{"id":3468,"date":"2021-10-10T15:35:52","date_gmt":"2021-10-10T12:35:52","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=3468"},"modified":"2025-09-19T08:03:32","modified_gmt":"2025-09-19T05:03:32","slug":"sohibqiron-amir-temur-kuragon","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/sohibqiron-amir-temur-kuragon\/","title":{"rendered":"Sohibqiron Amir Temur Kuragon"},"content":{"rendered":"\n<p><strong><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/amir-temur-solnomasi\/\">Amir Temur solnomasi<\/a><\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/temur-va-temuriylar-saltanati\/\">Temur va temuriylar saltanati<\/a><\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/buyuk-amir-temur-saltanati-va-uning-taqdiri\/\">Buyuk Amir Temur saltanati va uning taqdiri<\/a><\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/category\/amir-temur-sulolasi\/\">Amir Temur sulolasi<\/a><\/p>\n\n\n\n<p><strong><em>Turg\u2019un Fayziyev. Temuriylar shajarasi<\/em><\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/saroy-mulk-xonim-bibixonim\/\">Saroy Mulk Xonim (Bibixonim)<\/a><\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/amir-temurning-harami\/\">Amir Temurning harami<\/a><\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/amir-temurning-farzandlari\/\">Amir Temurning farzandlari<\/a><\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/muhammad-jahongir-mirzo\/\">Muhammad Jahongir Mirzo<\/a><\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/umar-shayx-mirzo-bahodir\/\">Umar Shayx Mirzo Bahodir<\/a><\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/sulton-husayn-mirzo-boyqaro\/\">Sulton Husayn Mirzo Boyqaro<\/a><\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/mironshoh-mirzo\/\">Mironshoh Mirzo<\/a><\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/zahiriddin-muhammad-bobur-mirzo\/\">Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo<\/a><\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/shohruh-mirzo\/\">Shohruh Mirzo<\/a><\/p>\n\n\n\n<p><strong>Sohibqiron Amir Temur Kuragon<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur 1336 yil, 8 aprelda (736 yil 25 Sha\u2019bon) Kesh (Shahrisabz) viloyatining Xo\u2019ja Ilg\u2019or qishlog\u2019ida dunyoga kelgan. Uning otasi amir Muhammad Tarag\u2019ay barlos qabilasiga mansub beklardan bo\u2019lgan. \u201cMujmali Fasihiy\u201d nomli asar muallifining bergan ma\u2019lumotiga qaraganda, amir Tara\u2019ayning nasl-nasabi jahongir Chingizxonga borib taqaladi. Mazkur asar muallifi Fasih al-Xavofiy amir Tarag\u2019ayning shajarasini quyidagicha bayon qiladi: amir Tarag\u2019ay ibn Barkal ibn Ilangiz Ijik ibn Qorachor no\u2019yon ibn Suku Sijon ibn Irumchi ibn Qochuli no\u2019yon ibn Tuminaxon ibn Boysung\u2019ur ibn Qayduxon ibn Dutam Mengi Buqoy ibn Buzanjir ibn Alon Quva. \u201cJangnomayi Amir Kuragon\u201dda yozilishicha, onasi Buxoro fuzalolarining eng ulug\u2019i \u2013 sadr ul-shar\u2019ia (shariat qonunlarini sharhlovchi)ning qizi \u2013 Takina Moh begim bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Muhammad Tarag\u2019ay avvalo komil musulmon va bahodir jangchi bo\u2019lgan. Shuningdek, ulamoyu fuzaloga ixlosmand, ilm ahliga homiy va ishtiyoqmand kishi edi. Amir Tarag\u2019ay bahodir zamonasining mulkdor kishilaridan bo\u2019lib, Chig\u2019atoy ulusiga mansub hukmdorlar bilan yaqin munosabatda edi. U Shahrisabz (Kesh)ning ma\u2019lum qismida hokimlik qildi. Temur keyinchalik o\u2019z otasining mol-mulki haqida quyidagilarni bitgan: \u201cMen 21 yoshga to\u2019lgan edim. Shu yil otamning dehqonchiligi yaxshi bo\u2019ldi. Qoramol va yilqilar ham ko\u2019p bolaladilar. Men har bir o\u2019n qulga bir boshliq tayinladim, har bir yigirma otni bir uyum qildim. Har bir o\u2019n uyurni bir qulga topshirdim, har bir o\u2019n tuyani va har bir ming qo\u2019yni boqish uchun bir qul tayinladim. O\u2019zimga tegishli mulkni idora qilishni esa maxsus ishonchli qulimga topshirdim\u201d. Amir Temurning yuqoridagi so\u2019zlaridan ma\u2019lum bo\u2019ladiki, Tarag\u2019ay bahodir zamonasining davlatmand kishilaridan bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temurning tug\u2019ilishi hamda go\u2019daklik davri haqida aniq va muayyan ma\u2019lumot kam uchraydi. Hozirgi kungacha yetib kelgan ma\u2019lumotlar esa, nihoyatda chalkash va ishonchli manbalardan ajrab qolgan. Masalan, Amir Temurning tug\u2019ilishidan to vafotigacha bo\u2019lgan davr hamda sohibqironning barcha faoliyatini o\u2019z qamrovida mujassamlashtirgan. \u201cTemurnoma\u201d nomli asarida Amir Temur shaxsi o\u2019ta ilohiylashtirilib, o\u2019quvchida shubhaga moyillik tug\u2019diradi. Shuning uchun Amir Temurning o\u2019zi haqida aytgan so\u2019zlariga suyanmoq har tomonlama ishonchliroq tuyuladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Muhammad Tarag\u2019ay bahodir o\u2019z zamonasining an\u2019analariga ko\u2019ra, o\u2019g\u2019liga ot minish, ov qilish, xat-savod chiqarish ham Islom ahkomlarini o\u2019rgatuvchi murabbiylar tayinladi. Shuning natijasi o\u2019laroq, yosh Temurni yetti yoshidayoq madrasaga o\u2019qishga beradilar. U madrasaga kelganda alifbodan mukammal xabardor bo\u2019lgan, o\u2019z ona tili \u2013 turk tilidan tashqari fors tilini ham mukammal egallagan edi. Ammo ko\u2019pchilik rus va Yevropa olimlari Amir Temurning savodsiz deb yozib kelganlar va bu aqida ko\u2019pchilikning nazarida \u201chaqiqat\u201ddek o\u2019rnashib qolgan. Ammo keyingi tekshirishlar shuni aniqladiki, Amir Temur o\u2019z zamonasining o\u2019qimishli va uquvli hukmdorlaridan bo\u2019lgan ekan. Darhaqiqat, Amir Temur mamlakatni rivojlantirishda ilmu fanning ahamiyati beqiyos ekanligini yaxshi tushungan hukmdor bo\u2019lib, olimu ulamolarga ehtirom bilan qaragan. Zero o\u2019zi ham tibbiyot, matematika, falakiyot, me\u2019morchilik va tarix ilmidan tuzukkina xabardor bo\u2019lgan. Amir Temur bilan yuzma-yuz o\u2019tirib suhbatlashish sharafiga muyassar bo\u2019lgan buyuk arab faylasufi Ibn Xaldunning ta\u2019kidlashicha, jahongir, turk, arab, fors xalqlari tarixini chuqur o\u2019rgangan, diniy, dunyoviy va falsafiy bilimlarning eng murakkab jihatlarigacha yaxshi o\u2019zlashtira olgan zot ekan.<\/p>\n\n\n\n<p>Shuningdek, Sharafuddin Ali Yazdiyning ta\u2019kidlashicha, Amir Temurning bosh devonida \u201cManzumayi turk\u201d nomli asar tuzilgan bo\u2019lib, mazkur asarning yozilish jarayonida uning har bir parchasini shaxsan Amir Temurning o\u2019zi necha martalab o\u2019qib chiqqan, ba\u2019zi joylarni tuzatib tahrir qilgan, qo\u2019shimcha dalillar zarur bo\u2019lib qolganda esa, voqea sodir bo\u2019lgan joylarga maxsus odamlar yuborib aniqlattirgan hamda voqealarning to\u2019g\u2019ri, davomiy tartibda va tarixiy haqiqatga mos ravishda yoritilishini talab qilgan. Ana shunday shaxsni savodsiz deb bo\u2019ladimi?<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur 12 yoshidan boshlab bolalarga xos bo\u2019lgan ermak o\u2019yinlaridan voz kechib, endilikda o\u2019z tengqurlari bilan sipohiylikka oid o\u2019yinlar bilan shug\u2019ullandi. Rivoyat qilishlaricha, Eron shahanshohlaridan \u2013 ahmoniylar sulolasiga asos solgan Kayxusrav bolalik chog\u2019laridagi o\u2019yinlarda o\u2019zini shoh va tengqurlarini turli mansablariga tayanib, saltanat ishlarini mashq qilgan ekan.<\/p>\n\n\n\n<p>Temur 16-18 yoshida qilichbozlik, nayzabozlik va shikor (ov) qilish san\u2019atini mohirona egallaydi va 20 yoshida esa abjir chavandoz bo\u2019lib yetishadi. Endi u o\u2019z tengqurlarini guruhlarga bo\u2019lib, jang mashqlarini o\u2019tkaza boshlaydi. Darvoqe, Temurdan qariyb 280 yil keyin dunyoga kelgan rus podshosi Pyotr Birinchi, shuningdek, Temurdan qariyb 400 yil keyin olamga kelgan bo\u2019lajak mashhur sarkarda Suvorov ham ana shunday mashqlar bilan shug\u2019ullanishgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur siyosat maydonida kirib kelgan paytda, Movarounnahr mo\u2019g\u2019ullar istibdodi ostida ingramoqda edi. Darhaqiqat, Chingizxon va Botuxon bosib o\u2019tgan yerlarni kuli ko\u2019kka sovrilgan, shahar va qishloqlar vayronaga aylangan, suv inshootlari buzib tashlangan yoki ishga yaroqsiz holga keltirilgan edi. Chingizxon Movarounnahrni o\u2019zining ikkinchi o\u2019g\u2019li Chig\u2019atoyxonga suyurg\u2019ol sifatida in\u2019om qilgan edi. Chig\u2019atoy ulusiga mansub bo\u2019lgan mo\u2019g\u2019ul xonlari Movarounnahrda bir yarim asr mobaynida hukmronlik qildilar. Ular mamlakatni obodonlashtirish, suv inshootlari qurish va mehnatkash xalq ahvolini yaxshilashga aslo qiziqmadilar. Aksincha, mamlakat moddiy boyligini talash, qashshoq xalq ommasini yanada ezib, turli-tuman soliq va o\u2019lponlar yig\u2019ish bilan shug\u2019ullandilar. Mo\u2019g\u2019ul xonlari avvalgi paytlarda bir-birlari bilan totuvlikda hukmronlik qilgan bo\u2019lsalarda, keyinchalik XIV asrning ikkinchi choragiga kelib, ularning oralarida nizolar chiqib, o\u2019zaro qonli urushlarning ko\u2019payishiga olib keldi. Tabiiyki, tinimsiz davom etgan bunday qirg\u2019inbarot urushlar qashshoqlashgan xalq ommasini holdan toydirgan edi. Xullas, Amir Temur siyosat maydoniga kirib kelgan paytidagi Movarounnahr bilan Xurosonning ahvoli ana shunday edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur balog\u2019atga yetgach, vatanni mo\u2019g\u2019ul istibdodidan xalos qilish yo\u2019llarini qidira boshlaydi. Dastlab u, o\u2019z tengqurlarini atrofiga yig\u2019ib, manfur hukmronlikka qarshi isyon ko\u2019tarish payiga tushadi. Ammo kutilmaganda onasi Tekina begimning vafoti tufayli isyon qoldiriladi yoxud ma\u2019lum muddatga kechiktiriladi. Bu haqda aniq ma\u2019lumot uchramaydi. Lekin taqdir taqozosi bilan shu kezlarda navqiron Temur otasi Muhammad Tarag\u2019ay Bahodir bilan birga Movarounnahr hukmdori amir Qozog\u2019onning qabulida bo\u2019ladi. Har holda amir Qozog\u2019on Temurning kayfiyatini sezibmi yoki uning bahodirligini nazarda tutibmi, unga iltifotlar ko\u2019rsatib, hatto o\u2019z nabirasi O\u2019ljaoyni (amir Husaynning singlisi) uning ahdiga kiritadi. Amir Qozog\u2019onning bundan kuzatgan maqsadi isyonkor Temurni o\u2019z tarafiga og\u2019dirish edi. Darhaqiqat, natija amir Qozog\u2019on kutgandek bo\u2019lib chiqdi. Keyinchalik Temur amir Qozog\u2019on haqida gapirganda shunday derdi: \u201cAmir Qozog\u2019on unchalik qudratga molik hukmdor emasdi. Undan hokimiyatni osongina tortib olishim mumkin edi. Lekin menga ko\u2019rsatgan lutfu ehtiromiga xiyonat qilish \u2013 ko\u2019rnamaklik bo\u2019lur edi\u201d. Temur asta-sekin amir Qozog\u2019onning ishonchiga kirib, unign eng yaqin kishilari qatoriga kiradi. O\u2019z mavqeidan ustalik bilan foydalangan Temur amir Qozog\u2019onga qarshi qaratilgan suiqasddan fosh etib, yanada yuksak ishonchga sazovar bo\u2019ladi. Amir Qozog\u2019on Temurga Shibirg\u2019on viloyatini, keyinchalik esa Xorazm hokimligini in\u2019om qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Qozog\u2019on o\u2019sha zamon hukmdorlariga nisbatan soddaroq va siyosat bobida o\u2019z burni tagidan narini payqamaydigan hukmdor edi. Ana shu tufayli ham o\u2019ziga eng yaqin bo\u2019lgan maslakdoshi va qudasi (o\u2019g\u2019li Abdulloning qayinotasi) amir Husrav Bayonqulini ranjitib, qattol dushmanga aylantirib qo\u2019yadi. Amir Temur hukmdrlar orasida uzluksiz ravishda davom etayotgan siyosiy mojarolardan mohirona foydalanib amir Qozog\u2019ondan Movarounnahr amirligiga tavsiyanoma oladi. Darhaqiqat, amir Xusrav Bayonquli tez kunda Tug\u2019luq Temurxon bilan bamaslahat amir Qozog\u2019onga qarshi suiqasd uyushtiradi. 1357 yilda navbatdagi o\u2019zaro janglardan birida Mo\u2019g\u2019uliston xoni Qutlug\u2019 Temur Buldoy o\u2019z qaynotasi amir Qozog\u2019onni halokatga yetkazadi. Movarounnahr taxtiga esa amir Qozog\u2019onning o\u2019g\u2019li Abdulloni o\u2019tqazadilar. Abdullo hokimiyatga kelgach, saroyda fisqu fujur ko\u2019payadi. Fasih Xavofiyning yozishicha, Abdullo Bayonqulixonni o\u2019z xotinlaridan biri bilan bo\u2019lgan ishqiy mojaro tufayli qatl etdiradi. U Buxoroda Shayx Sayfuddin al-Boxarzi qabristoni yaqiniga dafn qilinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1358 yilda Bayon Sulduz va amir Hoji Barlos birgalashib Abdullo ibn Qozog\u2019onga qarshi urush ochadilar. Jangda Abdullo ibn Qozog\u2019on yengilib, taxtni tashlab Andarobga qochadi va o\u2019sha yerda vafot etadi. Amir Abdullo ibn Qozog\u2019on qochib ketgach, Bayon Sulduz va Hoji Barlos Movarounnahrning bir qismini qo\u2019lga kiritib, uni o\u2019zaro taqsim qiladilar. Xususan, Hoji Barlosga Kesh viloyati tegadi. Shuni alohida ta\u2019kidlash lozimki, 1358 yilda Kesh viloyati hokimligining Hoji Barlos qo\u2019liga o\u2019tishi \u2013 hokimiyati qariyb bir yarim asrdan so\u2019ng mo\u2019g\u2019ul bosqinchilari qo\u2019lida mahalliy aholi qo\u2019liga o\u2019tishining debochasi edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ammo Mo\u2019g\u2019uliston hukmdori Tug\u2019luq Temurxonga Movarounnahrdagi so\u2019nggi voqealar, ya\u2019ni mahalliy aholining hokimiyatga intilib, joylarda vujudga kelayotgan xalq harakatlari tinchlik bermay qo\u2019ygandi. Tug\u2019luq Temurxon Chig\u2019atoy naslidan Duvaxonning nabirasi bo\u2019lib, Movarounnahr \u2013 Chig\u2019atoy ulusini o\u2019z tasarrufiga kiritishni rejalashtirgan edi. Ayni paytda Movarounnahrda kechayotgan siyosiy ahvol, uning o\u2019z rejalarini amalga oshirishi uchun turtki bo\u2019ladi. U 1359 yilda katta qo\u2019shin bila Movarounnahrga bosib kiradi. Kesh viloyatining hukmdori Hoji Barlos o\u2019z yaqinlari bilan Xurosonga qochadi. Tabiiyki, o\u2019z amakisi Hoji Barlos bilan birga 24 yoshli Amir Temur ham safar taraddudida edi. Ammo juvonmardlik ruhida tarbiyalangan Temurda oriyat, hamiyat kuchli bo\u2019lib, vatani, xalqi boshiga og\u2019ir kunlar soya solib kelayotgan bir paytda yurtni dushman irodasiga tashlab, o\u2019zi chetda tomoshabin bo\u2019lib turolmasdi. Binobarin, u qat\u2019iy fikrga kelib, amakisi Hoji Barlosga, \u201cSiz boravering, qiyin kunda men el ichida bo\u2019lishim kerak\u201d, deb, amakisini Xurosonga kuzatib, o\u2019zi Keshga qaytib keladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu haqda \u201cTemur tuzuklari\u201dda mazkur voqea quyidagicha tasvirlangan. \u201c\u2026 Tug\u2019luq Temurxon Movarounnahr mamlakatini olish maqsadida qo\u2019shin tortib, Xo\u2019jand suvidan kechib o\u2019tgach, menga amir Hoji Barlosga va amir Boyazid Jaloyir nomiga yorliq jo\u2019natib, uning huzuriga kelishimizni talab qilgandi. Ular men bilan kengashdilar. O\u2019z uluslari bilan Xurosonga ketish yoki Tug\u2019luq Temurxon oldiga borish haqida mashalat so\u2019radilar. Men ularga shunday yo\u2019l ko\u2019rsatdim: Tug\u2019luq Temurxonning huzuriga borsangiz ikki foyda, bir ziyoni border, Xuroson tomonga o\u2019tib ketishning (esa) ikki ziyoni, bir foydasi bordi, dedim. Ular mening kengashimga kirmay (el-yurti bilan ko\u2019chib) Xuroson tomonga ketdilar. Men ham Xurosonga yoki bo\u2019lmasa Tug\u2019luq Temurxonning oldiga borish-bormasligimni bilmay ikkilanib qoldim. Shu hol asnosida pirimdan maslahat so\u2019rab xat yozgan edim, ushbu mazmunda javob yozib yubordilar: \u201cTo\u2019rtinchi xalifa hazrati Ali ibn Abu Tolibdan, unga tangrining karamu marhamati bo\u2019lsin,, bir kishi so\u2019rabdiki, osmonlar \u2013 kamon, yer kamon ipi, hodisalar (va ofatu kulfatlar esa) \u2013 o\u2019q bo\u2019lsa, insonlar ul o\u2019q-yoylarga nishon bo\u2019lsa, otg\u2019uvchi \u2013 xudoyi taollo bo\u2019lsa, uning qudrati yana ham ulug\u2019 bo\u2019lsin, odamlar qayerga ham qochadilar? Xalifa javob qilib, odamlar tangrining qoshiga qochsinlar, &#8211; debdilar. Shunga o\u2019xshash sen ham hozir Tug\u2019luq Temurxonning oldiga qochgil va qo\u2019lidagi o\u2019q-yoyini tortib olgil\u201d. Bu javob kelishi bilan ko\u2019nglim ko\u2019tarilib, yuragim bundan quvvat oldi va Tug\u2019luq Temurxon qoshiga borishga ahd qildim\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Haqiqatan ham Amir Temur yo hayot yo mamot iborasini diliga jo qilib, o\u2019limni bo\u2019yniga olgan holda Tug\u2019luq Temurxon dargohiga boradi. Tole yor bo\u2019lib, Amir Temurning o\u2019z xohishi bilan kelganini ko\u2019rgan Tug\u2019luq Temurxon, unga iltifotlar ko\u2019rsatadi. Ammo Tug\u2019luq Temurxon amirlari o\u2019rtasida hamjihatlik yetishmas edi. Bu illat ayniqsa Movarounnahr yurishida yaqqol namoyon bo\u2019ladi. Bu haqda Temur o\u2019zining \u201cTuzuklar\u201dida shunday yozadi: \u201cYana shu vaqtda Tug\u2019luq Temurxonning Dashti qipchoqdagi amirlari ham isyon tug\u2019ini ko\u2019targani haqida xabar olindi. Bundan xon tashvishga tushdi, mendan maslahat so\u2019radi va Jete (Mo\u2019g\u2019uliston) taragiga qarab yuzlandi. Movarounnahrni (esa) mena qoldirdi va bu xususda yorlig\u2019 va ahdnoma yozib berdi, Amir Qorachor no\u2019yonning Movarounnahrdagi tumonini ham menga topshirdi\u201d. Darhaqiqat, amir Abdullo ibn Qozog\u2019ondan keyingi davr \u2013 Movarounnahrda Amir Temur saltanatining boshlanish davri bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Qozog\u2019on vafotidan so\u2019ng Movarounnahrda qudratli hukmdor qolmagandi. Mamlakatda tarqoqlik holati hukmron edi. Chunonchi, Kesh viloyatida Hoji Barlos, Xo\u2019jand viloyatida Boyazid Jaloyir, Shibirg\u2019onda Muhammad Xo\u2019ja Opardiy, Balx viloyatida amir Husayn ibn Musallab, Badaxshonda mahalliy shohlar va Xuttalonda esa amir Kayxusrav hukmronlik qilardilar. Nizomiddin Shomiyning ta\u2019kidlashicha, mazkur hukmdorlar orasida hamjihatlik yo\u2019q edi. Aksincha ular bir-birlariga o\u2019ta kibr-havo bilan qarar va natijada turli-tuman kelishmovchiliklar, isyon, g\u2019alayon va qirg\u2019inlar kelib chiqishiga sabab bo\u2019lardilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Ammo 1361 yilda Tug\u2019luq Temurxon Movarounnahrga ikkinchi marta qo\u2019shin tortib keladi. \u201cTemur tuzuklari\u201dda Amir Temurning o\u2019z iqroricha, \u201chijriy 762 (milodiy 1360-61) yili Tug\u2019luq Temurxon ikkinchi marta Movarounnahrga qo\u2019shin tortib kelib, meni o\u2019z huzuriga chorlab noma jo\u2019natdi. Men (rozi bo\u2019lib) uning istiqboliga chiqib, u bilan ko\u2019rishdim. U oramizdagi ahdni buzib, Movarounnahrni o\u2019g\u2019li Ilyosxo\u2019jaga topshirdi, meni esa sipohsolar qilib belgiladi. Bu ishga ortiqcha ro\u2019yxushlik bildirmayotganimni ko\u2019rib, mening bobom Qochuvli bahodir va o\u2019zining bobosi Qobulxonlarning ahdnomasini ko\u2019rsatdi. Po\u2019lat taxtaga imzolangan ahdnomada \u201cxonlik Qobulon avlodining qo\u2019lida, sipohsolarlik esa Qochuvli bahodirxon bolalarida bo\u2019lsin, ular bir-bilari bilan yovlashmasin\u201d, degan so\u2019zlar bitilgan ekan. Buni o\u2019qib ko\u2019rgach, ulug\u2019lar ahdiga vafo qilish yuzasidan sipohsolarlikni qabul qildim\u201d, deydi. Bundan ma\u2019lum bo\u2019ladiki, ana shu ahdnomaga amal qilgan Amir Temur, umrining oxirigacha o\u2019zi barpo qilgan ulkan davlatga o\u2019zini xon deb e\u2019lon qilishga jur\u2019at qilolmadi. Balki xon lavozimini nomigagina joriy qilib, mo\u2019g\u2019ul xonlari avlodidan birini xon tayinlab, saltanat ishlarini mustaqil ravishda o\u2019zi boshqaradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Fasih Xavofiyning yozishicha, Movarounnahrda osoyishtalik barqaror bo\u2019lgach, Xurosonga qochib ketgan amir Hoji Barlos yana Keshga qaytib keladi. Bir yil davomida Keshni boshqarib turgan Amir Temur Kesh hokimligini amakisi amir Hoji Barlosga topshirib, o\u2019ziga yaqin kishilarini olib Balx hukmroni qaynog\u2019asi amir Husayn ibn Musallob ibn Qozog\u2019on huzuriga ketadi. Amir Husayn Chig\u2019atoy ulusining sobiq amiri Qozog\u2019onning nabirasi bo\u2019lgani tufayli o\u2019zini Movarounnahr taxtiga shar\u2019an da\u2019vogar deb bilardi. Amir Temur Movarounnahrni mo\u2019g\u2019ul hukmronligidan ozod qilishda amir Husayn bilan ittifoq tuzib, birgalikda harakat qilishni rejalashtiradi. U amir Husaynning Movarounnahr taxtiga bo\u2019lgan da\u2019vosidan mohirlik bilan foydalanadi. Tarixchi Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishicha, Amir Temur va amir Husayn Movarounnahr hukmdori mo\u2019g\u2019ul Ilyosxo\u2019jaga qarshi bir necha marta jang qiladilar. Bu ikki amirning o\u2019zaro ittifoqi Movarounnahr tarixida umidli imkoniyatlarni vujudga keltirardi. Ammo amir Husaynning ochko\u2019zlik va Amir Temurga nisbatan g\u2019arazgo\u2019yligi ko\u2019zlangan maqsadni amalga oshishiga halaqit berardi. 1362 yili Amir Temur va amir Husayn Mohon (Marv) qishlog\u2019ida Alibek nomli Turkman qo\u2019lida 62 kun asirlikda yotadilar. Asirlikdan qochib Seistonga ketadilar. Ana shu paytda Seiston uchun bo\u2019lgan jangda Amir Temur o\u2019ng qo\u2019li va o\u2019ng oyog\u2019idan og\u2019ir yarador bo\u2019ladi. Keyinchalik o\u2019ng qo\u2019li deyarli quruqshab qoladi va o\u2019ng oyog\u2019i oqsab qoladi. Tarixiy manbalarda turkchada \u201cOqsoq Temur\u201d, forschada \u201cTemurlang\u201d va Ovrupada \u201cTamerlan\u201d nomini olganligi shundandir.<\/p>\n\n\n\n<p>Mo\u2019g\u2019uliston xoni Tug\u2019luq Temurxon vafotidan so\u2019ng uning o\u2019g\u2019li Ilyosxo\u2019ja Movarounnahrdan quvib chiqariladi. Biroq, Ilyosxo\u2019ja Movarounnahrdek boy o\u2019lkadan umidini uzaolmaydi va 1365 yili Mo\u2019g\u2019ulistondan katta qo\u2019shin to\u2019plab, Movarounnahrga bostirib keladi. Amir Temur va amir Husayn o\u2019z qo\u2019shinlari bilan Ilyosxo\u2019ja qo\u2019shiniga qarshi kurashadilar. Mazkur jang hozirgi Chinoz bilan Toshkent oralig\u2019ida bo\u2019lib, tarixga mashhur \u201cLoy jangi\u201d bo\u2019lib kirgandir. Bu jang paytida qattiq jala yog\u2019ib, yer sirg\u2019anchiq va yopishqoq loy bo\u2019lib otliq uchun ham, piyodalar uchun ham yurish mushkullashadi. Ko\u2019pgina otliq va piyoda jangchilar loyga botib, hatto Amir Temur ham oti bilan yiqilib tushgan, degan rivoyatlar ham bor. Buning ustiga Amir Temur qo\u2019shini dushman ustidan g\u2019alabaga erishib turgan pallada amir Husayn qat\u2019iyatsizlik qilib, jang maydonini tashlab ketadi. Natijada dushman jangda g\u2019olib kelib, har ikki amir Samarqandga, keyinchalik Balxga qarab qochadilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Ilyosxo\u2019ja qo\u2019shinining Samarqandga yaqinlashayotganini eshitgan shahar xalqi masjidi jom\u2019yega yig\u2019ilib, yovga qarshi kurashishga da\u2019vat qiladilar. Yig\u2019ilishni Samarqand sarbadorlarining rahnamolaridan biri Mavlonzoda boshqaradi. Xalq shahar ko\u2019chalarini berkitib, dushman yo\u2019liga pistirmalar qo\u2019yib, jang taraddudiga tushadi. Mo\u2019g\u2019ul qo\u2019shini shaharni osongina qo\u2019lga kiritishga ishongan edi. Ammo shahar ostonasida talofat ko\u2019rib, parokandalikka yuz tutadi. Shahar xalqi sarbadorlar yetakchiligida dushman ustidan porloq g\u2019alabaga erishadilar. Ilyosxo\u2019ja Movarounnahrni tashlab chiqib ketishga majbur bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ilyosxo\u2019janing Samarqand sarbadorlaridan yengilib orqaga chekinganligi haqidagi xabar atrofga tarqaganda Amir Temur Qarshida, amir Husayn Amudaryo qirg\u2019og\u2019ida qishlamoqda edilar. 1366 yili bahorda Amir Temur va amir Husayn yana birgalashib, Samarqand shahrrining Koni-gil mavzesiga kelib tushadilar va u yerdan sarbadorlarning qo\u2019lga kiritgan g\u2019alabalarini tabriklab, ularning rahnamolarini o\u2019z lashkargohlariga taklif qiladilar. Sarbadorlarning boshliqlari amirlarning \u201cbeg\u2019araz\u201d taklifiga ishonib, lashkargohga keladilar. Biroq amir Husayn sarbadorlarni tutdirib qatlga buyuradi. Faqat Mavlonzodagina Amir Temurning qilgan jonbozligi natijasida qatldan omon qoladi. Shundan ma\u2019lum bo\u2019ladiki, harholda sarbadorlar haqida Amir Temur bilan Husaynning fikrlari boshqa-boshqa bo\u2019lgan. Sarbadorlar harakati qonga belangach, har ikki amir Samarqandni o\u2019z tasarrufiga kiritadilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Lekin shu voqeadan so\u2019ng Amir Temur bilan amir Husayn o\u2019rtasida o\u2019nglanmas nizo vujudga keladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunisi diqqatga sazovorki, ayrim tarixiy ma\u2019lumotlarda sarbadorlar harakatining ayrim boshliqlari bilan Amir Temur orasida oldindan munosabatlar bo\u2019lganligi haqida rivoyatlar uchraydi. Bunday aqidalar mashhur sharqshunos Yu.A.Yakubovskiy asarlarida ham yozilgan. Biroq sarbadorlarning rahnamolari bilan Amir Temur o\u2019rtasidagi mazkur aloqa qanday aniqlanmagan. Yetuk alloma Ibrohim Mo\u2019minov yozadi: \u201cBizning fikrimizcha, mo\u2019g\u2019ul zulmi asoratiga qarshi olib borilgan harakatlar sarbadorlarning ayrim rahbarlarini, birinchi navbatda, ularning ilhomchisi va ideologi Mavlonzoda va Temurni bir-birlariga yaqinlashtirgan, ko\u2019makdosh etgan; xuddi shu sababdan sarbadorlar boshliqlari Temur faoliyatining asosan birinchi davrida yuqoridagi maqsadni amalga oshirish uchun Temurni qo\u2019llab-quvvatlaganlar, unga yordam berganlar\u201d. Bu fikrning to\u2019g\u2019riligiga yana bir dalil shuki, Amir Temur bilan Husayn o\u2019rtasida vujudga kelgan dushmanlik ana shu sarbadorlarni qirg\u2019in qilishdan so\u2019ng avjiga chiqadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sarbadorlar voqeasidan so\u2019ng Husayn Amir Temurga nisbatan zimdan dushmanlik xatti-harakatlarini boshlaydi. Amir Husaynning qaltis niyatini tushungan Amir Temur undan ilgariroq jang taraddudiga kirishadi. 1370 yili Amir Temur o\u2019zining yaxshi qurollangan qo\u2019shini bilan Balxni qamal qiladi. Bir necha kun davom etgan jang-jadaldan so\u2019ng shaharga yorib kirib, shahar qo\u2019rg\u2019onini ham qo\u2019lga oladi. Amir Husayn asirga olinadi. Amir Temur o\u2019z ittifoqchisi xuttalonli Kayxusravga amir Husaynni topshiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sharafuddin Ali Yazdiyning xabariga qaraganda, 1360 yilda amir Husayn xuttalonli Kayxusravning akasi Kayqubodni qatl qildirgan. 1361 yili mo\u2019g\u2019ullarga qarhi jang paytida Kayxusrav xon tomoniga o\u2019tib, xonning xolavachchasi Tuman Qutluqqa uylanib kuyov bo\u2019ladi. 1366 yilda Kayxusrav Toshkentga kelganida Amir Temur Husayn bilan yovlashib yurgan edi. Amir Temur Kayxusrav bilan yaqinlashadi va uning Tuman-Qutluq nomli xotinidan tug\u2019ilgan qizi Rokiya Xonog\u2019oni o\u2019z o\u2019g\u2019li Jahongir Mirzoga unashtiradi. 1369 yilda esa Amir Temur Husaynning sodiq kishisi sifatida qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019targan Kayxusravni tinchitib, uni Oloyga qochishga ko\u2019ndiradi. 1370 yili Kayxusrav Husaynga qarshi bosh ko\u2019targan Amir Temurga kelib qo\u2019shiladi. Amir Husayn asirga olingach, Amir Temurning ijozati bilan akasi Kayqubodning qasosini olishga muvaffaq bo\u2019ladi. Amir Husayn Kayxusrav qo\u2019lida qatl etiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Husayn qatlidan so\u2019ng Amir Temur Movarounnahr taxtining haqiqiy sohibi bo\u2019ldi. Biroq mamlakatda ahvol og\u2019ir edi. Movarounnahr hududi hali mo\u2019g\u2019ul istilochilaridan batamom xalos bo\u2019lmagan, qashshoqlikka mahkum etilgan mehnatkash xalq og\u2019ir kunlarni boshdan kechirmoqda edi. Amir Temur taxtga o\u2019tirgach, birinchi harakatni mamlakatni mo\u2019g\u2019ul istilochilaridan ozod qilib, mustaqil markazlashgan davlatni barpo qilishga qaratdi. Saltanatni boshqarishda yangi va mukammal tartib-qoidalar joriy qildi. Movarounnahrda Kepakxon (1318-1326 yil) tomonidan joriy qilingan ma\u2019muriy tumanlarni saqlab qolib, mazkur tumanlarga yangi mingboshi va tumanboshilar tayinlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>1370 yildayoq Amir Temur Samarqand shahar devorini qurdirishga kirishadi. Shuningdek, qo\u2019rg\u2019on va saroylar bino qildiradi. Bu qurilishlar \u2013 mo\u2019g\u2019ullar istilosidan 150 yil keyingi birinchi qurilishlar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Akademik Ibrohim Mo\u2019minov ta\u2019riflagandek, Amir Temur hayoti va faoliyati ikki davr yaqqol ko\u2019zga tashlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Birinchi davr 1360-1386 yillarni o\u2019z ichiga oladi. Temur bu davrda Movarounnahrda mo\u2019g\u2019ul xonligidan mustaqil, kuchli markazlashgan davlat tuzish yo\u2019lida kurashdi, Movarounnahrni birlashtirishdan manfaatdor bo\u2019lgan turk va tojik zodagonlari \u2013 oq suyaklari kabi sotsial kuchlar bilan birgalikda o\u2019rta asr o\u2019zboshimcha feodallariga, markazlashish va birlashishga zid harakatlarga, mamlakatni parchalangan holatda saqlashga intiluvchilarga, o\u2019zaro urushlarga undovchilarga qarshi kurash olib bordi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur Amudaryo va Sirdaryo oralig\u2019idagi yerlarni, shuningdek Farg\u2019ona va Toshkent viloyatlarini osonlik bilan o\u2019z hukmiga kiritdi. Ammo Xorazm masalasi ancha mushkul edi. Mo\u2019g\u2019ullar davrida Xorazm ikki qismga bo\u2019lingandi; Shimoliy Xorazm Urganch shahri bilan Oltin O\u2019rda tarkibiga, Janubiy Xorazm Qiyot shahri bilan birga Chig\u2019atoy ulusi tarkibiga kirardi. Oltin O\u2019rda xoni Berdibekning vafotidan (1359) so\u2019ng, turli g\u2019alayonlar boshlanib, Oltin O\u2019rda o\u2019zi bilan ovora bo\u2019lib turgn bir paytda, Qo\u2019ng\u2019irot qabilasidan So\u2019fi sulolasi maydonga chiqadi. Sulolaning ulugi Husayn So\u2019fi Shimoliy va Janubiy Xorazmni birlashtirib, Qiyot va Xiva shaharlarini bosib oladi. Chig\u2019atoy ulusining barcha yerlariga o\u2019zini voris deb hisoblagan Amir Temur Husayn So\u2019fining bunday o\u2019zboshimcha siyosatini qonundan tashqari deb biladi va 1372 yilda bosib olgan yerlarni qaytarib berishni talab qilib, elchi yuboradi. Tabiiyki, Husayn So\u2019fi bu talabnomani bajarishdan bosh tortadi. Shunda Amir Temur darhol o\u2019z askari bilan Husayn So\u2019fi ustiga yuradi. Hali jang boshlanmasdanoq yo\u2019l ustida joylashgan QIyot shahrini Temur askarlari ishg\u2019ol qiladilar. Qiyot qo\u2019ldan ketgacha Husayn So\u2019fi tushkunlikka uchrab, Temurning barcha talablarini so\u2019zsiz bajarishga rozi bo\u2019ladi. Ammo Amir Temurning lashkar boshilaridan xuttalonli Kayxusrav Amir Temurning kuchayib ketishini istamas va unga nisbatan zimdan ko\u2019ngilda adovat saqlardi. Binobarin, Kayxusrav Husayn So\u2019fi bilan maxfiy muzokara yuritib, uni Temurga taslim bo\u2019lmaslikka ko\u2019ndirgach, bu xususda o\u2019zining ham yordam berajagini bildiradi. Kayxusrav so\u2019ziga ishongan Husayn So\u2019fi Temurga qarshi jang boshlaydi. Biroq birinchi zarbadayoq chilparchin bo\u2019ladi. Husayn So\u2019fi Temurdan qochib, Urganch qal\u2019asiga berkinadi va ko\u2019p o\u2019tmay o\u2019sha yerda vafot etadi. Uning o\u2019rniga ukasi Yusuf So\u2019fi (1373-1380) taxtga o\u2019tiradi. Amir Temur Yusuf So\u2019figa sulh taklif qiladi. Sulhning shartlaridan bittasi Husayn So\u2019fining qizi Sevin beka (O\u2019zbekxonning nabirasi)ni o\u2019zining to\u2019ng\u2019ich o\u2019g\u2019li Jahongir Mirzoga xotinlikka olib berish edi. Yusuf So\u2019fi rozi bo\u2019ladi. Kayxusravning sotqinligi oshkor bo\u2019lib, o\u2019limga mahkum qilinadi. Sharafuddin Ali Yazdiyning \u201cZafarnoma\u201d asarida hamda Abdurazzoq Samarqandiyning bergan ma\u2019lumotiga qaraganda, Amir Temur tomonidan tayinlangan xon-mo\u2019g\u2019ul Suyurg\u2019otmishxonning farmoniga ko\u2019ra, Kayxusravni Samarqandga keltirib, bir vaqtlar u qatl qilgan amir Husaynning navkarlari qo\u2019liga topshirdilar. Bu tadbir qudratli hukmdorning isyonkor sarkardaga qarshi birinchi qo\u2019llagan jazosi edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur sulh tuzib qaytib ketgach, Yusuf So\u2019fi sulh shartnomalarini bajarish o\u2019rniga, 1373 yilda Qiyotni qaytadan o\u2019z tasarrufiga kiritadi. Bu xabarni eshitgan Amir Temur yana Xorazmga yurish qiladi. Biroq ish jangu jadalga borib yetmaydi. Yusuf So\u2019fi darhol Amir Temurga bo\u2019ysunib, barcha shartlarni bajarishga va\u2019da beradi. Natijada janubiy Xorazm Amir Temur saltanatiga qo\u2019shib olinadi. Ammo g\u2019alaba uzoqqa bormaydi. 1375 yili Amir Temur Oq O\u2019rda xoni O\u2019rusxon bilan jang qilayotganidan foydalangan Yusuf So\u2019fi janubiy Xorazmni qaytadan bosib oladi. Ikki orada davom etgan to\u2019qnashuvlar 1379 yilgacha davom etadi. Nihoyat Amir Temur Urganchni uch oy qamalda tutgach, shaharni o\u2019z tasarrufiga kiritadi va janubiy Xorazm butunlay qo\u2019shib olinadi. Ammo 1388 yilda Oltin O\u2019rda xoni To\u2019xtamishxonning qutqusi bilan Xorazmda yana isyon boshlanadi. Zotan, 1372 yildan to 1388 yilgacha Amir Temur Xorazmga besh marta yurish qiladi. Nihoyat, eng so\u2019nggisi 1388 yilgi isyondan bag\u2019oyat g\u2019azablangan sohibqiron Urgancha shahrini yer bilan yakson qilish va o\u2019rniga arpa ekishga farmon beradi. Natijada shahar vayro qilinib, aholisi Samarqandga ko\u2019chirib yuboriladi va shaharning ma\u2019lum bir qismini shudgorlab, arpa ekiladi. Amir Temur shaharni 1391 yildagina qayta tiklashga ruxsat etiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sohibqiron Temur Movarounnahr tuprog\u2019ini bosqinchi mo\u2019g\u2019ul g\u2019allalaridan tozalab, bir butun qudratli markazlashgan hokimiyat barpo etishga muvaffaq bo\u2019ladi. Ana shundan so\u2019ng 1386 yildan to umrining so\u2019nggi kunlarigacha qo\u2019shni mamlakatlarga qarshi \u201cbosqinchilik\u201d urushini olib bordi. Mazkur davr mobaynida sohibqironning uchta asosiy huruji \u2013 uch yillik, besh yillik va yetti yillik yurishlaridan iboratdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Sohibqiron Temur 1370 yildan 1402 yilgacha Xuroson, Eron, Iroq, Ozarbayjon, Gurjiston, Armaniston, Hindiston, Oltin O\u2019rda va Turkiya bilan jang qilib, Karl Marks ta\u2019biri bilan aytganda, saltanat hududini sharqda Xitoy devoriga qadar, shimolda \u2013 Moskvaga, g\u2019arbda \u2013O\u2019rta yer dengiziga, janubda esa Misr chegaralariga qadar kengaytirdi. Buning uchun 18 marta jang qilishga to\u2019g\u2019ri kelgan, deyilgan. Biroq Fasih Xavofiyning \u201cMujmali Fasihiy\u201d asarida voqiiy yillar majmuasi (xronologiya) asosida hisoblab chiqilsa, Amir Temurning 1370 yildan to umrining oxirigacha 30 martadan ko\u2019proq harbiy yurish qilganligi ma\u2019lum bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temurning \u201cbosqinchilik\u201d yurishlari haqida gapirganda shuni esdan chiqarmaslik lozimki, qaysi davrda qaysi hukmdor jangu jadalsiz saltanat boshqargan? Tarixda qaysi jang talafotsiz, qurbonsiz yoxud qirg\u2019insiz tugagan? Shuningdek, qaysi xalq o\u2019z vataniga chetdan bostirib kirgan fotihni quloch yozib kutib olgan, yoxud uning qilmishlarini o\u2019z solnomasiga ezgu fazilat deb qayd qilgan? Tarixdan ma\u2019lumki, har qanday xalq o\u2019z tuprog\u2019iga bostirib kirgan fotihni u adolatlimi, adolatsizmi \u2013 bosqinchi deb qaragan va dushmanlik kayfiyatida bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Tabiiyki, Amir Temurning ham harbiy yurishlari bosqinchilik yurishlar deb talqin qilingan. Shular asosida tarixiy va ilmiy asarlar yaratilib, ayrim shaxslar tarafidan Temur shaxsiga noloyiq iboralar ishlatilib, bo\u2019hton va nafratdan iborat qissalar, kitoblar bitildi. Holbuki, Amir Temur ham o\u2019sha davr hukmdorlariga o\u2019xshash feudal hukmdor edi. U Movarounnahr markazlashgan davlat barpo etish uchun kurashdi. Amir Temurdan qariyb 200 yil keyin Rossiya hukmdori Ryurixlar sulolasiga mansub bo\u2019lgan Ivan IV (dahshatli Ivan) bobosi Ivan III ning boshlagan ishini davom etdirib, bir necha mayda rus knyazliklarini birlashtirib, markazlashgan yagona rus davlatini barpo etishga muvaffaq bo\u2019ldi. Shu bilan cheklanib qolmay, necha asrlardan buyon mustaqil yashab kelayotgan Qozon xonligi (1552), Astraxon xonligi (1556) va G\u2019arbiy hamda Sharqiy Sibir xonliklarini ham qilich kuchi bilan o\u2019z tasarrufiga kiritdi. Ivan IV ning qilgan qonxo\u2019rligi va jabr-zulmining cheki yo\u2019q. Yoki Romanovlar sulolasiga mansub bo\u2019lgan Rossiya podshosi Ulug\u2019 Pyotrni olaylik. Rossiyaning istiqboli uchun Shvetsiya bilan 21 yil (1700-1721), Janubda Turkiya bilan 6 yil jang qildi. Tuyaga minginu \u2013 uzoqni ko\u2019zla, deganlaridek, Pyotr ham kelajakda Hindistonga kirib borish maqsadida O\u2019rta Osiyodagi feudal xonliklarni Rossiya tasarrufiga kiritishdek bosqinchilik rejalarini tuzdi. Rossiya imperiyasi mazkur reja asosida XIX asrning 60-yillarida O\u2019rta Osiyo xonliklarini birin-ketin bosib oldi. Agar tarixiy manbalarda keltirilgan ma\u2019lumotlarga ishonilsa, u holda Chor Rossiyasining birgina O\u2019rta Osiyodagi qirg\u2019inlarining salmog\u2019i Amir Temurning barcha qirg\u2019inlaridan ko\u2019plik qiladi. Shunga qaramay, rus xalqi o\u2019z vatanining ravnaqi yo\u2019lida nohaq qon to\u2019kishga jazm qilgan hukmdorlarining nomlarini hurmat bilan tilga olib iftixor bilan alqaydilar.<\/p>\n\n\n\n<p>To\u2019g\u2019ri, Amir Temur olib borgan jangu jadallar natijasida minglab begunoh odamlarning qoni to\u2019kilgan. Ammo insoniyat tarixida bo\u2019lib o\u2019tgan urushlar sababi, tub mohiyatini ilmiy asosda tahlil qilinsa, barcha chigalliklar birin-ketin yechila boradi. Binobarin, sohibqiron Temur yashagan davr, tarixiy sharoit o\u2019ziga xosligi bilan ajralib turadi. U davrda shunday vaziyat ustivor ediki, yo sen dushmaningni mag\u2019lub etib, saltanatning qudratini oshirasan, yoki g\u2019animlaring seni majaqlab, davlatingni bosib oladilar. Tabiiyki, Amir Temur ham o\u2019sha davr farzandi, o\u2019shanday ijtimoiy hayot vakili, aniqrog\u2019i o\u2019sha zamon hukmdorlaridan biri edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur XIV asrning 80-nchi yillaridan boshlab o\u2019zining jahongirlik yurishlarini boshlaydi. Biroq uning barcha harbiy yurishlariga turtki bo\u2019larlik biron-bir sabab mavjud bo\u2019lgan. Mashhur venger sayyohi German Vamberi o\u2019zining \u201cBuxoro yoki Movarounnahr tarixi\u201d nomli asarida Amir Temurga baho berarkan, \u201cU Bursa kutubxonasidagi kitoblarni yuk tashiydigan hayvonlarga ortib, Samarqandga ko\u2019chirtirgan. Endi shu kishini vahshiy, marhamatsiz deb atash mumkinmi? Binobarin, Temurni Chingiz ila bir safga qo\u2019yib, uni vaxshiy, zolim, qaroqchi deb atagan kishilarning fikrlari ikki martaba xatodir. U avvalo Osiyo sarkardasi edi. O\u2019zining g\u2019olib askarlari va qurollaridan o\u2019z zamonasining taomilicha foydalangan. Uning dushmanlari tarafidan aybga sanalgan ishlari va urushlarini sinchiklab qaralsa, doimo biror jinoyatga jazo tarzida yuz bergan. To\u2019g\u2019ri, jazo qattiq, lekin doimo haqqoniyatli bo\u2019lgan. Isfaxonda, Sherozda ul xiyonat ila maqtul bo\u2019lg\u2019on askarlari uchun intiqom (qasos) olg\u2019on. Dimishq aholisi esa Maoviyaning qadimgi muxlislari bo\u2019lib, Husayn (Ali ibn Abu Tolibning o\u2019g\u2019li Imom Husayn) oilasining shahodati uchun hech shubhasiz jazo ko\u2019rurga tegishli edilar. Aning fojiali xotimasi Temurning g\u2019azabini keltirgan edi. Shunga o\u2019xshash voqealar naqadar bo\u2019lsa yoki dushman qalami ila mubolag\u2019ali tasvir etilgan. Yoxud bizga mastur (ma\u2019lum) bo\u2019lmagan sabablar ila vujudga kelganlardir\u201d \u2013 deb yozadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Zotan Amir Temurning To\u2019xtamishxonga qarshi yurishi (1395) ana shunday jazo berish tariqasida kechgan edi. 1376 yili Oq O\u2019rdaning hukmdori O\u2019rusxon yurishda Mang\u2019ishloq (Mingqishloq) hokimi To\u2019yxo\u2019ja o\u2019g\u2019lon qatnashmaydi. Bundan g\u2019azablangan O\u2019rusxon To\u2019yxo\u2019ja O\u2019g\u2019lonni qatl qildiradi. To\u2019yxo\u2019ja O\u2019g\u2019lonning o\u2019g\u2019li To\u2019xtamishxon Temur huzuriga qochib keladi va xizmatini taklif qiladi. Temur u masalaning mohiyatini atroflicha o\u2019rganib, Oq O\u2019rdada o\u2019z odami bo\u2019lishini nazarda tutib, To\u2019xtamishxonga O\u2019rusxonga qarshi katta qo\u2019shinn hamroh qilib, Oq O\u2019rda taxtini qo\u2019lga kiritishni ta\u2019kidlab jo\u2019natadi. Ammo To\u2019xtamishxon yengilib qaytadi. 1376 yil qish faslida Amir Temurning shaxsan o\u2019zi Oq O\u2019rdaga qarshi jangga otlanadi. Biroq sovuqning zabtiga olishi tufayli jang harakatlari to\u2019xtatiladi. Faqat 1379 yildagina Amir Temur O\u2019rusxonni yengib, Oq O\u2019rda taxtiga To\u2019xtamishxonni o\u2019tqazadi va O\u2019rusxonni qatl qildirib o\u2019zi Samarqandga qaytadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ammo To\u2019xtamishxon Oq O\u2019rda xoni bo\u2019lib olgach, Amir Temurning umidlarini puchga chiqardi. To\u2019xtamishxon dastlabki yillarida Temur tomonidan berilgan har qanday yordamni bajonidil qabul qilar va chetdan qaraganda o\u2019z homiysiga minnatdor va sodiqdek ko\u2019rinardi. Amalda esa siyosiy nayrangboz sifatida ish ko\u2019rardi. Oradan biroz vaqt o\u2019tgach, mustaqil siyosat yurgazib, hatto valine\u2019mati Temurning manfaatlariga zid keladigan harakatlarni ham boshlab yubordi. Ayniqsa, 1381 yilda Oltin O\u2019rda hukmdori Mamayni yengib, Jo\u2019ji ulusida hokimiyatni qo\u2019lga kiritgandan so\u2019ng, Oltin O\u2019rdaning qudratini oshirish va uning ulug\u2019 davlatchilik siyosatini qayta tiklash uchun harakat qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1387 yilda To\u2019xtamish Movarounnahrga talonchilik niyatida bostirib kirgandan so\u2019ng, Temurda ham unga qarshi jang qilish majburiyati vujudga keladi. Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishicha, To\u2019xtamish 1388 yil oxirida katta qo\u2019shin to\u2019plab, turk-mo\u2019g\u2019ul qo\u2019shinlaridan tashqari, rus, bulg\u2019or, cherkas, alan, moksha, boshqird va qrim xalqlaridan olingan askarlardan maxsus otryadlar tuzgan. To\u2019xtamish qishda jangga otlanib, qo\u2019shinining bir qismini Temur saltanatining chegara shahari bo\u2019lmish Savronni qamal qilish uchun yuborib, ikkinchi qismini esa, Aris daryosining Sirdaryoga kelib quyiladigan joyi yaqinidagi Zernuq qal\u2019asiga jo\u2019natgan. Temur Sirdaryo yaqinida To\u2019xtmish qo\u2019shining oldingi qismlari bilan to\u2019qnashib, ularni tor-mor qilib, qolganlarini daryoning narigi tomoniga qochishga majbur qilgan. 1389 yil bahorida Temur Oq O\u2019rdaga qo\u2019shin tortadi va To\u2019xtamish qo\u2019shini bilan shu yerda uchrashmoqchi bo\u2019ladi. Biroq, To\u2019xtamish Savron qamalini tashlab, qo\u2019shinini dashtlikning ichkarisiga olib kirib ketadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur To\u2019xtamish bilan bo\u2019lajak jang hozirligini ko\u2019rib bo\u2019lgach, 1390-1391 yilning qish faslida harbiy yurishni boshlagan edi. U Samarqanddan chiqib, Toshkent tomon yo\u2019l olarkan, qishni butun askari bilan Chinozz yonida o\u2019tkazadi. Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishicha, Amir Temur jang oldidan Shayx Maslahaddin maqbarasini ziyorat qilish uchun Toshkentdan Xo\u2019jandga borib, maqbarani tavof qiladi, 10000 kebek dinor nazr-niyozini bergach, Toshkentga qaytib keladi. Amir Temur Toshkentda betoblanib, 40 kun yotib qoldi. 1391 yil yanvarining ikkinchi yarmida birmuncha sog\u2019ayib, jang taraddudiga tushdi. Nizomiddin Shomiyning aytishicha, u barcha yaqin kishilari, qo\u2019shin amirlariga katta sovg\u2019alar ulashgan. Shundan so\u2019ng Cho\u2019lpon Mulk Og\u2019odan boshqa barcha xotinlari va malikalarni Samarqandga jo\u2019natdi-da, 1391 yil 22 yanvarda Toshkentdan chiqib, O\u2019tror tomonga yo\u2019l oladi. Sharafuddin Ali Yazdiy esa bu safarni 1391 yil 19 yanvar deb ko\u2019rsatadi. Amir Temur O\u2019tror yaqinidagi Qora Saman mavzeiga yetganda, uning huzuriga To\u2019xtamishxonning elchilari kelgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur To\u2019xtamishxon elchilarni yaxshi kutib olishni buyuradi. Qabul marosimida elchilar Amir Temurga ko\u2019plab hadyalar, shu jumladan bir lochin va 9 yo\u2019rg\u2019a ot tortiq qilganlar. Amir Temur qabul rasm-rusmlarni buzmaslik uchun lochinni olib qo\u2019liga qo\u2019ndirganu lekin lochinga hatto qaramagan ham. Bu bilan mazkur sovg\u2019alar uni mutlaqo qiziqtirmasligini namoyish etadi. Elchilar mulozimat bilan tiz cho\u2019kib, To\u2019xtamishxonning maktubini Amir Temurga topshiradilar. Maktubda To\u2019xtamishxon Amir Temur tomonidan o\u2019ziga ko\u2019rsatilgan yaxshiliklari va qilgan margamatlarini unutmaganligini, Temurga nisbatan yomon niyat bilan be\u2019mani harakatlar qilgani uchun kechirishini so\u2019ragan. Shuningdek, noma oxirida To\u2019xtamishxonning bundan buyon sodiq kishi sifatida qolib, Temurning barcha buyruqlarini so\u2019zsiz bajarishga jazm qilgani haqidagi va\u2019dalari bilan yakunlangan. Bu maktubdan ma\u2019lum bo\u2019lishicha, ayni paytda katta jang qilish To\u2019xtamishxon uchun negadir noqulay ekanligini Temur juda yaxshi anglar edi. Temur To\u2019xtamishxonga qaytargan javob xatida, uni yaramas ishlar qilganini yuziga solib, qattiq koyiydi va To\u2019xtamishxonning Oq O\u2019rda, keyinroq esa Oltin O\u2019rda taxtini egallash uchun olib borgan kurashlarida unga qanday yordamlar ko\u2019rsatganini eslatib o\u2019tadi. Shuningdek, To\u2019xtamishxon qudratli xon bo\u2019lib olgandan so\u2019ng, Temurning orqasiga xanjar urgani, ya\u2019ni Temur Fors va Iroq jangida band bo\u2019lgan vaqtida To\u2019xtamishxon Movarounnahr ustiga qo\u2019shin tortib kelganligi ustida to\u2019xtaladi. Binobarin, To\u2019xtamishxonning va\u2019dalariga butunlay ishonmasligini hamda yarashish haqidagi taklifni qabul etolmasligini bildirib, javob xatini tugatadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Darhaqiqat, Amir Temur To\u2019xtamishxonning nayrangini yaxshi tushunib yetgani sababli, jang taraddudini to\u2019xtatmaydi hamda 1391 yil 22 aprelda 200 minglik qo\u2019shin bilan To\u2019xtamishxonga qarshi harbiy yurishni boshlaydi. Amir Temur o\u2019z qo\u2019shini bilan hozirgi Kuybishev viloyatidagi Cheremshan daryosining irmog\u2019i Kundurcha daryosidagi Kundurcha yoki Qunduzcha degan joyda To\u2019xtamishxon qo\u2019shinlari bilan to\u2019qnashadi. Jangda To\u2019xtamishxon batamom tor-mor qilinadi. Sharafuddin Ali Yazdiyning iborasi bilan aytganda, \u201cTo\u2019xtamishxonning old tomonida Itil daryosi, orqa tomonida esa halokatli qilich turar edi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>To\u2019xtamishxonning 1391 yilgi mag\u2019lubiyati qanchalik og\u2019ir bo\u2019lmasin, u hali batamom yanchilmagan edi. Arab mualliflari al-Maqriziy, al-Asadiy va al-Ayniylarning hikoya qilishlaricha, 1394 va 1395 yillar davomida To\u2019xtamishxon Misr sultoni al-Malik az-Zohir Berpuk bilan yaqinlashish yo\u2019lini qidirgan va uni ikki tomon uchun bir xilda xavfli bo\u2019lgan Temurga qarshi kurashda yordam berishga undagan. Shuningdek, 1393 yildayoq To\u2019xtamishxon Litva ulug\u2019 knyazi Vitovt bilan yaqinlashib, uning ukasi polyak qiroli Yagello bilan bitim imzolagan.<\/p>\n\n\n\n<p>1394 yilda Amir Temur Shekida (hozirgi Ozarbayjonda) turgan paytida, To\u2019xtamishxonning qo\u2019shini Darbanddan o\u2019tib, Shirvonning shahar va qishloqlarini talay boshlaydi. Amir Temur To\u2019xtamishxon bilan to\u2019qnashishi muqarar ekanligini va uni kechiktirishdan foyda yo\u2019qligini bilib, harbiy yurishga tayyorlanish haqida o\u2019z qo\u2019shinlariga buyruq bergan hamda elchilik qonun-qoidalarini yaxshi bilgan aqlli va tajribali Shamsiddin Olmaliqni To\u2019xtamishxon huzuriga elchi qilib jo\u2019natadi. Elchi To\u2019xtamishxon huzuriga borib, Temurning maktubini unga topshiradi. Nizomiddin Shomiyning yozishicha, To\u2019xtamishxon o\u2019zining javob maktubida uzr so\u2019rab, yarashishga tayyor ekanligini bildiradi. Sharafuddin Ali Yazdiyning xabariga ko\u2019ra, To\u2019xtamishxon Temur bilan yarashmoqchi bo\u2019ladi-yu, biroq o\u2019z amirlarining qutqusi bilan fikri o\u2019zgarib, qo\u2019pol iboralar bilan yozilgn maktubni elchi qo\u2019liga topshiradi. Ana shundan so\u2019ng har ikki tomonda urush harakatlari boshlanib ketadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1395 yilning 15 aprelida Terek daryosi vodiysida Amir Temur qo\u2019shini bilan To\u2019xtamishxon qo\u2019shini o\u2019rtasida hal qiluvchi hayot-mamot janggi boshlanadi. Bu jang faqat To\u2019xtamishxonning taqdirini hal qilib qo\u2019yaqolmay, balki butun Oltin O\u2019rda taqdirini ham hal qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>To\u2019xtamishxonning qo\u2019shini shiddatli hujumlarga bardosh berolmay, qocha boshlaydi. To\u2019xtamishxonning so\u2019l qanoti sindirilib, qo\u2019shinlari parokandalikka uchrab, natijada bu jang \u2013 To\u2019xtamishxonning qochishi bilan tugallanadi. Amir Temur To\u2019xtamishxonning qarorgohini bosganda, juda katta boylik va xazinani qo\u2019lga kiritadi. To\u2019xtamishxonni tutib asirga olish va qolgan qo\u2019shini yanchib tashlash uchun orqasidan saralangan qo\u2019shin bilan kechayu kunduz quvib borib: Itil daryosining so\u2019l qirg\u2019og\u2019iga o\u2019tadi, ammo To\u2019xtamishxonni qo\u2019lga tushiraolmaydi. Endilikda Amir Temur To\u2019xtamishxonni siyosat taxtasidan butunlay surib tashlashga jazm qilib, Oltin O\u2019rdaning Dnepr tomonidagi g\u2019arbiy uluslariga borishga qaror qiladi. Nizomiddin Shomiy va Sharafuddin Ali Yazdiylarning ma\u2019lumotiga qaraganda, Amir Temur To\u2019xtamishxonni quvib borarkan, yo\u2019lida uchragan shahar va qishloqlarni talon-taroj qiladi. Amir Temur jumladan Moskvaga ham bosib kirgan deb yozadi Sharafuddin Ali Yazdiy. Ammo bir qator rus tarixchilari Amir Temurni Moskvaga bosib kirganini inkor qiladilar. Misol uchun \u201cKulikovskaya bitva\u201d nomli kitobda, muallif \u201cTemur Moskvani olmagan. U faqat Yeletsgacha borib qaytgan. Moskvaga borishga buyuk knyazdan qo\u2019rqqan shekilli\u201d degan kulgili fikrni yozadi. Shuningdek \u201cOltin O\u2019rda va uning qulashi\u201d nomli asarining mualliflari ham shu haqda so\u2019z yuritib, \u201cMusulmon xalqlar yashaydigan O\u2019rta Osiyo va old Osiyoning jug\u2019rofiyasi va tarixini yaxshi bilgan Temurning Rus yurti to\u2019g\u2019risida, rus knyazliklari va Moskva to\u2019g\u2019risida hatto juda elementar ma\u2019lumoti ham yo\u2019q edi\u201d, deb yozganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Avvalo shuni ta\u2019kidlash lozimki, Amir Temur ham taridan yaxshigina xabardor shaxs bo\u2019lgan. Chingizxon va Botuxonning Rus tuprog\u2019iga bostirib kirish tarixidan Amir Temur bexabar deb kim ayta oladi? Yoki Oltin O\u2019rda davlatining barpo etilishi hamda uning qo\u2019l ostidagi qaram xalqlar tarixini bilmasligi mumkinkidi? Holbuki, Amir Temur Movarounnahr taxtiga o\u2019tirgan kundan boshlab Oltin O\u2019rdani o\u2019z saltanatining eng asosiy xavfli dushmani deb bilgan, binobarin o\u2019ta ehtiyotkorlik bilan murosayu madoro uslubida siyosat yuritgan. Demak, Amir Temur Oltin O\u2019rdaning ichki va tashqi siyosatidan doim xabardor bo\u2019lib turgan. Shuningdek, qariyb 170 yil davomida mo\u2019g\u2019ul istibdodi asoratida yashab kelayotgan rus knyazliklarining tarixidan ham qisman xabardor bo\u2019lganligini mantiqiy dalillarning o\u2019zi aytib turibdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur To\u2019xtamishxonni ta\u2019qib etish bilan barobar, uning moddiy, madaniy va harbiy tayanchlarini yo\u2019q qilishga harakat qildi. Binobarin, Oltin O\u2019rdaning qon tomiri bo\u2019lmish yirik savdo va madaniy markazlaridan biri Hoji Tarxon (Astraxon)ni o\u2019z askarlariga o\u2019n kun davomida talatib, so\u2019ngra shaharga o\u2019t qo\u2019yishni buyurgan. Ana shunday qismat Oltin O\u2019rdaning sobiq poytaxti Saroy (Saroy Botu) hamda yangi poytaxt Saroy Berka boshiga ham tushdi. Shuningdek, Amir Temur Oltin O\u2019rdaning eng boy o\u2019lkalari \u2013 Qrim, Shimoliy Kavkaz va Quyi Povoljyening iqtisodiy qudratini batamom puturdan ketkazdi. Bu bilan Oltin O\u2019rdaning poydevoriga rahna solib, uni sekin asta yemirilib, barbod bo\u2019lishiga mahkum etdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temurning 1395 yilda To\u2019xtamishxon ustidan qozongan g\u2019alabasi tarixan juda muhim ahamiyatga ega edi. Zero, Amir Temur tomonidan To\u2019xtamishxonga berilgan so\u2019nggi zarbadan so\u2019ng Oltin O\u2019rda qayta o\u2019ziga kelolmadi va ikkinchi darajali davlatga aylanib qoldi. Uning qo\u2019l ostida qariyb 170 yildan buyon asoratda yotgan xalqlar, jumladan rus xalqi uchun ham istiqbol yo\u2019llari ochildi. Bu haqda A.Yu.Yakubovskiy shunday yozadi: \u201c1395 yilda Temurning To\u2019xtamish ustidan qozongan g\u2019alabasi, Astraxan va ayniqsa Oltin O\u2019rda poytaxti Saroy Berkaning xarob qilinishi va yondirib yuborilishi faqat O\u2019rta Osiyo va o\u2019sha vaqtdagi janubi-sharqiy Yevropa uchungina emas, balki Rus uchun juda katta ahamiyatga ega bo\u2019ldi. Ryazan yerini talon-taroj qilib vayron etgan oqsoq Temur, garchi yovuz qilmishlari bilan rus xalqi xotirasida yomon nom qoldirgan bo\u2019lsa-da, ammo To\u2019xtamishni yengish bilan rus yeriga ob\u2019yektiv suratda katta xizmat ko\u2019rsatgan, lekin shunday bo\u2019lib chiqishini uning o\u2019zi mutlaqo payqamagan\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>1402 yilda Amir Temur Turkiya hukmdori Boyazid Yildirim (Yashin) bilan jang qiladi. Aslida Boyazidning jizzakiligidan kelib chiqqan bu to\u2019qnashuv, Anqara shahri yaqinida Boyazidning ikki yuz minglik qo\u2019shinini o\u2019rab olib, tor-mor qilinishi va asirga olinishi bilan yakunlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur o\u2019zining \u201cTuzuklari\u201dda Boyazid Yildirim bilan bo\u2019lgan jangning kelib chiqish sabablari va tafsilotini quyidagicha izohlaydi: \u201cMening shon-shavkat va qudratim ovozasi Rum qaysarining qulog\u2019iga yetdi. U o\u2019ziga qarashli Sivos hamda Malatiya qal\u2019alari va ularga tobe\u2019 yerlarni zabt etganim, qal\u2019alar ichidagi askarlarining barchasini tarqatib, tevarak atrofga sochib tashlaganim haqidagi xabarni eshitgach, tomirlaridagi g\u2019ayrat harakatga keldi va askarim zarbasidan qochib, qaysar qoshida panoh topgan Qora Yusuf Turkman ig\u2019vosi bilan ustimga lashkar tortishga qaror qildi. Qaysar baloga giriftor bo\u2019lib, davlati vayron bo\u2019lishi yaqinlashib qolgan edi. Chunki u Qora Yusufning ig\u2019vosiga uchib, menga qarshi lashkar tortgan edi. Qolaversa Misr va Shom askarlarini ham yordamga chaqirgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Men kengashib lashkarimni uch favjga bo\u2019lsam yashi bo\u2019lar dedim. Biroq jangda yengish-yengilish ishi taqdir pardasi ostida yashirin bo\u2019lganligi sababli, bu to\u2019g\u2019rida amirlarim bilan kengash o\u2019tkazdim. Ular sipohiylarga xos ishni tutib, urush ochmoqni maslahat berdilar. Shunday bo\u2019lsa ham qaysarning g\u2019ayrat o\u2019tini achchiq-chuchuk gap bilan so\u2019ndirmoqni maslahat ko\u2019rdim va qaysarga maktub yo\u2019lladi. Xatning qisqacha mazmuni shunday edi: \u201cYeru ko\u2019kni yaratgan Tangri ta\u2019ologa cheksiz shukurlar bo\u2019lsinki, yetti iqlim mamlakatlarining ko\u2019pini mening farmonimga kirgizdi va olam sultonlari va hokimlari menga egilib, itoat qilish xalqasini jon quloqlariga taqdilar. O\u2019z qadrini bilib, haddidan oshmay jasorat oyoqlarini tiygan bandasini Tangri yorlaqasin. Sening nasli nasabing kim ekanligi jahon xalqi oldida ma\u2019lumdir. Shunday ekan, holingga munosib ish tutib, jur\u2019at oyog\u2019ini oldinga qo\u2019ymaki, ranju mehnat balchig\u2019iga botib, balo chuquriga yiqilg\u2019aysen. Iqbol eshigidan haydalgan bir to\u2019da ig\u2019vogar kishilar g\u2019arazli ishlarini bajarish uchun sening panohingdan joy olib, uxlab yotgan fitnani uyg\u2019otmishlar. Yana o\u2019shalaring ig\u2019vosi bilan ofat va balo eshigini davlating yuziga ochmag\u2019il. Mazkur maktub yetishi bilan Qora Yusufni mening oldimga yuborgil. Yo\u2019q esa taqdir pardasi ikki lashkar saflari to\u2019qnashganda yuzingga ochilg\u2019usidur\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temurning Boyazid Yildirimga yuborgan elchisi rad javobini olib keladi. Ibn Arabshohning ta\u2019kidlashicha, Boyazid o\u2019zining javob xatida o\u2019z huzuriga Amir Temurning bo\u2019yin egib kelishini talab qilgan, aks holda Amir Temurning ayollari uch taloq (taloq bi-s-salosa) bo\u2019lsin degan haqoratli so\u2019zlarni yozgan. Tabiiyki, bunday qaltis javobdan so\u2019ng Amir Temurning jangga kirmasligi mumkin emas edi. 1401 yil fevralida Amir Temur Ozarbayjondan Boyazid ustiga lashkar tortib boradi. Nihoyat, 1402 yil 25 iyulda Anqara yaqinida bo\u2019lgan murorabada Boyazid qo\u2019shini mag\u2019lubiyatga uchrab, Boyazid va uning harami asirga olinadi. O\u2019g\u2019li shahzoda Sulaymon jang maydonini tashlab qochadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Tarixiy ma\u2019lumotlarga qaraganda, shuningdek mazkur jangda o\u2019z ko\u2019zi bilan ko\u2019rganlarini yozib qoldirgan Sharafuddin Ali Yazdiy guvohlik berishicha, Turkiya sulton Boyazid Yildirim jangda mag\u2019lubiyatga uchrab, jang maydonidan chiqib ketayotgan paytida, Movarounnahrning xoni Sulton Mahmudxon (Amir Temur tomonidan tayinlangan xon) uni asirga olib, Amir Temur o\u2019rdugohiga jo\u2019natadi. Qo\u2019li bog\u2019liq Boyazidni xufton vaqtida Amir Temurning huzuriga olib kelishadi. Shu asnoda Amir Temurda shohona muruvvat jo\u2019sh urib, Boyazidning qo\u2019llarini yechib, unga mehribonlik bilan izzat-ehtirom ko\u2019rsatishlarini buyuradi. So\u2019ngra Boyazidni o\u2019zining yoniga o\u2019tkazib, do\u2019stona suhbatlashadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Boyazid jangda mag\u2019lub bo\u2019lib, asirga olingach, Amir Temur tarafidan unga ko\u2019rsatilgan munosabat haqida L.Lyangle shunday yozadi: \u201cTemur kun bo\u2019yi davom etgan jangdan charchab, to\u2019shakda hordiq chiqarayotgan paytda, uning chodiriga qo\u2019l-oyoqlari bog\u2019langan Boyazidni olib kirishadi. Kutilmaganda Boyazidni ko\u2019rib hayajonga tushgan g\u2019olib Temur o\u2019zini ko\u2019z yoshidan tutib turolmaydi. Boyazidning istiqboliga peshvoz chiqib, uni banddan bo\u2019shatishlarini buyuradi va qabulxonasiga olib kiradi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Temur o\u2019z mahbusini yoniga o\u2019tirgizib: \u201cBaxtsizligingizni o\u2019zingizdan ko\u2019ring Boyazid! Bu \u2013 o\u2019zingiz ekkan daraxtning mevasi. Men sizning oldingizga osongina shart qo\u2019ygan edim. Sizning rad javobingiz meni sizga qarshi o\u2019zim hech ham xohlamagan harakatni qilishga majbur etdi. Men sizga zahmat yetkazishni istamagandim, aksincha sizning dushmanlaringizga qarshi urishishingizga yordam berishni ham niyat qilgan edim. O\u2019jarligingiz hamma ishni barbod qildi. Hay attang! Mabodo g\u2019alaba siz tomonda bo\u2019lganda edi, menga va qo\u2019shinimga qanday muomala qilishingizni bilaman. Shunday esa-da, hotirjam bo\u2019lig, ko\u2019nglingizdan xavf-xatarni chiqarib tashlang, men hayotingizni saqlab qolish bilan o\u2019z g\u2019alabam uchun Alloh-ta\u2019ologa hamdu sanolar aytmoqchiman\u201d, &#8211; deydi hamda o\u2019z qarorgohi yonida Boyazidga maxsus chodir qurib berishlarini va unga shohona iltifot ko\u2019rsatishlariga amr qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ammo Amir Temurni yomon ko\u2019radigan ayrim tarixchilar Temur bilan Boyazid munosabatlarini turlicha bo\u2019yoqlarda aks ettirishga tirishganlar. Go\u2019yo Temur Boyazidni zanjirdan xalos etgan emas, aksincha unga shu qadar og\u2019ir kishanlar solganki, mahbus zo\u2019rg\u2019a harakat qilaolgan. Yana bir rivoyatda Temur Boyazidni past qilib ishlangan po\u2019lat qafasga qamab, otga minayotganida qafasni zinapoya o\u2019rnida ishlatgan emish. Ularning ta\u2019kidlashicha, Temur Boyazidni tahqirlash maqsadida o\u2019z bazmlariga olib kirar, Boyazid bazmaro o\u2019z xotinlari va qizlarini yarim yalang\u2019och holda oqsochlik qilib yurganlarini ko\u2019rarkan. Shu bois o\u2019shandan buyon usmonli hukmdorlar xotin-qizlarining tahqirlanishlaridan qo\u2019rqishib, uylanmasdan kaniz saqlashar emish.<\/p>\n\n\n\n<p>Yana bir rivoyatda naql qilinishicha, Boyazidning josuslaridan biri Movarounnahrni kezib, Amir Temurning tobora o\u2019sib borayotgan shuhrati haqida o\u2019z hukmdoriga to\u2019lqinlanib so\u2019zlarkan, Temurga qarshi ehtiyot choralarini ko\u2019rish lozimligini so\u2019z orasida qistirib o\u2019tadi. Josusning so\u2019nggi iborasi mag\u2019rur va o\u2019jar Boyazidga yoqmaydi va darg\u2019azab bo\u2019lib \u201cOqsoq Temurning qo\u2019lidan ne ish kelur?!\u201d \u2013 deb qichqiradi. Ittifoqo, bu so\u2019z quloqma-quloq Temurga ham yetib boradi. Taqdir taqozosi bilan Temur Boyazid bilan jang qilib, Boyazidni asirga olgach, o\u2019zi bilan birga olib kelgan bir kishilik oltin aravachaga ot o\u2019rnida Boyazidni qo\u2019shdirib, og\u2019ziga oltin so\u2019liqli yuganni kiydirib aravaga chiqib o\u2019tirgach, qo\u2019liga oltin dastali qamchinni ushlab, Boyazidga qarata: \u201cMarhamatli sulton! Ko\u2019rib turganingizdek mening bir oyog\u2019im cho\u2019loq, nogironman, siz esa sog\u2019siz, binobarin ushbu aravada yuringizni aylantirib tomosha qildirsangiz\u201d \u2013 degan emish. Mana shunga o\u2019xshash quyushqondan tashqari mantiqsiz naql va rivoyatlar ko\u2019plab uchraydi. Amir Temurning Boyazid Yildirimga qarshi olib borgan kurashi, o\u2019z zamonasining taqozosiga ko\u2019ra adolatli jang bo\u2019lgan. Mashhur olim A.Yu.Yakubovskiy mazkur jangni sharhlarkan, Amir Temurning Yevropa xalqlariga ko\u2019rsatgan yana bir xizmati haqida shunday deydi: \u201c1400 yilda Temur askarlari O\u2019rta Osiyodan uzoqda \u2013 G\u2019arb turk sultoni Boyazid I va Misr sultoni Farajga qarshi kurash olib boradi. O\u2019sha vaqtda Temur ko\u2019p xalqlarini, masalan, Kichik Osiyodagi Sivasni, Suriyadagi Halab (Aleppo) ni o\u2019ziga qaratib olgan edi. 1402 yilda Anqara yonida Temur ikkinchi marta Boyazid bilan jang qildi. Bu jang o\u2019sha davrdagi eng katta janglardan bo\u2019lgan edi. Har ikki tomondan 200 mingdan ortiq askar qatnashadi. Anqara yonida bo\u2019lgan bu jangda Usmon sultoni Boyazid batamom tor-mor etildi va Boyazid asir olindi. Bu g\u2019alaba faqat Osiyo tarixi uchungina ahamiyatli bo\u2019lib qolmadi. Temur o\u2019zining bu g\u2019alabasi bilan Yevropa xalqlariga ikkinchi marta xizmat etadi. Anqara yonida bu g\u2019alaba va Boyazidning asir tushishi Konstantinopolning (Stambul) turklar \u2013 usmonlilar tomonidan bosib olinishi qariyb 50 yil orqaga surib yubordi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Darhaqiqat, Ismoil Sulaymonovning \u201cOvro\u2019paning Amir Temurga minnatdorchiligi\u201d nomli maqolasida keltirilgan hujjatlarga murojaat qilsak, Yevropa mamlakatlari \u2013 Fransiya qiroli Karl VI, Angliya qiroli Genrix IV, Germaniya hukmdori, Italiya va Ispaniya hukmdorlari o\u2019z navbatida Amir Temurning Boyazid ustidan qozongan g\u2019alabasini tabriklab, shuningdek Yevropani Boyazid xavfidan qutqazganligi tufayli, chuqur minnatdorchiliklarini izhor etuvchi maktublar yo\u2019llaganlar. Chunonchi, Britaniya muzeyida saqlanayotgan va Amir Temur nomiga yuborilgan maktubda qirol Genrix IV jahongir Amir Temurga murojaat qilib, Alloh inoyati bilan bizning va sizning umumiy dushmanimiz Boyazidni qisqa muddatda tor-mor etganligingizni eshitib, nihoyatda xursand bo\u2019ldik va yengil tortdik. Buning uchun yaratgan egamga sonsiz-sanoqsiz shukronalar keltirdik, &#8211; deyilgan. Hatto Yevropa qirollari bunga ham kifoyalanmay, jahongirni Yevropa oldidagi xizmatlarini abadiylashtirish maqsadida maxsus ko\u2019rgazma muzey zali barpo etishga qaror qilishgan. Bu ishning tashabbuskori Germaniya qiroli o\u2019zining Potsdamdagi yozgi qarorgohidagi saroylardan birida, Amir Temur uchun maxsus sharqona uslubda bir xona barpo etib, xonaning devorini bo\u2019yi basti bilan fransuz rassomi bir surat chizgan. Rasmda Amir Temur taxtda, atrofida arkoni davlati, sakkiz xabash yelkasidagi qafasda Boyazid g\u2019olib hukmdor huzuriga keltirilyapti. Jahongir zafar quchganlarga monand mag\u2019rur holatda.<\/p>\n\n\n\n<p>Temur oyog\u2019iga tiz cho\u2019kiz turgan parivash go\u2019zal xotin, &#8211; Boyazidning suyukli kenja xotini. Ayol o\u2019z hukmdorining bir qoshiq qonidan kechishini, hayotini saqlab qolishni xudoning zorini qilib, Temurga yolboryapti. Jahongir esa unga qiyo ham boqmayotir. Uning ikki ko\u2019zi Boyazidda, xuddi: \u201cQaysar, gapimni quloqqa olmading, endi holing qalay\u201d, deyayotgandek.<\/p>\n\n\n\n<p>Jahongir Amir Temur Movarounnahrni mo\u2019g\u2019ul istilochilaridan tozalab, markazlashgan ulug\u2019 davlatni barpo etdi. Tarix uning zimmasiga Oltin O\u2019rdadek qudratli mo\u2019g\u2019ul imperiyasining asosini yemirishdek ulkan vazifani qo\u2019ygan edi. Sohibqiron bu vazifani ham buyuk jasorat bilan ado etib, Rus knyazliklari va sharqiy Yevropa xalqlarini qayriyb 170 yillik mo\u2019g\u2019ul asoratidan xalos bo\u2019lishlariga yo\u2019l ochib berdi. Nihoyat, 1402 yilda turk sultoni Boyazid ustidan g\u2019alaba qozonib, butun Yevropa mamlakatlarini dahshatli tahlikadan xalos qildi. Bularning barchasi tarixiy haqiqatdir, ularni aslo inkor qilib bo\u2019lmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ayrim tarixchilar Amir Temurni qonxo\u2019r bosqinchilikda Chingizxon bilan bir o\u2019ringa qo\u2019yadilar. Chingizxondan o\u2019z yurtida nima meros qoldi? Faqat Kerulen yaylovida toshdan o\u2019yib ishlangan bahaybat toshbaqagina qolgan, xolos. (Bu toshbaqa Chingizxonning chodiri yoniga o\u2019rnatilgan edi.) Amir Temur faoliyatidan esa tarixiy hujjatlar va osori atiqa obidalar guvohlik berib turibdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jahonga mashhur buyuk sarkarda sohibqiron Amir Temurning shaxsi haqida so\u2019z yuritgnda, uning shakli shamoyili qanday ekanligini tasavvur qilish uchun, avvalo uning dushmani, taniqli arab tarixchisi Ahmad ibn Muhammad ibn Arabshohning \u201cAjoyib ul-maqdur fi axbori Taymur\u201d nomli asarida keltirilgan ma\u2019lumotlarga murojaat qilsak maqsadga muvofiq bo\u2019lsa ajab emas.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cTemur gavdasi kelishgan, uzun bo\u2019yli odam edi. Peshonasi ochiq, kallasi katta, ovozi jarangdor bo\u2019lib, kuchi jasurligidan qolishmas edi. Oqish yuzini och qizil rang jilolantirib turardi. Yelkalari keng, barmoqlari to\u2019liq, qovurg\u2019alari uzun, muskullari kuchli edi. Uzun soqol qo\u2019yib yurardi. O\u2019ng qo\u2019li va o\u2019ng oyog\u2019i mayib, qarashlari yoqimli, o\u2019limni pisand qilmasdi. U qariyb 80 ga kirib o\u2019lim asnosida ham aql-zakovati va jasoratini yo\u2019qotmagan edi. U yolg\u2019on-yashiqning dushmani bo\u2019lib, hazilni yoqtirmasdi. O\u2019zining oldida qotillik, ayollar nomusiga tajovuz qilganlik, mazlum va mazlumalarni zo\u2019rlash, talon-taroj qilish haqida gapirishga yo\u2019l qo\u2019ymasdi. U haqiqat qanchalik achchiq va og\u2019ir bo\u2019lmasin, uni eshitishni yaxshi ko\u2019rardi. Yaxshi yoxud yomon holatlar uning kayfiyatiga hech qanday ta\u2019sir qilmasdi. Jasur askarning do\u2019sti, g\u2019oyat mard va botir bo\u2019lgan bu odam kishilarni o\u2019zini hurmat qilishga, o\u2019ziga bo\u2019ysunishga majbur etabilardi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temurning siymosi, xulq-atvori va fazilatlari haqida uning zamondoshlari ko\u2019pgina ma\u2019lumotlarni yozib qoldirganlar. Jumladan, Barbara Brey bir arab solnomachisining guvohligiga asoslanib, o\u2019zining \u201cIbn Xaldun\u201d sarlavhali maqolasida quyidagilarni yozadi:<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cTemur uzun bo\u2019yli, keng yelkali va baquvvat, kallasi katta, peshonasi keng, jismonan juda kuchli, terisi oq, yuzi qizil, barmoqlari to\u2019liq odam edi. Soqollari hilpirab turardi, bir qo\u2019li falaj, o\u2019ng oyog\u2019i oqsoq, qarashlari o\u2019tli, yoniq, ovozi jarangdor, o\u2019limdan qo\u2019rqish nimaligini bilmaydi. Sakson yoshga yetsa ham ma\u2019naviy va jismoniy kuchini to\u2019la saqlab qolgan edi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Sohibqiron Amir Temur serqirrali murakkab shaxsdir. Uning xislatlaridan biri shulki, u biror masalani hal etishdan oldin shu sohaning bilimdon olimlari bilan maslahatlashar, so\u2019ngra aniq va qat\u2019iy qaror qabul qilardi. Uning olimu fuzalolar bilan o\u2019tkazadigan anjumanlari har xil mezonda va turli shakllarda bo\u2019lgan. Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishicha, ko\u2019pincha Amir Temur tibbiyot, matematika, astronomiya, tarix, adabiyot va tilshunoslik ilmi namoyandalari, shuning ilohiyot va din sohasidagi mashhur kishilar bilan shaxsiy suhbatlar o\u2019tkazardi. Bu suhbatlarda hayotning muhim masalalari to\u2019g\u2019risida, Movarounnahr va Xorazmdan tashqari, Oltin O\u2019rda, Oq O\u2019rda, Xuroson, Hindiston, Eron, Iroq, Turkiya, shuningdek, butun mag\u2019ribni o\u2019z ichiga olgan saltanatga oid ishlar haqida gap borardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur saroyida ko\u2019plab ilm-ma\u2019rifat kishilari hukmdorning marhamatidan bahramand bo\u2019lib, xizmat qilardilar. Chunonchi, Mavlono Abdujabbor Xorazmiy, Mavlono Shamshuddin Munshi, Mavlono Abdullo Lison, Mavlono Badriddin Ahmad, Mavlono No\u2019moniddin Xorazmiy, Xo\u2019ja Afzal, Mavlono Alouddin Koshiy, Jalol Xokiylar shular jumlasidandir. Amir Temur ilm-fanning riyoziyot, handasa, me\u2019morlik, falakiyot, adabiyot, tarix, musiqa kabi sohalarning ravnaqiga katta e\u2019tibor berardi. U ayniqsa sohib hunar ustalar bilan jon-dildan suhbatlashardi. Bu haqda Lyangle shunday yozadi: \u201cTemur olimlarga seriltifot edi. Bilimdonligi bilan bir qatorda sofdilligini ko\u2019rgan kishilarga ishonch bildirardi. U tarixchilar, faylasuflar, shuningdek ilm-fan, idora va boshqa ishlarda iste\u2019dodli bo\u2019lgan barcha kishilar bilan suhbatlashish uchun ko\u2019pincha taxtdan tushib, ularning yoniga kelrdi. Chunki Temur bu sohalarga g\u2019amxo\u2019rlik qilishga asosiy e\u2019tiborini berardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sharafuddin Ali Yazdiyning hikoya qilishicha, 1403 yili Amir Temur Boilkon shahrida olimlar kengashini chaqirib, o\u2019zi nutq so\u2019zlagan. U o\u2019z nutqida shunday degan: \u201cFan va dinning mashhur kishilari o\u2019z maslahatlari bilan podshohlarga yordam berib kelganlar. Sizlar esa menga nisbatan bunday qilmayapsizlar. Mening maqsadim mamlakatda adolat o\u2019rnatish, tartib va tinchlikni mustahkamlash, fuqaroning turmushini yaxshilash, yurtimizda qurilishni kengaytirish, saltanatimizni rivojlantirishdir. Bu ishlarni amalga oshirishda sizlar o\u2019z maslahatlaringiz bilan menga ko\u2019maklashmog\u2019ingiz lozim\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Ma\u2019lum bo\u2019ladiki, Amir Temur odamlar bilan yaqin muloqotda bo\u2019lib, ahli ilm, ahli hunar, ahli din va ahli mehnatga umid ko\u2019zi bilan qarab, ularga yuksak iltifotlar ko\u2019rsatgan. Alisher Navoiyning yozishicha, Temur saltanati davridan boshlab mamlakatda turkiy adabiyot keng ko\u2019lamda rivojlana boshlagan. Amir Temurning o\u2019zi ham she\u2019riyatga zo\u2019r ehtiros bilan qaraganligi haqida Alisher Navoiy quyidagilarni yozadi: \u201cTemur Kuragon\u2026 agarchi nazm aytmoqqa iltimot qilmaydurlar, ammo nazm va nasrni andoq xub mahal va mavqeda o\u2019quvdurlarkim, aningdek bir bayt o\u2019qug\u2019oni ming yaxshi bayt ayqonicha bor. Tabarruk haysiyatidankim, ul hazratning muborak ismi bu muxtasarda bo\u2019lg\u2019ay va ul latoyifdan biri bila ixtisor qilinur. Mundoq naql qilurlarkim, chun Mironshoh Mirzo Tabrizda chog\u2019irg\u2019a ko\u2019p ishtig\u2019ol ko\u2019rguzdi, dimog\u2019 va mizoji e\u2019tidol tariqidin inhirof topib, andin nomuloyim amr ko\u2019p surat tutaboshladi. Samarqandda ul hazrat arzig\u2019a bu nav\u2019 yetkurdilarkim, uch nadimi bor kim, mufrit (haddan tashqari \u2013 T.F.) chog\u2019ir ichmakka bois alardurlar. Hukm bo\u2019ldikim, tavochi (adyutant \u2013 T.F.) miod (muddat \u2013 T.F.) bila chopib borib uchalasining boshin keltursun. Alardin biri Hoja Abdulqodir erdi, biri Mavlono Muhammad Koxiy erdi va biri Ustod Qutb noyi, Tavochi borib ikkisini yasoqqa (jazo \u2013 T.F.) yetkurdi. Ammo Hoja Abdulqodir qochib, qalandar bo\u2019lib, o\u2019zin devonalig\u2019ga solib, mulkdin mulkka mutavori (berkinib \u2013 T.F.) bo\u2019lub yurur erdi, to ulkim, ul hazrat yana Iroq yurushi qildi, ul mamolikda Hojaning ul holi ba\u2019zig\u2019a ma\u2019lum bo\u2019lib, yuqori arz qildilar. Hukm bo\u2019ldiki, tutub keltursunlar. Ul hazrat taxtda erdikim, Hoja faqirni devonaliqg\u2019a qo\u2019ymay, sudrab taxt ilayiga kelturdilar. Andin burunkim, siyosat hukmi bo\u2019lg\u2019ay, chun Hojaning kamolotidin biri qur\u2019on hifzi va qiroat ilmi erdi, filhol biyik un (baland ovoz \u2013 T.F.) bila qur\u2019on o\u2019qumoq bunyod qildi. Ul hazratning g\u2019azabi lutfg\u2019a mubaddal bo\u2019lub, fazl va kamol ahli sari boqib, bu misrani o\u2019qudikim:<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\"><em>Abdol zi biym chang dar va musxaf zad.<\/em><\/p>\n\n\n\n<p>Mazmuni:<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\"><em>Qalandar qo\u2019rquvdan qur\u2019onga chang soldi.<\/em><\/p>\n\n\n\n<p>Andin so\u2019ngra Hojag\u2019a iltifot va tarbiyalar qilib, o\u2019z oliy majlisida nadim va mulozim qildi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Movarounnahrda mo\u2019g\u2019ullarning qariyb 150 yillik hukmronlik davrida birorta ham ko\u2019zga ko\u2019rinarli qurilish yoki suv inshootlari vujudga kelmagan. Amir Temurning tashabbusi bilan 1365 yilda Qarshining, 1370 yilda Samarqandning, 1380 yilda Kesh (Shahrisabz)ning atrofi qaytadan mudofaa devorlari bilan o\u2019ralgan. Shuningdek, xalq farovonligiyu mamlakat obodonchiligi yo\u2019lida suv omborlari, to\u2019g\u2019ron qurishga, ariqlar qazishga, yangi yerlarni o\u2019zlashtirishga alohida e\u2019tibor berilgan. Mamlakatning iqtisodiy ahvolini ko\u2019tarishda savdoning ahamiyati beqiyos ekanligini tushungan hukmdor bozorlar, rastakar va timlar qurdiradi hamda turli-tuman ustaxonalar barpo etib, xalq hunarmandchilik san\u2019atini taraqqiy ettiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur o\u2019z poytaxti Samarqand jamolini tubdan o\u2019zgartirishga qaror qilgan. Binobarin, Samarqand Ko\u2019ksaroy, Bibixonim masjidi va madrasasi, Shohi-zinda maqbarasi kabi qator qurilishlar vujudga keldikim, mazkur binolarning ayrimlari hozirgacha o\u2019z salobatini ko\u2019z-ko\u2019z qilib turibdi. Shuningdek, Samarqand atrofida Bog\u2019i Shamol, Bog\u2019i Dilkusho, Bog\u2019i Chinor, Bog\u2019i Bihisht va Bog\u2019i Nav kabi bir bog\u2019-rog\u2019larni qurdiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur Samarqandni jahondagi eng katta va go\u2019zal shaharga aylantirmoqchi edi. Shahar atrofiga mayda qishloqlar barpo etib, ularga dunyoning eng katta shaharlarining nomini bergan edi. Chunonchi: Bag\u2019dod, Damashq, Misr, Cheroz Sultoniya, Madrid, Porij shular jumlasidandir. Kezi kelganda shuni ham aytish lozimki, Andijon viloyatidagi Asaka shahrining nomi Yaponiyaning Osaka shahridan olinmaganmikan degan taxminlar ham bor.<\/p>\n\n\n\n<p>Sohibqiron mamlakat obonchiligi yo\u2019lida xazinanani ayamadi. Zarafshon, Amudaryo va Sirdaryoga ko\u2019priklar qurildi. Toshkent atrofiga kanallar o\u2019tkazailib, Ohangaron qishlog\u2019igaa asos solindi. Buxoro, Shahrisabz, Farg\u2019ona, Turkiston (Yassa) va boshqa shaharlarda karvonsaroylar, hammomlar, maqbaralar, madrasalar, shuningdek, shaharlararo karvon yo\u2019llaridaa rabotlar, sardobaalar qurilib, savdo-tijorat ishlarining rivojlanishiga sharoit yaratib berdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur faqat Movarounnahrda emas, balki Movarounnahrdana ancha uzoqda bo\u2019lgan yerlarda ham obodonchilik va qurilish ishlarini olib borgan. Jumladan, Kobul vodiysi hamda Mug\u2019on cho\u2019lida qurilgan ulkan sug\u2019orish inshootlari sohibqironning buyuk qalb egasi ekanligidan dalolat beradi. Taniqli sharqshunos olim, akademik V.V.Bartold Amir Temurning quruvchilik faoliyati haqida gpirib: \u201cTemur go\u2019yo Samarqanddan boshqa hamma yerda vayronagarchilik bilan shug\u2019ullangan, degan fikr muboralag\u2019ali; u Kobul vodiysi va Mug\u2019on cho\u2019li kabi Samarqanddan uzoq bo\u2019lgan joylarda ham ulkan sug\u2019orish ishlari olib bordi\u201d, deb aynan tarixiy haqiqatni ifodalagan edi. Ammo V.V.Bartold asarlari 2-jildining I qismini nashrga tayyorlagan V.A.Romodin: \u201cV.V.Bartold Temurning bosib olgan mamlakatlardagi quruvchilik faoliyatini bo\u2019rttirib ko\u2019rsatgan, zero Temurning bu yerda aytib o\u2019tilgan ozgina ijobiy harakatlari bilan chegaralanib va undan kelib chiqqan natijalari bilan uning qilgan vayronagarchiliklarini taqqoslab bo\u2019lmaydi\u201d, deb yozadi. Fikrimizcha, V.A.Romodin Amir Temurgacha va undan keyin o\u2019tgan hukmdorlarning o\u2019z qo\u2019l ostidagi mamlakatlarda o\u2019rnatgan tartib va qoidalarini izchillik bilan o\u2019rganmagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishicha, Amir Temur 1399 yilda nabirasi Abu Bakr Mirzoga (Mironshoh Mirzoning o\u2019g\u2019li) bir yil mobaynida Bag\u2019dod shahrini qayta tiklash haqida farmon beradi. Shuningdek, muhandislar tarafidan tayyorlagan aniq loyiha asosida Boilkon qo\u2019rg\u2019on \u2013 shaharni ham qaytadan tiklaydi. Pishiq g\u2019ishdan ko\u2019pgina turar joy binolari, bozor, maydon, hammomlar qurilib, bog\u2019lar, xiyobonlar barpo etiladi. Araks daryosidan kanal chiqarib, shahar suv bilan ta\u2019minlanadi. Boilkon qo\u2019rg\u2019on-shahar bir oy ichida qayt qurilib bitkaziladi. Shahar mudofaa aylanma devori hamda boshqa inshootlar bir yil davomida nihoyasiga yetadi. Aylanma devorning uzunligi ikki yuz ming to\u2019rt yuz gazdan iborat edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yuqorida zikr etilgan tarixiy ma\u2019lumot va aniq dalillarga suyangan holda, \u201cTemur bosib o\u2019tgan yerlarda faqat vayronalar qoldi\u201d, &#8211; degan bir yoqlama salbiy fikrlar asossiz ekanligi, aksincha, Amir Temur buyuk ijodkor quruvchi ham bo\u2019lganligiga shak-shubha qolmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur harbiy salohiyatda jahonga mashhur sarkarda va o\u2019z zamonasining eng qudratli hukmdori edi. Amir Temurning harbiy mahorati ikki yo\u2019nalishda, askariy qismlarni qayta tashkil etishda hamda lashkarboshi \u2013 qo\u2019mondonlikda namoyon bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temurning askari o\u2019nlik, yuzlik, minglik bo\u2019linmalardan iborat bo\u2019lib, ularning har qaysisiga maxsus harbiy boshliqlar rahbarlik qilardi. Bo\u2019linma birlashmasi \u2013 qo\u2019shin deb atalgan. Bir necha qo\u2019shinni o\u2019z ichiga olgan birlashmani \u2013 qo\u2019shinot deb atalgan. Bu qismlarning har biri sharoitga qarab, o\u2019ng qo\u2019l \u2013 burong\u2019ur, so\u2019l qo\u2019l \u2013 juvong\u2019ur, ilg\u2019or (avangard) \u2013 manglay deb atalgan. Qo\u2019shin turlari ichida otliq askar, piyoda askar hamda ilg\u2019or (razvedka) bo\u2019linmalari yuksak qadrlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur borgohida amir Xo\u2019ja Sayfuddin, amir Burunduq, Xudoy Husayn Bahodir, amir Sulaymon Xosh, amir Oqbug\u2019o, amir Saribug\u2019o, Shayx Ali Bahodir, Temur Tosh, Barot Xo\u2019ja, amir Dovus barlos, Umar Abbos, Mahmudshoh Buxoriy, amir Muayyid Arlot, Tuman Berdibek, amir Shoh Malik, amir Shayx Nuriddin va boshqa harbiy boshliqlar xizmat qilganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur 1404 yilda mashhur yetti yillik yurishdan g\u2019alaba bilan qaytib kelgach, o\u2019z g\u2019alabasining sharafiga katta sayl tashkil qiladi. Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishicha, mazkur sayl g\u2019oyat katta tantana bilan o\u2019tgan. Bu haqda Kastiliya qirolining Samarqandga \u2013 Temur saroyiga jo\u2019natgach elchisi Rui Gonsales de Klavixo ham o\u2019zining \u201cKundalik\u201dida batafsil yozib qoldirgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ammo sohibqiron Amir Temur yetti yillik yurishdan kelgach, hali hordiq chiqarib ulgurmasdanoq, tarixda mashhur Xitoyga qarshi yurishga taraddudlanadi. Zero, 1368 yilda Xitoyda davlat to\u2019ntarishi bo\u2019lib hokimiyatga Min sulolasi kelgan edi. Natijada sobiq \u201cmo\u2019g\u2019ul hukmdorlari\u201d Xitoy hududidan haydab chiqariladi. Imperiyaning poytaxti Pekin (Xonbaliq)dan Nankinga ko\u2019chiriladi. Movarounnahr bilan Xitoy o\u2019rtasida gavju tijorat karvon qatnovi mavjud bo\u2019lib, mazkur karvon yo\u2019lini Sharafuddin Ali Yazdiy o\u2019zining \u201cZafarnoma\u201d asarida mohirona tasvirlab bergan.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019rta Osiyo tarixining bilimdoni akademik V.V.Bartoldning Amir Temur hamda Min sulolasining tarixiy manbalaridan olib bergan ma\u2019lumotiga qaraganda, 1387 yilda Amir Temur Mavlono Hofiz nomli kishini elchi bilan birga boj tariqasida 15 ta ot va ikki tuya jo\u2019natgan. Shundan so\u2019ng har yili ot va tuyalar boj tariqasida jo\u2019natib turilgan. 1392 yildagi bojning yoniga bir to\u2019p mato ham qo\u2019shib yuborilgan. Mazkur elchilar Xitoydan qaytayotganda, Xitoy imperatori sobiq mo\u2019g\u2019ul sulolasi hukmronligi davrida Gansu viloyatida o\u2019rnashib qolgan 1200 kishidan iborat musulmonlarni elchilarga qo\u2019shib Samarqandga jo\u2019natgan. 1394 yilda Amir Temur Xitoyga 200 ta ot jo\u2019natgan. Shuningdek, Amir Temurning Xitoy imperatori nomiga yuborgan yorlig\u2019ining Xitoy tiliga tarjimasi keltirilgan. Yana manbada keltirilishicha, qaysi yilda ekanligi noma\u2019lum, Temur tarafidan Xitoyga jo\u2019natilgan otlarning soni 1000 ga yetgan. Xitoy tarafi ham mazkur sovg\u2019alar evaziga qimmatbaho toshlar va qog\u2019oz pullar jo\u2019natgan (qog\u2019oz pullar elchilar tomonidan Xitoyning o\u2019zida sarf qilingan bo\u2019lsa kerak). Qanchalik to\u2019g\u2019ri, Xitoydan Temurga birinchi elchi 1395 yilda kelgan. Elchilarning nomi An Chji-dao va Go Tzi bo\u2019lgan. Elchilar Samarqandga odatdagidek Qashqar va Farg\u2019ona orqali emas, balki Semirechye orqali kelgan. Biroq, mazkur elchilarga Xitoyga qaytish faqat Temur vafotidan so\u2019ng nasib qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temurga oid tarixiy manbalardan ma\u2019lum bo\u2019lishicha, Amir Temur Xitoy elchilarini 1397 yil oxirida Sirdaryo bo\u2019yida qishlayotgan vaqtida qabul qilgan edi. Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishicha, elchilar ko\u2019p tuhfalar keltirganlar va hukmdorning marhamatiga sazovor bo\u2019lib, qaytib ketishga ijozat olganlar. Agar biz xitoy elchilarini ushlanib qolganligi haqidagi ma\u2019lumotni bilmaganimizda edi, &#8211; deb yozadi, V.V.Bartold, &#8211; u holda bu so\u2019zlardan, elchilar Xitoyga qaytib ketganlar, degan fikr kelib chiqqan bo\u2019lardi, albatta.<\/p>\n\n\n\n<p>Elchilarning ushlab qolinishi, albatta yaxshilikdan dalolat bermas edi. Xitoyda mo\u2019g\u2019ul sulolasi hukmronligining tugatilishidan so\u2019ng, hokimiyatga Min sulolasining kelishi Xitoy imperatorining buyrug\u2019i bilan 100 ming musulmon fuqarosi qatl qilinadi. Bu voqealardan Amir Temur bexabar bo\u2019lgan deb bo\u2019lmaydi. Chunki Sharafuddin Ali Yazdiy va Nizomiddin Shomiy hamda G\u2019iyosiddin Alilarning yozishicha, 1398 yili Amir Temur Xitoyga borib \u201cbutparastlar\u201dni qirib tashlashni o\u2019z oldiga maqsad qilib qo\u2019ygan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>1399 yil qish faslida Qorabog\u2019lda qishlayotgan chog\u2019ida, Min sulolasining asoschisi Xitoy imperatorining vafot etgani haqida xabar keladi. Xabarda go\u2019yo marhum imperator o\u2019z o\u2019limidan avvalroq qandaydir arzimagan bahona bilan 100 ming musulmon fuqarosini qirib tashlashga farmon bergan va shu yo\u2019l bilan o\u2019z mamlakatini Islomdan batamom tozalagan, deb mubolag\u2019ali ma\u2019lumot ham berilgan edi. Tabiiyki, o\u2019zini dini Islom homiysi deb bilgan sohibqiron shakkok imperatorning aqlini kiritib qo\u2019yishga jazm qilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>1404 yili Amir Temur Xitoyga qarshi yurishga tayyorlanarkan, ikki yangi ulus tashkil qilib, ikki yosh nabirasiga in\u2019om qiladi. Ulardan biri Shohruh Mirzoning to\u2019ng\u2019ich o\u2019g\u2019li 10 yoshli Ulug\u2019bek Mirzoga \u2013 Toshkent, Sayram, Avliyoota, Ashkardan to Xitoy chegarasigacha bo\u2019lgan yerlar kirardi. Ikkinchi ulusni esa Shohruh Mirzoning ikkinchi o\u2019g\u2019li Ibrohim Mirzoga \u2013 Farg\u2019ona, Qashqar va Xo\u2019jandni in\u2019om qilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Biroq, Amir Temur bu norasida hukmdorlarga mo\u2019g\u2019ul beklari osongina bo\u2019ysunmasliklarini yaxshi tushunardi. Binobarin, Xitoy yurishiga taraddudlanarkan, yo\u2019l-yo\u2019lakay mo\u2019g\u2019ul beklarini bo\u2019ysundirib, mazkur uluslarni nabiralariga olib berib, so\u2019ngra Xitoyga yurishni rejalashtirgan edi. Shunday qilib, 1404 yil 27 noyabr Samarqanddan chiqib, O\u2019tror tomonga yo\u2019l oladi. U Oqsulot mavzega kelib, u yerda 28 kun turadi. Amir Temur o\u2019z beklari va amirlaridan ko\u2019pchiligini qishlash uchun Shohruhiya, Toshkent va Sayramga jo\u2019natgan edi. Hukmdorning qarorgohida faqat amir Shayx Nuriddin, amir Shohmalik va amir Xo\u2019ja Yusuflargina qolgan edilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Shuningdek, katta qo\u2019shinning o\u2019ng qanoti hisoblangan yirik harbiy bo\u2019linma hali Toshkent, Shohruhiya va Sayramda qishlamoqda edi. Mazkur harbiy bo\u2019linmaga Temurning nabiralaridan Xalil Sulton Mirzo (Mironshohning o\u2019g\u2019li boshchilik qilardi. Qo\u2019shinning chap qanoti (Juvong\u2019ir) Turkiston va Sabron shaharlarida qishlamoqda edi. Bu qo\u2019shinga Temurning Og\u2019a begim ismli qizidan tug\u2019ilgan Sulton Husayn Mirzo nomli nabirasi boshchilik qilardi. Markaziy qo\u2019shin esa Temur rahbarligida Oqsulotda turardi.<\/p>\n\n\n\n<p>1404 yil 25 dekabrda Amir Temur Oqsulotdan yo\u2019lga chiqib, 1405 yil 14 yanvar chorchanba kuni O\u2019trorga kelib to\u2019xtydi. Amir Temur O\u2019trorda 35 kun turadi va shu muddat ichida qanday sabablarga ko\u2019ra 1405 yil 5 fevral payshanba kuni Amir Temur bundan buyon nard va shaxmat o\u2019ynamaslikka ont ichgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1404-1405 yilning qish fasli o\u2019ta sovuq kelib, Amudaryo va Sirdaryoning barcha o\u2019tish joylari muz bilan qoplangan edi. Garchi Amir Temur qarib qolgan bo\u2019lsa-da, yo\u2019l mashaqqatlariyu hamda sovuqni pisand qilmas, ruhan tetik va jismonan bardamday ko\u2019rinardi. Sharafuddin Ali Yadiyning ma\u2019lumotiga ko\u2019ra, Amir Temur O\u2019trorda Oltin O\u2019rdaning sobiq xoni To\u2019xtamishxonning elchisini qabul qiladi va elchiga \u201cXitoy urushi to\u2019xtagach, Oltin O\u2019rdaga qarshi yurish qilib, taxtni To\u2019xtamishxonga qaytarib olib berishga\u201d va\u2019da beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ammo ko\u2019p o\u2019tmay Amir Temurning mijozida kasallik vujudga kelib, kundan-kun ahvoli og\u2019irlashadi. Tib ilmining bilimdoni mavlono Fazlullo Tabriziy boshchiligida bir necha tabiblar hukmdorning kasaliga xilma-il muolijalar qilardilar. Ammo xastalik kundan-kunga kuchayib borardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temurning kasallanish sababi haqida \u201cTemurnoma\u201d muallifining bergan ma\u2019lumoti diqqatga sazovordir. \u201cSohibqiron Amir Temurning huzurlariga chopar kelib, qalmoqlar bosh ko\u2019taribdilar, deb xabar keltirdi. Hamma jangga otlansin, deb buyurdilar. Beklar va amirlar havo sovuqligi tufayli yo\u2019lga chiqmaslikni maslahar ko\u2019rdilar. Ul vaqt qishni to\u2019qsoni erdi. Amir g\u2019ayratlariga chiday olmay o\u2019rdadin tashqariga chiqdilar. Vaqtikim sha\u2019bon oyining yettisi seshanba kuni o\u2019rdani ravoqida o\u2019ltirib, sartaroshg\u2019a sochlarini oldirib o\u2019ltirib erdilar, o\u2019shal zamon amirg\u2019a bir bodi muholif (yoqimsiz shamol) kelib tegdi. Ahdollari o\u2019zlarig\u2019a ma\u2019lum bo\u2019lib, soat o\u2019tmay rang va tuslari tag\u2019yir topdi\u201d. Mashhur sharqshunos olim, akademik V.V.Bartold \u201char holda Temurning ksali va o\u2019limiga bevosita sabab, sovuqqa qarshi badanni biroz isitish maqsadida me\u2019yordan ortiq may tanovul qilganidadir\u201d, degan fikrni bildiradi. Holbuki, tarixiy manbalarning bergan ma\u2019lumotiga qaraganda, Temur mayxo\u2019rlikni unchalik xush ko\u2019rmagan va mayxo\u2019rlikka ruju qilganlarni esa kim bo\u2019lishidan qat\u2019i nazar mansabidan azl qilib qoralagan. Bizningcha, Amir Temur mayni faqat shifobaxs dori sifatida qabul qilgan. Zero, Sharq tabiblari, shu qatorda Ibn Sino ham bir necha tur sharolarni muolija uchun qo\u2019llaganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Fikrimizcha, Amir Temurning kasallanish jarayoni ancha ilgaridan davom etib kelayotgan bo\u2019lishi ehtimol. 1404 yilning kuzida Amir Temur yetti yillik yurishdan qaytib kelgach, Konigilda katta anjuman o\u2019tkazadi. Bu anjumanda, Klavixoning ma\u2019lumotiga ko\u2019ra, Temurning chehrasida ancha horg\u2019inlikka o\u2019xshash kasallik alomatlari zohiran ko\u2019rinib turgan. Darhaqiqat, yetti yillik yurishdan qaytgan hukmdor aqalli besh oygina ham dam olmay, yana yangi yurish taraddudiga tushib, Xitoyga qarshi yo\u2019lga chiqqan. Binobarin, uzluksiz yo\u2019l mashaqqatlari qarib qolgan hukmdorga zimdan o\u2019z ta\u2019sirini o\u2019tkazgan va, nihoyat \u201cTemurnoma\u201d muallifining ma\u2019lumotiga amal qilinsa, boshni shamollatish natijasida kasallik botindan yuzaga chiqqan. Zotan, \u201cZafarnoma\u201d muallifi Sharafuddin Ali Yadiyning yozishicha, har kuni yangi-yangi kasallik alomatlari zohir bo\u2019la boshlagan. Naql qilinishicha, bemorlik paytida Amir Temurning yonida faqat Saroy Mulk xonimgina turishga haqli edi. Hukmdorning qo\u2019zg\u2019alishga ham madori yetmas, Saroy Mulk xonim uning ahvolidan kechasiyu kunduzi xabardor bo\u2019lib turardi. Tunlarning birida toliqqan Saroy Mulk xonimga uyqu g\u2019alaba qilib, pinakka ketadiyu, shu zahoti seskanib uyg\u2019onadi. Tabiiyki, xonim, uyg\u2019pnish asnosda darhol hukmdor yotgan tarafga ko\u2019z tashlaydi. Biroq, qaysi ko\u2019z bilan ko\u2019rsinki, to\u2019shakda hukmdor yo\u2019q edi. Saroy Mulk xonim sapchib o\u2019rnidan turib, tashqarida turgan posbon oldiga chiqib, hukmdorni so\u2019raydi. Posbon xonimga ta\u2019zim qilgach, qo\u2019li bilan qorong\u2019ilik tomonga ishora qiladi. Saroy Mulk xonim o\u2019sha tomon yelib borarkan, kichik bir tepalik ustida turgan qora bir gavdaga ko\u2019zi tushadi. Bu jahongir Amir Temur edi. U yelkdasida chopon, chuqur xayolga cho\u2019mgan holda qorong\u2019ilikka tikilib turardi. Saroy Mulk xonim hayajonda: \u201cBu qanday gap, ulug\u2019 amir!? Qahraton qish, izg\u2019irinli tunda kasal holingiz bilan bu yerda turishda nima hikmat bor?\u201d \u2013 deb Amirni o\u2019rdugoh tomon boshlaydi. Temur o\u2019rdugohga kelib, o\u2019z o\u2019rniga yotgach, Saroy Mulk xonim bu g\u2019ayri tabiiy ahvol sirini yana so\u2019raydi. Amir Temur xo\u2019rsinib, oh tortgach, shu kecha ko\u2019rgan tushini so\u2019zlaydi:<\/p>\n\n\n\n<p>Har ikki chekkasi baland qamishlar bilan o\u2019ralgan katta yo\u2019lda otimni yeldirib ketayotgan edim. To\u2019satdan yo\u2019l chetidagi qamishlar shitirlab qoldi. Men o\u2019sha tomonga qaradim. Qaradimu hayratdan ot jilovini tortib to\u2019xtab qoldim. Qamishzor ichidan padari buzrukvorim shitob bilan chiqib ketayotgan edilar. Men hayrat ichida otdan tushib, otam istiqbollariga yura boshladim. Ammo padari buzrukvorim shitob bilan chiqib kelayotgan edilar. Men hayrat ichidan otdan tushib, otam istiqbollariga yuraboshladim. Ammo padari buzrukvor menga iltifot qilmay, mening oldimdan o\u2019tib borib, otimning egar-jabdurlarini yechib olib, o\u2019z kelgan yo\u2019llaari, ya\u2019ni qamishlar orasiga kirib, ko\u2019zdan g\u2019oyib bo\u2019ldilar\u2026 Men katta yo\u2019l ustida garangsib. yalang\u2019och ot yonida turganim holda uyg\u2019onib ketdim\u2026 Uyg\u2019onganimda a\u2019zoyi badanim titrab, qizib ketayotgan edi. Bu xosiyatsiz tush dahshatidan tashqariga chiqib ketganimni ham sezmay qolibman\u2026 Har holda paymona to\u2019lganga o\u2019xshaydi\u2026<\/p>\n\n\n\n<p>&#8211; Yaxshi niyat qiling, ulug\u2019 amir, dard boshqa ajal boshqa, shukur, salomatligingiz yaxshi! \u2013 ko\u2019z yoshini to\u2019kib, tasalli berardi Saroy Mulk xonim.<\/p>\n\n\n\n<p>&#8211; Yig\u2019idan foyda yo\u2019q, xonim! Taqdirni tabdil qilib bo\u2019lmas\u2026 Shukur, tong ham yorisha boshladi. Posbonga buyuring, amir Shayx Nuriddin, amir Shohmalik va amir Xo\u2019ja Yusuflar ertalab huzurimga kirsinlar!<\/p>\n\n\n\n<p>Amirlar va beklar sohibqiron qarorgohiga kirganlarida, u to\u2019shakda behol yotardi. Saroy Mulk xonim hukmdorga yaqinlashib, amirlar tashrifi haqida sekingina shivirlagach, u nursiz ko\u2019zini ohista ochib, yaqinroq kelib o\u2019tirishlariga ijozat berdi. Amirlar qisqagina hol-ahvol so\u2019rashishgach, hukmdorning oyoq tomonida \u2013 poygohdan joy olib, butun vujudlari quloqqa aylangan holda yerga qarab o\u2019ltirardilar. Hukmdor ohista ko\u2019zini ochib, amir va beklarga bir-bir razm solgach, entikib-entikib so\u2019z boshlaydi:<\/p>\n\n\n\n<p>&#8211; Ma\u2019lumingiz bo\u2019lg\u2019aykim, Jahongir Mirzoning farzandi Pir Muhammad Mirzoni valiahd etib tayinlaydurmen, toki Samarqand taxti va arkoni davlat aning hukmi-farmonida bo\u2019lg\u2019ay! Mamlakat va millatning osoyishtaligi, qo\u2019shin salohiyatining mukammalligi, raiyatning xotirjamligi borasida foydali tadbirlar ko\u2019rsin. Binobarin, sizlar ham itoat va ehtirom borasida unga bay\u2019at bildirib, saltanatni boshqarishda, el-yurtning tinchligi, musulmonlarning osoyishtaligi uchun hamjihat bo\u2019lib, ko\u2019maklashmog\u2019ingiz lozim. Chunonchi, sizlarning hamjihatlik va ittifoq bilan qilgan ishlaringiz uzoq-yaqindagi do\u2019st-dushmanlarga ko\u2019rinib tursin, toki o\u2019zaro nizolarga o\u2019rin qolmagay va hech kim saltanatga qarshi isyon ko\u2019tarishga o\u2019zida jasorat topmag\u2019ay. Bil\u2019aks o\u2019zaro nizolar vujudga kelib, raiyat boshiga tashvish va nadomatlar ortib, mamlakat obodonligi barham topgay. Inchunin, mening ko\u2019p yillik sa\u2019y-harakatlarim zoye\u2019ga ketgay\u2026<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur holsizlanib ko\u2019zini yumadi. Bu uning so\u2019nggi vasiyati edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amirlar, beklar va yurtning kattalari hamda shu yerda hozir bo\u2019lgan shahzodalar, malikalar hukmdorning vasiyatini mukammal bajarishga qasamyod qilishgach, amir Shayx Nuriddin ohista so\u2019z boshlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>&#8211; Agar amri oliy vujudga kelsa Toshkand, Samarqand va Hirotg\u2019a xabar yuborsak, toki farzandi dilbandlaringiz \u2013 shahzodalar zudlik birlan yetib kelib, janobi oliylarining husni tavajjuhlaridan bahramand bo\u2019lib, gavharfishon nasihatlaringizni ixlos qulog\u2019i bilan tinglab, itoat kamarini bellariga bog\u2019lasalar foydadin holi bo\u2019lmas erdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur asta ko\u2019zini ochib, amirlarga mungli nazar solarkan, chap qo\u2019lini ko\u2019tarib, avval ko\u2019rsatgich barmog\u2019ini, keyin o\u2019rta barmog\u2019ini qo\u2019shib ko\u2019rsatadi-da, qo\u2019lini tushirib, ko\u2019zini yumib oladi. Amirlar hukmdorlarning imo-ishorasiga tushunolmay, sarosimaga tushib, hammalari Saroy Mulk xonimga savol nazari bilan qaraydilar. Shu asnoda hukmdor tamshanib, ko\u2019zini ochib amirlarga qarab:<\/p>\n\n\n\n<p>&#8211; Vaqt tang, bir yoki ikki kunlik umr qoldi. Afsus, ularni ko\u2019rish nasib bo\u2019lmadi. Endi diydor ko\u2019rishmak qiyomatga qoldi, &#8211; deb ko\u2019zini yumadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Darhaqiqat, etasi (17 sha\u2019bon 807) 1405 yil 18 fevral chorshanba kuni kechasi shom bilan xuftan namozi o\u2019rtasida jahonga mashhur sarkarda sohibqiron Amir Temur Kuragon hayotdan avadiy ko\u2019z yumadi. Amir Temurning o\u2019limi hammadan sir tutilib, tunda maxsus bezatilgan aravada amir Xo\u2019ja Yusuf boshchiligida Samaqandga jo\u2019natiladi. Shundan so\u2019ng amir va beklar harbiy kengash o\u2019tkazib, uzoq-yaqindagi barcha shahzodalarga xabar yuborishga, toki saltatant dushmanlari oyoqqa turib, ig\u2019vo va fasod yo\u2019liga kirib, isyon ko\u2019tarmagaylar degan andishaga borib sohibqironning vafotini vaqtincha sir tutishga qaror qiladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Ammo, Toshkent va Sayramda turgan Xalil Sulton Mirxoga bo\u2019lgan voqeani mufassal bayon qilib, xabar yuboriladi. Shuningdek, Turkiston va Sabronda turgan Sulton Husayn Mirzoga ham xabar yuboradilar. Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishicha, G\u2019aznada turgan Pir Muhammad Mirzoning huzuriga maktub bilan Hizr Qavchinni jo\u2019natadilar. Maktubda sohibqironning o\u2019lim oldidan qilgan vasiyatiga ko\u2019ra, Pir Muhammad Mirzo tezlik bilan Samarqaandga yetib kelib, saltanatni o\u2019z tasarrufiga kiritmog\u2019i lozim ekanligi ta\u2019kidlanadi. Shuningdek, Hirotda Shohruh Mirzoga, Bag\u2019dodda Mironshoh Mirzoga, Tabrizda Umar Mirzoga, hamda Fors va Iroqdagi boshqa shahzodalarga xabar yuboriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Biroq Amir Temurning o\u2019limi qanchalik sir tutilmasin, ertasigayoq shum xabar uzoqlarga ham yashin tezligida tarqaldi. Qo\u2019shin orasida parokandalik vujudga keladi. Toshkent va Sayramda qishlovda turgan qo\u2019shinning boshlig\u2019i Xalil Sulton Mirzo bobosi vafoti haqida xabar kelgach, o\u2019z qo\u2019l ostidagi qo\u2019shin bilan Samarqandga shoshiladi. Turkiston va Sayramda turgan Sulton Husayn Mirzo o\u2019z qo\u2019l ostidagi qo\u2019shindan o\u2019ziga ishonchli bir ming askarni olib, zudlik bilan taxtni egallash maqsadida Samarqandga qarab yo\u2019l oladi. Hali sohibqironning jasadi sovimasdanoq temuriy shahzodalar, harbiy boshliqlar va arkoni davlat orasida parokandalik boshlanib ketadi. Sohibqironning vasiyatlariga sodiq qolishga qasamyod qilgan temuriy shahzodalar tez kunda vasiyatdan yuz o\u2019rigib, taxt uchun kurashni boshlaydilar, harbiy va ma\u2019muriy boshliqlar esa guruhbozlikni avjiga chiqaradilar. Mavrusiy saltanatni boshqarishda temuriy shahzodalar, sahroyi chingiziy shahzodalaridek hamjihatlik bilan birlasha olmadilar. Aksincha, o\u2019zaro qonli nizolarni boshlab, mamlakatni janggohga aylantirdilar va mehnatkash xalqni og\u2019ir musibatlarga duchor qilib, mamlakatni parchalanib ketishiga sababchi bo\u2019ldilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temurning jasadi Samarqandga jo\u2019natilgach, bir kundan so\u2019ng malikalarga ham Samarqandga qaytishga ruxsat beriladi. Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishicha, amir Xo\u2019ja Yusuf sohibqironninng jasadini 23 fevralda Samarqandga yetkazib keladi va o\u2019sha kechasiyoq marhum Muhammad Sulton Mirzo xonaqohiga dafn qilinadi. Malikalar Samarqandga yetib kelganlarida Amir Temurning o\u2019limi haqidagi xabar hammayoqqa tarqalib bo\u2019lgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand shahrining hokimi Arg\u2019unshoh shahaar darbozalaarini berkitib, to haqiqiy valiahd kelib, taxt masalasi hal bo\u2019lmaguncha shaharga hech kimni kiritmasligini e\u2019lon qiladi. Faqat davomli muzokaralar so\u2019nggida Saroy Mulk xonim boshchiligida ayrim malikalar va yosh shahzodalargagina shaharga kirishga kirishga ijozat beriladi. Malikalar, shahzodalar va shahar a\u2019yonlarining xotinlari Muhammad Sulton Mirzo xonaqohiga borib, ta\u2019ziya marosimini boshlaydilar. Ular ko\u2019k kiyinib, sochlarini yoyib, yuzlarini tirnab qonatib, qorakuya surtib, dod-faryodlar qilib, aza ochadilar. Bu marosimda shahzodalar, shahar ichida bo\u2019lgan a\u2019yonlar, hatto shayxulislom Abdul Avval va Isomiddinlar ham faol qatnashadilar. Shahardagi barcha rastalar va do\u2019konlar yopiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1405 yil 18 mart dushanba kuni Xalil Sulton Mirzo hech qanday qarshiliksiz Samarqandga kirib, taxtga o\u2019tiradi. Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishicha, Samarqand shaharining boshliqlari Arg\u2019unshoh va O\u2019trordan qaytib kelgan amir Xo\u2019ja Yusuflar Xalil Sulton Mirzo bilan muzokara yuritib, shahar kalitini unga topshirgan edilar. Ikki kun o\u2019tgach, Xalil Sulton Mirzo Muhammad Sulton Mirzo xonaqohiga borib, motam marosimi yanada ulug\u2019vorroq va tantanali ravishda o\u2019tkazadi. Marosimda faqat shahzodalar, malikalar va arkoni davlatgina emas, balki butun shahar xalqi ishtirok etadi. Marosimda Amir Temur ruhiga hatmi qur\u2019on qilinib, beva-bechoralarga xayr-ehsonlar ulashilib, bir necha kungacha ot, ho\u2019iz va qo\u2019ylar so\u2019yilib, fuqaroga ob-osh tortiladi. Marosim oxirida yig\u2019i-sig\u2019i bilan Amir Temurning maxsus jang nog\u2019orasini o\u2019rtaga olib kiradilar va bir lahza chaladilarda, shundan so\u2019ng \u201cu endi boshqa kishiga xizmat qilmasin uchun\u201d, uni tilimlab yorib tashlaydilar. Bu udum motam marosimining tugallanishi hisoblanardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ibn Arabshohning ma\u2019lumotiga qaraganda, sohibqironning jasadi Muhammad Sulton madrasasidagi dahmaga dafn etilgan bo\u2019lib, dahmaning devorlariga Temurning kiyimlari va qurol-aslahalari ilib qo\u2019yilgan. Mazkur buyumlar qimmatbaho toshlar va oltin bilan bezatilgan bo\u2019lib, bu ma\u2019danlarning eng kichik bir bo\u2019lagi bir viloyatning bir yillik hirojiga teng kelardi. Maqbara ichiga katta-katta oltin qandillar o\u2019rnatilgan bo\u2019lib, ulardan birining og\u2019irligi 4000 misqolga teng edi. Maqbara sahniga ipak gilamlar to\u2019shalgan. Sohibqironning jasadi esa sherozli mohir usta tarafidan yasalgan po\u2019lat tobutga solinib, dafn etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Oradan to\u2019rt yil o\u2019tgach, 1409 yil may oyida Amir Temurning to\u2019rtinchi o\u2019g\u2019li Shohruh Mirzo Xalil Sulton Mirzodan Samarqand taxtini tortib olgach, Muhammad Sulton xonaqohiga kelib, otasi Amir Temurning qabrini ziyorat qildi. Shariat tartiblariga qattiq rioya qiluvchi Shohruh Mirzo maqbaradagi shariat qonun-qoidalariga zid keladigan ishlarni, marosimlarni man etadi, shu jumladan Amir Temurning kiyimlari, qurol-aslahalari va barcha qimmatbaho bezaklarni xazinaga qaytaradi. Shuningdek, Amir Temur va Muhammad Sulton Mirzo jasadlarini madrasa xonaqoidan ko\u2019chirib, po\u2019lat tobut o\u2019rniga yog\u2019och tobutga solib, hozirgi Go\u2019ri Amir maqbarasiga dahn ettiradi. Jasadlarni po\u2019lat tobutdan yog\u2019och tobutga solib dafn etilishi shariat hukmiga muvofiqroq bo\u2019lsa kerak, deb taxmin qiladi. A.Yu.Yakubovskiy. Biroq Shohruh Mirzoning jasadlarini ko\u2019chirib qayta dafn ettirishi Samarqand arkoni davlatida ancha shov-shuvlarga sabab bo\u2019ladi. Ayniqsa harbiy boshliqlar orasida norozilik kuchayadi. Shuning uchun bo\u2019lsa kerak, deb yozadi akademik V.V.Bartold, &#8211; Temurning diniy rahnamosi Sayid Barakaning hokimi Andxo\u2019ydan olib kelib, Amir Temurning bosh tomoniga dafn ettiradi. Zotan, Sayid Baraka Temurning diniy rahnamosi sifatida katta obro\u2019-e\u2019tiboriga ega ekanligi hammaga ma\u2019lum edi. Go\u2019yo Temur hayotligida Sayid Baraka bilan yonma-yon dafn etilishini vasiyat qilgan emish.<\/p>\n\n\n\n<p>Darhaqiqat, 1941 yilda Go\u2019ri Amir maqbarasida Temur va uning nabirasi Muhammad Sulton Mirzoning qabrlari ochib tekshirilganda, har ikki jasadni ham archa yog\u2019ochidan yasalgan tobutga solib dafn etilganligi ma\u2019lum bo\u2019ldi. Shuningdek, mashhur sharqshunos olim A.A.Semenov va arxeolog olim V.A.Shishkinlarning fikricha, har ikkalar tobut bir xil yog\u2019ochdan, hamda tobut ichiga to\u2019shalgan matolar ham bir xil, ya\u2019ni parchaga o\u2019xshash mato edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Tarixiy manbalarning bergan ma\u2019lumotiga qaraganda, Amir Temur vafot qilganda, uning xotinlaridan to\u2019rttasi \u2013 Saroy Mulk xonim, Tuman og\u2019o xonim, Tukal xonim va Ruh Parvar og\u2019o xonimlar hali hayot edilar. Shuningdek, Sharafuddin Ali Yazdiy va Fasih Xavofiyning bergan ma\u2019lumotlariga ko\u2019ra, Amir Temur vafot qilgan vaqtda unda 2 o\u2019g\u2019il, 19 nevara va 15 chevara, jami 26 shahzoda hayot edi. Bulardan tashqari sohibqironning kichik qizi \u2013 Sulton Baxt begim va katta qizi \u2013 Og\u2019o begimdan tug\u2019ilgan o\u2019g\u2019il \u2013 Sulton Husayn Mirzo nomli nevarasi ham bor edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Tarixiy ma\u2019lumotlarning dalolaticha sohibqiron Amir Temur o\u2019n sakkiz marta uylangan. Bundan tashqari u 22 nafar xos kanizaklarini ham o\u2019z shabistoniga mahram qilgan. Sohibqironning o\u2019z iqroricha, 1355 yili otasi amir Muhammad Tarag\u2019ay uni birinchi marta amir Joku Barlosning qiziga uylantiradi. O\u2019sha yiliyoq Amir Temur amir Qazag\u2019onning nabirasi, amir Husaynning singlisi O\u2019ljaoy Turkon Og\u2019oga ham uylanadi. \u201cTemurnoma\u201d muallifining yozishicha, O\u2019ljaoy Turkon Og\u2019oning asl nomi Kamoloy bo\u2019lib, doim erkaklar libosida otga minib, janglarda ishtirok etar, hamda jangdan ko\u2019plab o\u2019ljalar bilan qaytar ekan. Shu bois uni O\u2019ljaoy Turkon deb atar ekanlar. O\u2019ljaoy Turkon og\u2019o 1366 yilda kasal bo\u2019lib vafot etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sohibqiron Amir Temur Samarqand taxtiga o\u2019tirgan (1369-1370) vaqtida mazkur xotinlaridan ikki o\u2019g\u2019il va ikki qizi bor edi. Har ikki amirzoda, ya\u2019ni Jahongir Mirzo va Umar Shayx Mirzo bir yilda \u2013 1356 yilda tug\u2019ilganlar. Demak, amirzodalar boshqa-boshqa onadan tug\u2019ilganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Tarixchi Xondamirning bergan ma\u2019lumotiga qaraganda, Jahongir Mirzoning onasining ismi Turmush Og\u2019o bo\u2019lgan. Agar shunga amal qilinsa, sohibqironning birinchi xotini \u2013 amir Joku Barlos qizining ismi Turmush Og\u2019o bo\u2019lib, undan Jahongir Mirzo va O\u2019gi Begilar tug\u2019ilgan. Sohibqironning ikkinchi xotini O\u2019ljaoy Turkon Og\u2019odan Sulton Baxt begim tug\u2019ilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Amir Temur solnomasi Temur va temuriylar saltanati Buyuk Amir Temur saltanati va uning taqdiri Amir Temur sulolasi Turg\u2019un Fayziyev. Temuriylar shajarasi Saroy Mulk Xonim (Bibixonim) Amir Temurning harami Amir Temurning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/sohibqiron-amir-temur-kuragon\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3469,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[103],"tags":[],"class_list":["post-3468","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-hukmdorlar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3468","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3468"}],"version-history":[{"count":22,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3468\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":153589,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3468\/revisions\/153589"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3469"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3468"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3468"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3468"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}