{"id":34616,"date":"2022-11-19T08:41:40","date_gmt":"2022-11-19T05:41:40","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=34616"},"modified":"2022-11-19T08:41:42","modified_gmt":"2022-11-19T05:41:42","slug":"yangi-gvineya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yangi-gvineya\/","title":{"rendered":"YANGI GVINEYA"},"content":{"rendered":"\n<p>YANGI GVINEYA (indonez tilida Irian) \u2014 tinch okeanning g&#8217;arbiy qismidagi Orol. Kattaligi bo&#8217;yicha dunyoda 2-o&#8217;rinda (Grenlandiyadan keyin). Maydoni 829 ming kilometr kvadrat (ba&#8217;zi ma&#8217;lumotlarga ko&#8217;ra 771,9 ming kilometr kvadrat). Uzunligi 2000 kilometrdan ziyod, eni 700 kilometrgacha. G&#8217;arbiy qismi Indoneshya, sharqi PapuaYangi Gvineya davlatlari hududi. Orolning qirg&#8217;oqlari egribugri, quruqlik ichkarisiga ancha o&#8217;yib kirgan qo&#8217;ltiqlar bor. Janubiy sohili yassi, qumli, shimoli baland. Yangi Gvineyaning Markaziy qismidan g&#8217;arbdan sharqqa cho&#8217;zilgan tog&#8217; tizmalari kesib o&#8217;tadi. Eng baland joyi 5029 metr (Jaya cho&#8217;qqisi). Harakatdagi vulkanlar bor. Janubiy qismi keng pasttekislik. Yangi Gvineyaning burmali zamini Proterozoy va yuqori paleozoy jinslaridan tuzilgan, usti dengiz cho&#8217;kindilari bilan qoplangan. Iqlimi shimolda ekvatoral, Janubda subekvatorial, tog&#8217; tepalarida nival iqlim. Tekisliklarda o&#8217;rtacha oylik temperatura 25-28\u00b0. Yillik o&#8217;rtacha yog&#8217;in tekisliklarda 1000 millimetrdan, tog&#8217;larda 4000 millimetrdan ziyod. Tez-tez dovul bo&#8217;lib turadi. Daryolari sersuv, quyi qismida kema qatnaydi. Sernam tropik o&#8217;rmonlar flora va fauna turlariga boy. Janubiy da savannalar uchraydi. Milliy bog&#8217;lar tashkil etilgan. Makkajo&#8217;xori, yams, batat ekiladi. Kofe, kakao, kokos palmasi, kauchuk daraxtlari plantasiyalari bor. Baliq ovlanadi. Yirik shaharlari: PortMorsbi, Madang, Sorong, Jayapura. Orolga yevropaliklardan dastlab 16-asrning 1-yarmida portugal dengizchilari borgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YANGI GVINEYA (indonez tilida Irian) \u2014 tinch okeanning g&#8217;arbiy qismidagi Orol. Kattaligi bo&#8217;yicha dunyoda 2-o&#8217;rinda (Grenlandiyadan keyin). Maydoni 829 ming kilometr kvadrat (ba&#8217;zi ma&#8217;lumotlarga ko&#8217;ra 771,9 ming kilometr kvadrat). Uzunligi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yangi-gvineya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[205],"tags":[],"class_list":["post-34616","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ya-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/34616","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=34616"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/34616\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":34623,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/34616\/revisions\/34623"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=34616"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=34616"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=34616"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}