{"id":38503,"date":"2022-12-14T09:06:28","date_gmt":"2022-12-14T06:06:28","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=38503"},"modified":"2022-12-14T09:06:30","modified_gmt":"2022-12-14T06:06:30","slug":"fuzuliy-muhammad-sulaymon","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/fuzuliy-muhammad-sulaymon\/","title":{"rendered":"FUZULIY MUHAMMAD SULAYMON"},"content":{"rendered":"\n<p>FUZULIY MUHAMMAD SULAYMON (1498 Karbalo shahri, Iroq 1556) \u2014 Ozarbayjon shoiri va mutafakkiri. Ozarbayjon, fors va Arab tillarida ijod qilgan. Otasi baet qabilasidan bo&#8217;lib, 15-asr oxirlarida Ozarbayjondan Bag&#8217;dodga ko&#8217;chib borgan. Bag&#8217;dod madrasalarida tahsil olib, o&#8217;zi ham mudarrislik qilgan. Uzoq vaqt Bag&#8217;dodda yashagan. Ozarbayjon hukmdori shoh Ismoil I Safaviy va Turkiya sultoni Sulaymon 1 qonuniy shoirni moddiy jihatdan bir oz ta&#8217;minlab turganlar. Lekin uning turmushi ko&#8217;p vaqt qiyinchilikda va kambag&#8217;alchilikda o&#8217;tgan. Iroqning Bag&#8217;dod, Hilla, Najaf kabi shaharlarida bir qancha muddat yashagan Fuzuliy ona shahri Karbaloga qaytib, shu erda vabo kasalidan vafot etgan. Fuzuliy boy adabiy an&#8217;anaga ega bo&#8217;lgan forsiy va turkiy adabiyotning Xoqoniy Shirvoniy, Mujrim Baylagani, Nizomiy Ganjaviy, Sa&#8217;diy Sheroziy, Salmon Sovajiy, Hofiz Sheroziy, Atoiy, Lutfiy, Alisher Navoiy ijodini mehr bilan o&#8217;qibo&#8217;rganib, ularning mahorat sirlaridan bahramand bo&#8217;lgan. Shoir ijodiga, ayniqsa, Lutfiy bilan Navoiy kuchli ta&#8217;sir ko&#8217;rsatgan. Fuzuliy devon tuzib, uni &#8220;Muhabbatnoma&#8221;, &#8220;Farzandi dilband&#8221; deb ta&#8217;riflagan. Shoir ishqiy lirikasida insonning ma&#8217;naviy olami, jo&#8217;shqin histuyg&#8217;ular tug&#8217;yoni, olijanoblik bilan jaholat, ochko&#8217;zlik o&#8217;rtasidagi kurash, insonga samimiy, yuksak muhabbat bilan bog&#8217;liq botiniy kechinmalar aks ettirilgan. Fuzuliy poetik me&#8217;rosining asosiy qismini g&#8217;azal va qasidalar tashkil etadi. Lutfiyning (16-asr) yozishicha, g&#8217;azaliyotda Fuzuliyning &#8220;Navoiyga o&#8217;xshash g&#8217;aroyib bir yoqimli yo&#8217;li va ajoyib bir uslubi bor&#8221; bo&#8217;lgan. She&#8217;rlarida lirik qahramonoshiqning ruhiy kechinmalarini, qalb sirlarini butun ichki qaramaqarshiliklari bilan mumkin qadar teran tasvirlashga erishgan. Bunda oshiq o&#8217;z mahbubi yo&#8217;lida har qanday azob-uqubatlarni yenguvchi, komil inson sifatida namoyon bo&#8217;ladi. Fuzuliy ijodining cho&#8217;qqisi &#8220;Layli va Majnun&#8221; dostoni (1536-37)dir. Asar lirikepik xarakterda bo&#8217;lib, Sharqda mashhur bo&#8217;lgan an&#8217;anaviy syujet va obrazlar asosida yaratilgan va turkiyzabon xalkdar o&#8217;rtasida keng tarqalgan. Sa&#8217;diyning &#8220;Guliston&#8221; va &#8220;Bo&#8217;ston&#8221;, Hofizning &#8220;Devon&#8221;, Abdurahmon Jomiyning &#8220;Bahoriston&#8221;, Navoiyning &#8220;Chor devon&#8221; kitoblari qatorida, Fuzuliy asarlari ham madrasalarning o&#8217;quv dasturiga kiritilgan. Fuzuliyning &#8220;matla&#8217; ul e&#8217;tiqod&#8221; falsafiy risolasi, &#8220;Hadiqat ussuado&#8221;, (&#8220;Baxtiyorlar bog&#8217;i&#8221;), &#8220;suhbat ulasmor&#8221; (&#8220;Mevalar munozarasi&#8221;), &#8220;shikoyatnoma&#8221;, &#8220;Bangu boda&#8221; (&#8220;Bang va boda&#8221;), &#8220;Anisulqalb&#8221;, (&#8220;qalb do&#8217;sti&#8221;) &#8220;Yetti jom&#8221; yoki &#8220;Soqiynoma&#8221;, &#8220;Rindu Zohid&#8221;, &#8220;Sihhat va maraz&#8221; (&#8220;sog&#8217;lik va bemorlik&#8221;) kabi nazmiynasriy, falsafiy-didaktik asarlari Ozarbayjon adabiyotining eng Nodir durdonalari hisoblanadi. Badiiy yuksak asarlari bilan Ozarbayjon adabiyotini yangi bosqichga ko&#8217;targan Fuzuliy she&#8217;rlarining asosiy mavzusi ham, harakatlantiruvchi kuchi ham, bu she&#8217;rlarni ichdan nurlantirib turgan quvvat manbai ham ishq. Mutasavvif shoir sifatida ilohiy muhabbatni ulug&#8217;lagan, dunyoga berilishni qoralagan. Insonni kamolotga olib boradigan fazilatlarni tarannum etib, uni tubanlashtiradigan illatlarni tanqid qilgan. Fuzuliy o&#8217;zidan keyingi barcha turkiyzabon shoirlar, jumladan, o&#8217;zbek shoirlariga ham kuchli ta&#8217;sir ko&#8217;rsatgan. Fuzuliy ta&#8217;sirida, unga ergashib she&#8217;rlar bitish, shoir g&#8217;azallariga naziratatabbu&#8217;lar yozish, muxammaslar bog&#8217;lash deyarli barcha shoirlar ijodida uchraydi. Fuzuliyning ozarbayjoncha devoni o&#8217;zbek xalqi orasida 18\u2014 19-asrlardayoq keng tarqalgan va bir necha bor o&#8217;zbek tilida nashr qilingan. G&#8217;azal, murabba&#8217;va muxammaslari kuyga solinib, asrlar davomida xonandalar tomonidan kuylanib kelmoqda (&#8220;shifoyi vasl qadrin hajr ila bemor o&#8217;landan so&#8217;r&#8230;&#8221;va boshqalar). Atoqli Ozarbayjon bastakori Uzayr Hojibekov 1908 y. &#8220;Layli va Majnun&#8221; dostoni asosida birinchi Ozarbayjon operasini yaratgan. 1958\u2014 61 yillarda Hamid Arasli tahririda Fuzuliy asarlarining to&#8217;la ilmiy-tanqidiy nashri yaratildi. Devonining 1581 yil ko&#8217;chirilgan nusxalaridan biri O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo&#8217;lyozmalar fondida saqlanadi. As: Devon, T., 1961; Muhammad Fuzuliy [asarlar], 2 j.li, T., 1968. Ad.: Arasli X., Velikiy Azerbaydjanskiy poet Fizuli, Baku, 1958; Jalolov T., Fuzuliy \/\/Fuzuliy. Devon, T., 1961.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>FUZULIY MUHAMMAD SULAYMON (1498 Karbalo shahri, Iroq 1556) \u2014 Ozarbayjon shoiri va mutafakkiri. Ozarbayjon, fors va Arab tillarida ijod qilgan. Otasi baet qabilasidan bo&#8217;lib, 15-asr oxirlarida Ozarbayjondan Bag&#8217;dodga ko&#8217;chib borgan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/fuzuliy-muhammad-sulaymon\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[200],"tags":[],"class_list":["post-38503","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-f-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/38503","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=38503"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/38503\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":38504,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/38503\/revisions\/38504"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=38503"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=38503"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=38503"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}