{"id":35972,"date":"2022-11-25T08:45:17","date_gmt":"2022-11-25T05:45:17","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=35972"},"modified":"2022-11-25T08:45:18","modified_gmt":"2022-11-25T05:45:18","slug":"farididdin-attor","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/farididdin-attor\/","title":{"rendered":"FARIDIDDIN ATTOR"},"content":{"rendered":"\n<p>FARIDIDDIN ATTOR (taxallusi; asl ism sharifi Muhammad Abu Bakr ibn Ibrohim; taxminan 1148\/51 \u2014 Nishopur \u2014 1219\/21) \u2014 mutasavvif shoir. Asarlarida tasavvufni targ&#8217;ib qilgan. Mansur Halloj, Boyazid Bistomiy ta&#8217;limotidagi g&#8217;oyalarni davom ettirgan. Farididdin Attor falsafasining asosini tavhid (Allohning yagonaligini tan olish) ilmi tashkil etadi. Unga ko&#8217;ra, tavhid faqat Allohning yagonaligini tan olish emas, balki u bilan qo&#8217;shilishga intilish, ya&#8217;ni insonning mutlaq Ruh tomon intilishini anglatadigan jarayondir. Farididdin Attorning &#8220;Bulbulnoma&#8221;, &#8220;mantiq uttayr&#8221;, &#8220;Ushturnoma&#8221; asarlari ramziyallegorik timsollar asosida yozilgan. &#8220;Javhar uzzot&#8221;, &#8220;Xayloj&#8221;, &#8220;Asrornoma&#8221;, &#8220;Sharh ulqalb&#8221;, &#8220;Musibatnoma&#8221; kabi dostonlari bevosita muhokama-mushohada, fikriyshuuriy bayonlar tarzida bitilgan. Bundan tashqari, &#8220;Xusravnoma&#8221;ga o&#8217;xshab majoziy ishqni kuylagan romantic-sarguzasht asari ham bor. Farididdin Attorning 2 qismdan iborat &#8220;Javhar uzzot&#8221; asarida butun ruhiy va moddiy olamlar yagonaligi ta&#8217;riflangan. Iloh har bir zarrada mavjud, ammo uni oddiy ko&#8217;z bilan ko&#8217;rish mumkin emas. Alloh o&#8217;z borlig&#8217;ida ham pinhonu ham paydo, barcha ashyolar yolg&#8217;iz javhardan kelib chiqqan. &#8220;Asrornoma&#8221;da bu fikr yanada aniqroq ifodalangan. Farididdin Attor asarlarida xalq og&#8217;zaki ijodidan unumli foydalangan. &#8220;Mantiq uttayr&#8221; (1175, bu asar &#8220;Maqomoti tuyur&#8221; deb ham nomlangan) asari mashhur. Alisher Navoiy bolalik chog&#8217;ida bu dostonni yod olib, uning ta&#8217;sirida &#8220;Lison uttayr&#8221; (&#8220;qush tili&#8221;) dostonini yozgan. Ushbu asar tasavvufning eng yirik adabiy yodgorligi hisoblanadi. Bundan tashqari, Farididdin Attor &#8220;Pandnoma&#8221;, &#8220;Besarnoma&#8221;, &#8220;Devon&#8221;, &#8220;Vuslatnoma,&#8221; &#8220;Tazkirat ulavliyo&#8221; kabi asarlar muallifi. Farididdin Attorning &#8220;Ilohiynoma&#8221; asari ham masnaviy yo&#8217;lida bitilgan ishqiy-ma&#8217;rifiy, falsafiy-axloqiy dostondir. Masnaviyda 282 ta rivoyat, hikoyat va qissalar bayon etilgan. Farididdin Attor Haq va haqiqat tushunchalarini hamma vaqt inson mohiyatiga bog&#8217;lab tushuntirgan. Zero, tavhid mohiyati ham, haqiqat ham oxir oqibat inson mohiyati va haqiqati bilan izohlangan. Farididdin Attorning 96 bobdan iborat &#8220;Tazkirat ulavliyo&#8221; asari nasrda bitilgan yagona va mashhur asar bo&#8217;lib, unda tasavvuf shayxlari, avliyoulloxlarning hayoti, kashfu karomatlari bayon etilgan. Asarning O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida 10 dan ziyod qo&#8217;lyozma nusxalari, Bombay va Lohurda 1877, 1887, 1895, 1900, 1903 yillarda nashr qilingan bosma nusxalari hamda Xojashoh ibn Sayyid Axmad Xorazmiy o&#8217;zbek tiliga tarjima qilgan 4 qo&#8217;lyozma nusxasi mavjud. Ushbu asarning Mirzo Kenjabek tomonidan o&#8217;zbekchaga qilingan tarjimasi &#8220;O&#8217;zbekiston milliy entsiklopediyasi&#8221; davlat ilmiy nashriyotida chop etilgan (1997). Ac: Ilohiynoma, T., 1994. Habib Abdunazar.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>FARIDIDDIN ATTOR (taxallusi; asl ism sharifi Muhammad Abu Bakr ibn Ibrohim; taxminan 1148\/51 \u2014 Nishopur \u2014 1219\/21) \u2014 mutasavvif shoir. Asarlarida tasavvufni targ&#8217;ib qilgan. Mansur Halloj, Boyazid Bistomiy ta&#8217;limotidagi g&#8217;oyalarni &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/farididdin-attor\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[200],"tags":[],"class_list":["post-35972","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-f-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/35972","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=35972"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/35972\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":35976,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/35972\/revisions\/35976"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=35972"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=35972"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=35972"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}