{"id":34604,"date":"2022-11-18T15:41:12","date_gmt":"2022-11-18T12:41:12","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=34604"},"modified":"2022-11-18T15:41:15","modified_gmt":"2022-11-18T12:41:15","slug":"yalliglanish","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yalliglanish\/","title":{"rendered":"YALLIG&#8217;LANISH"},"content":{"rendered":"\n<p>YALLIG&#8217;LANISH \u2014 kasallik qo&#8217;zg&#8217;atuvchi zararli omillar (fizika, kimyoviy, biologiya) ta&#8217;siriga qarshi organizmning murakkab mahalliy nomaxsus himoya reaktsiyasi. Shikastlangan soha Yallig&#8217;lanish reaktsiyasi tufayli organizmning sog&#8217;lom to&#8217;qimalaridan ajralib qoladi; u joyga qondan immun hujayralar kelib, ular har xil destruktiv effektlarni rivojlantiradi. Arteriyalar va kapillyarlarning qon bilan to&#8217;lishi Yallig&#8217;lanish o&#8217;chog&#8217;ida qizarish va gipertermiyaga, tomirlar o&#8217;tkazuvchanligining oshishi shish va og&#8217;riqqa sabab bo&#8217;ladi (nerv oxiriga bosim bo&#8217;lganligi hisobiga). Leykositlar migrasiyasi (birinchi navbatda, neytrofillarning) va ularning faollashishi atrofdagi to&#8217;qimalarning tsitolizi va yiring hosil bo&#8217;lishiga olib keladi. Yallig&#8217;lanish o&#8217;choklari zararli omilni bostiruvchi asosiy mexanizmlarga fagositoz, hujayradan tashqari tsitoliz, nomaxsus kontaktli Killing, hamda komplement tizimining tsitolitik reaktsiyalari hisoblangan gumoral reaktsiyalar kiradi. Shu bilan bir vaqtda Yallig&#8217;lanish mahalliy va umumiy immunitetining rivojlanishiga turtki bo&#8217;ladi. Yallig&#8217;lanish organizmning ilk reaktsiyalaridan biri hisoblanib, u organizmni yot jismlardan himoya qilish yoki parchalangan o&#8217;z hujayralaridan to zalash kabi vazifalarni bajaradi. Yallig\u2019lanish uchta muhim tarkib (komponent)dan: alterasiya (hujayra va to&#8217;qimalarning shikastlanishigacha bo&#8217;lgan o&#8217;zgarishlari), ekssudatsiya (suyuqlik va qon hujayralarining tomirlaridan chiqishi) va proliferatsiya (hujayralarning ko&#8217;payishi va to&#8217;qimalarning o&#8217;sib ketishi)dan tashkil topgan. Yallig\u2019lanish reaktsiyalarining har qanday ko&#8217;rinishlarida bu uch komponent albatta mavjud bo&#8217;ladi. Ulardan qaysi birining ustunligiga ko&#8217;ra, Yallig\u2019lanishning uchta asosiy \u2014 alterativ, ekssudativ va proliferative shakli farq qilinadi. Alterativ Yallig\u2019lanish ko&#8217;pincha ichki a&#8217;zolar (yurak, jigar, buyrak)da yuzaga keladi. Yallig\u2019lanishning bu shakli ba&#8217;zi bir allergic reaktsiyalar, kuchli toksik (masalan, pathogen mikroblar ajratadigan ekzotoksin) moddalar ta&#8217;sir etganda, autoimmun jarayonlarda vujudga keladi. Ekssudativ Yallig\u2019lanish boshqalariga nisbatan ko&#8217;proq uchraydi; Yallig\u2019lanish o&#8217;chog&#8217;ida tomirlarning tavsifi o&#8217;zgarishi hisobiga tomir devorining o&#8217;tkazuvchanligi oshadi, natijada qonning suyuq qismi va leykositlar tomirdan atrofdagi to&#8217;qimaga chiqib, Yallig\u2019lanish o&#8217;chog&#8217;ida to&#8217;planadi (bu suyuqlik ekssudat deb ataladi). Agar ekssudat deyarli tiniq va tarkibida 8% gacha oqsil bo&#8217;lsa, seroz Yallig\u2019lanish deb ataladi. Ekssudatda maxsus oqsillar \u2014 fibrinogen ko&#8217;p bo&#8217;lsa, Fibrinoz Yallig\u2019lanish deyiladi. Yiringli Yallig\u2019lanishda ekssudatda juda ko&#8217;p miqdorda nobud bo&#8217;lgan leykositlar va boshqalar bo&#8217;ladi. Proliferativ Yallig\u2019lanish hujayra elementlarining ko&#8217;payishi, tugunlar hosil bo&#8217;lishi bilan ifodalanadi, bu zaxm, sil, toshmali terlama kabi kasalliklarda kuzatiladi. Yallig\u2019lanishning asosiy belgilari (qizarish, qavarish, qizish, og&#8217;riq va funktsiyaning buzilishi) yuzada joylashgan a&#8217;zolarning o&#8217;tkir Yallig\u2019lanishi uchun xos, agar u ichki a&#8217;zolarda vujudga kelgan bo&#8217;lsa, bu belgilarning hammasi kuzatilmasligi ham mumkin. Odatda, Yallig\u2019lanishda organizmda isitma, qonda leykositlar sonining ko&#8217;payishi (leykositoz), moddalar almashinuvining buzilishi, Yallig\u2019lanishning og&#8217;ir shakllarida esa umumiy intoksikasiyaning rivojlanishi kabi reakpiyalar paydo bo&#8217;ladi. Yallig\u2019lanish himoya, moslanish reaktsiyasi bo&#8217;lsada, ma&#8217;lum sharoitlarda organizm uchun hayotiy zarur to&#8217;qimalarning shikastlanishiga olib keladi. Ya.ning oqibatlari har xil, yallig&#8217;langan soha butunlay tuzalib ketishi, ba&#8217;zan to&#8217;qimalarning talaygina qismiga putur etgan bo&#8217;lsa, yallig&#8217;langan joy chandiqlanib qolishi ham mumkin. Agar Yallig\u2019lanish ichki a&#8217;zolarda bo&#8217;lsa, qo&#8217;shni a&#8217;zolarni bir-biriga tutash joylarida bitishma hosil bo&#8217;ladi, natijada shikastlangan a&#8217;zo funktsiyasi o&#8217;zgaradi. Yallig\u2019lanishning har qanday ko&#8217;rinishida shifokorga murojaat etish va uning ko&#8217;rsatmalariga amal qilish lozim.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YALLIG&#8217;LANISH \u2014 kasallik qo&#8217;zg&#8217;atuvchi zararli omillar (fizika, kimyoviy, biologiya) ta&#8217;siriga qarshi organizmning murakkab mahalliy nomaxsus himoya reaktsiyasi. Shikastlangan soha Yallig&#8217;lanish reaktsiyasi tufayli organizmning sog&#8217;lom to&#8217;qimalaridan ajralib qoladi; u joyga qondan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yalliglanish\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[205],"tags":[],"class_list":["post-34604","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ya-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/34604","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=34604"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/34604\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":34605,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/34604\/revisions\/34605"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=34604"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=34604"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=34604"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}