{"id":39334,"date":"2022-12-21T08:25:41","date_gmt":"2022-12-21T05:25:41","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=39334"},"modified":"2022-12-21T08:25:43","modified_gmt":"2022-12-21T05:25:43","slug":"farhod-va-shirin","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/farhod-va-shirin\/","title":{"rendered":"&#8220;FARHOD VA SHIRIN&#8221;"},"content":{"rendered":"\n<p>&#8220;FARHOD VA SHIRIN&#8221; \u2013 turkiy xalqlar adabiyotlarida an&#8217;anaviy mazmunga ega bo&#8217;lgan va bir necha ijodkorlar tomonidan qalamga olingan ishqiy qissa va dostonlardan birining nomi. Shirin va Farhod forstojik adabiyotida 10-11-asrlardan boshlab Abulqosim Firdavsiyning &#8220;Shohnoma&#8221;, Nizomiy Ganjaviyning &#8220;Xusrav va Shirin&#8221;, Xusrav Dexlaviyning &#8220;Shirin va Xusrav&#8221;, o&#8217;zbek shoiri Qutbning &#8220;Xusrav va Shirin&#8221; dostonlarida eng fidoyi oshiq va ma&#8217;shuqalar sifatida tasvirlangan. Alisher Navoiy Sharqda bu an&#8217;anaviy ishqiy qissani qayta ishlab, uni yangidan shakllantirgan, Farhod va Shirinni dostonning bosh qahramonlari sifatida tasvirlagan va unga &#8220;Farhod va shirin&#8221; deb nom qo&#8217;ygan. Navoiy yigitlik davrida &#8220;topmadim&#8221; radifi bilan yozgan g&#8217;azallarining birida yoshligida o&#8217;zi qaytaqayta o&#8217;qib, diliga jo qilgan dostonlar to&#8217;g&#8217;risida so&#8217;z yuritadi, unda shunday bir bayt bor: Ko&#8217;p o&#8217;kudum Vomiqu Farhodu Majnun qissasin, O&#8217;z ishimdin bul&#8217;ajabroqdostone topmadim. Demak, Navoiy yoshligidan boshlab mashhur oshiq va ma&#8217;shuqalar, shu jumladan, Farhod, Shirin haqidagi qissalarni ko&#8217;p va qaytaqayta o&#8217;qigan. Shu bilan birga, bu dostonlar vaqt o&#8217;tishi bilan uning shaxsiyati, shaxsiy histuyg&#8217;ulari ila birlashib ketgan va ko&#8217;nglida Farhod va Shirin haqida butunlay yangi bir doston g&#8217;oyasi shakllana boshlagan. Bu ijodiy reja esa 1483-84 yillarda amalga oshirilgan. Navoiyning &#8220;Farhod va shirin&#8221; dostoni u yaratgan &#8220;Xamsa&#8221;ning 2dostoni bo&#8217;lib, unda Farhod oddiy tosh yo&#8217;nar oshiq emas, balki xoqonning o&#8217;g&#8217;li, aniqrog&#8217;i, Xo&#8217;tan mamlakati podshosining qarilikda ko&#8217;rgan yakkayu yagona farzandi bo&#8217;lib, yoshligidan fanning barcha sohalariga qiziqqan, harbiy bilimlarni, ayniqsa, toshyo&#8217;narlik, kasbini egallashga uringan. U Shirinni otasi xazinasidagi sehrli oynada ko&#8217;rib, darhol sevib qoladi. Unga erishish uchun turli mashaqqatlarni boshidan kechiradi. U Arman elida Shirin uchun qazilayotgan ariqni bitkazish ishlarida o&#8217;zining nimalarga qodir ekanini ko&#8217;rsatadi. Ammo bosqinchi Eron hukmdori Xusrav bilan kurashda xiyla bilan qo&#8217;lga olinib, qahramonlarcha halok bo&#8217;ladi. Uning sevgilisi Shirin esa uning jasadi ustida jon beradi. 15-asrdan keyin turkiy xalqlar adabiyotida Farhod va Shirin nomlari bilan bog&#8217;langan dostonchilikka Navoiyning shu nomdagi asari o&#8217;zining katta ta&#8217;sirini ko&#8217;rsatdi. Uygur shoiri Xirqatiyning (17-asr) &#8220;Muxabbatnoma va mehnatkom&#8221; hamda Abduraim Nizoriyning &#8220;Farhod va Shirin&#8221; dostoni Farhod haqidagi xalq afsona va rivoyatlari bilan bir qatorda Navoiy dostonidan ruhlanib yaratilgan. 19-asrda yashab ijod qilgan o&#8217;zbek shoiri mahzunning &#8220;Farhod va Shirin&#8221; dostonida ham Farhod bilan bog\u2019liq. Navoiy asarlaridagi asosiy syujet chizig&#8217;i saklangan. Bu dostonida mahzun Navoiy g&#8217;azallaridan ham foydalangan. Mashhur o&#8217;zbek xalq baxshisi Fozil Yo&#8217;ldosh o&#8217;g&#8217;li repertuarida &#8220;Farhod va Shirin&#8221; dostoni ham bo&#8217;lib, mazmuniga ko&#8217;ra u ko&#8217;p jihatdan Navoiy dostoniga yaqin. 1922 yilda &#8220;Farhod va Shirin&#8221; nomi bilan o&#8217;zbek shoiri va dramaturgi Xurshid tomonidan musiqali drama, 1941 yilda mashhur Ozarbayjon shoiri Samad Vurg&#8217;un tomonidan drama asari yaratildi. Bu asarlarning yuzaga kelishida Navoiy dostoni birinchi manba bo&#8217;lishi bilan birga ularda ulug&#8217; shoir kuylagan insonparvarlik, mehnatsevarlik, zulmni qoralash goyalari, xalqchillik yanada yorqin o&#8217;z aksini topdi. As: Alisher Navoiy, Mukammal asarlarto&#8217;plami, 8j., T., 1991; Xurshid, Tanlangan asarlar, T., 1967. Ad.: Bertels E.E., Nizami i Fizuli, M., 1962; Erkinov S, Navoiy &#8220;Farhod va Shirin&#8221;i va uning qiyosiy tahdili, T., 1971. Abduqodir Hayitmetov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&#8220;FARHOD VA SHIRIN&#8221; \u2013 turkiy xalqlar adabiyotlarida an&#8217;anaviy mazmunga ega bo&#8217;lgan va bir necha ijodkorlar tomonidan qalamga olingan ishqiy qissa va dostonlardan birining nomi. Shirin va Farhod forstojik adabiyotida 10-11-asrlardan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/farhod-va-shirin\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":38910,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[200],"tags":[],"class_list":["post-39334","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-f-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/39334","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=39334"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/39334\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":39335,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/39334\/revisions\/39335"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/38910"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=39334"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=39334"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=39334"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}