{"id":3459,"date":"2021-10-10T11:45:04","date_gmt":"2021-10-10T08:45:04","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=3459"},"modified":"2021-10-10T15:28:36","modified_gmt":"2021-10-10T12:28:36","slug":"1717-yil-chor-rossiyasining-xiva-xonligiga-qarshi-harbiy-yurishi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/1717-yil-chor-rossiyasining-xiva-xonligiga-qarshi-harbiy-yurishi\/","title":{"rendered":"1717 yil chor Rossiyasining Xiva xonligiga qarshi harbiy yurishi"},"content":{"rendered":"\n<p>Ruslarning bu xonlikka bostirib kirishga urinishlari XVII asrning boshlariga to\u2019g\u2019ri keladi. Yoyiq (Ural) daryosini atroflarida joylashgan rus kazaklari Urganch shahri tomon yo\u2019lga chiqadilar. Xorazmda ular ko\u2019p boyliklarni qo\u2019lga kiritadilar. Bu xususda Abulg\u2019ozi o\u2019z asarida shunday yozadi \u201cYoyiq (Ural) teganda yurugon urusning (rusning) qozoqindin ming kishi saratonning avvalgi kuni g\u2019ofil kelib Urganchning qal\u2019asiga kirdi. Shaharda raviyatin o\u2019zga kirhis yo\u2019q edi. Xonning o\u2019rdasi va sipoh xalqi Amu suvining labida erdilar. Xevakda xonga kishi chopturdilar. Yetti kunda xon keldi.<\/p>\n\n\n\n<p>(Kazaklar) Urganchda raviyatdin ming kishini o\u2019ldirdi va ming qiz bilan juvonni oldi. Ming arobaga yaxshi mollardan yukladi. Bo\u2019z va bo\u2019yog\u2019li palos va to\u2019n, to\u2019shak-yastuq, mundog\u2019 narsalarning barchasini o\u2019tga yoqdi. Bularni saranjom qilguncha yetti kun bo\u2019ldi. Andin so\u2019ng (kazaklar) Urganchdin chiqib daryo labiga yurudi. Arba Muhammadxon oldiga borib urqazdi va jang qildi. Ikki kun urushdilar, uchinchi kuni jibni, zo\u2019r qilib olib, taki bosib o\u2019tdi. Urus piyoda, bizning otni ilg\u2019ob ikki farsang yer yuzunda yana ur qazib jang qildilar. Bizning xalqning arazi bu kim, issiq kunda cho\u2019lda ola ko\u2019radi; suvga borgandin tugaydi urus bir kunda qal\u2019a solur. Andin so\u2019ng urusga kishi yuborurlar. Andan ko\u2019mak kelur. Ushbu yerda barchamiz qirilar deb, zo\u2019r qildilar. Urus yuklagan suvini tamom qildi. Urushdilar, urus qon icha boshladi. Beshinchi kuni qonni ham tavosutti. O\u2019zbek har yerdan to\u2019p-to\u2019p bo\u2019lib chopti. Urusni o\u2019lturib-o\u2019lturib qaytdi. Ul arobadan chiqib urushar edilar. Axir arobaning ichindan chiqa bilmadi. Ojiz bo\u2019ldi. Yettilanchi kuni barcha ittifoq birlan choptilar. Arobaga kelgandan so\u2019ng otdin tushib kuran ichiga kirib qilichni quay berdilar. Xalq o\u2019ljaga bo\u2019lg\u2019onda yuz urus kechib daryo labiga borib to\u2019q qa\u2019lisining quyisida yag\u2019ochdin qal\u2019a solib baliq olib yedi-da ulturdi. Arab Muhammadshoh borib kabaddi. Taki o\u2019n besh kunda oldi.\u201d Abulg\u2019ozining mazkur noyob ma\u2019lumoti shu haqda guvohlik beradiki rus kazaklari Urganchda qaroqchilik bilan shug\u2019ullanib aholiga qattiq azob bergan. Ular yaxshi qurollanganlarki tamomila qirib tashlash uchun 15 kun ketgan. Keyingi vaqtlarda ham rus kazaklarining ataman Nechayev boshchiligida Urganchga bostirib kirganliklari ma\u2019lumdir. Ular bu yerda bu boyliklarni olib ketayotganlarida xon askarlari tomonidan qirib tashlangan. Bu ma\u2019lumot Abulg\u2019ozi asarida shunday ta\u2019riflangan. \u201cMen dunyoga kelgan yilning avval bahorida o\u2019n yetti kishi urushga savdoga ketar. Qush Yoyiq (Ural) teganda ming kazak urus bor ekandi. Yo\u2019lda ancha uchray qolur, ikkinchisi ulturur, saqlagan kishilaridin Urganchning xabarin surar. Aning birisi Turkistonlik ekandur. U aytur, Urganchning shahrinda sipohdin bir kishi yo\u2019q. Sipohning yaqin ulturgani otliqqa bir kunlik yo\u2019l. Shaharda tanxo ra\u2019viyat turur. Bir tarafi cho\u2019l yo\u2019lindin yuz ming lashkar borsa, shaharga kirganda qurar. Andin ilgari ko\u2019rmas. Yot yurtli kishi ancha qulindin va tilindan kelgan sayi birlan xushomadim qildi, urus buning so\u2019zina firifta bo\u2019lib turkistonlini boshchi qilib, ming kishi kelib Urganchning mirzo darvoasindin kiribdi\u2026 Otamiz (arab Muhammadshoh) urusdan bir kishi qo\u2019ymay kiribi ekandur. Bu voqeadin qirq kun o\u2019tgandan keyin (Abulg\u2019ozi) dunyoga kelibmiz. Oamiz aytibdi: \u201cBizga bir g\u2019azot muyassar bo\u2019ldi. Shuning yo\u2019li va qadami muborak bo\u2019ldi va taki muning onasining jamoatini g\u2019ozig\u2019lar derlar, ul nisbati ham bor deb, otimni Abulg\u2019ozi kuyub turarlar.\u201d Binobarin, mazkur satlardan biz ruslarni bostirib kirishlariga qarshi kurash va g\u2019alaba sharafiga uning ismiga \u201cg\u2019ozi\u201d so\u2019zi qo\u2019yilganligini bilamiz. Bu u tug\u2019ilganda qo\u2019yilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Rus kazaklari ikki marotaba qirib tashlanganlariga qaramay yana bir bor ataman Nechay boshchiligida Urganch tomon otlanganlar. Ammo, ular yo\u2019lda qattiq sovuq va bo\u2019ronga uchrab ochlikka va dardga chalinadilar. Hatto o\u2019z sheriklarining o\u2019lik go\u2019shtini yeyishga majbur bo\u2019lganlar. Shu ravishda ular yo\u2019llarda qirilib ketganlar. Pyotr I zamonida rus davlati faqat Ovrupadagina emas, balki o\u2019zbek xonliklarini ko\u2019z o\u2019ngida ham qudratli mamlakat sifatida gavdalanib turardi. Shuning uchun ham xonliklardagi ayrim yuqori tabaqa vakillari taxt uchun kurashlarda vataniga xoinlik qilib rus davlatiga tayanishga uringanlar. Masalan, raqiblari va dushmanlari ustidan yuragini hovuchlab taxtda o\u2019tirgan Xiva xoni Isxoq og\u2019a Shoniyoz (1694-1701) 1700 yilda Do\u2019stbek Bahodirni Rossiyaga yuborib savdo-sotiqni rivojlantirish taklifi bilan bir qatorda xonlikni rus davlati tobeligiga olishni Pyotr I dan so\u2019radi. Shundan keyin Pyotr I bu taklifni bajonidil qabul qilib o\u2019sha yilning 30 iyunida Xiva xonligini Rossiya tobeligiga olish haqida farmon chiqardi. Bu to\u2019g\u2019rida Do\u2019stbek Bahodir orqali maxsus yorliq yubordi. Yorliqda Xiva xonligining rus davlati tobeligiga o\u2019tganligi uqtirib o\u2019tilgan. Bu bilan bir qatorda Isxoq og\u2019a Shoniyozning Rus davlatiga sodiq bo\u2019lishi ko\u2019rsatib o\u2019tilgan. Ammo Xiva xonligini Rossiya tobeligiga olinishi haqidagi taklif bir guruh vatan xoinlarini istagini ifoda etganligi uchun qog\u2019ozdagina qoldi xolos. Buning ustiga yo\u2019lning uzoqligi va azob-uqubatlari Rossiyani xonlik ustidan nazoratni o\u2019rnatish imkonini bermadi. Buning ustiga Pyotr I ko\u2019proq Shvetsiya va Turkiya urushi bilan band edi.<\/p>\n\n\n\n<p>1703 yilda Xiva xoni Arab Muhammad II (1701-1712) nomidan yuqorida qayd qilingan Do\u2019stbek Bahodir Astraxan orqali Moskvaga elchi sifatida keldi. U bu gal ham savdoni rivojlantirishni va Xiva xonligini rus davlati tobeligiga olinishini qayta suradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Natijada Pyotr I Xiva xonligini rus davlati tobeligiga olish haqidagi ikkinchi marotaba farmon chiqardi. Bu haqdaki, shuningdek o\u2019zaro elchilik va savdo aloqalarini samarali davom ettirish singari masalalarni o\u2019z ichiga olgan Pyotr I yorlig\u2019i elchi orqali Xiva xoni Arab Muhammad II ga yuborildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yuqorida ko\u2019rsatilgan sabablarga ko\u2019ra Xiva xonligini Rus davlati tobeligiga olish to\u2019g\u2019risidagi farmoni bu gal ham amalga oshmadi. Pyotr I tomonidan urushlarni uzluksiz davom ettirilishi davlat xazinasiga sezilarli putur yetkazmoqda edi. Natijada oltinga bo\u2019lgan muhtojlik ko\u2019payib bordi. Shuning uchun Pyotr I urush xarajatlarini qoplash va armiyani ta\u2019minlash maqsadida hukumat senatiga \u201cOltin davlatining qon tomiridir\u201d deb xat yozib, oltin-kumush konlarini qidirib topish zarurligini uqdirib o\u2019tdi. Xuddi shu vaqtda, ya\u2019ni 1713 yilda Nafasxo\u2019ja nomli Turkman Astraxanga borib, Amudaryodan oltin qum olinganligi va o\u2019tmish zamonlarda uni Kaspiy dengiziga quyilganligi haqida rus hukumatiga ma\u2019lum berdi. Shu bilan birga Amudaryoni Kaspiyga burish mumkinligini va bu ishga turkmanlarning yordam berishlarini aytgan. Ayni bir vaqtda Sibir general-gubernatori Gagarn Sharqiy Turkistonning Yorkent shahridagi daryoda ham oltin qumi borligi haqida Pyotr I ga ma\u2019lumot berdi. Bunday xabarlar Pyotr I ni shoshiltirib qo\u2019ydi. U 1714 yilda Sibir orqali Yorkentga harbiy yurishni uyushtirish haqida Sibir general-gubernatoriga farmon berdi. Shunga binoan tayyorgarligidan keyin 1715 yilda Buxgolts boshchiligida 1500 kishilik qo\u2019shin Yamishev qo\u2019liga borib qal\u2019a qurdi. U bu yerdan Yorkentga yurishi lozim edi. Biroq Sharqiy Turkistonda va atrof joylarda hukmronlik qilayotgan qalmoqlar Yamishevda qal\u2019a qurilishiga qattiq qarshilik ko\u2019rsatdilar. Uzoq qamaldan so\u2019ng Buxgolts qal\u2019ani tashlab Om daryosini qirg\u2019og\u2019iga qaytdi. Bu yerda u Sibir general-gubernatori Gagarinning buyrug\u2019i bilan Omsk qal\u2019asini barpo etadi. Shu tarzda Pyotr I ning barcha harakati behuda ketadi. Ammo u Xiva xonligini bosib olishga qattiq kirishgan edi. 1714 yilning 19 mayida Pyotr I Xiva xonligini zabt etish haqidagi farmonni hukumat senatiga yubordi. 1716 yilni 14 fevralida Pyotr harbiy yurishni boshlig\u2019i qilib tayinlangan Bekovich-Cherkasskiy bilan shaxsan suhbatlashib amalga oshiriladigan vazifalarni belgilab beradi. U bu haqda hukumat senatiga xabar berib tayyorgarlik ishlarini diqqat va puxtalik bilan ko\u2019rishni buyuradi. O\u2019sha ko\u2019rsatilgan kuni davlat kantsleri G.Golovkin ham Pyotr I ning farmonini yo\u2019nalishini senatga maxsus xat orqali tushuntirdi. Bunda podshoh oliy hazratlarini Bekovich-Cherkasskiy boshchiligida Xiva xonligiga qarshi harbiy qo\u2019shib yuborishga qaror qilinganligi eslatib Xiva, Buxoro va Hindiston hukmdorlari nomiga, rus davlatini rasmiy yorlig\u2019larini (gramotalarini) yuborilishi hamda u tomonlarga savdogarlarni ham jo\u2019natilishi lozimligini bayon etilgan. Shaxsan Pyotr I ning qo\u2019li bilan yozilgan ko\u2019rsatmada Bekovich-Cherkasskiyni zimmasiga yuklatilgan vazifalar quyidagilardan iborat:<\/p>\n\n\n\n<ol class=\"wp-block-list\" type=\"1\"><li>Bir vaqtlar Amurdayo Kaspiy dengiziga quyiladigan joyda 1000 kishi sig\u2019adigan harbiy istehkom qurilsin. Amudaryoni oqimini va to\u2019g\u2019onlarini sinchkovlik bilan o\u2019rganib, imkoni bo\u2019lsa, eski yo\u2019liga burib yuborilsin. Orol dengiziga suvni yo\u2019naltiradigan tug\u2019onlar buzilsin. Bu ishlarni bajarishga qancha kishilar kerak bo\u2019lishi aniqlansin.<\/li><li>Xiva xonligining Rus davlati tobeligiga o\u2019tishiga erishilsin hamda bizni manfaatlarimizga xizmat qilishi sharti bilan harbiy qism qoldirilsin. Agar xon rozi bo\u2019lsa va sharoiti ko\u2019tarsa, harbiy qismni bir yil davomida ta\u2019minlash kafolati olinsin, keyingi yillardagi xarajatlar esa uning zimmasiga yuklatilsin.<\/li><li>Agar Xiva xoni rozilik bildirsa u vaqtda undan o\u2019z kishilariga ikki rusni qo\u2019shib Sirdaryo suvi bo\u2019ylab oltin borligini aniqlash uchun Yorkentga jo\u2019natilsin. Shuningdek, savdogarlarimizni Amudaryo bo\u2019ylab Hindistonga borishlari uchun kemalar berilishi xondan so\u2019ralsin. Savdogarlar ketayotganlarida quruqlik va suv yo\u2019llarini, daryo va qo\u2019llarni, ayniqsa, Hindistonga boradigan suv yo\u2019lini yaxshi o\u2019rgansinlar va ma\u2019lumotlar to\u2019plasinlar. Agar savdogarlar Hindistonga Kaspiy dengiziga boradigan yo\u2019l borligini eshitsalar u vaqtda shu yo\u2019l bilan orqaga qaytsinlar va ko\u2019rganlarini qog\u2019ozga tushirsinlar.<\/li><li>Xiva xonligida Buxoro xonligini rus davlati tobeligiga o\u2019tishga xohishi borligi yoki yo\u2019qligi bilinsin. Bordiyu bunday istak bo\u2019lmasa istak bo\u2019lmasa do\u2019stlik munosabatlari o\u2019rnatilsin.<\/li><li>Ko\u2019rsatilgan topshiriqlarni amalga oshirish uchun 4000 kishidan iborat muntazam qo\u2019shin va kerakligicha kemalar ajratilsin. Bundan tashqari Yoyiq kazaklaridan 1500, eshkakchilardan 500 va otliqlardan 100 kishi berilsin. Ular savdo karvonlarini muhofaza qilish niqobida Astraxndan harbiy qal\u2019a va shahar quriladigan joyga, ya\u2019ni Kaspiyning sharqiy qirg\u2019og\u2019iga yuborilsin. Qo\u2019shin komandirlari barcha joylardagi tub aholiga nisbatan xushmuomalda bo\u2019lsinlar. Shaharni qurish uchun zarur bo\u2019lgan bel va cho\u2019kichlar berilsin.<\/li><li>Dengiz ofitserlaridan poruchik Kojin va navigatorlardn 5 yoki ko\u2019proq kishilar harbiy qismga qo\u2019shilsin. Kojin savdogarlar niqobida ish yuritishi, navigatorlar esa Yorkentga yuborilishi darkor. Kulyumov o\u2019quv yurti talabalaridan ikki injener olinsin. Kojin zimmasiga borgan joyida mollarni turlarini va umuman savdo-sotiqni yaxshi o\u2019rganish yuklatilsin. Unga savdogarlardan ikki kishi birkitilsin. Bular keksa bo\u2019lmasinlar.\u201d<\/li><\/ol>\n\n\n\n<p>Ko\u2019rinib turibdiki, Pyotr I Kaspiy dengizining sharqiy qirg\u2019oqlari va Xiva xonligini hamda iloji topilsa Buxoro xonligini ham o\u2019z ta\u2019sir doirasiga tortishga qattiq kirishgan. Bu hol Rus davlatining chegarasini kengayishi va manfaatlarini ta\u2019minlashi turgan gap edi. Pyotr I kuchli flotga ega bo\u2019lganligini hisobga olib Amudaryoni Kaspiyga burib, suv yo\u2019li orqali Xiva va Buxoro xonliklariga, Hindistongacha borishni o\u2019ylagan. Ammo, u Amudryoni yo\u2019lini o\u2019zgartirishni o\u2019ta qiyinligini, katta kuch va mablag\u2019 sarflanishini hisobga olmay xom-xayol bilan ish yuritgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1717 yilni 14 martida Bekovich-Cherkasskiy Pyotr I farmonini amalga oshirishga qaratilgan talablarni hukumat senatiga quyidagi tarzda ma\u2019lum qiladi:<\/p>\n\n\n\n<ol class=\"wp-block-list\" type=\"1\"><li>Muntazam qo\u2019shindan \u2013 400, dragunlardan (otliqlardan) \u2013 1500, piyoda askarlarni ofitserlari bilan birgalikda \u2013 2500, kazaklardan 2000 kishini kiyim-kechaklari bilan, oziq-ovqatlari va maoshlari bilan birgalikda berilsin.<\/li><li>Kaspiyning sharqiy qirg\u2019og\u2019iga quruq yo\u2019l bilan borish uchun belgilangan 2000 kishidan iborat askarlarga kamida bir yilga yetadigan oziq-ovqatlar, aravalar va boshqa narsalar ajratilsin. Shuningdek, Kaspiy dengizini qirg\u2019og\u2019ida harbiy qal\u2019a qurish uchun jo\u2019natiladigan askarlarga tegishli oziq-ovqat va boshqa narsalarni olib borishga kemalar berilsin.<\/li><li>Savdogarlar niqobida Sirdaryo bo\u2019ylab Yorkentga oltin qidirishga va Amudaryo bo\u2019ylab Hindistonga boruvchi kishilarga mablag\u2019 ajratilsin. Ular shu darajada ko\u2019p va yaxshi mollar bilan ta\u2019minlansinlarki, u joylarda hech qanday shubha uyg\u2019otmasin.<\/li><li>Agar Xiva xoni 500 kishilik gvardiyani so\u2019rab qolsa u vaqtda ularni bir yil muddat bilan ta\u2019minlashga maosh ajratilsin.<\/li><li>Xiva, Buxoro va Hindiston hukmdorlariga davlat yorliqlari (gramotalari) tayyorlansin.<\/li><li>24 ta to\u2019pchilar, 2 ta injener, 3 ta davolovchi va ko\u2019p dori-darmonlar berilsin.<\/li><\/ol>\n\n\n\n<p>Demak Xiva xonligida qoldirilgan rus askarlarini soni 500 kishi hisobidan belgilangan. Hindiston va Yorkentga boruvchi kishilar aslida savdogarlar bo\u2019lmay ayg\u2019oqchi edilar. Ular siyosiy va iqtisodiy ma\u2019lumotlarni qo\u2019lga kiritish topshirilgan. 1717 yilni 14 martida hukumat senati Bekovich-Cherkasskiyni talablarini to\u2019la qondirish haqida qaror qabul qildi. Jumladan, Hindistonga boruvchi \u201csavdogarlar\u201d Moskva Astraxada turli mollar sotib olishlari uchun o\u2019sha vaqt uchun salmoqli hisoblangan 5000 so\u2019m ajratildi. Yorkent shahriga 5 kishi yuborish va ularni mablag\u2019 bilan ta\u2019minlash haqida ko\u2019rsatma berildi. Harbiy qismni Qozon, Astraxan, Saratov, Dmitriyev, Tsaritsin, Krasniy Yar, Chyorniy Yar, Samara va Azov guberniyalaridan jamlash buyurildi. Uning umumiy soni bir hujjatda 6344, ikkinchisida esa 6100 kishi ko\u2019rsatilgan. Ikki holda ham u 600 kishidan oz bo\u2019lmagan. Qo\u2019shin bilan olib ketiladigan to\u2019plar uchun 481 pud porox, 1230 pud qo\u2019rg\u2019oshin va boshqa narsalar ajratildi. Askarlarni va ofitserlarni ichishlari uchun 400 chelak vino, 597 chelak pivo beriladigan bo\u2019ldi. Xullas, harbiy qism ipdan-ignagacha to\u2019la ta\u2019minlanishi, qanchadan-qancha yarog\u2019-aslahalar ajratilishi nazarda tutildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Astraxan va boshqa joylarda olib borilayotgan tayyorgarliklar haqidagi ovozalar Turkiston o\u2019lkasiga yetib borgan edi. Chunonchi, 1716 yilda Astraxan orqali Rossiyaga borgan Xiva xonligining elchisi uni o\u2019z ko\u2019zi bilan ko\u2019rgan va eshitgn edi. U vataniga qaytgach bu haqda o\u2019z xoniga ma\u2019lumot bergan. Shundan keyin Sherg\u2019ozixon o\u2019z qo\u2019li ostidagi yerlarga harbiy tayyorgalikni ko\u2019rib taxt bo\u2019lib turishni buyurgan. Bekovich-Cherkasskiy bundan juda tashvishlangan, albatta. Shuning uchun u go\u2019yo Xiva xonligiga do\u2019stlik va tinchlik elchisi sifatida borayotganligini ishontirish uchun Ivan Voronin va Maksim Svyatoy nomli o\u2019z kishilarini maxsus xat bilan Sherg\u2019ozixon huzuriga yuborgan. Bu rus elchilari Xivada dastavval qattiq nazorat ostida yashagan bo\u2019lsalar, lekin qayoqqadir ketgan Sherg\u2019ozixonning kelishi bilan ularga bir oz erkinlik berilgan. Ular xonlikda harbiy tayyorgarlik ko\u2019rilayotganligiga ishonch hosil qilib, buni maxfiy xat orqali Bekovich-Cherkasskiyga yetkazganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Xiva xonligida rus qo\u2019shinlarining bo\u2019lajak tajovuziga qarshi tayyorgarlik ko\u2019rilayotganini qalmoq xoni Ayuqxon ham xabar qilgan. U 1717 yil 16 mayida rus ma\u2019muriyatiga yozgan xatida shunday degan: Mening Xiva xonligiga borib kelgan odamim guvohligiga ko\u2019ra 2000 kishidan iborat xivaliklar, qoraqalpoqlar va qozoqlar birlashib chegara joylarda turishibdilar. Ular yo\u2019llardagi quduqlarni ko\u2019mganlar, hamda jang qilish niyatidalar. Yo\u2019llardagi issiq jazirama orqasida o\u2019tlar yo\u2019q, tag\u2019in rus askarlari og\u2019ir ahvolga tushib qolmasinlar. Vaziyatni batafsil tushuntirish uchun 7 kishini yubormoqdaman. Xullas, har ikkala tarafda kelajakdagi o\u2019zaro to\u2019qnashuvga tayyorgalik olib borilgan. Manbalarga ko\u2019ra Bekovich-Cherkasskiy birinchi navbatda Amudaryoni Kaspiy dengiziga burishga doir ma\u2019lumotlarni qo\u2019lga kiritishga harakat qilgan. U 1715 yilda Astraxandan Kaspiy bo\u2019ylab turkmanlar yashaydigan joylarga borib Saidmamad, Salmon, Begench, Po\u2019lat Baxshi, Manglay, Qashqa (manbada ismlar buzib yozilgan) va boshqa nufuzli kishilar bilan Amudaryo xususida suhbatlashgan. Turkman vakillari o\u2019tmishda Amudaryoni Kaspiyga quyilganligini tasdiqlab, 20 chaqirim masofadagi yer qazilsa uni eski yo\u2019liga oqizish mumkinligini aytganlar. Bekovich-Cherkasskiy bu masalani aniqlash uchun biladigan odamni berishni so\u2019raganda ular Nafasxo\u2019ja degan turkmanni tavsiya etganlar. U bu kishiga Astraxan dvoryani Ivan Zvonskiy va Nikolay Fyodorov degan kishilarni qo\u2019shib Amudaryoni eski o\u2019zanini aniqlashni buyurgan. Ular Nafasxo\u2019ja boshchiligida yo\u2019lga chiqib Xiva xonligiga 17 kunlik masofadagi Qarag\u2019och degan joyga kelganlar. Buning atrofida balandligi bir metr chorak, uzunligi besh chaqirim, eni uch metr keladigan tepalik ko\u2019zga tashlangan. Nafasxo\u2019ja mana shu tepalik olinib ariq qazib borilsa Amudaryoni Kaspiyga bursa bo\u2019ladi, degan fikrni aytgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Bekovich-Cherkasskiy qanchalik harakat qilmasin baribir Amudaryo haqida yetarli ma\u2019lumot ololmadi. Bekovich-Cherkasskiy Pyotr I ning harbiy istehkomlar qurish va bu bilan Kaspiy dengizining sharqiy qirg\u2019oqlarida Rus davlatining ta\u2019sirini o\u2019rnatish haqidagi ko\u2019rsatmasini ado etishga kirishdi. U 1716 yilni 15 sentabrida 69 kemada Kaspiy dengizi bo\u2019ylab Astraxandan 290 chaqirim masofada joylashgan Tyurkkagan degan joyga \u2013 Mang\u2019ishloqga keldi. U bu yerda qo\u2019shin bilan o\u2019rnashib Svyatoy Pyotr I nomida harbiy istehkomini qurdirdi. U bu yerdan Buxoro xonligiga elchi etib tayinlangan Kojin va Pyotr Davidovni Astrabodga jo\u2019natadi. Chunki bu orqali Buxoroga borish rejalashtirilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>1716 yilni 23 oktabrida Bekovich-Cherkasskiy ikkinchi harbiy qal\u2019ani qurish uchun ikki polkdan iborat qo\u2019shin bilan Krasnovodskka yo\u2019l oldi. Ko\u2019p o\u2019tmay bu yerga Eron ma\u2019muriyati ruxsat bermaganligi orqasida Buxoroga yuborilgan Kojin va Pyotr Davidovlar qaytib keldilar. Manbada Pyotr Davidov \u201cMorskoy podporuchik\u201d deyilgan. Aftidan, bu elchiga suv yo\u2019llarini o\u2019rganish va ma\u2019lumotlar to\u2019plash topshirilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1717 yilni 20 fevralida Bekovich-Cherkasskiy Krasnovodskda qal\u2019a qurishni yo\u2019lga qo\u2019ygandan keyin quruq yo\u2019l bilan Astraxanga qaytadi. Bu yerda u Xivaga qarshi harbiy yurishni oxirgi tayyorgarligi bilan shug\u2019ullanadi. Bu vaqtda Xiva xonligining kuch-qudrati ancha kuchayib, Marvdan to Astrobodgacha bo\u2019lgan yerlar (tog\u2019 etaklari) bo\u2019ylab Atrek, Go\u2019rgon sohillarida yashovchi fors va turkmanlar bo\u2019ysundirilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>1717 yilni bahor kezlarida Bekovich-Cherkasskiy qo\u2019shinning bir qismini quruq yo\u2019l bo\u2019yicha, o\u2019zi esa askarlari bilan kemada Kaspiy dengizi bilan Guryevga keldi. Guryevga 60 ta rus askarlari baliq ovi bilan shug\u2019ullanayotganlarida qoraqalpoqlar qo\u2019qqisdan hujum qilib ularni asir olib otlarini haydab ketganlar. Bekovich-Cherkasskiy darhol ularni orqasidan quvib asirlarni va otlarni qutqargan. Bekovich-Cherkasskiy so\u2019roviga muvofiq, qalmoq xoni Ayuqxon Manglay Qashqa boshliq 10 kishini yo\u2019l ko\u2019rsatuvchi sifatida yuborgan. Shuningdek unga yuqorida qayd qilingan Nafasxo\u2019ja ham kuzatuvchi tarzida qo\u2019shilgan. Bekovich-Cherkasskiy 3000 dan ortiq qo\u2019shin va xizmatchilar bilan 1717 yil may oxiri yoki iyun boshlarida Guryevdan chiqib, Xiva tomon yurdi. U bilan birga Astraxan tatarlarini (70 kishilik) savdo karvonlari ham yo\u2019lga otlanadi. Bekovich-Cherkasskiy Yomba arig\u2019ini kechib o\u2019tib, hamda yuqori qismi tomon yurib ikki kundan keyin Bagachat degan joyga qo\u2019ndi. Shundan keyin qo\u2019shin Duchkon, Mansulmas, Childop, San Durali, Yangisuv singari quduqlarni bosib o\u2019tgan. Bu vaqtlarda jazirama issiq barcha o\u2019tlarni quritib yuborganligi orqasida qo\u2019shinga tegishli ot va tuyalarni boqish ancha qiyinlashgan. Bekovich-Cherkasskiy o\u2019zini bosqinchilik yurishini niqoblash maqsadida Yangisuvga kelganda Mixail Koretovni tinchlik va do\u2019stlik elchisi sifatida borayotganligini ma\u2019lum qilish uchun Sherg\u2019ozixon huzuriga jo\u2019natgan. Shundan keyin qo\u2019shin yo\u2019lni davom ettirib Shershik qudug\u2019i va Qoraqumobod arig\u2019i orqali Oqko\u2019l arig\u2019iga kelgan. Ko\u2019p o\u2019tmay Xiva xoni Sherg\u2019ozi nomidan ikki kishi va yuqorida qayd qilingan Koretovni bir odami Bekovich-Cherkasskiy huzuriga kelganlar. Xiva elchilari xon nomidan, ot, tuya va mollardan iborat sovg\u2019alarni Bekovich-Cherkasskiyga topshirgan. Shu ravishda Sherg\u2019ozixon dushmanni yovuz niyatini yaxshi bilsada, lekin sir boy bermay ish yuritadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bekovich-Cherkasskiy Xiva elchilariga o\u2019zini elchi sifatida kelayotganini takrorladi. Rus qo\u2019shini Oqko\u2019ldan chiqib Qoraog\u2019och degan ariqqa qo\u2019ndilar. Bu yerdan Xivagacha to\u2019rt kunlik yo\u2019l qolgan edi. Bundan xabar topgan Xiva qo\u2019shinlari rus askarlariga hujum qildilar. Voqea guvohlarining so\u2019ziga ko\u2019ra, vatan himoyachilari piltali oddiy miltiq, qilich, nayza, oybolta, o\u2019q-yoy va boshqa oddiy aslahalar bilan qurollanganlar. Ruslarda esa to\u2019p, miltiq va boshqa takomillashgan qurollar bor edi. Manbalarda Xiva qo\u2019shinining soni turlicha, ya\u2019ni 100 ming yoki 60 ming ko\u2019rsatilgan. Jang uch kun davom etgandan keyin to\u2019rtinchi kuni Xiva xoni Sherg\u2019ozixon Eshonxo\u2019ja ismli elchisini yuborib yarashishini taklif etdi. Elchi Bekovich-Cherkasskiyga shunday dedi: Xivaliklar o\u2019zboshimchalik bilan rus askarlariga hujum qilganlar, xon esa bilmay qolgan. Xonning so\u2019rovi shundan iboratki, agar Bekovich-Cherkasskiy haqiqatan ham elchi sifatida kelgan bo\u2019lsa u vaqtda ishonch hosil qildirsin.<\/p>\n\n\n\n<p>Bunga javoban Bekovich-Cherkasskiy: Men rus imperatori Pyotr I nomidan yorliq va og\u2019zaki topshiriqlar bilan elchi sifatida keldim, degan. U astraxanlik tatar Oltin Xusainov degan kishisini Eshonxo\u2019ja bilan birga Sherg\u2019ozixon huzuriga yuqoridagi gaplarni yetkazish uchun yubordi. Oltin Xusainovni Sherg\u2019ozi emas, balki lashkarboshi Quluqboy qabul qilib unga aytganki, agar Bekovich-Cherkaskiy haqiqatan ham elchi sifatida kelgan bo\u2019lsa, u vaqtda xon huzuriga o\u2019zi tashrif buyursin. U bu so\u2019zlarni Eshonxo\u2019ja bilan orqaga qaytib Bekovich-Cherkasskiyga yetkazgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Xiva qo\u2019shini rus askarlarini atrofini o\u2019rab: agar Bekovich-Cherkaskkiy haqiqatan ham elcih sifatida kelgan bo\u2019lsa, u vaqtda buni o\u2019zi o\u2019rtaga chiqib aytsin yoki urushadigan bo\u2019lsa jangga tushsin deb baqirishgan. Bunga javoban Bekovich-Cherkasskiy xivaliklar uzoqtoq joyga tislansa va Sherg\u2019ozixonni o\u2019zi kelsa chiqishi mumkinligini bildirgan. SHuningdek u oldingi jangda ruslardan olti kishi o\u2019ldirilganligini aytib ishonchsizlik bildirgan. Boshqa hujjatda o\u2019lganlarning soni 10 kishi deyilgan. Bekovich-Cherkasskiy buyrug\u2019i bilan ikki kun davomida vatan himoyachilariga qarshi to\u2019p va miltiqlardan o\u2019q uzildi. Shundan keyin xivaliklar bir chaqirim orqaga chekindilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu taxlitda vatan himoyachilari bilan rus qo\u2019shinlari o\u2019rtasida ikki marotaba qonli to\u2019qnashuv sodir bo\u2019ldi. Afsuski, bu janglar haqida mahalliy manbalarda ma\u2019lumotlar topilgani yo\u2019q. Ular ko\u2019proq rus arxivlarida saqlangan. Bular asosan Bekovich-Cherkasskiyning harbiy yurishida bevosita qatnashgan Turkman Nafasxo\u2019ja, Oltin Xusainov, Yoyiq kazaki Fedor Yemelyanov, Mixail Spiridonov, O\u2019razmat Ahmetov singari kishilarni xotiralarini o\u2019z ichiga oladi. Ularni ko\u2019rsatilicha aytilgan jangdan keyin o\u2019sha xixalik Eshonxo\u2019ja yana kelib orollik va turkmanlar xonni ruxsatisiz o\u2019zlaricha hujum qilganlarini bayon etgan. Shuningdek, u hech narsadan xavfsiramay xon oldiga borishga da\u2019vat etgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Bekovich-Cherkasskiy bunga javonam astraxanlik tatar Ismoil Mirza va Xudoyqul Mirzani Sherg\u2019ozixon huzuriga yuborib, rus davlatini elchisi ekanligini va qoraqalpoqlarni hujumlaridan saqlanish uchun qo\u2019shin bilan kelganligini bildirgan. Ma\u2019lum vaqtdan keyin rus elchilari xonning lashkarboshisi Kulunbek va Nazarxo\u2019ja ismli kishi bilan kelgan. Shundan keyin har ikki tomon bir-birlariga hujum qilmaslikka kelishdilar. So\u2019ngra Sherg\u2019ozixon Eshonxo\u2019jani yuborib Bekovich-Cherkasskiyni o\u2019z huzuriga taklif etadi. Bunga rozilik bildirib Bekovich-Cherkasskiy, knyaz Mixail Zamonov, brigade komissari Grigoriy Volkov, 700 askar va boshqa bir nechta kishilar bilan xon huzuriga yo\u2019l oldin. Qo\u2019shinga uning orqasidan yurish buyurildi. Keyingi voqea qay tarzda borganligini jonli guvoh Oltin Husainov shunday ta\u2019riflaydi: Bekovich-Cherkasskiy va Mixail Zamonov Sherg\u2019ozixon o\u2019rnashgan chodirga kiritildi. U Pyotr I Oliy hazratlarining yorlig\u2019ini, yasantirilgan ot, movut, 5 gazdan gazlamalar, kallaqand, kumush idishlaridan iborat sovg\u2019alarni xonga topshirdi. Ular chodirda ikki soat suhbatlashdilar va ovqatlandilar. O\u2019z navbatida xon ham Bekovich-Cherkasskiyga bezatilgan eng yaxshi otni hadya qildi. Shundan keyin Bekovich-Cherkasskiy uning uchun belgilangan chodirga kelib o\u2019rnashdi. Ko\u2019p o\u2019tmay xon olgan sovg\u2019alarni, xususan gazlamalarni chiritganligi uchun Bekovich-Cherkasskiyni shu darajada hijolatga va hayajonga solganki, ko\u2019z yoshlari bilan \u201cNima uchun shunday qilding?\u201d \u2013 deb Mixail Zamonovni qoralagan. Bunga Zamonov: \u201cMabodo orqaga qaytishimizga to\u2019g\u2019ri kelsa, bir kunimizga yarar, deb qildim\u201d, deb javob bergan. Keyingi kuni Sherg\u2019ozixon va Bekovich-Cherkasskiy birgalikda Xiva tomonga yo\u2019l oldilar. Kechqurun ular to\u2019rt soat mobaynida suhbatlashib ovqatlandilar. So\u2019ngra yo\u2019l davom ettirilib Xiva qo\u2019shini Bekovich-Cherkasskiy orqasidan kelayotgan rus askarlarini unga yaqinlashtirmadi. Xivaga ikki kunlik yo\u2019l qolganda Porsongul degan daryoga kelishdilar. Rus askarlari bu yerdan ikki chaqirim narida to\u2019xtadilar. Ertalab Sherg\u2019ozixon Bekovich-Cherkasskiy huzuriga to\u2019rt o\u2019zbekni yuborib rus qo\u2019shinlarini barchasini Xivada joylashtirishni va ta\u2019minlashni imkoni yo\u2019qligini va ularni besh qismda taqsimlab, turli shaharlarga o\u2019rnashtirishni taklif qildi. Shuningdek, Bekovich-Cherkasskiyga o\u2019z yonidagi 700 kishini ham tarqatib 200 odam bilan kelishni taklif etdi. Bu so\u2019rovlar qabul qilinib besh qismga ajratilgan rus askarlari xon amaldorlarini kuzatuvida besh tarafga olib ketildi. Shundan keyin, &#8211; deb so\u2019zini davom ettiradi Oltin Husainov, &#8211; Sherg\u2019ozixon buyrug\u2019i bilan knyaz Mixail Zamonov, astraxanlik dvoryanin Kiryak Ekonomov, so\u2019ngra Bekovich-Cherkasskiy yechintirilib boshlari qilichdan o\u2019tkazildi. Bu voqea 1717 yil 29 avgustda sodir bo\u2019ldi. Rus askarlari ham yo\u2019llarda qirib tashlandi, ma\u2019lum qismigina asirlikka olinib, qulga aylantirildi. Ko\u2019rsatilgan uch kishini boshlari Xivadagi bozorda osib qo\u2019yilib jamoa ahliga namoyish etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu tarzda Sherg\u2019ozixonning (1715-1728) o\u2019ta ehtiyotkorlik va bilimdonlik bilan yuritgan siyosati bir necha barobar ko\u2019p kuchga va yarog\u2019-aslahaga ega bo\u2019lgan uch ming kishilik rus qo\u2019shinlarini mag\u2019lubiyatga uchratdi. Vatan himoyachilari to\u2019p, miltiq, qilich va boshqa yarog\u2019-aslahalarni o\u2019ljaga oldilar. Sherg\u2019ozixon o\u2019z g\u2019alabasini namoyish etish uchun Bekovich-Cherkasskiyni kallasini terisini shilib va ichiga somon tiqib Buxoro xoniga jo\u2019natdi. Ammo, bu yerda xon Rossiya bilan aloqani yomonlashishidan qo\u2019rqib \u201csovg\u2019ani\u201d nafrat bilan qarshi oldi va darhol qaytarib yubordi. Shuningdek Sherg\u2019ozixon rus asirlaridan olti kishini Buxoro xoniga va 10 kishini qalmoq xoniga \u201csovg\u2019a\u201d sifatida jo\u2019natgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Bekovich-Cherkasskiyni tor-mor etilishi butun Rossiyani larzaga solgan, desak mubolag\u2019a bo\u2019lmaydi. Chunki bu noxush xabarni birinchi navbatda Pyotr I qattiq hayajon va alam bilan qarshi oldi. Ovrupadagi eng yirik va qudratli Rossiya imperiyasining kichik bir xonlikdan yengilishi jahon davrasida Pyotr I ni noqulay holatga solib qo\u2019yishi turgan gap edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Garchand, Sherg\u2019ozixon katta zafarni qo\u2019lga kiritgan bo\u2019lsa-da, rus davlati bilan diplomatik va savdo aloqalarini tiklash yo\u2019llarini qidirdi. Chunonchi, u 1720 yilda Vaismamatni elchi sifatida Rossiyaga yubordi. Bu elchi olib kelgan yorlig\u2019ida xonlikni Eron bilan urush olib borayotganligi xabar qilinib Bekovich-Cherkasskiy munosabati bilan uzilib qolgan aloqalarni tiklash zarurligi Pyotr I ga ma\u2019lum qilingan. Bu bilan barobar Bekovich-Cherkasskiy ko\u2019p sonlik qo\u2019shin bilan kelib xonlikni bosib olmoqchi bo\u2019lganligi uchun uning qo\u2019shinlariga zarba berilganligi uqtirib o\u2019tilgan. Garchand, Sherg\u2019ozixon o\u2019z vataniga bostirib kirgan bosqinchini tor-mor etib xalq oldidagi muqaddas burchini ado etib, yaxshi niyat bilan Rossiyaga elchi yuborgan bo\u2019lsa-da, lekin Pyotr I ning alami va nafrati shu darajada kuchli bo\u2019lganki, u diplomatiyning oddiy qonun qoidalarini onli ravishda buzadi. Chunonchi, o\u2019sha Xiva elchisini 5 ta hamrohi bilan Astraxandan soqchilarning qattiq nazorati ostida Peterburgga keltirib Petrapavlovsk qamoqxonasiga tashlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bunday sharmandli ish diplomatiya tarixida kamdan-kam uchraydigan hodisadir. Keyin Vaismamat tashqi ishlr kollegiyasiga chaqirilib suhbat o\u2019tkazilgan. Elchi suhbatda Xiva xoni savdoni tiklashni so\u2019rganligini ma\u2019lum qilgan. Kollegiya boshliqlari savdoni kuchaytirish va Tyupkaragan qal\u2019asini qurish uchun yuborilgan Bekovich-Cherkaskkiyni o\u2019ldirilishini qoralaganlar. Kollegiyada Bekovich-Cherkasskiyni xuni uchun elchini o\u2019ldirish lozim deyilganda, elchi \u201cBu sizlarning ishingiz\u201d, &#8211; deb mardonavor javob bergan. Elchi Vaismamat 1721 yilning 10 martida qamoqxonada vafot etgan. Shubhasiz, u qasos olish maqsadida hukumat tomonidan o\u2019ldirilgan. Uning hamrohlaridan biri Ko\u2019chak nomli kishigina rus hukumatining rus asirlarini ozod qilish haqidagi xati bilan Xivaga jo\u2019natilgan. Qolgan uchta Xivalik 1724 yilda qamoqxonada uch yil yotgandan keyin qatorgaga hukm qilingan.<\/p>\n\n\n\n<p>Sherg\u2019ozixon rus davlatining elchiga nisbatan g\u2019ariqonuniy munosabatiga qaramay aloqani tiklashdan voz kechmadi. U 1721 yilni boshida Buxoroga rus elchisi Florid Benevenini kelganligini eshitib uni Xivaga kelishini va bu yerda zo\u2019r hurmat bilan qabul qilinishini ma\u2019lum qildi. Haqiqatan ham F.Benevani Xivaga kelganda hurmat bilan kutib olindi. Qabul marosimida Sherg\u2019ozixon Rossiya bilan savdo aloqalarini tiklashni va dushmanlikdan foyda yo\u2019qligini F.Beneviniga aytgan. U Bekovich-Cherkasskiy voqeasiga to\u2019xtab, elchi tarzida emas, balki ko\u2019p askarlar bilan Xiva xonligini bosib olish uchun kelganligini bayon etdi. Sherg\u2019ozixon rus elchisi bilan birga Subhonquli nomli kishisini elchi sifatida Rossiyaga yuborgan. Ammo Xiva elchisi 1725 yilda Pyotr I o\u2019lgandan keyin Peterburgga keldi. Bu yerda u Sherg\u2019ozixonning savdo aloqalarini tiklash haqidagi yorlig\u2019ini rus hukumatiga topshirdi. Natijada, Xiva xonligi bilan rus davlati o\u2019rtasida savdo aloqalarini tiklash haqida qaror qbul qilindi. Bunda aloqani uzilishi orqasida Kaspiy-Volga yo\u2019lidagi savdoga putur yetganligi va boj yig\u2019ishning kamayib ketganligi ko\u2019rsatilib xonlik bilan savdoni qayta yo\u2019lga qo\u2019yish zarurligi uqdirilgan. Rus podshohlari Xiva xonligi bilan savdo aloqasini tiklanishi munosabati bilan Turkiston o\u2019lkasiga maxsus savdo karvonlarini yuborish to\u2019g\u2019risida farmon chiqardi. Karvonboshi lavozimiga Astraxanda yashovchi samarqandlik o\u2019zbek savdogari Yodgor Olimov tayinlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yuqorida aytilgan Buxoro xoni Abulfayzxon Bekovich-Cherkasskiyni o\u2019ldirilishiga qarshi o\u2019z nafratini bildirgan edi. U bu bilan chegaralanmay o\u2019sha F.Beneveni orqali Pyotr I nomiga xat yuborib o\u2019zaro elchilik va savdo aloqalarini kuchaytirish taklifi bilan bir qatorda Sherg\u2019ozixonning Bekovich-Cherkasskiyga nisbatan bo\u2019lgan munosabatni qoralagan. Hatto, xon Xiva xonligiga qarshi qo\u2019shin yuborganligi ma\u2019lum qilgan. Xullas Abulfayzxon Rus davlatini Xiva xonligi bilan aloqasini yomonlashtirishga urinib, o\u2019zini unga do\u2019stligini ko\u2019rsatishga harakat qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Shuningdek, Abdulfayzxon tobora kuchayib borayotgan Xiva xonligini ishlariga aralashib orolliklarni Sherg\u2019ozixonga qarshi bosh ko\u2019tartirdi. Orolliklar uni o\u2019rniga Buxoroda yashovchi shahzoda Temur Sultonni taxtga o\u2019tkazish uchun harakat qilganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Bekovich-Cherkasskiyning mag\u2019lubiyati Pyotr I ning Kaspiy dengizini sharqiy qirg\u2019oqlarini egallashga qaratilgan harakatlariga ham zarba berdi. Arxiv hujjatlariga ko\u2019ra, Tyukaragan va Krasnovodskidagi harbiy istehkomlarda sharoitni og\u2019irligi orqasida Bekovich-Cherkasskiy qoldirgan askarlarni ko\u2019pchiligi dardga chalingan yoki o\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Buni ustiga turkman qabilalari qal\u2019alariga hujum qilib, o\u2019nlab rus askarlarini asirlikka olganlar. Ularni orasida o\u2019ldirilganlar ham bo\u2019lgan. Hatto, Xiva xoni bu yerga hujum qilarmish degan ovozalar tarqalgan. Pyotr I o\u2019limidan keyin qanchalik vaqtlarning o\u2019tishi bilan ko\u2019rsatilgan qal\u2019alarga e\u2019tibor shunchalik pasayib bordi. 1717 yilni oxirida qolgan oz sonli rus askarlari qal\u2019alarni tashlab Astraxanga qaytishga majbur bo\u2019ldilar. Turkiston o\u2019lkasini rus davlatini tarkibiga kiritishga qattiq bel bog\u2019lagan Pyotr I Bekovich-Cherkasskiyning tor-mor etilishidan shu darajada alamga tushganki, hatto, o\u2019lim to\u2019shagida yotganida ham Xiva xonligidan \u201cqonga-qon\u201d tarzida xun olinishini vasiyat qilgan. Rus shoiri A.S.Pushkin so\u2019zicha \u201cPyotr I ikki armon bilan ketdi: biri Prut sohilidagi mag\u2019lubiyati uchun Turkiyadan, ikkinchi Bekovichni qatli uchun Xivadan o\u2019ch ololmaan edi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Pyotr I Kaspiy qirg\u2019oqlarini Erondan urushib olgandan keyin \u201culug\u2019davlatchilik g\u2019oyalari\u201d yanada jo\u2019sh urib, shunday degan ekan: \u201cAstroboddan Balxga va Badaxshonga faqat 12 kunlik yo\u2019ldir. Buxoro barcha Sharq savdosining markazidir. U tomonlarga boradigan yo\u2019llarga hech kim to\u2019siq bo\u2019la olmaydi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Binobarin, u Eron orqali ham Turkistonni o\u2019z ta\u2019sir doirasiga olishni rejalashtirgan. Pyotr I ning eng yaqin odamlaridan biri Volinskiyning esdaligiga ko\u2019ra, Pyotr I faqat Eronni emas, balki to Hindiston va Xitoygacha bo\u2019lgan yerlarni o\u2019z qo\u2019l ostiga olish niyatida bo\u2019lgan. Uni ta\u2019kidlashicha, Pyotr I tirik bo\u2019lganda bu ishlarni amala oshirilishi turgan gap edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xullas, Xiva xonligi tomonidan Bekovich-Cherkaskkiyning tor-mor etilishi rus davlatining bosqinchilik hukumati uzoq vaqtgacha Turkiston o\u2019lkasiga harbiy yurish uyushtirishni lozim ko\u2019rmadi. Biroq unga zimdan va asta-sekin tayyorgarlik ishlarini amalga oshirib bordi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ruslarning bu xonlikka bostirib kirishga urinishlari XVII asrning boshlariga to\u2019g\u2019ri keladi. Yoyiq (Ural) daryosini atroflarida joylashgan rus kazaklari Urganch shahri tomon yo\u2019lga chiqadilar. Xorazmda ular ko\u2019p boyliklarni qo\u2019lga kiritadilar. Bu &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/1717-yil-chor-rossiyasining-xiva-xonligiga-qarshi-harbiy-yurishi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2640,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[98],"tags":[],"class_list":["post-3459","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-tarix","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3459","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3459"}],"version-history":[{"count":6,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3459\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3467,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3459\/revisions\/3467"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2640"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3459"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3459"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3459"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}