{"id":36028,"date":"2022-11-25T16:56:53","date_gmt":"2022-11-25T13:56:53","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=36028"},"modified":"2022-11-25T16:56:55","modified_gmt":"2022-11-25T13:56:55","slug":"ishtixon-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ishtixon-tumani\/","title":{"rendered":"ISHTIXON TUMANI"},"content":{"rendered":"\n<p>ISHTIXON TUMANI \u2014 Samarqand viloyatidagi tuman. 1943 yil 18 mayda tashkil etilgan. Viloyatning Qo&#8217;shrabot, Payariq, Kattaqo&#8217;rg&#8217;on, Pastdarg&#8217;om tumanlari, bilan chegaradosh. Maydoni 0,72 ming kilometr kvadrat. Aholisi 172 ming kishi (2001). Tumanda 9 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (Azamat, Zarband, Ravot, Fayziobod, Xalqobod, Chordara, O&#8217;rtaqishloq, Kurli, haqiqat), bir shahar, (Ishtixon), bir shaharcha (Mitan) bor. Tuman markazi \u2014 Ishtixon shahri. Tabiati. Ishtixon tumani qadimiy Miyonqol vohasida, Zarafshon daryosining ikki tarmog&#8217;i \u2014 Oqsaryo va Qoradaryo oralig&#8217;ida joylashgan. Shimol qismi adir va qirlardan iborat. Nurota tog&#8217;larining Janubiy yon bag&#8217;ridagi tekislik bilan tutashgan. Tuman hududidan Miyonqol, qorasuv, Xatirchi, Yangikent, Xonming kabi kanallar o&#8217;tadi. Ekin maydonlari Yangikent va Xo&#8217;jaariq kanallaridan sug&#8217;oriladi. Iqlimi kontinental. Vegetatsiya davri 120-150 kun. Yillik yog&#8217;in 350 millimetr. O&#8217;rtacha temperatura iyulda 27\u00b0, yanvarda -1,9\u00b0. (1969 yilda eng past temperatura \u2014 27\u00b0 qayd etilgan). Tuproqlari tipik bo&#8217;z, allyuvial o&#8217;tloq, o&#8217;tloqi va o&#8217;tloqi-botqoq tuproqlar. Yovvoyi o&#8217;simliklardan yantoq, oqquray, jiyda, do&#8217;lana, chakanda, zira, chuchukmiya va boshqalar o&#8217;sadi. Hayvonlardan bo&#8217;rsiq, bo&#8217;ri chiyabo&#8217;ri, tulki, quyon, qushlardan tustovuq, bedana, qorabovur, turna, laylak uchraydi. Aholisi, asosan, o&#8217;zbeklar, shuningdek, rus, tojik, koreys, ukrain, tatar, arman va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1 kilometr kvadratga 238 kishi (2001). Shaharliklar 18,1 ming kishi, qishloq aholisi 153,9 ming kishi. Xo&#8217;jaligi. Tumandagi korxonalar mahalliy xom ashyoni qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan. Paxta tozalash zavodi (Mitan), g&#8217;isht, konserva zavodlari, &#8220;ALNOSIR&#8221; qo&#8217;shma korxonasi mavjud, 138 kichik va xususiy korxona, firma va aktsiyadorlik jamiyatlari faoliyat ko&#8217;rsatadi. Tuman hududidan Toshkent \u2014 Buxoro avtomobil yo&#8217;li (40 kilometr) o&#8217;tadi. Ishtixon \u2014 Kattaqo&#8217;rg&#8217;on, Ishtixon \u2014 Mitan \u2014 Oqtepa va boshqa yo&#8217;nalishlarda avtobus qatnovi yo&#8217;lga qo&#8217;yilgan. Tuman qishloq xo\u2019jaligida paxtachilik asosiy o&#8217;rin egallaydi. Tuman shirkat, dehqon-fermer xo&#8217;jaliklari g&#8217;allachilik, pillachilik, chorvachilik, bog&#8217;dorchilik, polizchilik, sabzavotchilik bilan ham shug&#8217;ullanadi. Paxta 11,7 ming gektar, g&#8217;alla 7,0 ming gektar maydonga ekiladi, qariyb 1,5 ming gektar tokzorlar bilan band. Tumanda 21 shirkat va ijara xo&#8217;jaligi, Fermerlar uyushmasi bor. Tuman shirkat va shaxsiy xo&#8217;jaliklarida qoramol, qo&#8217;y va echki boqiladi. Ishtixon tumanida 100 ga yaqin umumiy ta&#8217;lim maktabi, 60 dan ziyod jamoat kutubxonasi, 30 ga yaqin klub, bir necha madaniyat uylari, muzey, madaniyat va istirohat bog&#8217;i bor. Ishtixonda tuman Markaziy kasalxonasi (570 o&#8217;rin, 305 vrach, Mitan shaharchasida filiali bor), 24 qishloq vrachlik punkti, qishloq vrachlik ambulatoriyalari, poliklinikalar xizmat ko&#8217;rsatmoqda. &#8220;Mingyong&#8217;oq&#8221; sanatoriysi mavjud. 1934 yildan &#8220;Ishtixon ovozi&#8221; tuman gazetasi chiqadi (adadi 2300).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ISHTIXON TUMANI \u2014 Samarqand viloyatidagi tuman. 1943 yil 18 mayda tashkil etilgan. Viloyatning Qo&#8217;shrabot, Payariq, Kattaqo&#8217;rg&#8217;on, Pastdarg&#8217;om tumanlari, bilan chegaradosh. Maydoni 0,72 ming kilometr kvadrat. Aholisi 172 ming kishi (2001). &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ishtixon-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[199],"tags":[],"class_list":["post-36028","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-i-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/36028","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=36028"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/36028\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":36031,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/36028\/revisions\/36031"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=36028"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=36028"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=36028"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}