;lish, halol mehnat bilan rizq topishga alohida ahamiyat berilgan. Yassaviylik zikri jahriyga asoslanilgan. Tasavvuf ta&#8217;limotiga ko&#8217;ra, insonning asl vatani mutlaq borliq. Inson shu borliqda paydo bo&#8217;lgan, o&#8217;sha muqaddas borliqqa qaytmog&#8217;i muqarrar. Shu bois haqiqiy sufiy vatan va vatanparvarlik borasida tor tushunchaga berilmasligi kerak. Yassaviylik ko&#8217;plab olim, shoir va davlat arboblari qalbini zabt aylagan. U faqat Movarounnahrda emas, balki Xuroson, Ozarbayjon, Turkiyada ham keng tarqalgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YASSAVIYLIK \u2014 tasavvufdagi tariqatlardan biri. Asoschisi Ahmad Yassaviy. 12-asrda O&#8217;rta Osiyoda paydo bo&#8217;lgan. Yassaviylik ta&#8217;limotiga ko&#8217;ra, komil Murshid (Shayx)ning zimmasidagi birinchi vazifa oliy insoniy sifatlarni o&#8217;zida mujassam etish, shariat ilmini &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yassaviylik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[205],"tags":[],"class_list":["post-34362","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ya-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/34362","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=34362"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/34362\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":34364,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/34362\/revisions\/34364"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=34362"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=34362"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=34362"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}