{"id":34650,"date":"2022-11-19T09:51:44","date_gmt":"2022-11-19T06:51:44","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=34650"},"modified":"2022-11-19T09:51:46","modified_gmt":"2022-11-19T06:51:46","slug":"yangiyol-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yangiyol-tumani\/","title":{"rendered":"YANGIYO&#8217;L TUMANI"},"content":{"rendered":"\n<p>YANGIYO&#8217;L TUMANI \u2014 Toshkent viloyatidagi tuman. Viloyatning Janubi g&#8217;arbida. 1926 yil 29 sentyabrda tashkil etilgan. G&#8217;arb va shimli g&#8217;arbda Qozog&#8217;istonning Janubiy Qozog&#8217;iston viloyati, shimol va shimoli sharqda Toshkent viloyatining Zangiota tumani, Janubi sharqda viloyatning quyi Chirchiq, Janubi g&#8217;arbda Chinoz tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,42 ming kilometr kvadrat. Aholisi 157,7 ming kishi (2004). Tumanda 2 shaharcha (Gulbahor va Bo&#8217;zsuv), 8 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (Abdulla Ortiqov, Navbahor, Niyozboshi, Ubay Musaev, Xalqobod, Sho&#8217;ralisoy, Eski Qovunchi, Qo&#8217;shyog&#8217;och) bor. Tuman markazi \u2014 Gulbahor shaharchasi. Tabiati. Tuman hududi, asosan, tekislikdan iborat bo&#8217;lib, adirlar uchraydi. Yer yuzasida Chirchiqning 5 ta terrasasi (ko&#8217;hna qayir) ajralib turadi. Tuproqlari bo&#8217;z, o&#8217;tloqi tuproqlar. Iqlimi kontinental. Yillik o&#8217;rtacha temperatura 12,5\u00b0 \u2014 13\u00b0. Iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi 26\u00b0, yanvarniki -1\u00b0, -2&#8243;. Vegetatsiya davri 210 kun. Yiliga 280 \u2014 282 millimetr yog&#8217;in tushadi. Tuman hududidan Chirchiq daryosi, kurkuldak, jo&#8217;n, Bo&#8217;zsuv, shimoliy Toshkent kanallari va ariqlar oqib o&#8217;tadi. Yovvoyi o&#8217;simliklardan qamish, g&#8217;umay, yantoq, sho&#8217;ra, pechak, ajriq, kakra va boshqalar o&#8217;sadi. Yovvoyi hayvonlardan chiyabo&#8217;ri, tulki, quyon, jayra, bo&#8217;rsiq, parrandalardan yovvoyi o&#8217;rdak va boshqalar uchraydi. Aholisi, asosan, o&#8217;zbeklar, shuningdek, rus, qozoq, tatar va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1 kilometr kvadratga 375, 5 kishi. Qishloq aholisi 140,8 ming kishi, shahar aholisi 16,9 ming kishi (2004). Xo&#8217;jaligi. Tumanda Yangiyo&#8217;l yog&#8217;moy kombinati, &#8220;Yangiyo&#8217;l biokimyo&#8221; aktsiyadorlik jamiyati, konserva, eksperimental ta&#8217;mirlashmexanika, g&#8217;isht, asfaltbeton, &#8220;Marelli&#8221; xususiy vino zavodi, Yangiyo&#8217;l vino zavodi, quyi Bo&#8217;zsuv GES, MTP, &#8220;OsiyoEkspress&#8221; ishlab chiqarish korxonasi, baliq urchitish xo&#8217;jaligi, broyler parrandachilik, inkubatoriya-parrandachilik fabrikalari bor. Qishloq xo\u2019jaligida paxtachilik, chorvachilik, bog&#8217;dorchilik, g&#8217;allachilik, sabzavotchilik, pillachilik bilan shug&#8217;ullaniladi. Sug&#8217;oriladigan maydonlarga paxta, g&#8217;alla, sabzavotpoliz ekinlari ekiladi. Bog&#8217; va tokzorlar bor. Tumandagi jamoa va shaxsiy xo&#8217;jaliklarida qoramol, qo&#8217;y va echki, parranda boqiladi. Shirkat, fermer xo&#8217;jaliklari, agrar birlashmasi, cho&#8217;chqachilik xo&#8217;jaligi va boshqa qishloq xo\u2019jalik korxonalari mavjud. Umumiy ta&#8217;lim, bolalar musiqa, sport maktablari, kasb- hunar maktabi, kasb-hunar kollejlari faoliyat ko&#8217;rsatadi. Tuman Markaziy kutubxonasi va uning tarmoqlari, madaniyat saroyi, klub muassasalari bor. Stadion, sport zallari, otish tirlari, 3 tennis korti, futbol, mini futbol maydonlari va boshqa sport inshootlari mavjud. Tuman Markaziy kasalxonasi, tez tibbiy yordam markazi, poliklinika, tug&#8217;ruqxona, qishloq vrachlik punktlari, feldsherakusherlik punktlari va boshqalar tibbiy muassasalar aholiga xizmat ko&#8217;rsatadi. Nov qishlog&#8217;ida dam olish uyi joylashgan, shuningdek, kardiologiya kasalliklari sanatoriysi bor. Tuman hududidan katta O\u2019zbekiston trakti, Toshkent temir yo&#8217;li o&#8217;tadi. Yangiyo&#8217;l tumanida Qo&#8217;shtepa, Qoratepa, Yo&#8217;g&#8217;ontepa, Niyoz- Boshtepa, Shamatepa, 1,2,3 Bo&#8217;zsuv tepalari arxeologik ob&#8217;ektlar hisoblanadi. 1930 yildan &#8220;Yangiyo&#8217;l&#8221; tuman gazetasi nashr etiladi (adadi 2738).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YANGIYO&#8217;L TUMANI \u2014 Toshkent viloyatidagi tuman. Viloyatning Janubi g&#8217;arbida. 1926 yil 29 sentyabrda tashkil etilgan. G&#8217;arb va shimli g&#8217;arbda Qozog&#8217;istonning Janubiy Qozog&#8217;iston viloyati, shimol va shimoli sharqda Toshkent viloyatining Zangiota &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yangiyol-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[205],"tags":[],"class_list":["post-34650","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ya-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/34650","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=34650"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/34650\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":34651,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/34650\/revisions\/34651"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=34650"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=34650"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=34650"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}