{"id":39580,"date":"2023-01-16T11:02:25","date_gmt":"2023-01-16T08:02:25","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=39580"},"modified":"2023-01-16T11:02:26","modified_gmt":"2023-01-16T08:02:26","slug":"fel","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/fel\/","title":{"rendered":"FE&#8217;L"},"content":{"rendered":"\n<p>FE&#8217;L \u2014 harakat bildiruvchi so&#8217;zlar turkumi va shu turkumga oid har bir so&#8217;z. Grammatikada &#8220;harakat&#8221; so&#8217;zi keng tushunchali bo&#8217;lib, nafaqat harakatni, balki holat yoki hodisani ham bildiradi, masalan: yugurmoq, sakramoq, yig&#8217;lamoq, uxlamoq, o&#8217;ylamoq, sevmoq, tinchimoq, qurimoq, ko&#8217;paymoq va boshqalar. Fe&#8217;llar lug&#8217;aviy ma&#8217;noga ega yoki ega emasligiga ko&#8217;ra 2 turga bo&#8217;linadi: mustaqil Fe&#8217;llar, yordamchi Fe&#8217;llar. Mustaqil Fe&#8217;llar, xuddi boshqa mustaqil so&#8217;z turkumlariga oid so&#8217;zlar kabi, lug&#8217;aviy ma&#8217;noga ega bo&#8217;ladi, gapning mustaqil bo&#8217;lagi vazifasida kela oladi va hokazolar. Yordamchi Fe&#8217;llar lug&#8217;aviy ma&#8217;noga ega bo&#8217;lmaydi. Ular turli yordamchi vazifalarda kelib, turli qo&#8217;shimcha ma&#8217;nolar ifodalash uchun xizmat qiladi. Yordamchi Fe&#8217;llar o&#8217;z vazifasiga ko&#8217;ra 3 asosiy turga bo&#8217;linadi: 1) fe&#8217;l yasash uchun xizmat qiluvchi yordamchi Fe&#8217;llar: qil, et, ayla, bo&#8217;l (qabul qilmoq, taklif etmoq, tamom bo&#8217;lmoq kabi); 2) Fe&#8217;lning analitik shaklini yasash uchun xizmat qiluvchi yordamchi Fe&#8217;llar (bular, odatda, &#8220;ko&#8217;makchi Fe&#8217;llar&#8221; deb yuritiladi). Fe&#8217;lning bunday shakllari turli grammatik, modal va b. ma&#8217;nolarni ifodalaydi: o&#8217;qib bo&#8217;ldi, ko&#8217;rib qoldi, qo&#8217;rqib ketdi va boshqalar; 3) bog&#8217;lama vazifasini bajaruvchi yordamchi Fe&#8217;llar. Masalan, qil, bo&#8217;l: sportchi bo&#8217;lmoq, o&#8217;qituvchi bo&#8217;lmoq. Hozirgi o&#8217;zbek tilida yordamchi Fe&#8217;llardan farklanuvchi &#8220;to&#8217;liqsiz Fe&#8217;l&#8221;(lug&#8217;aviy ma&#8217;nosini tamomila yo&#8217;qotgan, hoz. o&#8217;zbek tilida ma&#8217;lum bir grammatik ma&#8217;no va vazifalarda qo&#8217;llanuvchi Fe&#8217;l)ning edi, ekan, emish, esa shakllari ham qo&#8217;llanadi. Fe&#8217;l turkumi, boshqa so&#8217;z turkumlari kabi, o&#8217;ziga xos so&#8217;z yasalishi va shakl yasalishi tizimiga ega. Yasama Fe&#8217;llar la, lan, lash, lantir, lashtir affikslari hamda qil, et (ayla) yordamchi Fe&#8217;llari bilan hosil qilinadi: olqishlamoq, ruhlanmoq, birlashmoq, jabr qilmoq, ruxsat etmoq. Fe&#8217;llar o&#8217;ziga xos murakkab grammatik kategoriyalar tizimiga ega. Xususiy ma&#8217;nolari bilan o&#8217;zaro farklanuvchi, bir umumiy ma&#8217;nosiga ko&#8217;ra birlashuvchi shakllar tizimi Fe&#8217;lning Grammatik kategoriyalarini hosil qiladi. O&#8217;zbek tilida Fe&#8217;lning quyidagi grammatik kategoriyalari bor: nisbat kategoriyasi, bo&#8217;lishli-bo&#8217;lishsizlik kategoriyasi, mayl kategoriyasi, zamon kategoriyasi, shaxsson kategoriyasi. Nisbat kategoriyasi \u2014 harakatning sub&#8217;yekt va ob&#8217;yektga munosabatini ko&#8217;rsatuvchi grammatik kategoriya. Harakatning sub&#8217;yekt va ob&#8217;yektga munosabatini ko&#8217;rsatishiga ko&#8217;ra nisbat kategoriyasining 5 turi farqlanadi: bosh nisbat; o&#8217;zlik nisbati; orttirma nisbat; majhul nisbat; birgalik nisbati. Har bir nisbat shakli maxsus qo&#8217;shimcha yordamida yasaladi. Faqat bosh nisbat maxsus yasovchi (ko&#8217;rsatkich)ga ega emas. Bosh nisbat harakatning ega bilan ifodalangan shaxs yoki predmet tomonidan bajarilishini bildiradi: oldi, keldi, so&#8217;rayapti va boshqalar. O&#8217;zlik nisbati shakli (i) n, (i)l qo&#8217;shimchalari erdamida yasaladi va harakatning sub&#8217;yektning o&#8217;ziga ob&#8217;yekt sifatida qaratilganligini yoki sub&#8217;yektning o&#8217;zi doirasida yuzaga kelishini (bajarilishini) bildiradi: maqtanmoq, ko&#8217;rinmoq, tug&#8217;ilmoq va boshqalar. Orttirma nisbat shakli dir, ir, t affikslari erdamida yasaladi va ob&#8217;ektsiz Fe&#8217;lni ob&#8217;yektiv Fe&#8217;lga aylantiradi, ob&#8217;yektli Fe&#8217;ldan yasalganda esa unga yana ob&#8217;yekt qo&#8217;shilganini bildiradi: keltir, kuldir, ichir, o&#8217;qit va boshqalar. Majhul nisbat shakli (i)l, (i) n qo&#8217;shimchalari bilan yasaladi va asosiy e&#8217;tiborni harakatning bajaruvchisiga emas, balki ob&#8217;yekt bilan harakatning o&#8217;ziga qaratilishini bildiradi: keltirildi, tozalandi. Bu nisbat shakli ob&#8217;ektsiz (o&#8217;timsiz) Fe&#8217;llardan yasalganda, shaxssizlik ma&#8217;nosi ifodalanadi: (ko&#8217;prikdan) o&#8217;tildi, (mehmonga) borildi va boshqalar. Birgalik nisbati sh affiksi yordamida yasaladi va harakatning birdan ortiq shaxs tomonidan, birgalikda bajarilishini bildiradi: (yer) haydashdi, (meva) terishdi va boshqalar. Demak, nisbat shaklining o&#8217;zgarishi bilan harakatning sub&#8217;yekt yoki ob&#8217;ektga munosabatida o&#8217;zgarish bo&#8217;ladi. Bo&#8217;lishli bo&#8217;lishsizlik kategoriyasi \u2014 harakatning tasdiq yoki inkori ma&#8217;nosini ifodalovchi shakllar tizimi. Bu kategoriyaning o&#8217;zaro zidlik hosil qiluvchi 2 jihati bor: bo&#8217;lishlilik va bo&#8217;lishsizlik. Bo&#8217;lishli Fe&#8217;lning maxsus ko&#8217;rsatkichi yo&#8217;q (nol ko&#8217;rsatkichli). Bo&#8217;lishsiz Fe&#8217;l shakli esa ma affiksi erdamida yasaladi: keldi (bo&#8217;lishli shakl) \u2014 kelmadi (bo&#8217;lishsiz shakl). Bo&#8217;lishsizlik (inkor) ma&#8217;nosi &#8220;yo&#8217;q&#8221; so&#8217;zi va &#8220;emas&#8221; to&#8217;liqsiz Fe&#8217;li bilan ham ifodalanadi: borgani yo&#8217;q, borgan emas. Mayl kategoriyasi \u2014 harakatning voqelikka munosabatini so&#8217;zlovchi nuqtai nazaridan belgilovchi grammatik kategoriya. O&#8217;zbek tilida maylning quyidagi turlari bor: 1) buyruq-istak mayli: ayt, aytgin, ayting kabi; 2) shart mayli. Bu mayl shakli sa affiksi yordamida yasaladi: borsam, borsang, kursa kabi; 3) shartli mayl \u2014 bajarilishi shart ergash gapdan anglashilgan harakatning bajarilishiga bog&#8217;liq bo&#8217;lgan (shartlangan) harakatni bildiruvchi mayl. Bu mayl shakli (a) r edi, Masalan edi yordamida yasaladi va bu shakldagi Fe&#8217;l bosh gapning kesimi bo&#8217;lib keladi: vaqting bo&#8217;lsa, kinoga borar edik. Imkoning bo&#8217;lsa, bunday qiynalib yurmas eding; 4) maqsad mayli. Bu mayl shakli moqchi affiksi yordamida yasaladi va harakatni bajarish-bajarmaslik maqsadini bildiradi: so&#8217;ramoqchiman, o&#8217;qimoqchiman, aytmoqchi emasman; 5) ijro mayli \u2014 harakatholatni uning bajarilishi (ijrosi) bilan kar uch zamondan birida ifodalaydigan mayl. Bu mayl turi zamon va shaxs-son ko&#8217;rsatkichlari orqali shakllanadi: o&#8217;qidim, o&#8217;qiyapman, o&#8217;qiyman; ko&#8217;rganman, ko&#8217;rgansan, ko&#8217;rgan. Zamon kategoriyasi \u2014 harakatning nutq paytiga munosabatini bildiruvchi grammatik kategoriya. Harakatning nutq paytiga munosabatiga ko&#8217;ra Fe&#8217;lning 3 zamon turi farqlanadi: o&#8217;tgan zamon \u2014 keldi, oldim; hozirgi zamon \u2014 kelyapman, kelyapti; kelasi zamon \u2014 kelaman, olasan va boshqalar. Shaxsson kategoriyasi \u2014 harakatning 3 shaxs (so&#8217;zlovchi, tinglovchi, o&#8217;zga)dan biriga oidligi ma&#8217;nosini bildiruvchi grammatik kategoriya: keldi m (birinchi shaxs, birlik), keldik (birinchi shaxs, ko&#8217;plik), kelding (ikkinchi shaxs, birlik), keldingiz (ikkinchi shaxs ko&#8217;plik). O&#8217;zbek tilida Fe&#8217;lni ma&#8217;lum bir vazifaga xoslovchi shakllar ham mavjud. Bular: sifatdosh (q.), ravishdosh (q.), harakat nomi (q) shakllaridir. Bulardan tashqari Fe&#8217;lning turli modal ma&#8217;no, takror ma&#8217;nosi va boshqa ma&#8217;nolarni bildiruvchi shakllari ham bor. Ular maxsus qo&#8217;shimchalar, ko&#8217;makchi fe&#8217;llar yordamida hosil qilinadi: keta qol, ketib qoddi, keta ko&#8217;rmoq, turtkilamoq, qo&#8217;rqinqiramoq, kulimsiramoq va boshqalar. Fe&#8217;llar qanday grammatik shaklda qo&#8217;llanishiga qarab gapning turli bo&#8217;lagi vazifasida keladi. Masalan, mayl, zamon, shaxsson paradigmasiga mansub shakllardan birida qo&#8217;llanganda \u2014 kesim vazifasida; sifatdosh, ravishdosh shakllarida \u2014 aniqlovchi, hol vazifasida; harakat nomi shaklida esa ot turkumiga oid so&#8217;zlarga xos vazifalarda keladi. Azim Hojiyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>FE&#8217;L \u2014 harakat bildiruvchi so&#8217;zlar turkumi va shu turkumga oid har bir so&#8217;z. Grammatikada &#8220;harakat&#8221; so&#8217;zi keng tushunchali bo&#8217;lib, nafaqat harakatni, balki holat yoki hodisani ham bildiradi, masalan: yugurmoq, sakramoq, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/fel\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":38910,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[200],"tags":[],"class_list":["post-39580","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-f-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/39580","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=39580"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/39580\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":39581,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/39580\/revisions\/39581"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/38910"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=39580"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=39580"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=39580"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}