{"id":35116,"date":"2022-11-21T17:16:30","date_gmt":"2022-11-21T14:16:30","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=35116"},"modified":"2022-11-21T17:16:33","modified_gmt":"2022-11-21T14:16:33","slug":"jabborov-jumaniyoz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jabborov-jumaniyoz\/","title":{"rendered":"JABBOROV JUMANIYOZ"},"content":{"rendered":"\n<p>JABBOROV JUMANIYOZ (1930.25.10, Koson tumani) \u2014 O&#8217;zbekiston xalq shoiri (1997). O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan san&#8217;at arbobi (1980). ToshDU Filologiya fakultetini tugatgan (1952). &#8220;Sharq yulduzi&#8221; jurnalida bo&#8217;lim mudiri, mas&#8217;ul kotib (1953-62), &#8220;gulxan&#8221; jurnali bosh muharriri (1962-64), Respublika gazetasi (&#8220;Sovet O&#8217;zbekistoni&#8221;)da bo&#8217;lim mudiri (1964-67), bosh muharrir o&#8217;rinbosari (1967-76), ma&#8217;muriy tashkilotda sho&#8217;ba mudiri (1976-81), G&#8217;afur G&#8217;ulom nomidagi adabiyot va san&#8217;at nashriyotida direktor (1981-85), O&#8217;zbekiston yozuvchilar uyushmasida tarjima Kengashining maslahatchisi (1985\u2014 90). O&#8217;zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi adabiyot, san&#8217;at va me&#8217;morchilik sohasida O&#8217;zbekiston Davlat mukofotlari qo&#8217;mitasida mas&#8217;ul kotib (1990 y.dan). &#8220;Bahor nafasi&#8221; (1956), &#8220;maqsad yo&#8217;lida&#8221; (1958), &#8220;Subhidam xayollari&#8221; (1964), &#8220;Sahro sanami&#8221; (1967), &#8220;Lirika&#8221; (1970), &#8220;Ilhom daqiqalari&#8221; (1971), &#8220;dostonlar&#8221; (1974), &#8220;e&#8217;tiqod&#8221; (1978), &#8220;xayolimda o&#8217;zing&#8221; (1985), &#8220;ko&#8217;nglim go&#8217;zali&#8221; (1991) va boshqa to&#8217;plamlariga kirgan she&#8217;r va dostonlarida yurtga muhabbat, inson qalbi va ma&#8217;naviy olamini teranroq aks ettirishga intilish, hayot sevarlik g&#8217;oyalari badiy ifodalangan. &#8220;Ajab dunyo \u2014 sevgi dunyosi&#8221; (1996) to&#8217;plamidan 100 dan ortiq g&#8217;azallar o&#8217;rin olgan. Uning she&#8217;rlari falsafiyligi, voqelikka faol munosabat bilan ajralib tursa, g&#8217;azallari obrazlarning tiniqligi, o&#8217;ynoqiligi bilan o&#8217;ziga xosdir. &#8220;Guljahon va Hasanjon&#8221; (1967), &#8220;Sahro gullari&#8221; (1976), &#8220;tog&#8217;dagi uchrashuv&#8221; (1986) to&#8217;plamlari bolalarga bag&#8217;ishlangan. Jabborovning &#8220;Gulshan&#8221; (1957) dostonida muhabbat va sadoqat mavzui asosiy o&#8217;rin tutadi. &#8220;Tog&#8217;lar sadosi&#8221; (1961) va &#8220;yo&#8217;ldagi o&#8217;ylar&#8221; (1968) Dostonlari yaxshilik bilan yomonlik o&#8217;rtasidagi azaliy kurash, adabiyot va san&#8217;atning inson hayotida tutgan o&#8217;rni haqida. &#8220;Ona- yer qo&#8217;shig&#8217;i&#8221; (1962), &#8220;20 kun daftari&#8221; (1967), &#8220;sohillar hikoyasi&#8221; (1974) kabi nasriy asarlari nashr etilgan. &#8220;Tallimarjon dostoni&#8221; (1976), &#8220;Quyosh yurti&#8221; (1981) she&#8217;riy asarlari mazmunan o&#8217;zaro bog&#8217;liq bo&#8217;lib, qarshi cho&#8217;li manzaralari, ona yurtga muhabbat tuyg&#8217;ulari ulug&#8217;langan. &#8220;O&#8217;jarlar&#8221; (1973), &#8220;Yillar o&#8217;tib&#8230;&#8221;(1977), &#8220;to&#8217;ydan oldin tomosha&#8221; (1979), &#8220;mening oppoq kabutarlarim&#8221; (1991) dramatik asarlarida inson erki, baxti, oilaviy turmush muammolari yoritilgan. R. Tagorning &#8220;qurbonlik&#8221; dramasini, Hofiz Sheroziy, Ubayd Zokoniy, Bayron, Yu. Lermontov, A. Blok va boshqalarning she&#8217;rlarini o&#8217;zbek tiliga tarjima qilgan. Dramatik asarlari asosan Muqimiy nomidagi o&#8217;zbek davlat musiqali teatrida va viloyat teatrlarida, shuningdek, tojik, qirg&#8217;iz, qozoq teatrlarida ham sahnalashtirilgan. Alisher Navoiy nomidagi katta akademik teatrda sahnalashtirilgan. &#8220;Al-Farg&#8217;oniy&#8221; operasi librettosi (1998) muallifi. As: Saylanma [2 jildli], T., 1980-81.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>JABBOROV JUMANIYOZ (1930.25.10, Koson tumani) \u2014 O&#8217;zbekiston xalq shoiri (1997). O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan san&#8217;at arbobi (1980). ToshDU Filologiya fakultetini tugatgan (1952). &#8220;Sharq yulduzi&#8221; jurnalida bo&#8217;lim mudiri, mas&#8217;ul kotib (1953-62), &#8220;gulxan&#8221; &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jabborov-jumaniyoz\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[208],"tags":[],"class_list":["post-35116","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-j-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/35116","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=35116"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/35116\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":35124,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/35116\/revisions\/35124"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=35116"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=35116"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=35116"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}