{"id":35055,"date":"2022-11-21T13:19:40","date_gmt":"2022-11-21T10:19:40","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=35055"},"modified":"2022-11-21T13:20:34","modified_gmt":"2022-11-21T10:20:34","slug":"taroqlilar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/taroqlilar\/","title":{"rendered":"TAROQLILAR"},"content":{"rendered":"\n<p>TAROQLILAR (Ctenophora) \u2014 dengiz umurtqasizlari tipi. Tanasi shaffof, dildiroq, oval, tuxumsimon, cho&#8217;ziq tsilindrsimon yoki boshqa shaklda. Tanasining bir uchida og&#8217;iz teshigi, 2-uchida muvozanat organi (statosist) joylashgan. Tana devori bo&#8217;shliqichlilar singari ektoderma va entodermadan iborat. Ektoderma bilan entoderma oralig&#8217;ida dildiroq mezogliy (strukturasiz qavat) bo&#8217;ladi. Umumiy tuzilishi radial simmetriyaga mos keladi. Og&#8217;iz teshigi halqumga ochiladi; halqum oshqozon bilan bog&#8217;langan. Oshqozondan radial naylar tarqalgan. Bu naylar Taroqlilar tanasi chetiga kelib tana bo&#8217;ylab joylashgan 8 qator meridional naylarga ulanib ketadi. Meridional naylar bo&#8217;ylab qarakat organlari \u2014 8 qator taroqsimon plastinkalar joylashgan. Har bir taroqsimon plastinka qator bo&#8217;lib bir-biriga yopishgan kiprikchalardan iborat. Taroqlilar germafrodit. Tuxumdan kiprikli lichinka chiqadi. 1 sinf (taroklilar) 2 ta kenja sinf (paypaslagichlilar va paypaslagichsizlar)ni o&#8217;z ichiga oladi. 100 ga yaqin turi ma&#8217;lum. Barcha dengizlarda uchraydi; erkin suzib yuruvchi, dengiz tubida o&#8217;rmalovchi yoki o&#8217;troq yashovchi hayvonlar. Asosan, plankton, ba&#8217;zan baliqlar uvildirig&#8217;i va chavoqlari bilan oziqlanadi. O&#8217;ljasini og&#8217;zi yoki uzun paypaslagichlari bilan yopishtirib oladi. Taroqlilar treskasi mon baliklar uchun oziq. Keng tarqalgan turi beroyo boshqa Taroqlilarni yeydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TAROQLILAR (Ctenophora) \u2014 dengiz umurtqasizlari tipi. Tanasi shaffof, dildiroq, oval, tuxumsimon, cho&#8217;ziq tsilindrsimon yoki boshqa shaklda. Tanasining bir uchida og&#8217;iz teshigi, 2-uchida muvozanat organi (statosist) joylashgan. Tana devori bo&#8217;shliqichlilar singari &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/taroqlilar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-35055","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/35055","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=35055"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/35055\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":35058,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/35055\/revisions\/35058"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=35055"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=35055"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=35055"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}