{"id":35178,"date":"2022-11-22T13:20:41","date_gmt":"2022-11-22T10:20:41","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=35178"},"modified":"2022-11-22T13:20:45","modified_gmt":"2022-11-22T10:20:45","slug":"fantastika","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/fantastika\/","title":{"rendered":"FANTASTIKA"},"content":{"rendered":"\n<p>FANTASTIKA (Yunoncha phantastike \u2014 xayolan tasvirlash san&#8217;ati) \u2014 badiiy san&#8217;at turi. Fantastika realizm va naturalism yo&#8217;nalishidagi san&#8217;at, adabiyotlarning aksi. Ayrim o&#8217;rinda Fantastika realizm bilan ham qo&#8217;shilib ketadi. Fantastikaning shakli mifologik tushunchalarni, ertaklarni tasvirlashda ko&#8217;rinadi. Inson tasavvurida hayron qoldirarli xayoliy obrazlar va hodisalar, to&#8217;qima holatlar, ajoyibotlar olami badiiy asarda voqelikka, hayot haqiqatiga qaramaqarshi qo&#8217;yib tasvirlanadi. Fantastikaning adabiyot, san&#8217;atning boshqa tur va janrlaridan farqi shuki, uning tasvir sohasi amalda mavjud bo&#8217;lgan hayot emas, balki turmush haqidagi umumiy tasavvurdan kelib chiqadigan hayotdir. Shuning uchun hamma narsa va hodisalar jiddiy o&#8217;zgargan, bo&#8217;rttirilgan, taajjublantiradigan darajada bo&#8217;ladi. Fantastikaning maqsad va vazifalari fakat inson orzusini emas, balki kelajakda kutiladigan xatardan ogoh qilish, estetik zavq berish hamdir. Fantastika ko&#8217;pincha xalq og&#8217;zaki ijodida uchraydi. Lof, latifalar va dostonlarda Fantastikani o&#8217;ta bo&#8217;rttirilgan shaklda kuzatish mumkin (&#8220;Alpomish&#8221;, &#8220;Go&#8217;ro&#8217;g&#8217;li&#8221;, &#8220;Manas&#8221; va boshqalar). Gomerning &#8220;Iliada&#8221; dostoni, M. Servantesning &#8220;don Kixot&#8221; asari, F. Rablening &#8220;Gargantyua yoki Pantagryuel&#8221; hajviy asari, J. Sviftning &#8220;Gulliverning sayohati&#8221;, A. Dantening &#8220;Ilohiy komediya&#8221;si, M. Tvenning &#8220;Tom Soyerning sarguzashtlari&#8221;, Gyotening &#8220;Faust&#8221;, M. Bulgakovning &#8220;Ityurak&#8221; va boshqa asarlari Fantastika yo&#8217;nalishining ajoyib namunalari sanaladi. K. Chukovskiyning ertaklari, A. Kazantsevning &#8220;Yonuvchi Orol&#8221;, A. Grinning &#8220;alvon yelkanlar&#8221; asarlari, X.K. Andersenning ertaklari ham kattalarga va bolalarga mos Fantastika janrida yozilgan. Hozirgi zamon chet el badiiy Fantastikasining namoyandalari sifatida yaponiyalik Kabo Abe, amerikalik Ayzek Azimovni, polshalik Stanislav Lem va boshqalarni ko&#8217;rsatish mumkin. Fantastikanafaqat adabiyotni, balki faylasuflarning yirik ijodiyotini ham tashkil qiladi. Fantastikada obrazlar ko&#8217;p hollarda yaxlit mazmunda bo&#8217;lsa, yana ayrim o&#8217;rinlarda ramziy ma&#8217;no kasb etadi. Hozirgi zamon o&#8217;zbek adabiyotida T. Malikning &#8220;Hikmat afandining o&#8217;limi&#8221;, T. Hobilovning &#8220;oyga safar&#8221;, X. To&#8217;xtaboevning &#8220;sariq devni minib&#8221;, &#8220;Sariq devning o&#8217;limi&#8221;, X. Shayxovning &#8220;Rene jumbog&#8217;i&#8221; asarlari Fantastika janrida yaratilgan. Fantastika badiiy adabiyotdan tashqari folklorda, falsafiy utopiyada, kino va teatrda, tasviriy san&#8217;atda ham mubolag&#8217;ali bo&#8217;rttirish bilan aks ettiriladi. Fantastika syujet qurilmalari va ramziy ma&#8217;nolarda ifodalanar ekan, muallifning yoki bir davrning dunyoqarashi, turmush tarzi va undagi muammolar mo&#8221;jizali, g&#8217;ayritabiiy shaklda tasvirlanadi. 19-20-asrlarda ilmiy Fantastika taraqqiy etdi. Ilmiy Fantastikaning asosiy vazifasi \u2014 kelajakni bashorat qilib, badiiy ifodalashdan iborat. Asosiy tasvir usuli \u2014 fikriy eksperiment (tajriba). 20-asrda ilmiy Fantastikaning ravnaqi jamiyat taraqqiyotida fan va texnikaning tobora o&#8217;sib berayotganligi bilan bog&#8217;liq. Shartli ravishda ijtimoiy upotiya va &#8220;antiutopiya&#8221; janrlari, falsafiy, &#8220;maishiy&#8221;, yumoristik, &#8220;texnik&#8221; janrlar farqlanadi. Ilmiy Fantastika umumadabiy va o&#8217;ziga xos tasviriy vositalardan foydalanadi. Ilmiy Fantastikaning asoschilari \u2014 F. Bekon (16-a.), Berjerak, F. Gadvin (17\u2014 18-asrlar). 19-asrda frantsuz fantasti J. Vern Shuhrat topdi. Uning &#8220;ajoyib sayohatlar&#8221; turkum romanlaridan &#8220;Kapitan Grantning bolalari&#8221;, &#8220;yer yuzi bo&#8217;ylab 80 kunlik sayohat&#8221;, &#8220;kapitan Gatterasning sarguzashtlari&#8221; keng tarqalgan. Ingliz yozuvchisi G. Uells &#8220;Zamon mashinasi&#8221;, &#8220;ko&#8217;zga ko&#8217;rinmas odam&#8221;, &#8220;dunyolar kurashi&#8221; romanlarida ilmiyfantastik vosita bilan katta ijtimoiy masalalarni o&#8217;rtaga qo&#8217;ygan. Sharq xalqlari og&#8217;zaki va yozma adabiyotida ilmiy Fantastika mavzui qadimgi zamonlardan beri salmokli o&#8217;rinni egallab kelgan. &#8220;Ming bir kecha&#8221; turkumiga kirgan hikoyalarda, o&#8217;zbek fantastik ertaklarida ilmiy Fantastikaga xos xususiyatlar mavjud. Alisher Navoiyning &#8220;Farhod va Shirin&#8221; dostonidagi &#8220;oynai Jahonnoma&#8221; haqidagi epizodlar, &#8220;Saddi Iskandariy&#8221;dagi Mallu tilsimiga qarshi kurash bobi ilmiy Fantastikaning yaxshi namunalaridir. Hozirgi zamon o&#8217;zbek adabiyotida ilmiy Fantastikaga xos yo&#8217;nalish ko&#8217;proq hikoya va ocherklarda ko&#8217;rinmoqda. Ad.: Kagarliskiy Yu.Sh., Gerbert Uells, M., 1963; Ilenkov E. V., Ob esteticheskoy prirode fantazii, v SB.: Voprosi estetiki, VIP. 6, M., 1964. Shukur Jabborov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>FANTASTIKA (Yunoncha phantastike \u2014 xayolan tasvirlash san&#8217;ati) \u2014 badiiy san&#8217;at turi. Fantastika realizm va naturalism yo&#8217;nalishidagi san&#8217;at, adabiyotlarning aksi. Ayrim o&#8217;rinda Fantastika realizm bilan ham qo&#8217;shilib ketadi. Fantastikaning shakli mifologik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/fantastika\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[200],"tags":[],"class_list":["post-35178","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-f-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/35178","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=35178"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/35178\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":35179,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/35178\/revisions\/35179"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=35178"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=35178"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=35178"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}