{"id":3455,"date":"2021-10-10T09:44:58","date_gmt":"2021-10-10T06:44:58","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=3455"},"modified":"2021-10-10T10:04:37","modified_gmt":"2021-10-10T07:04:37","slug":"amir-temurning-oltin-ordaga-zarbasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/amir-temurning-oltin-ordaga-zarbasi\/","title":{"rendered":"Amir Temurning Oltin O\u2019rdaga zarbasi"},"content":{"rendered":"\n<p>Amir Temur davlatini kuchiga kuch qo\u2019shilib jahon davrasidagi mavqeini oshishi Oltin O\u2019rda manfaatlariga putur yetkazadigan bo\u2019lib qoldi. Ayniqsa, uning tarkibidagi Shimoliy Xorazmning Amir Temur tomonidan bosib olinishi katta ziyon keltirdi. Bundan tashqari Amir Temurning o\u2019zi Oltin O\u2019rdani kelajakda siyosiy va iqtisodiy jihatdan xavfliligini yaxshi bilardi. U Oltin O\u2019rdada o\u2019z ta\u2019sirini o\u2019rnatish uchun u yerdan kechib kelgan taxt da\u2019vogarlari To\u2019xtamishni harbiy kuch bilan ta\u2019minlab 1376 yilda ikki marotaba O\u2019rdaga qo\u2019shin jo\u2019natdi. To\u2019xtamish 1379 yildagina Temurni yordami bilan Oltin O\u2019rdani bir qismi bo\u2019lmish Oq O\u2019rda taxtini egalladi. Shundan keyin u Oltin O\u2019rda taxtini qo\u2019lga kiritish uchun Mamayxonga qarshi yurish qilib mag\u2019lubiyatga uchratdi. Shu ravishda To\u2019xtamish butun Oltin O\u2019rdani yakkahokimligiga erishdi. Shundan keyin u Amir Temurni barcha yaxshiliklari va yordamini nazar-pisand qilmay Turkistonni egallash harakatiga tushdi. U 1387-1388 yillarda Amir Temur Erondaligida Turkistonga hujum qildi. Bundan xabar topgan Amir Temur darhol vataniga qaytishga majbur bo\u2019ldi. Ammo To\u2019xtamish qo\u2019rqib qochadi. Xorazm hukmdori Sulaymon Sufi To\u2019xtamish bilan til biriktirib Amir Temurga qarshi bosh ko\u2019targan edi. Shuning uchun Amir Temur 1386 yilda Xorazmga harbiy yurish qilib uni qayta bo\u2019ysundirdi. To\u2019xtamish esa Amir Temurga qarshi harakatni davom etdiradi. Shuning uchun Amir Temur Oltin O\u2019rdaga 1389, 1391 va 1394-1395 yillarda katta harbiy yurish qilib Oltin O\u2019rda tinkasini quritdi. Ayniqsa, 1391 yilda hozirgi Samara shahri va Chistopol oralig\u2019ida joylashgan Qunduzcha degan joydagi urushda To\u2019xtamish qo\u2019shinlarini qattiq zarbaga uchrashi muhim ahamiyatga ega bo\u2019ldi. Keyingi 1395 yildagi Amir Temur va To\u2019xtamish qo\u2019shinlari o\u2019rtasidagi jang shimoliy Kavkazdagi Teroq daryosini yoqasida sodir bo\u2019ldi. Bu jangda To\u2019xtamish kuchlari shu darajada qattiq zarbaga uchradiki, u shundan keyin o\u2019zini o\u2019nglay olmadi. Amir Temur bu g\u2019alabadan so\u2019ng Oltin O\u2019rdani Saroy Berka, Astraxan, Qrim va Qora dengiz bo\u2019ylaridagi shaharlarini, Azovni va shimoliy Kavkazni egallab qoldi. Shu ravishda Oltin O\u2019rda Amir Temur davlatiga qo\u2019shib olindi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yedigey, Temur Qutlug\u2019 va boshqa Oltin O\u2019rdaning amirlari Amir Temur huzuriga qochib kelib To\u2019xtamishga qarshi urushlarda faol qatnashgan edilar. Amir Temur g\u2019alabadan keyin Yeligey Chingizxon xonadonidan bo\u2019lmaganligi uchun Oltin O\u2019rda taxtiga Temur Qutlug\u2019ni, so\u2019ngra uning avlodlarini o\u2019tkazdi. (1397-1419). Bu xon Oltin O\u2019rdani qaddini bir muncha rostlashga erishdi. Ammo Amir Temur Oltin O\u2019rda shaharlarini ostin-ustin qilib qo\u2019shinlarini shu darajada majaqlab tashladiki, bamisoli beli bukchaytirilib qo\u2019yildi. Bu holat Amir Temur davlatiga nisbatan kuchli raqobatni va xavfni bartaraf qilishi bilan bir qatorda rus knyazliklarini mustaqillikka erishishini ta\u2019minlashda muhim omillardan hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201c1395 yilda, &#8211; deb yozgan edi A.Yakubovskiy, &#8211; Temurning To\u2019xtamish ustidan qozongan g\u2019alabasi, Astraxon va ayniqsa Oltin O\u2019rda poytaxti Saroy Berkaning xarob qilinishi va yondirib yuborilishi faqat O\u2019rta Osiyo va o\u2019sha vaqtdagi janubiy-sharqiy Yevropa uchungina emas, balki rus uchun ham katta ahamiyatga ega bo\u2019ldi\u2026 To\u2019xtamishni yengish bilan rus yerlariga ob\u2019yektiv suratda xizmat ko\u2019rsatgan. Lekin shunday bo\u2019lib chiqishini uni o\u2019zi mutlaqo payqamagan\u201d. Ikkinchi birr us tarixchisi Solovyev ham shunga o\u2019xshash bahoni bergan: \u201cTemur Oltin O\u2019rdani tor-mor qilgandan keyin Moskva knyazi uchun u uzoq vaqtgacha xavf-xatarsiz bo\u2019lib qoldi\u201d. Darhaqiqat, Amir Temur rus knyazliklarini oldini to\u2019sib turgan to\u2019g\u2019onni \u2013 Oltin O\u2019rdaga qaqshatqich zarba berib, kelajakda qudratli rus davlatini yuzaga kelishiga mutlaqo o\u2019zi o\u2019ylamagan holda beqiyos katta sharoitni yaratdi. To\u2019xtamishning mag\u2019lubiyati Oltin O\u2019rdani halokatga olib kelgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>To\u2019xtamishxonni Movarounnahrni egallash uchun uyushtirgan harbiy yurishining zaminida faqat iqtisodiy manfaat maqsad yotmagan edi. Zero, u hokimiyatni Amir Temurdan tortib olib, uning qo\u2019li ostidagi mamlakatlarda mo\u2019g\u2019ullarning hukmronligini qayta tiklashni ko\u2019zlagan edi. Buni yaxshi anglagan Sohibqiron mo\u2019g\u2019ullarning eng qudratli va xavfli tayanchi bo\u2019lmish Oltin O\u2019rdani tag-tomiri bilan qo\u2019porib tashladi. Shunday qilinmaganda vaqti kelib mo\u2019g\u2019ullar o\u2019zlarining sobiq hukmronligini tiklashi hech gap emas edi.<\/p>\n\n\n\n<p>XV asrning birinchi yarmida Oltin O\u2019rda xarobalarida Qrim va Qozon, keyinchalik Astraxon va Sibir xonliklari paydo bo\u2019ldi. 1480 yilda esa rus knyazliklari ham Oltin O\u2019rda qaramligidan qutildi. 1502 yilda Qrim xoni Oltin O\u2019rdaning oxirgi hukmdorini tor-mor etib, uni tamomila tugatdi. O\u2019sha vaqtlarda Oq O\u2019rdaning hukmdori Shaybonixon Turkistonga bostirib kirib Temuriylar davlatini ag\u2019darib, o\u2019z hokimiyatini o\u2019rnatdi. U bilan o\u2019lkaga ko\u2019chib kelgan qabilalar tili va dini bir mahalliy turkiy aholi bilan aralashib ketdi. Shuni eslatib o\u2019tish lozimki, Amir Temur To\u2019xtamishni tor-mor etib, taqdirini hal etgan bo\u2019lsa vaqti kelib Oltin O\u2019rda hukmdorlarining avlodlari, xususan Shaybonixon Temuriylar davlatini ag\u2019darib, hisobni baborar qildilar. Shaybonilar va u bilan ko\u2019chib kelgan qabilalar Turkistondagi tub aholi bilan aralashib ketdilar. Ularni hukmronlik vaqtida Temuriylar davrida ne mashaqqatlar va qurbonlar evaziga qo\u2019lga kiritilgan markazlashgan davlat, taraqqiyot sovurildi. O\u2019lka Buxoro, Xiva va Qo\u2019qon xonliklaridan iborat uch qismga parchalandi.<\/p>\n\n\n\n<p>XVI asrning o\u2019rtalarida rus davlati Qozon (1552) va Astraxon (1556) xonliklarini bosib oldi. So\u2019ngra Sibir xonligi ham urushib olindi. Shu ravishda Volga bo\u2019ylarida, Uralda, Qora dengiz qirg\u2019oqlarida va Sibirda ikki ming yildan ortiq davrda slavyanlarga, shu jumladan ruslarga to\u2019siq bo\u2019lib turgan turkiy davlatlar o\u2019rnini rus davlati egallab, oltin, kumush, temir, ko\u2019mir, o\u2019rmonlar, unumli yerlar va boshqa tabiiy boyliklarni hamda olamshumul ahamiyatga molik karvon yo\u2019llari singari bitmas-tuganmas xazinani qo\u2019lga kiritdi. Bu bilan rus davlati \u201cg\u2019ijja moyga botdi\u201d va tobora kuchayib barcha imkoniyatlarga ega bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Oltin O\u2019rdani parchalanishi va qulashi u yerda ko\u2019p asrlar mobaynida o\u2019z mavqeini saqlab kelayotgan Turkiston o\u2019lkasining manfaatlariga katta ziyon keltirdi. Chunki u joylar bilan siyosiy va iqtisodiy aloqalar Turkistonda, ayniqsa, Xorazm vohasida ishlab chiqarish kuchlarining o\u2019sishida va taraqqiyotida muhim o\u2019rinni egallagan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>XIV asrning oxirlari \u2013 XVI asrlar mobaynida rus knyazliklarni birlashtirilishi asosida markazlashgan Rus davlati tashkil topdi. Qanchalik vaqtlarning o\u2019tishi bilan sobiq Oltin O\u2019rda yerlarida rus shaharlarini, harbiy istehkomlarini, tog\u2019 konlarini va zavodlarini soni shunchalik ko\u2019payib bordi. Ko\u2019rsatilgan joylarda rus davlati o\u2019z mavqeini mustahkamlab olganidan keyin Turkistonni ham bo\u2019ysundirish harakatiga tushdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Amir Temur davlatini kuchiga kuch qo\u2019shilib jahon davrasidagi mavqeini oshishi Oltin O\u2019rda manfaatlariga putur yetkazadigan bo\u2019lib qoldi. Ayniqsa, uning tarkibidagi Shimoliy Xorazmning Amir Temur tomonidan bosib olinishi katta ziyon keltirdi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/amir-temurning-oltin-ordaga-zarbasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2640,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[98],"tags":[],"class_list":["post-3455","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-tarix","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3455","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3455"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3455\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3458,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3455\/revisions\/3458"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2640"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3455"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3455"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3455"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}