{"id":3651,"date":"2021-10-12T07:08:41","date_gmt":"2021-10-12T04:08:41","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=3651"},"modified":"2021-10-12T07:08:43","modified_gmt":"2021-10-12T04:08:43","slug":"abbosiylar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/abbosiylar\/","title":{"rendered":"ABBOSIYLAR"},"content":{"rendered":"\n<p>ABBOSIYLAR \u2013 arab xalifalari sulolasi (750-1258), Muhammad (sav) ning amakilari Abbos avlodlari. Abu Muslim harakati natijasida hokimiyat tepasiga kelgan. Dastlabki poytaxti \u2013 Kufa shahri \u201cSaffoh\u201d (\u201cXunrez\u201d) laqabi bilan mashhur bo\u2019lgan Abul-Abbos Abdulloh sulolaning birinchi xalifasi edi. Ikkinchi xalifa Saffohning ukasi Abu Ja\u2019far Mansur (754-775) Bag\u2019dod shahriga asos solib, poytaxtni shu yerga ko\u2019chiradi. Abbosiylar hukmronligining dastlabki davrida savdo-sotiq rivojlnadi. Bag\u2019dod Sharqning yirik savdo markaziga aylanadi, ilm-fan ravnaq topib, falsafa, matematika, tabiiyot va boshqa fanlarga oid ko\u2019plab asarlar yaratiladi. Andalusiya (Ispaniya) dan tashqari butun musulmon mamlakatlari \u2013 Mag\u2019ribdan to Movarounnahrgacha Abbosiylar qo\u2019l ostiga o\u2019tadi. Bular xalifalikning iqtisodiy negizini, siyosiy va harbiy qudratini mustahkamladi. Ayniqsa Horun ar-Rashid va uning o\u2019g\u2019li Ma\u2019mun zamoni Abbosiylar sulolasining gullagan davri edi. 9-asrning ikkinchi yarmidan boshlab Abbosiylar xalifaligi zaiflasha boshladi. 10-asrning boshiga kelib faqat Bag\u2019dod va uning atroflaridagina siyosiy hokimiyat Abbosiylar qo\u2019lida qoldi. Harbiy kuchlar turk sarkardalari qo\u2019liga o\u2019tib ketdi. Ular xohlagan vaqtlarida xalifalarni almashtira olar edilar. 10-asrning o\u2019rtalariga kelib Abbosiylar siyosiy hokimiyatni tamoman qo\u2019ldan boy berib, musulmonlarning diniy xalifasi (payg\u2019ambar o\u2019rinbosari)gina bo\u2019lib qoldilar. Erondagi buvayhiylar (945) Bag\u2019dodni o\u2019z qo\u2019liga oldi, lekin ular Abbosiylarning mavqei bilan hisoblashar edi. Bag\u2019dod saljuqiy-sunniylar tomonidan bosib olingandan keyin Abbosiylarning siyosiy hukmronligi qisman tiklandi va dinning mavqei mustahkamlandi. 1258 yil mo\u2019g\u2019ullar Bag\u2019dodni vayron qilib, Abbosiylarni tamoman tor-mor keltirdi. Mo\u2019g\u2019ul xoni Huloku buyrug\u2019i bilan Abbosiy xalifalarning so\u2019nggisi \u2013 Musta\u2019sim qatl etildi. Abbosiylar sulolasining qolgan vakillari esa Misrga qochdi. Mamluk sultonlari davrida (turklar 1517 yil Misrni olgunga qadar) Abbosiylar Qohirada muqaddas kishilar sifatida yashab keldilar. 1261 yil Mamluk sulton Beybars Abbosiylardan biri al-Mustansirni xalifa deb e\u2019lon qildi. 1517 yil Abbosiylarning avlodi Mutavakkil III Istanbulga keltirilib, u diniy rahnamolik huquqini turk sultonlariga topshirgan. Abbosiylardan 37 kishi xalifa bo\u2019lgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ABBOSIYLAR \u2013 arab xalifalari sulolasi (750-1258), Muhammad (sav) ning amakilari Abbos avlodlari. Abu Muslim harakati natijasida hokimiyat tepasiga kelgan. Dastlabki poytaxti \u2013 Kufa shahri \u201cSaffoh\u201d (\u201cXunrez\u201d) laqabi bilan mashhur bo\u2019lgan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/abbosiylar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[102],"tags":[],"class_list":["post-3651","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ensiklopediya","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3651","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3651"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3651\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3652,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3651\/revisions\/3652"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3651"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3651"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3651"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}