{"id":3918,"date":"2021-10-13T20:38:07","date_gmt":"2021-10-13T17:38:07","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=3918"},"modified":"2021-10-13T20:38:08","modified_gmt":"2021-10-13T17:38:08","slug":"gul-qay-tariqa-bosiladi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/gul-qay-tariqa-bosiladi\/","title":{"rendered":"Gul qay tariqa bosiladi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Gul bosish usuli qadimgi Hindistonda ixtiro qilingan. Bu mamlakatda paxtachilik rivojlangan, rang beradigan moddalarga ega ko&#8217;pgina o&#8217;simliklar mavjud edi. Taxminan miloddan oldingi 63-yilga kelib gul bosish Yunoniston va Rimda ham paydo bo&#8217;ldi, shundan so&#8217;ng gul bosilgan gazmollar butun Osiyoga, Afrikaga, Misrga o&#8217;tdi. XIII va XIV asrlar bo&#8217;sag&#8217;asida gul bosish san&#8217;ati Germaniya va Italiyada ham yoyildi. XVII asrga kelib mazkur san&#8217;at butun Yevropaga tarqaldi. Gul bosishni tayyorlash jarayoni o&#8217;ta oddiy va u oldindan yog\u2019ochga o&#8217;yib tushiriladigan bezaklarni gazmolga ko&#8217;chirishdan iboratdir. Qoliplarni yasash uchun namlikdan va mexanik ta&#8217;sirdan darz ketmaydigan qattiq yog&#8217;ochlardan foydalanilgan. Avvallari guldor gazmollarni tayyorlash texnologiyasi uncha murakkab bo&#8217;lmagan: maxsus romga oqlangan yoki bo&#8217;yalgan gazmolni cho&#8217;zib bo&#8217;yoq shimdirilgan yog\u2019och qoliplardan bezaklarni ko&#8217;chirib ko&#8217;paytirganlar. Ko&#8217;prangli bezaklarni o&#8217;tkazish uchun bir necha qoliplardan foydalanilgan. Mazkur qoliplarning har biri o&#8217;z rangi bilan bo&#8217;yalgan. Bezaklarni ko&#8217;chirish jarayonida usta turli rangdagi buyoqlar bir-biriga chaplashib ketmasligiga va biri-birining ustiga tushmasligiga e&#8217;tibor bergan. Gazmol ustiga o&#8217;rnatilgan qolip yaxshiroh o&#8217;rnashib olsin uchun uni to&#8217;qmoq bilan urish shart bo&#8217;lganligidan &#8220;urib gul bosish&#8221; degan nom urf bo&#8217;lib qoldi. Avvallari ro&#8217;mollar oq bo&#8217;lgan, biroq keyinchalik boshqa rangdagi gazmollar (qoradan tashqari) ham foydalanilgan. Qora taglikdagi ro&#8217;mollar tayyorlash uchun avvalo bezakni oq gazmolga bosishgan, shundan so&#8217;ng maxsus taxtalar yordamida qora taglik \u2014 fonning nusxasi tushirilgan. Anilin \u2014 sun&#8217;iy kimyoviy bo&#8217;yoqning ixtiro etilishi matolarni ishlab chiqarishni arzonlashtirish va ularning sifatini oshirishda yordam berdi. Anilinli bo&#8217;yoqlar katta chidamlilik va ravshanlikka ega bo&#8217;lib, ular turli o&#8217;simliklar shirasi va ildizlaridan olinadigan tabiiy bo&#8217;yoqlardan farq qiladi. Odatda gul bosishda ustalar bo&#8217;yoqlar biri birining ustiga tushmasligini puxta nazorat qilishadi. Lekin zamonlar o&#8217;tishi bilan bunday texnologiya takomillashdi va ustalar bo&#8217;yoqlarning maxsus bir-biriga mos kelishidan foydalana boshladilar. Buning uchun avvaliga matoni bo&#8217;yab, shundan so&#8217;ng uning ustiga bezaklar naqshlaganlar. Ilk marta zangori rang taglik paydo bo&#8217;ldi, u turfa bo&#8217;yoqlar bilan yaxshi uyg&#8217;unlasha olardi. Bunday ro&#8217;mollar &#8220;niliy&#8221; ro&#8217;mollar deb atala boshladi. Xususan ranglarning turfaligiga tezoblab naqshlash deb ataluvchi usul yordamida erishila boshlandi. Bunday usulda bo&#8217;yoq maxsus ishlov berilgan \u2014 tezoblangan taglikka tushiriladi. Natijada dastlabki rang o&#8217;zgaradi va xuddi shu paytda yangi bezak paydo bo&#8217;ladi. Chunonchi och qizil \u2014 alvondan iborat taglikni tezoblashdan so&#8217;ng uning rangi nozik atirgul tusiga aylanib, butun ro&#8217;mol mutlaqo boshqa bo&#8217;yoqlar uyg&#8217;unligini namoyon etadi. Bo&#8217;yoqning sifatiga gazmolning tarkibi ham ta&#8217;sir etgan. Uvalanib ketadigan gazmolga bezakning nozik jihatlarini aks ettirib bo&#8217;lmasdi, qattiq gazmolda esa bezakning eng kichik chizma jihatlarigacha namoyon bo&#8217;lardi. Bugun siz rus guldor ro&#8217;mollarini ko&#8217;pgina xalq san&#8217;ati muzeylarida uchratishingiz mumkin.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Gul bosish usuli qadimgi Hindistonda ixtiro qilingan. Bu mamlakatda paxtachilik rivojlangan, rang beradigan moddalarga ega ko&#8217;pgina o&#8217;simliklar mavjud edi. Taxminan miloddan oldingi 63-yilga kelib gul bosish Yunoniston va Rimda ham &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/gul-qay-tariqa-bosiladi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":657,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[21],"tags":[],"class_list":["post-3918","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bilasizmi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3918","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3918"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3918\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3919,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3918\/revisions\/3919"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/657"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3918"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3918"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3918"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}