{"id":3490,"date":"2021-10-11T09:48:31","date_gmt":"2021-10-11T06:48:31","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=3490"},"modified":"2021-10-11T09:48:33","modified_gmt":"2021-10-11T06:48:33","slug":"ilk-kalendarni-kim-ixtiro-qilgan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ilk-kalendarni-kim-ixtiro-qilgan\/","title":{"rendered":"Ilk kalendarni kim ixtiro qilgan?"},"content":{"rendered":"\n<p>Siz kattalar og&#8217;zidan &#8220;eski hisob bo&#8217;yicha&#8221; yoki &#8220;yangi hisob bo&#8217;yicha&#8221; degan jumlalarni ko&#8217;p marotaba eshitgan bo&#8217;lsangiz kerak. Ravshanki, siz Mavlud kuni butun jahonda 25 dekabrda, Rossiyada esa 7 yanvarda hayit qilinishini ham bilasiz. Buning sababi nimada o&#8217;zi? Bu savolga javob berish uchun kalendar \u2014 taqvim tarixi bilan tanishib chiqishga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Eng birinchi kalendarni qadimgi misrliklar kashf hilishgan. Bu narsa ulug&#8217; Nil daryosining toshishiga vaqtida hozirlik ko&#8217;rish uchun zarur bo&#8217;lgan. Chunki ularning hayoti ko&#8217;p jihatdan aynan shu hodisaga bog\u2019liq edi. Misr kohinlari daryoning birinchi toshqinidan to galdagisiga qadar o&#8217;tgan davr 365 kun ekanligini hisoblab chiqishgan. Bu paytda osmonda yorqin Sirius \u2014 She&#8217;ro yulduzi paydo bo&#8217;lardi. 365 kunning uzun qismini 30 kundan 12 bo&#8217;lakka bo&#8217;lishganda, qolgan 5 kun yilning qo&#8217;shimchasi bo&#8217;lib qoladi. Shu taxlit ilk taqvim vujudga kelgan. U ishlatishga juda oson bo&#8217;lib, qadimgi misrliklar turmushini birmuncha yengillashtirgan. Keyinchalik ma&#8217;lum bo&#8217;lishicha, She&#8217;ro yulduzi ham bir vaqtda paydo bo&#8217;lavermas, ba&#8217;zida u bir sutkaga kechikishi ham mumkin ekan. Bu narsa har to&#8217;rt yil oralig\u2019ida ro&#8217;y bergan. Shundan keyin kohinlar yana hisob-kitob qilishib, bir yil 365 kunu 6 soatga teng, mana shu 6 soat tufayli har to&#8217;rt yilda butun boshli bir sutka yig&#8217;ilib qolishini hisoblab chiqishgan. Misrliklar buni hisobini chiqarishganu, lekin kalendarni o&#8217;zgartirib o&#8217;tirishmagan. Faqat miloddan avvalgi 46 &#8211; yildagina Rim imperatori Yuliy Tsezar qadimgi Misr kalendarini isloh qilishga buyruq beradi, yil xuddi avvalgidek 12 bo&#8217;lakka \u2014 oylarga ajratilgan. Har bir oyda kunlar soni bir xilda bo&#8217;lmay, balki birida \u2014 30 kun, ikkinchisida \u2014 31 kun, fevral oyida esa 28 kun bo&#8217;lgan. Kalendar ilgarilab ketmasligi uchun fevral oyiga to&#8217;rt yilda bir marta bir kundan qo&#8217;shilgan. Shunday qilib, yangi Yulian kalendari bo&#8217;yicha (Yuliy Tsezar nomidan olingan) har to&#8217;rt yildan biri 365 kun emas, 366 kundan iborat bo&#8217;lgan. Biz uni kabisa yili deb yuritamiz. Butun dunyo xalqlari mazkur kalendardan foydalana boshlashgan. 1582 yilga kelib Rim papasi Grigoriy XIII kalendarga o&#8217;zgartish kiritadi. Chunki ko&#8217;pyillik kuzatishlar Yulian kalendarining ham mukammal emasligini ko&#8217;rsatgandi. Ma&#8217;lum bo&#8217;lishicha, bir yil 365 kunu 6 soatdan iborat bo&#8217;lmay, balki 365 kun 5 soat 48 minut va 46 sekunddan iborat ekan! Papa Grigoriy XIII tuzgan taqvim Grigorian kalendari deb atalgan va keyinchalik undan barcha mamlakatlarda foydalana boshlangan. Rossiyada Grigorian kalendari 1918 yildan e&#8217;tiboran joriy etilgan. Bu vaqtga kelib Yulian va Grigorian kalendarlari o&#8217;rtasidagi tafovut 13 kunni tashkil etdi. 1918 yilga qadar bo&#8217;lib o&#8217;tgan voqea \u2014 hodisalar &#8220;eski hisob bo&#8217;yicha&#8221; \u2014 ya&#8217;ni Yulian kalendari bo&#8217;yicha deb ta&#8217;riflanadigan bo&#8217;ldi. Xuddi shu sanani &#8220;yangi hisob bo&#8217;yicha&#8221; topish uchun unga 13 kunni qo&#8217;shish kifoya. Biroq Grigorian kalendari ham tamomila mukammal emas. Hozirda yangi, yanada aniq kalendar tayyorlash ustida ish olib borilmoqda.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Siz kattalar og&#8217;zidan &#8220;eski hisob bo&#8217;yicha&#8221; yoki &#8220;yangi hisob bo&#8217;yicha&#8221; degan jumlalarni ko&#8217;p marotaba eshitgan bo&#8217;lsangiz kerak. Ravshanki, siz Mavlud kuni butun jahonda 25 dekabrda, Rossiyada esa 7 yanvarda hayit &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ilk-kalendarni-kim-ixtiro-qilgan\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":657,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[21],"tags":[],"class_list":["post-3490","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bilasizmi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3490","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3490"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3490\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3491,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3490\/revisions\/3491"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/657"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3490"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3490"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3490"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}