{"id":38891,"date":"2022-12-17T10:26:34","date_gmt":"2022-12-17T07:26:34","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=38891"},"modified":"2022-12-17T10:26:37","modified_gmt":"2022-12-17T07:26:37","slug":"fargona-toshkent-maqom-yollari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/fargona-toshkent-maqom-yollari\/","title":{"rendered":"FARG&#8217;ONA-TOSHKENT MAQOM YO&#8217;LLARI"},"content":{"rendered":"\n<p>FARG&#8217;ONA-TOSHKENT MAQOM YO&#8217;LLARI \u2014 Toshkent va Farg&#8217;ona vodiysi (Qo&#8217;qon, Namangan, Andijon, Farg&#8217;ona, Marg&#8217;ilon, Quva va boshqalar) musiqa amaliyotida yuzaga kelgan maqom namunalarining umumlashma nomi. Shashmaqom va Xorazm masomlaripxya farqli o&#8217;laroq alohidaalohida cholg&#8217;u va ashula yo&#8217;llaridan iborat. Jumladan, cholg&#8217;u yo&#8217;llari &#8220;Nasrullo I\u2014V&#8221;, &#8220;Munojot 1\u2014V&#8221;, &#8220;Ajam va taronalari&#8221;, &#8220;Miskin I\u2014V&#8221;, &#8220;Segoh I \u2014III&#8221;, &#8220;sayqal I\u2014 II&#8221;, &#8220;Mirzadavlat I\u2014II&#8221;, &#8220;Cho&#8217;li Iroq&#8221;, &#8220;Chorgoh&#8221;, &#8220;Surnay Iroqi&#8221;, &#8220;Surnay Dugohi&#8221; &#8220;surnay ushshog&#8217;i&#8221; kabilar mashhur. Ashula yo&#8217;llari alohida bir qismli (&#8220;Segoh, &#8220;Toshkent&#8221; irog&#8217;i&#8221; kabi) namunalardan tortib keng ko&#8217;lamli turkumlardan tashkil topgan. Ayniqsa, besh qismli &#8220;Chorgoh&#8221;, &#8220;Bayot&#8221;, &#8220;Bayoti Sheroziy&#8221;, &#8220;Gulyor\u2014Shahnoz&#8221; va yetti qismli &#8220;Dugoh\u2014 Husayn&#8221; ashula yo&#8217;llari ommalashgan. Ular mumtoz she&#8217;riyat (Sakkokiy, Navoiy, Bobur, Uvaysiy, Furqat, Muqimiy va boshqalar) namunalari asosida o&#8217;qiladi. Farg&#8217;ona\u2014Toshkent maqom turkumlarining qismlari raqamlar vositasida ajratiladi (masalan, &#8220;Miskin I&#8221;, &#8220;Miskin II&#8221;, &#8220;Bayot I&#8221;). Ayrim hollarda tarkibiy qismlarning maxsus nomlari ham uchraydi. Jumladan, &#8220;Miskin&#8221; cholgu turkumining III qismi &#8220;Adoiy&#8221;, IV qismi &#8220;Asiriy&#8221;, &#8220;Nasrullo&#8221;ning II qismi &#8220;Chavandoz&#8221;, III qismi &#8220;Qashqarcha&#8221;, IV qismi &#8220;Tarona&#8221;, V qismi &#8220;Ufar&#8221; deb nomlanadi. Shuningdek, Farg&#8217;ona-Toshkent maqom yo&#8217;llarining cholg&#8217;u kuylarining ayrimlariga nisbatan &#8220;mashq&#8221; atamasini qo&#8217;llash odati mavjud (masalan, &#8220;mashqi Chorgoh&#8221;, &#8220;mashqi Dugoh\u2014Husayn&#8221; va hokazolar). Farg&#8217;ona-Toshkent maqom yo&#8217;llarilarining shakllanish ildizlari o&#8217;rta asrlarda mashhur bo&#8217;lgan O&#8217;n ikki maqom tizimi va undan ham oldinroq mavjud turkumli asarlarga borib taqaladi. &#8220;Yo&#8217;llari&#8221; atamasi ham shunga ishora etadi. Zero &#8220;maqom&#8221; atamasidan avvalroq musiqa ilmi amaliyotida &#8220;yo&#8217;l&#8221; ma&#8217;nosidagi &#8220;roh&#8221;, &#8220;tariqa&#8221;, &#8220;ravashin&#8221; kabi tushunchalar keng qo&#8217;llanib kelingan. Shashmaqomdan farqli ravishda Farg&#8217;ona-Toshkent maqom yo&#8217;llari nafaqat xon saroylarida, balki xalq hayoti bilan bog&#8217;liq turli vaziyat va sharoitlarda ham mudom ijro etilgan. Masalan, surnay yo&#8217;llari xalq tomosha va bayramlarida, dorbozlar o&#8217;yini va to&#8217;y bazmlarida, dutor, tanbur, g&#8217;ijjak ijrolari hamda ashula yo&#8217;llari uy sharoitlarida o&#8217;tkaziladigan turli yig&#8217;in va majlislarda namoyon bo&#8217;lgan. Ayni paytda, bu maqomlarda Farg&#8217;ona\u2014Toshkent musiqa uslubiga xos Yalla, ashula, katta ashula janrlarining xususiyatlari o&#8217;z aksini topgan. Bu holat ularning musiqiy tili xalqchil va nisbatan ommaviy ekanligi, xalq orasida mashhur bo&#8217;lishi sabablaridan biridir. Farg&#8217;ona-Toshkent maqom yo&#8217;llari ijrochilari mazkur an&#8217;anani odatda mashhur ustozlardan o&#8217;rganishgan. Shu tarzda bu maqomlarni bizga yetkazib bergan taniqli talqinchilar qatorida Abduqodir naychi, Ahmadjon qo&#8217;shnay, A.Yusupov (surnay), Shobarot tanburchi, A.Abdullaev (tanbur), M. Najmiddinov (dutor, tanbur), K.Jabborov (g&#8217;ijjak, dutor), S.Kalonov (nay), Faxriddin Sodiqov (chang, dutor), G&#8217;.Toshmatov (g&#8217;ijjak), T.Alimatov (tanbur, dutor), hofizlar \u2014 Sh.Shoumarov, To&#8217;ychi Hofiz, Shojalil Hofiz, Ilhom Hofiz, Sodirxon Hofiz, Rajabiylar, Rasulqori Mamadaliev kabi ustoz san&#8217;atkorlarning xizmatlari katta. Bastakorlardan T. Jalilov, O. Hotamov, F. Mamadaliev, so&#8217;nggi yillarda A. Ismoilovlar Farg&#8217;ona-Toshkent maqom yo&#8217;llari an&#8217;analarida turkumli va alohida ijro etiluvchi asarlar yaratishgan. Oqilxon Ibrohimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>FARG&#8217;ONA-TOSHKENT MAQOM YO&#8217;LLARI \u2014 Toshkent va Farg&#8217;ona vodiysi (Qo&#8217;qon, Namangan, Andijon, Farg&#8217;ona, Marg&#8217;ilon, Quva va boshqalar) musiqa amaliyotida yuzaga kelgan maqom namunalarining umumlashma nomi. Shashmaqom va Xorazm masomlaripxya farqli o&#8217;laroq &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/fargona-toshkent-maqom-yollari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[200],"tags":[],"class_list":["post-38891","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-f-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/38891","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=38891"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/38891\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":38892,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/38891\/revisions\/38892"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=38891"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=38891"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=38891"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}