{"id":35181,"date":"2022-11-22T13:25:40","date_gmt":"2022-11-22T10:25:40","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=35181"},"modified":"2022-11-22T13:25:43","modified_gmt":"2022-11-22T10:25:43","slug":"fan-texnika-taraqqiyoti","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/fan-texnika-taraqqiyoti\/","title":{"rendered":"FAN-TEXNIKA TARAQQIYOTI"},"content":{"rendered":"\n<p>FAN-TEXNIKA TARAQQIYOTI &#8211; fan bilan texnikaning o&#8217;zaro bog&#8217;liq, yagona, ilgarilab boruvchi taraqqiyoti; ijtimoiy taraqqiyot asosi. Dastlab fan rivoji bilan texnika taraqqiyoti o&#8217;rtasidagi yaqinlashuv 16-18-asrlarda manufaktura ishlab chiqarishi bilan bog&#8217;liq holda sodir bo&#8217;ldi. Bungacha moddiy ishlab chiqarish empirik tajribalar, hunarmandlik asosida shakllangan. Teologiya va sxolastika ta&#8217;siridagi tabiat haqidagi ilmiy nazariy bilimlar ham ishlab chiqarishga hech qanday salbiy ta&#8217;sir qilmasdan sekinlik bilan rivojlangan. Ilmiy va texnikaviy taraqqiyot inson faoliyatining 2 ta nisbatan mustaqil yo&#8217;nalishi sifatida yuksala borgan. 16-asrda savdo-sotiq va yirik manufakturadagi tub o&#8217;zgarishlar bir qancha aniq vazifalarni nazariy va eksperimental hal qilishni talab qildi. Bu davrda fan Uyg&#8217;onish davri g&#8217;oyalari ta&#8217;sirida sxolastika an&#8217;analarini parchalab, amaliyotga murojaat qildi. Kompas, porox va kitob nashr qilish ilmiytexnikaviy faoliyatga asos solgan 3 ta yirik kashfiyot bo&#8217;ldi. Suv tegirmonlarining rivojlanayotgan manufaktura ishlab chiqarishida qo&#8217;llanilishi ba&#8217;zi mexanik jarayonlarni nazariy tadqiq etishni talab qildi. Natijada charxpalak g&#8217;ildiragi, charxpalak harakati nazariyasi, karshilik va ishqalanish ta&#8217;limotlari yaratildi. Fan bilan texnika yaqinlashuvining 2-bosqichi mashina ishlab chiqarishning 18-asr oxiridan boshlab taraqqiy etishi bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lib, bunda fan bilan texnika bir-birining jadal rivojlanishiga ta&#8217;sir ko&#8217;rsatdi. Bu davrda ilmiy tadqiqot faoliyatida nazariy masalalarni hayotga tatbiq qilishga da&#8217;vat etuvchi fanning maxsus bo&#8217;g&#8217;inlari paydo bo&#8217;ldi: amaliy tadqiqotlar, ishlab chiqarish tadqiqotlari, amaliy konstruktiv ishlanmalar va hokazolar. Fan-texnika taraqqiyotining 3-bosqichi fan-texnika inqilobi bilan bog&#8217;liq. Uning ta&#8217;sirida texnika taraqqiyotiga qaratilgan ilmiy sohalar kengayadi. Texnik masalalarni hal qilishda biologlar, fiziologlar, psixologlar, mantiqshunoslar ishtirok etadi. Fan-texnika taraqqiyoti, shuningdek, ijtimoiy fanlar yo&#8217;nalishlari, iqtisod va ishlab chiqarishni tashkil qilish, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni ilmiy boshqarish, aniq ijtimoiy tadqiqotlar kabilarga bilvosita ta&#8217;sir qiladi. Fanning texnikaga nisbatan yetakchilik mavqei yanada yorqin namoyon bo&#8217;ladi, fan texnikani uzluksiz inqiloblashtiruvchi kuchga aylanadi. O&#8217;z navbatida, texnika ham fan taraqqiyotiga ijobiy ta&#8217;sir ko&#8217;rsatib, uning oldiga yangi talab va vazifalar qo&#8217;yadi. Hozirgi zamon fan-texnika inqilobining xarakterli xususiyati uning sanoat b-n birga ijtimoiy hayotning turli sohalari: qishloq xo\u2019jalik, transport, aloqa, tibbiyot, ta&#8217;lim, maishiy xizmat kabilarni qamrab olganligidadir.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>FAN-TEXNIKA TARAQQIYOTI &#8211; fan bilan texnikaning o&#8217;zaro bog&#8217;liq, yagona, ilgarilab boruvchi taraqqiyoti; ijtimoiy taraqqiyot asosi. Dastlab fan rivoji bilan texnika taraqqiyoti o&#8217;rtasidagi yaqinlashuv 16-18-asrlarda manufaktura ishlab chiqarishi bilan bog&#8217;liq holda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/fan-texnika-taraqqiyoti\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[208],"tags":[],"class_list":["post-35181","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-j-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/35181","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=35181"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/35181\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":35183,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/35181\/revisions\/35183"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=35181"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=35181"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=35181"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}