{"id":3842,"date":"2021-10-12T20:43:36","date_gmt":"2021-10-12T17:43:36","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=3842"},"modified":"2021-10-12T20:43:38","modified_gmt":"2021-10-12T17:43:38","slug":"qozogistonda-rus-davlati-hukmronligining-ornatilishi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qozogistonda-rus-davlati-hukmronligining-ornatilishi\/","title":{"rendered":"Qozog\u2019istonda Rus davlati hukmronligining o\u2019rnatilishi"},"content":{"rendered":"\n<p>Aftidan, Pyotr I Kaspiy dengizi va Ustyurt orqali Xiva xonligi va umuman o\u2019zbek xonliklarini egallashni mushkulligini anglagan bo\u2019lsa kerakki, Rossiyani birinchi navbatda Qozog\u2019iston yerlarida egaligini ta\u2019minlashga da\u2019vat etgan. \u201cSharq bilan aloqada, &#8211; degan u, &#8211; Qozog\u2019iston tasarrufi kalit va darvozadir. Shuning uchun millionlab pul sarflansa ham Qozog\u2019istonni bo\u2019ysundirish yoki hech bo\u2019lmasa u yerda Rossiya ta\u2019sirini o\u2019rnatish zarurdir\u201d. Pyotr I ning bu orzusi o\u2019limidan ko\u2019p o\u2019tmay zamon taqozosiga ko\u2019ra juda osonlik bilan amalga oshib bordi. Chunonchi, XVIII asrning birinchi choragida va keyingi yillarda qozoq sultonlarining o\u2019zaro urushlari, ayniqsa, qalmoqlarning tajovuzlari ahvolni g\u2019oyatda yomonlashishiga olib keldi. Shu bois qozoqlarning ayrim yuqori tabaqa vakillari Rus davlati tobeligiga o\u2019tishga va bu bilan o\u2019zlarini xavfsizligini ta\u2019minlashga qattiq harakat qildilar. 1720 yilning 30 sentabrida Abulxayrxonning Sayqul Qaydagulov va Qutlumbet Kashkayev boshchiligidagi elchilari Ufaga kelib, rus ma\u2019muriyatiga O\u2019rta va Kichik Juz qozoqlarini Rus davlati tobeligiga olish haqidagi so\u2019rovini topshirdi. Rus hukumati buni bajonidil qabul qilib, shuni ta\u2019kidlab o\u2019tdiki, qozoqlarni tobelikka olinishi Xiva xonligi va boshqa joylarni bo\u2019ysundirilishini osonlashtiradi. Ayni paytda u savdoni rivojlanishida muhim o\u2019rin egallashi uqdirib o\u2019tildi.<\/p>\n\n\n\n<p>1731 yil 19 fevralda imperator Anna Ivanovva Kichik Juz qozoqlarni ixtiyoriy ravishda rus davlati tobeligiga o\u2019tkazilishi haqidagi yorliqqa imzo chekdi. 1731-1740 yillarda O\u2019rta Juz qozoqlari ham Rus davlati tobeligiga olindi. Bu vaqtlarda Xiva xonligida taxt uchun kurashlar shu darajada qizib fojeali oqibatlarga olib keldiki, pirovardida o\u2019zbeklardan xonlikka nomzod topolmay qozoq sultonlaridan biri bo\u2019lmish Elbars (1728-1740) taxtga o\u2019tqazilgi. Yuqorida qayd qilingan Abulxayrxon bundan foydalanmoqchi bo\u2019lib Xiva xonligini ham Rus davlati tobeligiga o\u2019tkazishga qattiq kirishdi. Bunga erishmoq uchun o\u2019z o\u2019g\u2019li Nurillaxonni Elbars huzuriga yubordi. Ammo, xonlikdagi Rossiyaga qarshi kuchlar bunga yo\u2019l qo\u2019ymadi. Xiva qo\u2019shinlarini Elbars boshchiligida Xurosonga qilgan tajovuziga javoban Eron shohi Nodir Xivaga qarshi yo\u2019lga otlandi. Xonqada Eron askarlari qamalga olingan Elbarsni o\u2019ldirib g\u2019alabaga erishdilar. Bu yerda urush ketayotganda yuqori tabaqa vakillari Abulxayrxonni olib kelishib xonlik taxtiga o\u2019tkazdilar. U Nodirshohni kelayotganligini eshitib Xivadan qochishga ulgurdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu tariqa Rus davlati qozoq juzlari orasida salmoqli o\u2019rinni egallagan Abulxayrxonning tashabbusi va harakatlari natijasida Kichik va O\u2019rta Juzlarda o\u2019z hukmronligini o\u2019rnatish imkoniga ega bo\u2019ldi. Natijada Rus davlati nodir tabiiy boyliklarni, bepoyon yerlarni, karvon yo\u2019llarini va boshqa ko\u2019p daromad manbalarini qo\u2019lga kiritdi. Shundan keyin u joylarda rus shaharlari va boshqa turar joylar, sanoat korxonalari va turli konlar yuzaga keldi. Bular Rus davlatini har jihatdan qudratini oshib borishini ta\u2019minladi. Bu borada Orenburg shahrini barpo etilishi muhim o\u2019rin egalladi. XVIII asrni 30-yillarida Qozog\u2019iston yerlarini o\u2019zlashtirish va savdoni rivojlantirish uchun Yoyiq (Ural) daryoiga quyiladigan Or daryosi bo\u2019yida harbiy qal\u2019a qurishga kirishildi. 1734 yilni bahorida hukumat K.K.Krillov boshchiligida Orenburg ekspeditsiyasini tashkil qildi. K.K.Krillovga harbiy qal\u2019a qurish bilan bir qatorda o\u2019zbek xonliklari bilan aloqalarni rivojlantirish hamda o\u2019zbek savdogarlariga imtiyozlar berish singari vazifalar yuklatildi. Xullas, rus hukumati Orenburg shahrini Turkiston o\u2019lkasi bilan siyosiy va iqtisodiy aloqalarini ko\u2019prigini sifatida bunyod etadigan bo\u2019ldi. U o\u2019zining ko\u2019rsatmasida Toshkent, Turkiston, Xo\u2019jand, Xiva va Buxoro bilan aloqani yuqori darajaga ko\u2019tarishga alohida ahamiyat bergan.<\/p>\n\n\n\n<p>Birinchi navbatda u yerdan Buxoroga savdo karvonini yuborish rejalashtirildi. Hatto o\u2019zbeklarga Orenburgda doimiy yashash uchun ruxsat berildi.<\/p>\n\n\n\n<p>1735 yilni 15 avgustida Orenburgning birinchi poydevori qo\u2019yildi. Bu voqeada toshkentlik savdogarlar ham qatnashganligi ma\u2019lumdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Orenburgning tabiiy sharoiti va joylanishini noqulayligi tufayli uni Krasnaya Gora degan joyga ko\u2019chirishga qaror qilindi. Bu ish 1739-1741 yillarda amalga oshirildi. Shuningdek Orenburgning yaqin va uzoq atroflarida Guberlin, Ozer, Buzuluq, Bars, Krasn-Samarsk, Tobin, Cheborko\u2019l, Krasno-Ufim, Yeldyats, Kubov, Miassk, Kivilton, Qalmoq-bordi, Serdnati, Berd, Krilov, Karaul, Verxniy, Sorochiy, Toltskiy, Vozdvijenskiy, Tanalts, Iletsk, Yoyiq va Troitsk kabi qal\u2019alar paydo bo\u2019ldi. 1744 yilga kelib Orenburg guberniyasi tashkil topib u Kama daryosi, Kaspiy dengizi, G\u2019arbiy Sibir va qozoq dashtlari o\u2019rtasidagi bepoyon yerlarni qamradi. Bu joylarda yuzaga kelgan shaharlar va harbiy istehkomlar Turkistonni kelajakda bosib olinishida muhim tayanch bo\u2019ldi. Ayni bir paytda Orenburg Rossiyaning Turkiston va boshqa Sharq mamlakatlari bilan siyosiy va iqtisodiy aloqalarni rivojlanishida muhim markazlardan biri hisoblandi. Rus davlati faqat Yoyiq emas, balki Sibir tomonidan ham Qozog\u2019istonda o\u2019z mavqeini mustahkamlaydigan va harbiy yurishlarni uyushtirishni ta\u2019minlaydigan tayanch nuqtalari bunyod etdi. Masalan, Omsk (1715), Jelezinsk, Petropavlovsk, Semipalatinchk (1718), Ustkamepogorsk (1720) va boshqa qal\u2019alar va shaharlar qurildi. Jami 60 dan ortiq katta-kichik harbiy istehkomlar yuzaga kelgan. Xullas, Rus davlati qanchalik vaqtlarning o\u2019tishi bilan Qozog\u2019istonda shunchalik ko\u2019p o\u2019z mavqeini mustahkamlab o\u2019zbek xonliklarga xavf tug\u2019dirib bordi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Aftidan, Pyotr I Kaspiy dengizi va Ustyurt orqali Xiva xonligi va umuman o\u2019zbek xonliklarini egallashni mushkulligini anglagan bo\u2019lsa kerakki, Rossiyani birinchi navbatda Qozog\u2019iston yerlarida egaligini ta\u2019minlashga da\u2019vat etgan. \u201cSharq bilan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qozogistonda-rus-davlati-hukmronligining-ornatilishi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2640,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[98],"tags":[],"class_list":["post-3842","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-tarix","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3842","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3842"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3842\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3843,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3842\/revisions\/3843"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2640"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3842"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3842"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3842"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}