{"id":3518,"date":"2021-10-11T10:03:36","date_gmt":"2021-10-11T07:03:36","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=3518"},"modified":"2021-10-11T10:03:37","modified_gmt":"2021-10-11T07:03:37","slug":"matematikani-kim-ixtiro-etgan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/matematikani-kim-ixtiro-etgan\/","title":{"rendered":"Matematikani kim ixtiro etgan?"},"content":{"rendered":"\n<p>Matematika \u2014 sonlar, miqdorlar, shakllar bilan ish ko&#8217;radigan fan. Matematika bilimisiz umuman hozirgi hayotning yuzaga kelishini tasavvur qilib bo&#8217;lmaydi. Masalan, agar quruvchilar o&#8217;lchashni, hisoblashni va bunyod etishni bilishmasa, biz yaxshi uylarga ega bo&#8217;la olmas edik. Agar tashqi ko&#8217;rinishi kelishtirib bichilmasa, ya&#8217;ni hamma tomoni obdon aniq o&#8217;lchab tayyorlanmasa, kiygan libosimiz ham g&#8217;oyat qo&#8217;pol, ko&#8217;rimsiz bo&#8217;lar edi. Temir yo&#8217;llar, kemalar, tayyoralar, hech bir ulkan sanoat, tijorat ham bo&#8217;lmas edi. Va nihoyat, radio, televideniye, kino, telefon va umuman madaniy borligimizning tarkibiy qismlari bo&#8217;lgan yana boshha minglab narsalar ham dunyoga kelmas edi. Matematikani qo&#8217;llanish, &#8220;qanchaga?&#8221;, &#8220;Qanchalik uzoq?&#8221; kabi o&#8217;lchovlar biz yashayotgan borliqning hayotiy, tarkibiy qismlarini tashkil etadi. O&#8217;tmishdagi ajdodlarimiz bizga nisbatan ancha sodda, ibtidoiy holatda yashashgan, biroq baribir ular ham raqamlarning qo&#8217;llanishiga ehtiyoj sezishgan. Qadimgi odam o&#8217;zi ega bo&#8217;lgan narsalarning hisob-kitobini qilishni xohlagan. Qancha asbob-uskunasi bor? Qancha quroli bor? Qoramoli nechta? \u2014 bilmog&#8217;i lozim edi. Odamzot miqdor-son bilan bogliq o&#8217;y-fikrlarini boshqalarga ham yetkazish zaruratini his etganidan keyin u matematikadan foydalana boshladi. Umuman olganda, hisob-kitob matematikaning boshlanishi edi. Hisoblash san&#8217;ati uzoq zamonlar mobaynida shakllanib, taraqqiy topdi. Dastlab hisob-kitob devorlarga o&#8217;yilgan eslatma kertma belgilar yoki &#8220;papirus&#8221; deb atalgan qog&#8217;ozning bir xiliga bitilgan shakl-alomatlar tarzida ifodalanadi. Qadimgi odam bu so&#8217;zsiz-bayonsiz mixxatlarga qarab, &#8220;qancha?&#8221; degan savolga javob topgan. Zamoni kelib, qadimgi misrliklar, ulardan keyin yunonlar va rimliklar yanada takomillashgan miqdor-son tizimini yaratdilar. Biroq, hisoblash, bu, albatga, matematikaning tarkibiy qismidir, xolos. Shakl tafakkuri va katta-kichiklik miqdorini o&#8217;lchash ham inson uchun muhimdir. Qadimgi odam kundalik hayotida, garchi shaklning aniq o&#8217;lchamiga erisholmagan bo&#8217;lsa ham, biroq bunga intilgan. Masalan, o&#8217;zining ibtidoiy kulbasini bunyod etishda u to&#8217;g&#8217;ri burchak va doirasimonlik holatlari bilan hisoblashgan. Bu \u2014 matematikaning turmushda ilk bor ibtidoiy darajasida oddiy, amaliy qo&#8217;llanishi edi. Shu bilan birga, matematika mavjud narsa-ashyolardan, mantiqiy xulosalar chiqarish uchun zarur bo&#8217;ldi. Masalan, biz geometriyada hamma narsani qog&#8217;ozda ifodalaymiz va qog&#8217;ozda masalaning yechimini topamiz. Shundan keyin uni kundalik turmushga tadbiq etamiz.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Matematika \u2014 sonlar, miqdorlar, shakllar bilan ish ko&#8217;radigan fan. Matematika bilimisiz umuman hozirgi hayotning yuzaga kelishini tasavvur qilib bo&#8217;lmaydi. Masalan, agar quruvchilar o&#8217;lchashni, hisoblashni va bunyod etishni bilishmasa, biz yaxshi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/matematikani-kim-ixtiro-etgan\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":657,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[21],"tags":[],"class_list":["post-3518","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bilasizmi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3518","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3518"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3518\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3519,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3518\/revisions\/3519"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/657"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3518"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3518"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3518"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}