{"id":37113,"date":"2022-12-07T09:06:09","date_gmt":"2022-12-07T06:06:09","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=37113"},"modified":"2022-12-07T09:06:10","modified_gmt":"2022-12-07T06:06:10","slug":"fargona-vodiysi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/fargona-vodiysi\/","title":{"rendered":"FARG&#8217;ONA VODIYSI"},"content":{"rendered":"\n<p>FARG&#8217;ONA VODIYSI, Farg&#8217;ona soyligi \u2014 O&#8217;rta Osiyodagi tog&#8217;lar orasida joylashgan vodiy, O&#8217;rta Osiyoning yirik tog&#8217; oraligi (soylik) botiklaridan biri. Shimolda Tyanshan va Janubda Hisor Olay tog\u2019 tizmalari bilan o&#8217;ralgan. Asosan, O&#8217;zbekiston, qisman Qirg&#8217;iziston va Tojikiston Respublikalari hududida. Keng qismi Turkiston va olay tizmalarining shimoliy yon bag&#8217;irlariga borib taqaladigan uchburchak shaklida bo&#8217;lib, shimoli g&#8217;arbdan Qurama va Chatqol tizmalari, shim.sharqdan Farg&#8217;ona tizmasi bilan o&#8217;ralgan. G&#8217;arbda tor yo&#8217;lak (eni 8-10 kilometr) &#8220;Xo&#8217;jand darvozasi&#8221; orqali Toshkent\u2014Mirzacho&#8217;l botig&#8217;i bilan tutashgan. Uzunligi 300 kilometr, eni 60-120 kilometr, eng keng joyi 170 kilometr, maydoni 22 ming kilometr kvadrat. Balandligi, g&#8217;arbida 330 metr, sharqda 1000 metr. Uning umumiy tuzilishi ellips (bodom) simon ko&#8217;rinishda. G&#8217;arbdan sharqqa kengayib boradi. Farg&#8217;ona vodiysi yer yuzasi to&#8217;rtlamchi davrning allyuvial va prolyuvialallyuvial cho&#8217;kindilari bilan to&#8217;lgan. Soylik toshko&#8217;mir davrida egilma shaklida bo&#8217;lgan, o&#8217;rta toshko&#8217;mir davrida qalin qumtosh \u2014 loyli cho&#8217;kindilar bilan qoplangan. Bo&#8217;r davrida sayoz dengiz bo&#8217;lgan. Paleogen davrining oxiriga kelib batamom quruklikka aylangan. Soylik atrofidagi tog tizmalari Alp burmalanishida keskin ko&#8217;tarila boshlagan, lekin, denudatsiya jarayonida qaytadan yemirilgan. Vodiy tubidagi dengiz yotqiziqlari ustini continental yotqiziqlar qoplagan (qalinligi 300\u2014 400 metr). Farg&#8217;ona vodiysida turli geologik davrlarda neft, kumir, tabiiy gaz, gips, temir, mis rudalari, simob, ohaktosh, rux, oltingugurt, mum, tuz, polimetall rudalar, surma, mineral suv kabi foydali kazilmalar hosil bulgan. Farg&#8217;ona vodiysi yer yuzasi tuzilishini bir necha pog&#8217;ona (zona)ga bo&#8217;lish mumkin. Relefining birinchi pog&#8217;onasi soylikning Markaziy qismini va Sirdaryoning hozirgi o&#8217;zanigacha bo&#8217;lgan 300-400 metr balandlikdagi yerlarni egallagan. Bu hududda 200 kilometr masofadagi nishablik Sharq, Janubi Sharq va Janubdan g&#8217;arbga tomon 80 metrga teng. Dengiz yotqiziqlari ustida akkumulyativ jinslar, keyingi davrlarning ko&#8217;l yotqiziqlari, shamol olib kelgan jinslar keng tarqalgan. Bu pog&#8217;onada sho&#8217;rxoklar, ko&#8217;llarning o&#8217;rni, qumli tepaliklar uchraydi. Soylikning ikkinchi pog&#8217;onasi Daryo va soylarning keng yoyilmalarini egallagan toshshag&#8217;alli maydonlardan iborat (400-600 metr). To&#8217;rtlamchi davr allyuvial yotqiziqlari keng tarqalgan bo&#8217;lib, ular soylik atrofini halqa kabi o&#8217;rab olgan. Relefning uchinchi pog&#8217;onasini balandligi 600-1200 metr bo&#8217;lgan adirlar zonasi tashkil qiladi. Farg&#8217;ona vodiysi yuzasi janubdan o&#8217;rab turgan Konibodom, Sho&#8217;rsuv, Rishton, Chimyon, avval, Muyan adirlari toshshag&#8217;allardan iborat yotqiziqlardan, Navkat va Sharqiy adirlari lyoss va lyosslashgan gil jinslardan tuzilgan; kattakatta qoyasimon jarliklar, qulamalar bu yer relefi uchun xosdir. Shim. Farg&#8217;onadagi Namangan, Chust, Pop adirlarining Janubiy yon bag&#8217;irlari Sirdaryo vodiysi tomon zinapoyasimon pasaygan. Adirlar ortidagi tekisliklar allyuvial jinslar bilan qoplangan. Vodiyni o&#8217;rab turgan tog&#8217;lar ana shu akkumulyativ tekisliklardan boshlanadi. Farg&#8217;ona vodiysining iqlimi kontinental iqlim. Yilning o&#8217;rtacha trasi g&#8217;arbdan sharqqa pasayib boradi. Soylik iqlimining shakllanishida g&#8217;arbiy shamollarning roli katta. G&#8217;arbiy shamollar bahor faslida teztez esib, ba&#8217;zan nam, ba&#8217;zan quruq havo keltiradi. Yanvarda o&#8217;rtacha temperatura Qo&#8217;qonda -2,3\u00b0, Kampirravotda -4,8\u00b0. Eng past temperatura Qo&#8217;qonda -27,9\u00b0, Kampirravotda -32\u00b0. Yozda (iyulda) o&#8217;rtacha temperatura Farg&#8217;ona, Andijonda 27\u00b0, Namanganda 26,3\u00b0, Qo&#8217;qonda 27,5\u00b0. Eng yuqori temperatura shu hududlarda 40-44\u00b0 gacha ko&#8217;tariladi. Vegetasiya davri 270 kun. Yog&#8217;in miqdori g&#8217;arbida 80-100 millimetr, sharqida 150-200 millimetr, Janubi g&#8217;arbida 74 millimetr, va shimolda 200\u2014 300 millimetr. Yog&#8217;inning ko&#8217;p qismi bahor oylarida yog&#8217;adi, yozda yog&#8217;in deyarli yog&#8217;maydi. Kuchli shamollar (&#8220;Qo&#8217;qon&#8221; va &#8220;Bekobod&#8221; shamollari) bo&#8217;lib turadi. Farg&#8217;ona vodiysida oqar suv ko&#8217;p. Tog&#8217;lardan Daryo va soylar oqib tushadi (Norin, Qoradaryo, So&#8217;x, Isfara, Shohimardonsoy, Oqbura, G&#8217;ovasoy, Chodaksoy). Daryolar, asosan, qor, yomg&#8217;ir suvlaridan to&#8217;yinadi. Farg&#8217;ona vodiysi yer osti suvlariga ham boy. Soylik atrofidagi tosh shag&#8217;alli yoyilmalarda er osti suvining sathi oktabr\u2014noyabr oylarida ko&#8217;tariladi, may \u2014 iyunda pasayadi; suv yuzasining yillik tebranishi 1-3 metr. Tekislik qismida yer osti suvi 2 metr chuqurlikda, ba&#8217;zan, yer yuzasiga chiqib qoladi. Grunt suvidan tashqari 400 metr chuqurlikda uchta suvli qatlam joylashgan. Bu qatlamlardagi suvlar artezian quduqlar orqali olinadi. Farg&#8217;ona vodiysida katta Farg&#8217;ona, Jan. Farg&#8217;ona, katta Andijon kanallari, Sirdaryoda Qayroqqum suv ombori qurilgan. 100 dan ortiq ko&#8217;l bor. Bulardan yiriklari: Sarichelak, Qurbonko&#8217;l, Qorasuvko&#8217;l va boshqalar Farg&#8217;ona vodiysining tuprog&#8217;i turlicha. Sirdaryo sohili qayir usti terrasalarida (ko&#8217;hna qayir) va 400 metr balandlikkacha o&#8217;tloqi, o&#8217;tloqibotqoq, turli darajada sho&#8217;rlangan sho&#8217;rxok tuproqlar tarqalgan. 400 metrdan 800 metrgacha bo&#8217;lgan balandlikdagi tekisliklar, soy, yoyilmalarda bo&#8217;z va surqo&#8217;ng&#8217;ir tuproqlar, 800-1200 metr balandlikda och bo&#8217;z tuproq, to&#8217;q va tipik bo&#8217;z tuproqlar tarqalgan. Ularning tarkibida 4% gacha chirindi bor. Soylikning sernam va botqoqlashgan past joylarida tol, yovvoyi jiyda, turang&#8217;il, qamish, qiyoq, kumliklarda cherkez, Qandim, quyonsuyak, saksovul, jiyda, adirlarda izen, shuvoq, efemer va efemeroidlardan qorabosh, qo&#8217;ng&#8217;irbosh, boychechak, chuchmomalar, vodiylarda kichikkichik to&#8217;qayzorlar uchraydi; Farg&#8217;ona va Chatqol tog&#8217;tizmalari yon bag&#8217;irlarida yong&#8217;oq, olma, olcha o&#8217;rmonlari tarqalgan. Yovvoyi hayvonlardan qoplon, bo&#8217;ri, tulki, quyon; qushlardan qirg&#8217;ovul, o&#8217;rdak, so&#8217;fito&#8217;rg&#8217;ay, loyxo&#8217;rak, tustovuq; yumronqoziq, sichqon kabi kemiruvchilar, turli zaharli ilonlar uchraydi. Suv omborlari, sun&#8217;iy ko&#8217;l va daryolarda baliq turi ko&#8217;p. Keyingi vaqtlarda sugoriladigan yerlardagi kollektorzovurlarda ondatra ko&#8217;paytirilmoqda. Farg&#8217;ona vodiysi yirik paxtachilik, ipakchilik, uzumchilik rayoni. Vohada paxta, ba&#8217;zi joylarda sholi ekiladi, bog&#8217;lar, uzumzorlar, polizlar bor. Farg&#8217;ona vodiysi markazidagi qo&#8217;riq cho&#8217;l yerlar o&#8217;zlashtirilmoqda. Cho&#8217;l yerlar yil davomida, adirlar bahorda yaylov xizmatini o&#8217;taydi. Farg&#8217;ona vodiysi O&#8217;rta Osiyoda aholi eng zich joylashgan rnlardan, bu yerda Xo&#8217;jand, Qo&#8217;qon, Farg&#8217;ona, Andijon, Namangan, O&#8217;sh, Jalolobod shaharlari joylashgan. Farg&#8217;ona vodiysi O&#8217;zbekistondagi turizm markazlaridan. Ad.: Akramov Z., Jemchujina Sredney Azii, M., 1960; Ferganskaya Dolina, t. 1, T., 1954. Murod Mamatqulov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>FARG&#8217;ONA VODIYSI, Farg&#8217;ona soyligi \u2014 O&#8217;rta Osiyodagi tog&#8217;lar orasida joylashgan vodiy, O&#8217;rta Osiyoning yirik tog&#8217; oraligi (soylik) botiklaridan biri. Shimolda Tyanshan va Janubda Hisor Olay tog\u2019 tizmalari bilan o&#8217;ralgan. Asosan, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/fargona-vodiysi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[200],"tags":[],"class_list":["post-37113","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-f-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/37113","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=37113"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/37113\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":37114,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/37113\/revisions\/37114"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=37113"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=37113"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=37113"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}