{"id":3514,"date":"2021-10-11T10:01:33","date_gmt":"2021-10-11T07:01:33","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=3514"},"modified":"2021-10-11T10:01:33","modified_gmt":"2021-10-11T07:01:33","slug":"ilm-fan-qay-tariqa-vujudga-kelgan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ilm-fan-qay-tariqa-vujudga-kelgan\/","title":{"rendered":"Ilm-fan qay tariqa vujudga kelgan?"},"content":{"rendered":"\n<p>&#8220;Olim&#8221; deyilganida ko&#8217;z o&#8217;ngimizga kim keladi? Hoynahoy, u atrof muhit va insonni o&#8217;rganadigan, observatoriya quradigan, xilma-xil tajribalar o&#8217;tkazadigan yoki ma&#8217;lum tamoyillar va qoidalarni shakllantiradigan tafakkurli inson ekanligi aniq. Biroq to XVII asrga qadar, odamlar u yoki bu muammoni hal etishni yoxud biron narsani tushunib tagiga yetishni xohlasalar, ular xuddi shu xususda yozilgan barcha manbalarni topib o&#8217;qib chiqishgan yoinki to&#8217;g&#8217;ridan-to&#8217;g&#8217;ri hukumatga murojaat qilib, fikrini olishgan. 1600 yildan keyin, oradan ko&#8217;p o&#8217;tmay, Galileo Galiley borliqni o&#8217;rganishning yangicha usuliga asos soldi. U narsalarning sir-asrorini anglab yetish uchun ularni sinab ko&#8217;ra boshladi va sinchiklab kuzatishni odat qildi. Boshqacha aytganda, Galiley tajribalar o&#8217;tkazish yo&#8217;lidan bordi. Asta-sekin, narsalarni sinovdan o&#8217;tkazib, tajribalarning natijalarini daftarga qayd etib boruvchi odamlarning soni tobora ko&#8217;paya bordi. Borliqdagi narsalarning haqiqati teranroq ochila borgani sayin ularning o&#8217;rtasida ayrim o&#8217;zaro bog&#8217;lanishlar borligi ham ayon bo&#8217;la boshladi. Bu o&#8217;zaro bog&#8217;lanishlar o&#8217;z navbatida ilmiy qonuniyatlarni yuzaga keltirdi va ular galdagi tajribalarni o&#8217;tkazishga asos bo&#8217;lib xizmat hildi. Shunday qilib, keyinchalik &#8220;ilm-fan&#8221; deb nom olgan bilim asoslari dunyoga kelib, tezda ommalashdi. Ayrim-alohida narsalar orasida juda katta miqdorda tabiiy o&#8217;zaro bog&#8217;lanishlar mavjudligi ilm-fanning alohida yo&#8217;nalishlarga (tarmoqlarga) ajralishiga sabab bo&#8217;ldi. Hozirgi kunda ilm-fanning ko&#8217;pgina sohalari bizga ma&#8217;lum. Tabiiy fanlar atrofimizni qurshab turgan narsalar va hodisalarni o&#8217;rganadi. Ijtimoiy fanlar esa inson hayoti va faoliyatini o&#8217;zi uchun bosh tadqiqot masalasi deb biladi. Bu ilm-fan sohalari poydevor, asos, ya&#8217;ni ular sof ilmdir. Ular narsalar mohiyatini o&#8217;rganadi va ilmiy qonuniyat-qoidalarni yaratadi. Amaliy fanlar bu anglangan mohiyat va ilmiy qonun-qoidalarni inson faoliyatining turli sohalariga tatbiq etadi. Dorishunoslik, tibbiyot, o&#8217;rmonchilik, qurilish muhandisligi va boshqa ko&#8217;pgina sohalar amaliy fanlar turiga mansubdir.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&#8220;Olim&#8221; deyilganida ko&#8217;z o&#8217;ngimizga kim keladi? Hoynahoy, u atrof muhit va insonni o&#8217;rganadigan, observatoriya quradigan, xilma-xil tajribalar o&#8217;tkazadigan yoki ma&#8217;lum tamoyillar va qoidalarni shakllantiradigan tafakkurli inson ekanligi aniq. Biroq to &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ilm-fan-qay-tariqa-vujudga-kelgan\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":657,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[21],"tags":[],"class_list":["post-3514","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bilasizmi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3514","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3514"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3514\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3515,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3514\/revisions\/3515"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/657"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3514"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3514"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3514"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}