{"id":34391,"date":"2022-11-16T09:54:53","date_gmt":"2022-11-16T06:54:53","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=34391"},"modified":"2022-11-16T09:54:55","modified_gmt":"2022-11-16T06:54:55","slug":"yasama-tish","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yasama-tish\/","title":{"rendered":"YASAMA TISH"},"content":{"rendered":"\n<p>YASAMA TISH, tish protezi \u2014 turli sabablar tufayli tushib ketgan yoki olib tashlangan tabiiy tishlar o&#8217;rnini to&#8217;ldirish hamda tish nuqsonlarini yo&#8217;qotish maqsadida ishlatiladigan maxsus ortopedik moslama. Bolalar tishi noto&#8217;g&#8217;ri joylashganda va jag&#8217;tishlar jipslashuvi buzilganda maxsus mosla- ma qo&#8217;llaniladi (ortodontik davo), bu esa ular yuzidagi nuqsonlarning oldini olish va davolash imkonini beradi. Yasama tish har bir kishining o&#8217;ziga, uning organizmiga zarar qilmaydigan materiallar: plastmassa, chinni va metal qotishmalar (oltin, kumush, platina, maxsus po&#8217;lat va hokazolar)dan yasaladi. Yasama tishni o&#8217;z vaqtida qo&#8217;yish kerak, chunki bir nechta tish o&#8217;rni bo&#8217;shab qolsa, ovqat to&#8217;liq chaynalmaydi, bu esa me&#8217;da va ichak faoliyatining buzilishiga sabab bo&#8217;ladi. Yasama tish qo&#8217;yish qo&#8217;ymaslikni stomatolog vrach belgilaydi. Yasama tishlar doimiy va olinadigan qilib qo&#8217;yiladi. Doimiy Yasama tishlarning qoplama (koronka), ko&#8217;priksimon, shtift (mix) li va qistirma (vkladka) xillari bor. Qistirma Yasama tishlar plastmassa va chinnidan yasaladi: ular, asosan, oldingi tish koronkasi chetnaganda yoki ko&#8217;p qismi yemirilib ketganda shaklini tiklash uchun qo&#8217;llaniladi. Qoplamalar zanglamaydigan po&#8217;lat, oltin, plastmassa va chinnidan yoki ularni aralashtirib qilinadi. Oldingi tish koronkasi yemirilganda, tish ildizini to&#8217;la davolab, shtiftli tish bilan tiklash mumkin; uni tish ildiziga o&#8217;rnatib qo&#8217;yiladi. Ko&#8217;priksimon Yasama tish 1-2 ta tish bo&#8217;lmaganda qo&#8217;yiladi. Ular tayanch tishlar oralig&#8217;iga qoplanadi \u2014 bu koronkalar plastmassa yoki chinnidan yasaladi, yo hammasini metalldan qilish mumkin. Ko&#8217;priksimon Yasama tish shikastlanmagan yoki to&#8217;liq davolangan tishlargagina o&#8217;rnatiladi. Olinadigan (plastinkali) Yasama tish milkka yoki qattiq tanglayga mahkamlab qo&#8217;yiladigan va sun&#8217;iy tishlar o&#8217;rnatilgan plastinka (asos)dan iborat. Ko&#8217;p tishlar yo&#8217;q va sog&#8217;lom tayanch tishlar bo&#8217;lmaganda olinadigan Yasama tish tavsiya etiladi. U to&#8217;liqmas va to&#8217;liq (hamma tishlar o&#8217;rnini to&#8217;ldiradigan) bo&#8217;ladi. Ko&#8217;p tishlar yo&#8217;q va tayanch tishlar sog&#8217;lom bo&#8217;lsa, yoysimon (byugel) Yasama tish qulay, bunda asos plastinka o&#8217;rnida metall yoydan foydalaniladi. Hamma tish bo&#8217;lmaganda to&#8217;liq Yasama tish qo&#8217;llaniladi: uning plastinkasi shilliq qavatga tiralib, so&#8217;lak bilan ho&#8217;llanib yopishib turganligi sababli protez og&#8217;izda yaxshi o&#8217;rnashadi. Yasama tish qo&#8217;yishdan oldin, albatta, og&#8217;iz bo&#8217;shlig&#8217;ini sog&#8217;lomlashtirish (chirigan tishlarni davolash, juda yemirilgan tishlar va tish toshlarini olib tashlash), tayanch tishlar ildizi atrofidagi to&#8217;qimalar holatini tekshirish shart. Yasama tish qo&#8217;ydirishga muhtoj bo&#8217;lgan kishiga mos protez tuzilishini stomatolog vrach aniqlaydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YASAMA TISH, tish protezi \u2014 turli sabablar tufayli tushib ketgan yoki olib tashlangan tabiiy tishlar o&#8217;rnini to&#8217;ldirish hamda tish nuqsonlarini yo&#8217;qotish maqsadida ishlatiladigan maxsus ortopedik moslama. Bolalar tishi noto&#8217;g&#8217;ri joylashganda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yasama-tish\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[205],"tags":[],"class_list":["post-34391","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ya-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/34391","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=34391"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/34391\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":34396,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/34391\/revisions\/34396"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=34391"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=34391"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=34391"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}