{"id":35608,"date":"2022-11-23T16:30:16","date_gmt":"2022-11-23T13:30:16","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=35608"},"modified":"2022-11-23T16:30:20","modified_gmt":"2022-11-23T13:30:20","slug":"futurizm","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/futurizm\/","title":{"rendered":"FUTURIZM"},"content":{"rendered":"\n<p>FUTURIZM (lotincha futurum \u2014 kelajak) \u2014 20-asr boshlarida Yevropa adabiyoti va san&#8217;atida maydonga kelgan avangardizm oqimi. Futurizm g&#8217;oyalari, ayniqsa, Italiya va Rossiyada adabiyot, teatr, musiqa va kino san&#8217;atlaridan tashqari, adabiyotshunoslik va san&#8217;atshunoslik fanlarida o&#8217;z ifodasini topdi. Shuningdek, Futurizm Yevropadagi qator adabiyot va san&#8217;at namoyandalarini ham ta&#8217;sir doirasiga tortdi. 1909 yil 20 Fevralda &#8220;Figaro&#8221; (Parij) gazetasida &#8220;futurizm manifesti&#8221;ning e&#8217;lon qilinishi Italiyada Futurizmning vujudga kelishiga sababchi bo&#8217;lgan. Futurizmning nazariyasi va poetikasi 1909\u2014 15 yillarda shakllangan. Milandagi ilk futuristlar guruhi rahbari F.T. Marinetti &#8220;Futurizm manifesta&#8221; (1909), &#8220;oy nurini o&#8217;ldiramiz!&#8221;(1911), &#8220;futuristic adabiyotning texnik manifesti&#8221; (1912), &#8220;Sintaksisning emirilishi&#8230;&#8221;(1913) maqolalari, shuningdek, rassomlar \u2014U. Bochchoni, K. Karra, kompozitor Pratelli va boshqalar o&#8217;z manifestlari bilan Futurizm estetikasiga asos solishgan. 20-asrda yuzaga kelgan boshqa avangardlik oqimlari singari, Futurizm ham mavjud dunyo bilan aloqani uzib, dunyo madaniyatini rad etgan, o&#8217;zining aksilestetikasini an&#8217;anaviy adabiy did va maktablarga qarshi qo&#8217;ygan. Futuristlarning yangi nutqiy ifoda vositalarini axtarishlari (&#8220;erkin&#8221; sintaksis, tovushtaqlid va b.) poetik til sohasidagi islohot bo&#8217;la olmagan. Italyan futuristlari badiiy merosdan voz kechish bilan birga kuch va zo&#8217;ravonlikni targ&#8217;ib qilib, urushni &#8220;dunyo gigienasi&#8221; sifatida madh etgan, ayrimlari esa keyinchalik Mussolini tomoniga o&#8217;tib ketgan. Rus Futurizmi mustaqil badiiy harakat sifatida maydonga keldi. Rus Futurizmining tarixi &#8220;gileya&#8221; yoki kubofuturistlar (V. V. Xlebnikov, D. D. va N. D. Burlyuklar, V. V. Kamenskiy, V. V. Mayakovskiy va boshqalar), &#8220;Egofuturistlar uyushmasi&#8221; (I. Severyanin, I. V. Ignatev, K. K. Olimpov va boshqalar), &#8220;She&#8217;riyat shiyponi&#8221; (V. Shershenovich, R. Ivnev va boshqalar) hamda &#8220;Tsentrifuga&#8221; (B. L. Pasternak, N. N. Aseyev va boshqalar) guruhlarining o&#8217;zaro munosabatlari va kurashi tarixidan iborat. &#8220;Gileya&#8221; boshqa guruxlardan avval tuzilgan va dastur xarakteridagi bir necha to&#8217;plamlarni nashr etgan uyushma sifatida o&#8217;zida rus Futurizmining qiyofasini ko&#8217;proq aks ettirgan. Eskilikning muqarrar emirilajagini, &#8220;jahon to&#8217;ntarishi&#8221; va &#8220;yangi insoniyat&#8221;ning tug&#8217;ilishini san&#8217;at orqali sezish va oldindan aytib berishga urinish mazkur harakatning umumiy asosini tashkil etgan. Badiiy ijod, rus futuristlarining fikricha, taqlid emas, balki tabiatning davomi; tabiat esa insonning ijodiy kuchi yordamida yangi dunyoni barpo etadi. Adabiy janr va uslublarning shartli tizimini buzish, til tabiatning tarkibiy qismi bo&#8217;lgan davrga, folklormifologik manbalarga qaytishning boisi shundadir. Futuristlar jonli rus tili zaminida tonik she&#8217;r va fonetik qofiyani ishlab chiqdilar, yangi so&#8217;zni &#8220;ijod etish&#8221;ga mahliyo bo&#8217;lib, hatto yangi sheva yaratishgacha bordilar. 1917 yildan keyin Rossiyada &#8220;LEF&#8221;, &#8220;Kommuna san&#8217;ati&#8221;, Ukrainada &#8220;Aspanfut&#8221;, Gruziyada &#8220;41&#8221; singari guruxlar tuzildi. V. V. Mayakovskiy singari futurist shoirlarning dovruq qozonishi bilan O&#8217;zbekistonda ham ularning izdoshlari paydo bo&#8217;ddi. Ular (Oltoy, Sh. Sulaymon, U. Ismoilov) ma&#8217;lum vaqg tovush taklidiga asoslangan, shaklbozlik ko&#8217;rinishlaridan iborat she&#8217;riy tajriba bilan mashg&#8217;ul bo&#8217;ldilar. Ammo sosialistik realizm metodining qaror topishi bilan bunday hollarga barham berildi. Adabiy-badiiy taraqqiyot avangardlik oqimlarining o&#8217;tkinchi davr samarasi ekanini isbotladi. Ad.: Literaturnoe Dvijenie sovetskoy epoxi. Materiali i dokumenti, M., 1986. Naim Karimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>FUTURIZM (lotincha futurum \u2014 kelajak) \u2014 20-asr boshlarida Yevropa adabiyoti va san&#8217;atida maydonga kelgan avangardizm oqimi. Futurizm g&#8217;oyalari, ayniqsa, Italiya va Rossiyada adabiyot, teatr, musiqa va kino san&#8217;atlaridan tashqari, adabiyotshunoslik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/futurizm\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[200],"tags":[],"class_list":["post-35608","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-f-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/35608","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=35608"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/35608\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":35612,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/35608\/revisions\/35612"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=35608"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=35608"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=35608"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}