{"id":34485,"date":"2022-11-17T12:09:18","date_gmt":"2022-11-17T09:09:18","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=34485"},"modified":"2022-11-17T12:09:20","modified_gmt":"2022-11-17T09:09:20","slug":"kant-kant-immanuil","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kant-kant-immanuil\/","title":{"rendered":"KANT (KANT) IMMANUIL"},"content":{"rendered":"\n<p>KANT (KANT) IMMANUIL (1724.22.4 \u2014 Kenigsberg \u2014 1804.12.2) \u2014 nemis faylasufi. Nemis klassik falsafasining asoschilaridan biri. Kenigsberg universitetida professor (1770-96). Mantiq va metafizikadan hamda tabiiy fanlardan, xususan, geografiyadan dars bergan. Kant kritisizm yoki transtsendental falsafaning asoschisi hisoblanadi. Kant falsafasi quyidagi rivojlanish bosqichini bosib o&#8217;tdi: 1) , tabiiy-ilmiy bosqich (1747\u2014| 1755) \u2014 bu davrda &#8220;osmonning umumiy tabiiy tarixi va nazariyasi&#8221; (1755) asarini yozdi, bunda u o&#8217;zining kosmogonik nazariyasini olga surdi; 2) metafizik bosqich \u2014 u Volf metafizikasidan voz kechib, tanqidiy olami va aql-idrok olamining shakli va asoslari haqida&#8221;, 1770); 3) tanqidiy bosqich \u2014 bu davrda Kant ko&#8217;proq bilish muammolari bilan shug&#8217;ullandi. &#8220;Sof aqlning tanqidi&#8221; (1781), &#8220;amaliy aqlning tanqidi&#8221; (1789),. &#8220;Mulohaza qobiliyatining tanqidi&#8221; (1790) asarlari shu davrda yozilgan. Kant bilish nazariyasida agnostisizmga moyil. Kant bilish jarayonida &#8220;narsa o&#8217;zida&#8221; bilan &#8220;biz uchun narsa&#8221;ni bir-biridan farq qiladi. &#8220;Narsa o&#8217;zida&#8221; \u2014 o&#8217;zicha mavjud bo&#8217;lgan ob&#8217;yektdir. &#8220;Biz uchun narsa&#8221; \u2014 ob&#8217;yektning inson idrok qilgan qismidir. Uning fikricha, inson &#8220;narsa o&#8217;zida&#8221; (mohiyat)ni bilishga qodir emas, u faqat &#8220;biz uchun narsa&#8221;ni, ya&#8217;ni hodisalarni bilishi mumkin. Kant agnostisizmi inson bilimi aniq tarixiy xarakterga ega ekanligi bilan chegaralanganligiga, inson hech vaqt hamma narsani oxirigacha bilib ololmasligiga asoslangan. Borliqning barcha qismlari bilish ob&#8217;yekti bo&#8217;la olmasligi ham bu erda muhim ahamiyatga ega; 4) tanqidiydan keyingi bosqich \u2014 bu davda Kant mantiq, pedagogika, tabiiy geografiya va pragmatik antropologiya (ya&#8217;ni xarakterologiya)ga oid ma&#8217;ruzalarini nashr ettirdi. Kant fikricha, inson tajriba va amaliyot bilan har qanday bilimga ega bo&#8217;lavermaydi. Insonda aprior (tajribagacha) bilimlar ham bo&#8217;ladi. Bular tug&#8217;ma bilimlardir (masalan matematika, falsafa va boshqalar). Ilmiy bilishning ishonchliligi va haqiqiyligi uning eng umumiyligi va zaruriyligi bilan belgilanadi. Kant o&#8217;z falsafasida bilish nazariyasini birinchi bo&#8217;lib falsafiy muammo sifatida atroflicha ishlab chiqishga harakat qildi. Kantning axloqiy qarashlari uning &#8220;Axloq metafizikasi asoslari&#8221; (1775), &#8220;Inson tabiatidagi azaliy yomonlik&#8221; (1792) kabi asarlarida bayon qilingan. Axloqiy burchni axloqiy qonun shaklida ta&#8217;riflaydi. Uning ma&#8217;nosi shuki, har bir inson shunday xatti-harakat qilishi lozimki, bu boshqalar uchun ham qoidaga aylansin. Kant vijdonni axloqiy hakam deb ta&#8217;riflaydi. Insonlarning bir-biriga muhabbati va hurmati asosiy insoniy burchlardir. Gaman, Gerder va Yakobi Kantning g&#8217;oyalariga qarshi chiqdilar. Fixte, Shelling, Gegel esa o&#8217;zlarining idealistik metafizikasini Kant nomi bilan bog&#8217;ladilar. Kant o&#8217;zining ijtimoiy falsafasida axloqni siyosatdan ustuvorligini ta&#8217;kidlaydi. U boshqa xalqlar erlarini bosib olib o&#8217;zini oklashga urinishni, jinoyat qilib o&#8217;z aybiga iqror bo&#8217;lmaslikni, ajratib tashla va xukmronlik qil aqidasini axloqqa zid xatti-xarakat deb baholaydi. Kant fikricha, inson xuquqi muqaddasdir. Kantning qarashlari keyingi ilmiy va falsafiy tafakkur taraqqiyotiga ta&#8217;sir ko&#8217;rsatdi. 19-asrning 60-yillarida Kant g&#8217;oyalari asosida neokantchilik vujudga keldi. Abdulla Ayupov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>KANT (KANT) IMMANUIL (1724.22.4 \u2014 Kenigsberg \u2014 1804.12.2) \u2014 nemis faylasufi. Nemis klassik falsafasining asoschilaridan biri. Kenigsberg universitetida professor (1770-96). Mantiq va metafizikadan hamda tabiiy fanlardan, xususan, geografiyadan dars bergan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kant-kant-immanuil\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-34485","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/34485","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=34485"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/34485\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":34486,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/34485\/revisions\/34486"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=34485"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=34485"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=34485"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}