{"id":35039,"date":"2022-11-21T11:51:08","date_gmt":"2022-11-21T08:51:08","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=35039"},"modified":"2022-11-21T11:51:12","modified_gmt":"2022-11-21T08:51:12","slug":"yapon-yozuvi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yapon-yozuvi\/","title":{"rendered":"YAPON YOZUVI"},"content":{"rendered":"\n<p>YAPON YOZUVI \u2014 so&#8217;z bo&#8217;g&#8217;inli (ideografiksillabik) aralash yozuv; bunda ierogliflar va bo&#8217;g&#8217;inli belgilar qo&#8217;shilib ketadi. Yapon tilidagi matnlarni yozishda qo&#8217;llanadi. Hozirgi Yapon yozuvi tizimida, asosan, 2 turli belgilar: so&#8217;z belgilar \u2014 ierogliflar (yaponcha &#8220;kandzi&#8221; \u2014 Xitoy yozuvi) va bo&#8217;g&#8217;inli belgilar (&#8220;kana&#8221;lar) qo&#8217;llanadi. Bugungi kunda bu tizimga yana fonemaviy belgilar \u2014 lotin alifbosi (yaponcha &#8220;romadzi&#8221; \u2014 Rim yozuvi) ham kirib kelmoqda. Yapon yozuvi vertikal ustun shaklida bo&#8217;lib, belgilar yuqoridan quyiga tomon, ustunlar esa o&#8217;ngdan chapga qarab joylashadi. Keyingi paytlarda uning gorizontal holatda chapdan o&#8217;ngga qarab yoziladigan shakli ham qo&#8217;llanmoqda. Xitoyliklarning ieroglifik yozuvi Yaponiyaga milodiy 4-5-asrlarda kirib kela boshlagan va o&#8217;sha davr ziyolilari uchun o&#8217;rganish majburiy hisoblangan. Xitoy va yapon tillari uslubiy tuzilish jihatidan jiddiy farq qilganligidan ieroglifik matnlarni o&#8217;qish ancha qiyin bo&#8217;lgan. Shunday bo&#8217;lsa ham, yaponlarning dastlabki yozma yodgorligi \u2014 &#8220;Kodziki&#8221; (afsona va rivoyatlar to&#8217;plami, 712 yil) Xitoy ierogliflari va Xitoy tili grammatikasi asosida yozilgan. Keyinchalik ierogliflar bilan bir qatorda ularning xitoycha o&#8217;qilishi (&#8220;on&#8221;) ham muayyan fonetik o&#8217;zgarishlarga uchragan holda o&#8217;zlashtiriladi; ayni paytda ierogliflarning ma&#8217;no jihatdan mos keladigan yaponcha o&#8217;qilish shakli (&#8220;kun&#8221;) ham paydo bo&#8217;ladi. Yaponiyaning o&#8217;zida ijod qilingan ierogliflarning barchasi faqat &#8220;kun&#8221; usulida, yaponcha o&#8217;qiladi. Ierogliflarning fonetik qo&#8217;llanishi milliy yozuvning paydo bo&#8217;lishiga imkon yaratadi. 8-asrda yaratilgan &#8220;Manyosyu&#8221; nomli asarda ba&#8217;zi ierogliflar bo&#8217;g&#8217;inli belgi sifatida ishlatilgan. Ierogliflar grafik ko&#8217;rinishining o&#8217;zgarishi esa 9-asrda kananing xilma-xil ko&#8217;rinishlari vujudga kelishiga sabab bo&#8217;lgan. 10-asrda esa ulardan faqat kata kana vaxiragana keng qo&#8217;llana boshlaydi. Har ikkala alifbodagi belgilar shaklan farq qilsada, ma&#8217;noviy (fonetik) jihatdan tengdir. Katakana bosma ierogliflarning qisqargan shakli sifatida kelib chiqqan va, asosan, yangi o&#8217;zlashma so&#8217;zlarni yozish uchun qo&#8217;llanadi, xiragana esa ierogliflarning to&#8217;liq (qo&#8217;l) yozma shakli bo&#8217;lib, asl yaponcha so&#8217;zlarni, yordamchi so&#8217;zlar va qo&#8217;shimchalarni yozish uchun qo&#8217;llanadi. Kana yozuvida asosiy belgilar 48 ta, kananing har ikki turi hisobga olinsa, ularning umumiy soni 96 ta bo&#8217;ladi. Bularga 30 dan ortiq Hosila, qo&#8217;shimcha belgi 2 ga ko&#8217;paytirib qo&#8217;shilsa, Kanadagi belgilarning umumiy soni 170 taga yetishi mumkin. Ierogliflar hamda xiragana va katakananing, qisman lotin harflarining aralash qo&#8217;llanishi, ierogliflarning 2 turli (&#8220;on&#8221; va &#8220;kun&#8221;) o&#8217;qilishi ya.yo.ni nihoyatda murakkablashtirgani sababli 1946 yil kana yozuvi imlosi isloh qilinadi; shu bilan birga, faqat 1850 ieroglifni ishlatish rasman tavsiya etiladi (hozir bu miqdor 1947 tani tashkil etadi). Lekin amalda qo&#8217;llanayotgan ierogliflar soni tavsiya etilganlaridan ko&#8217;ra ko&#8217;proqdir. Yaponiyada yozuvni soddalashtirish ustida olib borilayotgan ishlar hanuz davom etmoqda. Lekin hozircha Xitoy ierogliflaridan voz kechish yoki Yapon yozuvini lotin grafikasiga ko&#8217;chirish yo&#8217;lida qilinayotgan harakatlar muvaffaqiyatsiz bo&#8217;lmoqda. Buning sabablaridan biri \u2014 asrlar mobaynida yaratilgan yozma yodgorliklar, ya&#8217;ni boy madaniy merosni kelgusi avlodlarga aynan, buzilmagan holda etkazib berish istagidir. Ad.Fridrix I., Istoriya Pisma, M., 1979; Maevskiy B.V., Graficheskaya stilistika yaponskogo yazmka, M., 2000. Ismatulla Bekmurotov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YAPON YOZUVI \u2014 so&#8217;z bo&#8217;g&#8217;inli (ideografiksillabik) aralash yozuv; bunda ierogliflar va bo&#8217;g&#8217;inli belgilar qo&#8217;shilib ketadi. Yapon tilidagi matnlarni yozishda qo&#8217;llanadi. Hozirgi Yapon yozuvi tizimida, asosan, 2 turli belgilar: so&#8217;z belgilar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yapon-yozuvi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[205],"tags":[],"class_list":["post-35039","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ya-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/35039","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=35039"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/35039\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":35047,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/35039\/revisions\/35047"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=35039"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=35039"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=35039"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}