{"id":39347,"date":"2022-12-21T10:31:21","date_gmt":"2022-12-21T07:31:21","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=39347"},"modified":"2022-12-21T10:31:23","modified_gmt":"2022-12-21T07:31:23","slug":"faxriddin-roziy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/faxriddin-roziy\/","title":{"rendered":"FAXRIDDIN ROZIY"},"content":{"rendered":"\n<p>FAXRIDDIN ROZIY (to&#8217;liq ismi Faxriddin Abu Abdulloh Muhammad bin Umar ibn Alhusayn) (1149, Ray \u2014 1209, Hirot) \u2014 mashhur kalom olimi va diniy falsafa namoyandasi. Ray va Marog&#8217;ada tahsil olgan. Shofiiy va Ash&#8217;ariy olim sifatida faoliyat ko&#8217;rsatgan. Xorazm, Buxoro va Samarqandda yashagan. G&#8217;aznada (1185 y.gacha) va Hindistonning Panjob viloyatlarida faoliyat olib borgan, keyinchalik Hirotda yashagan. Hirotda uning uchun maxsus madrasa ta&#8217;sis etilgan, shayxulislom laqabi bilan mashhur bo&#8217;lgan, qizg&#8217;in mudarrislik faoliyatini olib borgan. Shu bilan birga uning ko&#8217;plab muxoliflari ham bo&#8217;lgan. Ular Faxriddin Roziyni diniy falsafa, e&#8217;tiqod va aqida borasidagi qarashlari uchun Islom asoslariga putur yetkazganlik, dinni buzganlikda ayblaganlar. 1209 yilda karromiylar tashviqi bilan zaharlab o&#8217;ldirilgan. Faxriddin Roziy ijodini 2 bosqichga bo&#8217;lish mumkin. Ibn Sinoning &#8220;Alishorat va ttanbehot&#8221; (&#8220;ishoralar va tanbehlar&#8221;) asariga sharh bo&#8217;lgan &#8220;Sharh ilishorat&#8221; asari ijodining ilk davriga oiddir. Uning &#8220;Munozarot ulalloma Faxriddin&#8221; (&#8220;alloma Faxriddin munozaralari&#8221;) asaridan Movarounnahr olimlari bilan turli masalalar bo&#8217;yicha qilgan munozara va mubohasalari o&#8217;rin olgan. Metafizikaga oid &#8220;kitobi muhassal afkor almutaqaddimin val mutaaxxirin&#8221; (&#8220;oldingi va zamondosh olimlar fikrlaridan namunalar&#8221;, Qohira, 1938) va Qur&#8217;on tafsiri bo&#8217;lgan &#8220;Mafotih ulg&#8217;ayb&#8221; (&#8220;g&#8217;ayb sirlarini ochuvchi&#8221;, Qohira, 1932) ijodining keyingi davriga oid asarlaridir. Mazhab masalalariga bag&#8217;ishlangan &#8220;manoqib alimom ashshofiiy&#8221; (&#8220;Imom Shofiiy Manoqibi&#8221;), fiqh masalalariga bag&#8217;ishlangan &#8220;kitob almahsul&#8221; nomli, adabiyotshunoslikka doyr &#8220;Chahordah risola&#8221; (&#8220;o&#8217;n to&#8217;rt risola&#8221;, Tehron, 1340) va nujum ilmiga doyr qator asarlari uning qomusiy olim bo&#8217;lganligidan dalolat beradi. Faxriddin Roziyning mashhur entsiklopedik asarlaridan biri &#8220;Jome&#8217;ululum&#8221; (&#8220;ilmlar to&#8217;plami&#8221;, T., 1915; Tehron, 1331) bo&#8217;lib, Xorazmshoh Alouddin Takash iltimosiga binoan yozilgan. Ushbu asar o&#8217;sha davr musulmon sharqidagi 60 fan haqida dastlabki ma&#8217;lumotlarni beradi. Muallif fanlarni naqliy (kalom, fiqh, mazxab, tafsir va hokazolar) va aqliy (tarix, grammatika, aruz, mantiq, fizika, algebra, musiqa, astronomiya, siyosat, davlat boshqaruvi va hokazolar), furu&#8217;iy (boshqa fanlardan hosil bo&#8217;luvchi) va asliy (asosiy) singari qismlarga bo&#8217;ladi. Har bir fan asoslari 2 ga bo&#8217;linib oddiydan murakkabga tamoyili asosida tushuntiriladi: oddiy asoslar (alusul alzohirot), murakkab asoslar (alusul almushkilot), takrorlash uchun savollar (alimtihonot). Bundan mazkur asarning bo&#8217;lajak podshoxdar uchun qo&#8217;llanma sifatida yozilganligi ko&#8217;rinib turibdi. Asarlarining qo&#8217;lyozmalari O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti, Qohira, Parij, Drezden sh.laridagi kutubxonalar fondida saqlanadi. Ad.: Naymov N ., Faxriddin Razi \u2014 Iz filosofskogo naslediya narodov Blijnego i Srednego Vostoka, T., 1972; Kulmatov N., Faxriddin Razi, Dushanbe, 1980. Nodir Ramazonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>FAXRIDDIN ROZIY (to&#8217;liq ismi Faxriddin Abu Abdulloh Muhammad bin Umar ibn Alhusayn) (1149, Ray \u2014 1209, Hirot) \u2014 mashhur kalom olimi va diniy falsafa namoyandasi. Ray va Marog&#8217;ada tahsil olgan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/faxriddin-roziy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":38910,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[200],"tags":[],"class_list":["post-39347","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-f-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/39347","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=39347"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/39347\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":39348,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/39347\/revisions\/39348"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/38910"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=39347"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=39347"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=39347"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}