{"id":38435,"date":"2022-12-11T15:02:39","date_gmt":"2022-12-11T12:02:39","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=38435"},"modified":"2022-12-11T15:02:41","modified_gmt":"2022-12-11T12:02:41","slug":"fargona-teatri","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/fargona-teatri\/","title":{"rendered":"FARG&#8217;ONA TEATRI"},"content":{"rendered":"\n<p>FARG&#8217;ONA TEATRI, Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi Farg&#8217;ona viloyat musiqali drama va komediya teatri \u2014 O&#8217;zbekistonning ko&#8217;hna teatrlaridan biri. 1930 yilda tashkil bo&#8217;lgan. Tashkilotchilari Mamadali Haydarov, Soli Ahmedov. 1933 yil Marg&#8217;ilon teatr truppasi ham Farg&#8217;ona teatriga birlashtirildi. Muxammad Tojizoda bosh rejissyor etib tayinlandi. B. Po&#8217;latov, M.Olimova, M. Qorieva, S.Qosimov, L.Sarimsoqova, S.Saidova, A.Rahmonov, Ya.Mamatxonov kabilar teatrning dastlabki ijodkorlaridir. M. Tojizoda &#8220;Ichkarida&#8221; (K.Yashin; T. Jalilov) musiqali dramasini sahnalashtirdi. Ona rolini ijro etgan L.Sarimsoqovaning ijro mahorati qimmatli tajriba maktabi bo&#8217;ldi. Ketma-ket sahnalashtirilgan &#8220;Halima&#8221;, &#8220;Arshin mol olon&#8221;, &#8220;Yondiramiz&#8221;, &#8220;nomus va muhabbat&#8221;, &#8220;Gulsara&#8221;, &#8220;Rustam&#8221;, &#8220;Platon Krechet&#8221; kabi spektakllar bilan teatr o&#8217;z mavqeini mustahkamladi. Teatr repertuari rangbarang mavzularga alohida e&#8217;tibor berdi. &#8220;Ikki boyga bir malay&#8221; (K.Goldoni), &#8220;Malikai Turandot&#8221; (K.Gossi), &#8220;Uylanish&#8221; (N.Gogol), &#8220;Nomus&#8221; (G.Mdivani) kabi tarjima asarlar sahnaga qo&#8217;yildi. Pekin tomoshabin ruhiyatidan bir qadar uzoq va sahnalashtirishda ko&#8217;ringan tajribasizlik tufayli teatr faoliyatini ular emas, balki xalqqa yaqin &#8220;Farhod va Shirin&#8221;, &#8220;Layli va Majnun&#8221; kabi musikali dramalar belgiladi. Ilk bor Farg&#8217;ona teatrida sahnalashtirilgan &#8220;Tohir va Zuxra&#8221; (S.Abdulla; T.Jalilov) spektakli musiqali drama rivojida muhim ahamiyatga ega bo&#8217;ldi. Teatrning birinchi 10 yilligida M. Haydarov asosiy ijodiy siymo bo&#8217;lib, uning ustozligida S.Ahmedov, S.Qosimov, A.Rahmonovlar rejissyor sifatida etildilar. S.Saidova, Ya.Mamatxonov, F.Xo&#8217;jaeva, Yu.Oripov, A.Yunatonov kabi iste&#8217;dodli aktyorlar va G&#8217;. Toshmatov, Z.Haydarov, G&#8217;.Hotamov kabi sozanda va bastakorlar tarbiya topdilar. Urush yillari T: Shevchenko nomidagi Ukraina va Moskva Lenin komsomoli teatrlari b-n bir binoda ijod qildilar. &#8220;Nodira&#8221;, &#8220;besh so&#8217;mlik kelin&#8221; kabi musiqali asarlar hamkorlik namunasi bo&#8217;ldi. &#8220;Qurbon Umarov&#8221;, &#8220;Davron ota&#8221; kabi asarlar ham shu yillar mahsuli. Urushdan keyingi yillarda yuqori va shirali ovozga ega bo&#8217;lgan aktyorlarning yetishuvi xalqqa yaqin musiqali dramalarni tubdan qayta talqin etish imkonini berdi: &#8220;Layli va Majnun&#8221;, &#8220;Gulsara&#8221;, &#8220;Nurxon&#8221;, &#8220;Tohir va Zuhra&#8221; va b. O&#8217;tmish va shaxslarga qiziqish natijasi o&#8217;laroq &#8220;Alisher Navoiy&#8221;, &#8220;Muqimiy&#8221; spektakllari yuzaga keldi. Yangi yaratilgan musiqali dramalar orasida &#8220;Alpomish&#8221;, &#8220;Ravshan va Zulxumor&#8221;, &#8220;Qumrining murodi&#8221; teatrga katta muvaffaqiyat keltirdi. Zamonaviy mavzuda &#8220;shohi so&#8217;zana&#8221;, &#8220;og&#8217;riq tishlar&#8221;, &#8220;yurak sirlari&#8221;, jahon mumtoz asarlaridan &#8220;aybsiz aybdorlar&#8221;, &#8220;makr va muhabbat&#8221; sahnalashtirildi. 60-yillar teatr repertuari &#8220;Tog\u2019a jiyanlar&#8221;, &#8220;Toshbolta oshiq&#8221;, &#8220;Meli xobbonu Nabi tovon&#8221;, &#8220;Tobutdan tovush&#8221;, &#8220;oy tutilgan tunda&#8221; kabi spektakllar bilan boyidi. 1966 yil ilk bor Farg&#8217;ona teatrida qo\u2019yilgan &#8220;gul va Navro&#8217;z&#8221; (S. Abdulla, M. Muxamedov; T. Jalilov) spektaklidan boshlab musiqali drama yo&#8217;nalishida keskin ko&#8217;tarilish boshlandi. Bu yillar X. Qozoqova, F. Baratova, J. Oxunov, T. Qodirov, K. Ahmedova, X. Hojinabiyeva, Q.Hotamova kabi aktyorlar, bosh dirijyor D. Jalilov, sozandalardan M. Murtazoev, M. G&#8217;iyosov, Y. Ergashev kabi va iste&#8217;dodli rassom Z. G&#8217;oyibovlar etakchilik qildilar. 1970 yil teatrga bosh rejissyor bo&#8217;lib kelgan N. Otaboev diqqatini ijtimoiy ko&#8217;lami keng asarlarga qaratdi: &#8220;parvoz&#8221; (uyg&#8217;un), &#8220;Revizor&#8221; (N. Gogol), &#8220;Qandala&#8221; (V. Mayakovskiy), &#8220;o&#8217;tgan kunlar&#8221; (A. Qodiriy), &#8220;Muxtor vakil&#8221; (N. Yusufiy) va boshqalar shular jumlasidan. &#8220;To&#8217;ylar muborak&#8221; (O&#8217;. Hoshimov), &#8220;to&#8217;ydan keyin tomosha&#8221; (Shukrullo), &#8220;oq buloq parizodi&#8221; (M. Mirzaeva), &#8220;hokimi mutlaq&#8221; (M. Karim) singari spektakllarni Z. Madaliev sahnalashtirdi. 80-yillardan avj ola boshlagan milliy uyg&#8217;onish, o&#8217;zlikni anglash Farg&#8217;ona teatrida ham o&#8217;z aksini topdi. Teatrga rejissyor bo&#8217;lib kelgan O. Salimov Ch. Aytmatov asari asosida &#8220;Sohil bo&#8217;ylab chopayotgan Olapar&#8221; nomli ilk spektaklidayoq uning ijtimoiy muammolarni keskin ifoda etishlik xususiyati namoyon bo&#8217;ldi. Ifoda shaklining oddiyligi va ma&#8217;no ko&#8217;lamining kengligi shu rejissyor sahnalashtirgan &#8220;temir xotin&#8221; (Sh. Boshbekov) spetaklida namoyon bo&#8217;ldi. Mazkur spektakl O&#8217;rta Osiyo va Qozog&#8217;iston teatr festivalida oliy mukofotga sazovor bo&#8217;ldi va shu spektaklda Qo&#8217;chqor rolini ijro etgan M. Yusupov &#8220;eng yaxshi erkak roli&#8221; mukofoti bilan taqdirlandi. Rejissyorning &#8220;Jafoga vafo&#8221; (Alp Jamol), &#8220;qog&#8217;oz qayiqchalar&#8221; (I. Tursunov), &#8220;Qo&#8217;ng&#8217;irokli yolg&#8217;onchi&#8221; (A. Obidjon) spektakllari teatr mavkeini baland kutarilishida asosiy omillardan bo&#8217;ldi. Ajoyibg&#8217;aroyib sarguzasht, samimiy yumor, oddiylik, so&#8217;z bilan harakat, musiqiy va plastik vositalarning o&#8217;zaro qovushimligi &#8220;Toshkentga sayohat&#8221; (Hamza asari asosida B. Omonov tabdili) spektaklining keng dovrug&#8217;taratishiga sabab bo&#8217;ldi. Istiqlol davri ijod erkinligi tufayli dunyoga kelgan qator original spektakllarda Farg&#8217;ona teatrining hayotiy voqelikka yondashuvi o&#8217;ziga xos tarzda namoyon bo&#8217;ldi. O&#8217;tmish tarixi bilan faxrlanish tuyg&#8217;usi sahna temurnomasiga hissa bo&#8217;lib qo&#8217;shilgan &#8220;Amir Temur va To&#8217;xtamishxon&#8221; (T. Mirzo), Alfarg&#8217;oniyga qaratilgan &#8220;Osmonga sig&#8217;magan muxabbat&#8221; (y. Sulaymon), &#8220;Parijga sayohat&#8221; (Moler pesasi, Sh.Boshbekov tabdili), &#8220;kampir topaymi, dadajon&#8221; (A. Xursandov), &#8220;Baxt o&#8217;g&#8217;risi&#8221; (I .Tursunov), &#8220;tikansiz tipratikonlar&#8221; (Sh. Boshbekov), &#8220;Tuzoq&#8221; (R. Tom) va boshqalar teatrning so&#8217;nggi yillardagi eng yaxshi spektakllaridir. S. Ahmedov, Yo. Hotamova, X. Ikromov, S. Hakimov, I. Sultonov, M. Shomurodova, R. Xolbekov, Q. Xudoynazarov, A. Ishoqov, rejissyor M. G&#8217;ulomov, dirijyor A. Umarov va boshqalar teatrning yetakchi ijodkorlaridir. Bosh rejissyor \u2014 Muhammadsoli Yusupov (2004). Sotimboy Tursunboev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>FARG&#8217;ONA TEATRI, Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi Farg&#8217;ona viloyat musiqali drama va komediya teatri \u2014 O&#8217;zbekistonning ko&#8217;hna teatrlaridan biri. 1930 yilda tashkil bo&#8217;lgan. Tashkilotchilari Mamadali Haydarov, Soli Ahmedov. 1933 yil Marg&#8217;ilon &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/fargona-teatri\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[200],"tags":[],"class_list":["post-38435","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-f-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/38435","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=38435"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/38435\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":38436,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/38435\/revisions\/38436"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=38435"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=38435"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=38435"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}