{"id":35624,"date":"2022-11-23T16:46:14","date_gmt":"2022-11-23T13:46:14","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=35624"},"modified":"2022-11-23T16:46:17","modified_gmt":"2022-11-23T13:46:17","slug":"furqat-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/furqat-tumani\/","title":{"rendered":"FURQAT TUMANI"},"content":{"rendered":"\n<p>FURQAT TUMANI &#8211; Farg&#8217;ona viloyatidagi tuman. 1992 yil 9 aprelda tashkil etilgan. Shimoldan Tojikiston Respublikasi va Dang&#8217;ara tumani, g&#8217;arbdan Beshariq, Janub va sharqdan O&#8217;zbekiston tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,31 ming kilometr kvadrat. Aholisi 88,7 ming kishi (2003). Tumanda 6 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (Navbahor, tomosha, Shunqor, Qo&#8217;qon, G&#8217;allakor, G&#8217;uncha) bor. Markazi \u2014 Navbahor qishlog&#8217;i. Tabiati. Relefi pasttekislik, qir, Toshloq va qumli chala cho&#8217;llar. Tuman hududi Markaziy Farg&#8217;ona cho&#8217;lida, So&#8217;xIsfara massivida joylashgan. Ikdimi keskin kontinental. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi 0\u00b0, -5\u00b0, eng past temperatura -17\u00b0, iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi 29\u2014 zg, eng yuqori temperatura 42\u00b0. Yiliga 100\u2014 300 millimetr yog&#8217;in tushadi. Vegetatsiya davri 210-230 kun. Bahor va kuzda kuchli &#8220;Qo&#8217;qon shamoli&#8221; esadi. Furqat tumanining shimol qismidan Sirdaryo va Qolgandaryo irmog&#8217;i, Janub qismidan katta Fargona kanali oqib o&#8217;tadi. Tuproqchari surqo&#8217;ng&#8217;ir va bo&#8217;z, sug&#8217;oriladigan o&#8217;tloq, qumli o&#8217;tloq va sho&#8217;rxok tuproqdardan iborat. Yovvoyi o&#8217;simliklardan shuvoq, betaga, bug&#8217;doyiq, sho&#8217;ra, yantoq, qamish, qo&#8217;g&#8217;a, oq miya, qizil miya, Qandim, yulg&#8217;un, saksovul; Sirdaryo sohillarida turang&#8217;il, tol, chingil va boshqalar o&#8217;sadi. Yovvoyi hayvonlardan bo&#8217;ri, tulki, chiyabo&#8217;ri, quyon, to&#8217;qay mushugi, echkemar, har xil ilonlar, kaltakesaklar; qushlardan kaklik, bedana, chumchuq, zog&#8217;cha, musicha, hind maynasi, qarg&#8217;a, to&#8217;rg&#8217;ay, o&#8217;rdak, sassiqpopishak, qashqaddoq, boyqush, qirg&#8217;ovul; kemiruvchilardan kalamush, yumronqoziq, ondatra va boshqalar uchraydi. Suvlarda laqqa, ilonbaliq, sazan va boshqa baliqlar bor. Tumanning Dang&#8217;ara tumani bilan chegaradosh qismida Abdusamat buyurtma qo&#8217;riqxonasi tashkil etilgan. Aholisi, asosan, o&#8217;zbeklar, shuningdek, tojik, tatar, rus, qirg&#8217;iz va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1 kilometr kvadratga 286,1 kishi (2003). Xo&#8217;jaligi. Tumanda sanoat, qurilish, davlat tashkilotlari, qo&#8217;shma va 600 dan ziyod kichik korxonalar mavjud. &#8220;Ishonch&#8221; ipyigiruv korxonasi, paxta tozalash, g&#8217;isht zavodlari, MTP, mahalliy sanoat korxonalari, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko&#8217;rsatish shoxobchalari ipshab turibdi. Tuman qishloq xo\u2019jalik paxtachilik, g&#8217;allachilik va chorvachilikka ixtisoslashgan. 5 shirkat, 600 dan ziyod fermer xo&#8217;jaliklari faoliyat ko&#8217;rsatadi. Furqat tumanidagi sug&#8217;oriladigan erlarga paxta, don, sabzavot va poliz, kartoshka, beda va ozuqa ekinlari ekiladi. Tumandagi jamoa va shaxsiy xo&#8217;jaliklarida qoramol, qo&#8217;y va echki, parranda boqiladi. Bog&#8217;dorchilik (bodom, gilos, nok, shaftoli, anjir, anor, uzum), pillachilik, baliqchilik bilan ham shug&#8217;ullaniladi. Tuman hududi orqali Toshkent \u2014 Andijon temir yo\u2019l va Farg&#8217;ona \u2014 O&#8217;sh avtomagistrali o&#8217;tgan. 33 umumiy ta&#8217;lim (qariyb 24 ming o&#8217;quvchi), bolalar musiqa va sport maktablari, ixtisoslashgan litsey-internat, 2 kasb-hunar kolleji (1900 talaba) faoliyat ko&#8217;rsatadi. Jumladan, 2004 yilning sentabr oyida ishga tushgan ijtimoiy-iqtisodiy kasbhunar kollejida bank ishi, soliq va soliqqa tortish, huquqshunos-iqtisodchi, moliya, boshlang&#8217;ich sinflarda jismoniy tarbiya o&#8217;qituvchisi, bolalar va xotinqizlarga tibbiyijtimoiy yordamni tashkil etish yo&#8217;nalishlarida 600 o&#8217;quvchi ta&#8217;lim oladi. Tumanda klub muassasalari, Markaziy kutubxona va uning 27 filiali, madaniyat va istirohat bog&#8217;i, 6 madaniyat uyi aholiga xizmat ko&#8217;rsatadi. Markaziy stadion, bir qancha futbol, voleybol, basketbol maydonlari, sport zallari va boshqa sport inshootlari ishlab turibdi. 4 kasalxona, 3 poliklinika, 18 feldsherakusherlik va 11 qishloq vrachlik punktlari, kishloq vrachlik ambulatoriyalari, Salomatlik markazi, dorixonalar mavjud. Tarixiy va me&#8217;moriy yodgorliklardan qilich mergan bobo tarixiy qabristoni, Abduqahdor ota ziyoratgohi, jome&#8217;masjidlar bor. 2002 yildan &#8220;Navbahor&#8221; tuman gazetasi chop etiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>FURQAT TUMANI &#8211; Farg&#8217;ona viloyatidagi tuman. 1992 yil 9 aprelda tashkil etilgan. Shimoldan Tojikiston Respublikasi va Dang&#8217;ara tumani, g&#8217;arbdan Beshariq, Janub va sharqdan O&#8217;zbekiston tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,31 ming &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/furqat-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[200],"tags":[],"class_list":["post-35624","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-f-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/35624","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=35624"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/35624\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":35625,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/35624\/revisions\/35625"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=35624"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=35624"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=35624"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}