{"id":3654,"date":"2021-10-12T07:10:03","date_gmt":"2021-10-12T04:10:03","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=3654"},"modified":"2021-10-12T07:10:04","modified_gmt":"2021-10-12T04:10:04","slug":"abbosov","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/abbosov\/","title":{"rendered":"ABBOSOV"},"content":{"rendered":"\n<p>ABBOSOV Mutallif (1924 \u2013 Namanan \u2013 1982) \u2013 teatr rassomi, O\u2019zbekistonda xizmat ko\u2019rsatgan san\u2019at arbobi (1967). Toshkent badiiy o\u2019quv ishlab chiqarish kombinatida tehsil ko\u2019rgan (1939-41). 1941 yildan Namangan teatrida rassom, bosh rassom. Dastlab etnografik aniqlik yaratish yo\u2019lidan borgan. Abbosov ijodida badiiy obrazlilik asosiy tamoyilga aylanadi, uning har bir spektakli o\u2019ziga xos badiiy yechimi bilan ajralib turadi. \u201cNurxon\u201d, \u201cOtello\u201d (1954), \u201cGang daryosining qizi\u201d (1956), \u201cRavshan va Zulxumor\u201d, \u201cQirol Lir\u201d (1959) va boshqalar. 60-70-yillarda \u201cSarvqomat dilbarim\u201d, \u201cGuli siyoh\u201d, \u201cNavoiy Astrobodda\u201d, \u201cLayli va Majnun\u201d, \u201cHalima\u201d, \u201cMashrab\u201d, \u201cYusuf va Zulayho\u201d kabi spektakllarga sahna bezaklari yaratdi. Abbosov rangtasvir, mahobatli haykaltaroshlik (\u201cMotamsaro ona\u201d haykali, Namanganda) sohalarida ham ijod qilgan. <\/p>\n\n\n\n<p>ABBOSOV Shuhrat Solihovich (1931.16.1, Qo\u2019qon) \u2013 o\u2019zbek rejissyori. O\u2019zbekistonda xizmat ko\u2019rsatgan san\u2019at arbobi (1965). O\u2019zbekiston xalq artisti (1974). Toshkent davlat san\u2019at institutini tugatgan (1954), shu institutda professor (1983 yildan), kafedra mudiri (1991 yildan). M.Uyg\u2019ur nomidagi viloyat musiqali drama teatrida (Yangiyo\u2019l shahri) bosh rejissyor (1954-56). \u201cYurak sirlari\u201d (B.Rahmonov), \u201cNurxon\u201d (K.Yashin), \u201cOg\u2019riq tishlar\u201d (A.Qahhor) kabi pyesalarni sahnalashtirgan. 1958-1991 yillar \u201cO\u2019zbekfilm\u201dda rejissyor (1982-86 yillarda direktor). 1996 yildan O\u2019zbekiston kino arboblari birlashmasining rais muovini. \u201cMahallada duv-duv gap\u201d kinokomediyasi (1960) ilk yutug\u2019i bo\u2019ldi. 2-jahon urushi yillari ota-onasiz qolgan turli millatga mansub 14 bolani tarbiyalagan toshkentlik Shomahmudov oilasining jasorati haqidagi \u201cSen yetim emassan\u201d (1963; Xalqaro kinofestival mukofoti, Frankfurt-Mayn, 1963), odob-axloq haqidagi \u201cQalbingda quyosh\u201d (1965) filmlari rejissyor ijodida alohida o\u2019rin tutadi. \u201cToshkent-non shahri\u201d (1967; kinofestifal sovrindori, Olmaota, 1973), \u201cSevgi mojarosi\u201d (1971; 5-kinofestival sovrindori, Tbilisi, 1972) filmlari bilan eng yaxshi kinorejissyor sifatida tanildi. Tarixiy-biografik mavzuda \u201cAbu Rayhon Beruniy\u201d (2 qismli, 1974, 8-kinofestivalning bosh mukofoti, Kishinyov, 1975, Xalqaro kinofestivalning \u201cOltin Delfin\u201d sovrindori, Tehron, 1977), \u201cOlovli yo\u2019llar\u201d (Hamza hayotiga bag\u2019ishlangan 17 qismli telefilm, 1975-84), urush yillari front ortidagi qiyinchiliklar haqida hikoya qiluvchi \u201cKatta urushdagi kichik odam\u201d (1989) filmlari ham mashhur. Mustaqillik Abbosov ijodida burilish yasadi. 14 qismli \u201cKamolot cho\u2019qqisi sari\u201d hujjatli (1995) va 2 qismli \u201cOtamdan qolgan dalalar\u201d badiiy (ssenariysini M.To\u2019ychiyev bilan hamkorlikda yozgan, 1998) filmlarni yaratdi. Hamza nomidagi O\u2019zbekiston Davlat mukofoti laureati (1974). \u201cEl-yurt hurmati\u201d ordeni (1998) va \u201cShuhrat\u201d medali (1994) bilan taqdirlangan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ABBOSOV Mutallif (1924 \u2013 Namanan \u2013 1982) \u2013 teatr rassomi, O\u2019zbekistonda xizmat ko\u2019rsatgan san\u2019at arbobi (1967). Toshkent badiiy o\u2019quv ishlab chiqarish kombinatida tehsil ko\u2019rgan (1939-41). 1941 yildan Namangan teatrida rassom, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/abbosov\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[102],"tags":[],"class_list":["post-3654","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ensiklopediya","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3654","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3654"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3654\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3655,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3654\/revisions\/3655"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3654"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3654"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3654"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}