{"id":38570,"date":"2022-12-14T10:27:36","date_gmt":"2022-12-14T07:27:36","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=38570"},"modified":"2022-12-14T10:27:38","modified_gmt":"2022-12-14T07:27:38","slug":"jaloliddin-manguberdi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jaloliddin-manguberdi\/","title":{"rendered":"JALOLIDDIN MANGUBERDI"},"content":{"rendered":"\n<p>JALOLIDDIN MANGUBERDI, Jaloliddin (to&#8217;liq ismi Jaloliddin ibn Alovuddin Muhammad) (1198-1231) \u2014 Xorazmshohlar davlatining so&#8217;nggi hukmdori (1220-31), mohir sarkarda. Anushteginiylardan. Xorazmshohlardan Muhammadshoxning katta o&#8217;g&#8217;li. Onasi \u2014 Oychechak turkman kanizaklardan bo&#8217;lgan. Jaloliddin burnida xoli (Mank) bo&#8217;lgani uchun Mankburni nomi bilan atalgan. Keyinchalik bu nom talaffuzda o&#8217;zgarib &#8220;Manguberdi&#8221; nomi bilan mashhur bo&#8217;lib ketgan. Jaloliddin Manguberdi voyaga yetgach, otasi uni G&#8217;azna, Bomiyon, G&#8217;ur, Bust, Takinobod, Zamindovar va Hindiston hududlarigacha bo&#8217;lgan yerlarga hokim va taxt vorisi etib tayinlagan (1215). Biroq Turkon xotun va qipchoq amirlarining qatiy noroziligi sababli Qutbiddin O&#8217;zloqshoh foydasiga vorislikdan mahrum etilgan. Jaloliddin Manguberdi otasining harbiy yurishlarida ishtirok etib, o&#8217;zining Jasur jangchi, iqtidorli sarkardalik qobiliyatlarini namoyish etgan. Chingizxon boshchiligidagi mo&#8217;g&#8217;ul qo&#8217;shinlari Movarounnahrga bostirib kirib birin-ketin shaharlarni egallab, Samarqandga yaqinlashganlarida Xorazmshoh Muhammad Kaspiy dengizi bo&#8217;yida joylashgan Obeskun shahri yaqinidagi Ashur ada o.dan panohtopgan. Og&#8217;ir bemor bo&#8217;lgan Muhammad o&#8217;g&#8217;illarini yoniga chorlab, so&#8217;nggi damda Jaloliddin Manguberdini o&#8217;z o&#8217;rniga Xorazmshoh etib tayinlagan. Jaloliddin Manguberdi ukalari Oqshoh va Qutbiddin O&#8217;zloqshoxlar bilan birga Gurganj mudofaasiga oshiqadi. Lekin Gurganjdagi qipchoq amirlari Turkon xotunning akasi Xumorteginni Sulton deb e&#8217;lon qilib, Jaloliddin Manguberdiga qarshi suiqasd uyushtirmoqchi bo&#8217;ldilar. Bundan xabar topgan Jaloliddin Manguberdi Temur Malik boshchiligidagi 300 suvoriy bilan Gurganjni tark etib Xurosonga yo&#8217;l olgan. Niso shahri yaqinida uni 700 nafar mo&#8217;g&#8217;ul suvoriysi ko\u2019tardi. Jaloliddin Manguberdi shiddatli jangdan so&#8217;ng ularni tor-mor keltirib, Nishopurga keldi. Bu yerdan u barcha viloyat hokimlariga nomalar jo&#8217;natib, mo&#8217;g&#8217;ul bosqinchilariga qarshi birlashishga da&#8217;vat etdi, bir oydan so&#8217;ng G&#8217;azni tomon yurdi. Yo&#8217;lda unga Hirot voliysi, qaynotasi Aminalmulk 10 ming kishilik qo&#8217;shin bilan kelib qo&#8217;shildi. Qandahorni qamal qilib turgan mo&#8217;g&#8217;ul qo&#8217;shinlari bilan 3 kunlik jangda Jaloliddin Manguberdi ularni tor- mor keltirgan. U G&#8217;azniga 1221 yil keldi. Bu yerda unga xalaj qabilasi boshlig&#8217;i Sayfuddin Ig&#8217;roq, Balx voliysi A&#8217;zam Malik, afg&#8217;onlar sardori Muzaffar malik, qarluqlar boshlig&#8217;i Hasan Qarluq kelib qo&#8217;shildilar. Ularning har biri ixtiyorida 30 minglik qo&#8217;shin bor edi. Jaloliddin Manguberdining o&#8217;zidagi kuchlar esa 60 ming suvoriy edi. Jaloliddin Manguberdi Valiyon qal&#8217;asini qamal qilayotgan Takajuk va Malg&#8217;ur boshchiligidagi mo&#8217;g&#8217;ul qo&#8217;shiniga hujum qilib, 3 kunlik jangdan so&#8217;ng ularni tor-mor keltirgan, 1000 dan ortiq mo&#8217;g&#8217;ul askari o&#8217;ldirilgan, omon qolgan qismi Panjshir daryosidan o&#8217;tib, ko&#8217;prikni buzib tashlashgan. Bu Jaloliddin Manguberdining mo&#8217;g&#8217;ullar ustidan qozongan dastlabki yirik g&#8217;alabasi edi. Chingizxon Jaloliddin Manguberdiga qarshi Shiki Xutuxu no&#8217;yonni 45 minglik qo&#8217;shin bilan jo&#8217;natadi. G&#8217;azni yaqinidagi Parvon jangit Jaloliddin Manguberdi mo&#8217;g&#8217;ullar ustidan ajoyib g&#8217;alabani qo&#8217;lga kiritadi. Biroq jangdan so&#8217;ng Jaloliddin Manguberdining lashkarboshilari o&#8217;lja ustida o&#8217;zaro janjallashib qolib, oqibatda Sayfuddin Ig&#8217;roq, A&#8217;zam malik va Muzaffar Maliklar Jaloliddin Manguberdini tark etganlar. Jaloliddin Manguberdining yonida faqat aminalmulk o&#8217;z lashkari bilan qolgan, xolos. Chingizxon katta qo&#8217;shin to&#8217;plab Jaloliddin Manguberdiga qarshi shaxsan o&#8217;zi otlangan. Fapdiz qal&#8217;asi yaqinida Jaloliddin Manguberdi Chingizxon qo&#8217;shinining ilg&#8217;orini tor-mor keltiradi va kuchi ozligi sababli Sind (Hind) daryosi tomon chekinadi. Chingizxon qo&#8217;shini Jaloliddin Manguberdini daryodan o\u2019tishiga imkon bermay qurshab oladi. 1221 yil 25 noyabrda bo&#8217;lgan tengsiz jangda mag&#8217;lubiyatga uchragan Jaloliddin Manguberdi 4000 jangchisi bilan Sindning o&#8217;ng sohiliga suzib o&#8217;tib, cho&#8217;l ichkarisiga kirib ketdi (Bu cho&#8217;l hozirda ham Cho&#8217;li Jaloliy deb ataladi). Chingizxon Jaloliddin Manguberdining bu jasoratidan hayratda qolib, o&#8217;z o&#8217;g&#8217;illariga qarab: &#8220;ota o&#8217;g&#8217;il mana shunday bo&#8217;lishi lozim!&#8221;, degan. Oradan bir necha kun o&#8217;tgach, Jaloliddin Manguberdi qo&#8217;shini soni 7 mingga yetdi. Unga Kulbars Bahodir, Kabkuh va Sa&#8217;diddin Ali ash-Sharabdor kabi lashkarboshilar o&#8217;z kishilari bilan kelib qo&#8217;shildi. Jaloliddin Manguberdi Shimoliy Hindistonning notanish cho&#8217;lida och, juldur kiyimli jangchilari bilan sargardonlikda qoldi. Uning bu holidan foydalanmoqchi bo&#8217;lgan Shatra viloyati Rana (shoh) si Jaloliddin Manguberdiga hujum qilgan. Jaloliddin Manguberdining merganlik bilan otgan kamon o&#8217;qidan Rana halok bo&#8217;ladi, qo&#8217;shini esa parokanda bo&#8217;lib qochadi. Jaloliddin Manguberdi katta o&#8217;ljani qo&#8217;lga kiritadi. Bu g&#8217;alabadan so&#8217;ng Sind, Uchcha, Mo&#8217;lton, Lohur va Peshavor hokimi Nosiriddin Qubacha (1205-27)ning Nandana va Sakundagi noibi Qamariddin Karmoniy Jaloliddin Manguberdiga o&#8217;zini xayrixohligini izhor etib, sovg&#8217;a-salomlar jo&#8217;natgan. G&#8217;iyosiddin Pirshoh ajralib ketgan amirlardan Sanjoqonxon, elchi Pahlavon, O&#8217;rxon, Soyircha, Tekjoruq Xonkishilar o&#8217;z lashkarlari bilan kelib Jaloliddin Manguberdiga qo&#8217;shildilar. Jaloliddin Manguberdi Kalor shahri, Parosravar, Tarnuj qal&#8217;alarini qo&#8217;lga kiritdi. Mulklarining katta qismidan ajralgan Qubacha 10 ming otliq qo&#8217;shini hamda mamluklar sulolasidan bo&#8217;lgan Dehli sultoni Shamsuddin Eltutmishdan olgan qo&#8217;shimcha kuch bilan Jaloliddin Manguberdiga qarshi jang qilgan, biroq mag&#8217;lubiyatga uchragan, uning xazinasi, qurol-yarog&#8217;lari o&#8217;lja tushgan. 1222 yil Chingizxon Jaloliddin Manguberdi izidan To&#8217;rbay To&#8217;qshin va bola no&#8217;yonni 20 minglik qo&#8217;shin bilan jo&#8217;natadi. Lekin ular Mo&#8217;ltonga qadar borib, shaharni ololmay, jazirama issiqqa dosh berolmay qaytishadi. Jaloliddin Manguberdi o&#8217;ziga qarshi mo&#8217;g&#8217;ul qo&#8217;shinlari jo&#8217;natilgani xabarini Parosravar qal&#8217;asini olgandan so&#8217;ng eshitgan. Jaloliddin Manguberdi Mo&#8217;lton tomon yo&#8217;l olib Qubacha mulklaridan Uchcha, Sadusan, Xatisor, Deval va Damrillarni qamal qiladi, qo&#8217;shini uchun tuyalar zarurligi tufayli Gujarot viloyati markazi Nahrvalga Xosxon boshchiligida qo&#8217;shin jo&#8217;natadi. Shamsuddin Eltutmish Jaloliddin Manguberdi ustiga katta qo&#8217;shin (30 ming otliq, 100 ming piyoda, 300 ta fil) tortadi. Jaloliddin Manguberdi mardonavorlik bilan raqibiga qarshi chiqadi. Jaloliddin Manguberdining O&#8217;zbek toy Jahon Paxlavon qo&#8217;mondonligi ostidagi ilgori Eltutmish ilg&#8217;ori bilan to&#8217;qnashib raqibidan ustun keladi. Eltutmish Jaloliddin Manguberdi huzuriga elchisini yuborib sulh so&#8217;raydi. Jaloliddin Manguberdi Hindistonda o&#8217;z nomidan kumush va mis tangalar zarb qiladi, unga tobe hind mulklarida uning nomi Xutbaga qo&#8217;shib O&#8217;qilgan. Biroq vaziyat borgan sari murakkablashib bormodqa edi. Eltutmish, Qubacha, shuningdek, Hindistonning boshqa viloyat hokimlari o&#8217;zaro til biriktirib Jaloliddin Manguberdiga qarshi ittifoq tuzmoqchi ekanliklari ayon bo&#8217;lib qoldi. Jaloliddin Manguberdining ikki lashkarboshisi Yazidak Paxlavon va Sunqurjiq Toysilar xiyonat qilib Eltutmish tomoniga o&#8217;tganlar. Qiyin vaziyatdan qutulish uchun Jaloliddin Manguberdi harbiy kengash chaqirgan. Amirlarning ko&#8217;pchiligi Iroq tomon yurish qilib, uni G&#8217;iyosiddin Pirshoxdan tortib olishni taklif qiladi. Iroqda siyosiy parokandalik hukm surardi. Iroq tomon ketishga qaror qilindi. Jaloliddin Manguberdi o&#8217;zining Hindistonda zabt etgan mulklariga O&#8217;zbek toy Jahon Paxlavonni, G&#8217;ur va G&#8217;azni viloyatlariga Hasan Qarluqni noib sifatida qoldirib, Iroqqa yo&#8217;l olgan. Cho&#8217;lu biyobonlarni kesib o&#8217;tishda Jaloliddin Manguberdining ko&#8217;p jangchilari nobud bo&#8217;lgan, nihoyat u 4 ming jangchisi bilan Kirmonga yetib kelgan. G&#8217;iyosiddin Pirshoxning Kirmondagi noibi Baroq Hojib Jaloliddin Manguberdiga tobelik izhor qiladi. Shundan so&#8217;ng Jaloliddin Manguberdi Fors viloyati markazi Sherozga kelgan. Fors hokimi Otabek Sa&#8217;d ibn zangiy va Yazd xokimi Otabek Al-uddavla ibn To&#8217;g&#8217;onshoh unga tobelik bildirishadi. Jaloliddin Manguberdi Isfaxonga kelganda aholi uni katta tantana bilan kutib oladi, qo&#8217;shini qurol-aslaha bilan ta&#8217;minlanadi. Bu hol G&#8217;iyosiddin Pirshohga yoqmaydi, u akasiga qarshi 30 ming otliq qo&#8217;shin bilan yo&#8217;lga chiqadi. Biroq Jaloliddin Manguberdi unga sovg&#8217;a- salomlar bilan miroxur Odekni elchi sifatida jo&#8217;natgan va o&#8217;zaro nizoni tinchlik bilan hal etgan. Qo&#8217;shin boshliqlari Jaloliddin Manguberdi tomoniga o&#8217;tgan. 1225 yil Jaloliddin Manguberdi Ozarbayjonga yurish qiladi. So&#8217;ng Bag&#8217;dodga qarshi yurishga hozirlik ko&#8217;radi. Xalifa Nosirga elchi jo&#8217;natib, mo&#8217;g&#8217;ullarga qarshi birlashishga chaqirdi. Bunga javoban Xalifa Jaloliddin Manguberdiga qarshi o&#8217;zining mamluki Amir Jamoliddin Qushtemur boshliq 20 minglik qo&#8217;shin jo&#8217;natdi. Basra yaqinidagi jangda Xalifa qo&#8217;shinlari tor-mor keltirildi. Xalifa Bag&#8217;dod mudofaasi bilan mashg&#8217;ul bo&#8217;ladi. Jaloliddin Manguberdi Bag&#8217;dod atrofida 12 kun turgach, Ozarbayjon tomon ketadi. Ozarbayjon va Arron Otabegi O&#8217;zbek ichkilik, maishatga berilib davlat ishlarini o&#8217;z holiga tashlab qo&#8217;ygan edi, davlatni amalda uning xotini Malika xotun boshqarardi. 1225 yil mayda Jaloliddin Manguberdi Marog&#8217;a shahrini jangsiz qo&#8217;lga kiritadi. Damashq, er-bil hokimlari u bilan ittifoq tuzishga rozi bo&#8217;ladilar. Otabek O&#8217;zbek Tabrizni tashlab Ganjaga, so&#8217;ng Alinjo qal&#8217;asiga qochib o&#8217;sha yerda vafot etadi. Jaloliddin Manguberdi Malika xotunga uylanadi. Tabrizda bir necha kun turgandan so&#8217;ng o&#8217;z qo&#8217;shinini Gruziya tomon boshlaydi. 1225 yil avgustda Garni qal&#8217;asi yaqinida gurjilarning Ivane Mxargodzeli boshliq 60 minglik qo&#8217;shinini tor-mor keltiradi va Tiflisga qarab yuradi. Gruziya malikasi Rusudana Kutaisiga ko&#8217;chib o&#8217;tgan. Jaloliddin Manguberdi Dvin, Lori shaharlarini egallaydi, Surmari shahar xokimlari o&#8217;z tobeliklarini bildirishgan. 1227 yil sentabrda Isfahondan 30 chaqirim Sharqdagi Sin qishlog&#8217;i yaqinida Jaloliddin Manguberdi mo&#8217;g&#8217;ullarning Taynol no&#8217;yon boshliq qo&#8217;shinini yenggan. Taynol no&#8217;yon Jaloliddin Manguberdi haqida: &#8220;zamonasining haqiqiy bahodiri ekan, o&#8217;z tengqurlarining sarvari ekan&#8221;, degan. Jaloliddin Manguberdining Ko&#8217;niya sultoni Alouddin Kayqubod, Jazira hokimi al-Malik al-Ashraf Muzaf Fariddin Muso, Damashq hokimi al-Malik al-Muazzam Sharafiddin Iso va Misr hokimi al-Malik al-Komil Muhammadga nomalar yozib, ularni mo&#8217;g&#8217;ullarga qarshi kurashish yo&#8217;lida birlashtirish yo&#8217;lidagi xatti-harakatlari behuda ketdi. Ustiga ustak Alouddin Kayqubod muxolif kuchlarni Jaloliddin Manguberdiga qarshi birlashtirishga muvaffaq bo&#8217;ldi. 1230 yil 10 avgustda Arzinjon yaqinidagi jangda Jaloliddin Manguberdi kuchlari mag&#8217;lubiyatga uchradi. Jaloliddin Manguberdining kuchsizlanganidan foydalangan mo&#8217;g&#8217;ullar katta qo&#8217;shin bilan Ozarbayjonga bostirib kirib Marog&#8217;a, Tabrizni egallab (1231 yil) Jaloliddin Manguberdini ta&#8217;qib etishgan. Mayofariqin viloyatidagi qishloqlardan birida mo&#8217;g&#8217;ullar tungi hujum natijasida Jaloliddin Manguberdining oz sonli qo&#8217;shinini tor-mor keltiradilar, Jaloliddin Manguberdini o&#8217;zi esa ta&#8217;qibdan qutulib Kurdiston tog&#8217;lariga chiqib ketgan. Bu yerda qaroqchi kurdlar qo&#8217;liga asir tushib, fojiali ravishda halok bo&#8217;lgan. Jaloliddin Manguberdi haqida uning shaxsiy kotibi, tarixchi Nasaviy shunday yozadi: &#8220;Jaloliddin qorachadan kelgan, o&#8217;rta bo&#8217;yli, turk lafzli odam edi. Fors tilini ham yaxshi bilardi. Uning botirligiga kelganda shuni aytish kerakki, Sulton arslonlar orasidagi eng kuchli sher edi. Bir so&#8217;zli, kek saqlamaydigan, ochiq ko&#8217;ngil, to&#8217;g&#8217;ri odam edi. U jiddiy shaxs edi. Hech qachon kulmasdi. Juda nari borsa, jilmayib qo&#8217;yardi. U adolatsizliklarni yomon ko&#8217;rardi. Jaloliddin o&#8217;ta qat&#8217;iyatli, nihoyatda irodali, murakkab vaziyatlarda, taqdirning qaltis sinovlarida o&#8217;zini yo&#8217;qotib qo&#8217;ymaydigan favqulodda mard va Botir sarkarda edi&#8221;. O&#8217;zbekiston hukumati Jaloliddin Manguberdining mo&#8217;g&#8217;ul bosqinchilariga qarshi kurashda ko&#8217;rsatgan mislsiz jasorati, Vatanga va o&#8217;z xalqiga sadoqat va cheksiz muhabbatini qadrlash va uning porloq ruhini abadiylashtirish maqsadida &#8220;Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligini nishonlash haqida&#8221; qaror qabul qildi (1998 yil). Qarorga ko&#8217;ra, uning yurti Xorazmda Jaloliddin Manguberdiga haykal o&#8217;rnatildi, yirik ko&#8217;cha, maydon, jamoa korxonalari va boshqalarga uning nomi qo&#8217;yildi. Jaloliddin Manguberdi haqida videofilm, doston, pyesa va boshqalar yaratilgan. &#8220;Jaloliddin Manguberdi&#8221; ordeni ta&#8217;sis etilgan (2000 yil 30 avgust). Ad.: Shaxobiddin Muhammad al- Nasaviy , Sulton Jaloliddin Manguberdi hayoti tafsiloti, T., 1999; Jaloliddin Manguberdi (o&#8217;zbek, ingliz, rus tilida), T., 1999; Jaloliddin Manguberdi, Vatan, yurt himoyachisi, T., 1999; Buniyotov Z., Anushtagin Xorazmshohlar davlati (1097-1231), T., 1998; Toshev N., Jaloliddin Manguberdi, T., 1999; Bo&#8217;riev O., Toshev N., Jaloliddin Manguberdi, T., 1999; Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdi, T., 1999; Mirxondning &#8220;Ravzat US-safo&#8221; asarida Jaloliddin Manguberdi zikri, T., 1999; Tonariy O., Jaloliddin Xorazmshoh va uning davri, T., 1999. Naim Norqulov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>JALOLIDDIN MANGUBERDI, Jaloliddin (to&#8217;liq ismi Jaloliddin ibn Alovuddin Muhammad) (1198-1231) \u2014 Xorazmshohlar davlatining so&#8217;nggi hukmdori (1220-31), mohir sarkarda. Anushteginiylardan. Xorazmshohlardan Muhammadshoxning katta o&#8217;g&#8217;li. Onasi \u2014 Oychechak turkman kanizaklardan bo&#8217;lgan. Jaloliddin &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jaloliddin-manguberdi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[208],"tags":[],"class_list":["post-38570","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-j-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/38570","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=38570"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/38570\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":38578,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/38570\/revisions\/38578"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=38570"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=38570"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=38570"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}