{"id":39677,"date":"2023-01-19T10:49:38","date_gmt":"2023-01-19T07:49:38","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=39677"},"modified":"2023-01-19T10:49:39","modified_gmt":"2023-01-19T07:49:39","slug":"figurali-uchish","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/figurali-uchish\/","title":{"rendered":"FIGURALI UCHISH"},"content":{"rendered":"\n<p>FIGURALI UCHISH &#8211; sport turi. Uning asosida konkida yuguruvchi sportchining muz ustida harakat yo&#8217;nalishini o&#8217;zgartirishi, aylanishlar va sakrashlar bilan bog&#8217;liq maxsus harakatlari yotadi. Ayollar va erkaklarning yakka holda, juft holda uchishi va sport raqslari bo&#8217;yicha musobaqalarni o&#8217;z ichiga oladi. Yakka holda uchish maktab deb nomlangan 3 ta majburiy rasmfigura, 7 majburiy elementdan iborat qisqa erkin dastur (bajarish vaqti 2 minutgacha) va shaxsiy erkin dasturini (ayollar uchun 4 minut, erkaklar uchun 5 minut) bajarishni tashkil etadi. Juft holda uchish kiska dastur (6 majburiy element \u2014 qadamlar kombinatsiyasi, ko&#8217;tarish; alohida va birgalikda aylanishlar, sakrashlar; 3 minutgacha davom etadi) va erkin dastur (5 min)dan iborat. Sport raqslari dasturida 3 majburiy, original va erkin raqslar bo&#8217;ladi. Figurachilarning mahorati 6 balli tizim bilan baholanadi. Figurali uchish sport turi sifatida 19-asrning 60-yillarida paydo bo&#8217;ldi. Yevropa chempionatlari \u2014 1891 yildan yakka holda uchishda (ayollar \u2014 1930 yildan), 1930 yildan juft holda uchishda; jahon chempionatlari \u2014 1896 yildan yakka holda uchishda (ayollar \u2014 1906 yildan), 1908 yildan juft holda uchishda o&#8217;tkaziladi. Sport raqslari bo&#8217;yicha jahon birinchiligi 1952 yildan o&#8217;tkaziladi. Figurali uchish 1924 yildan qishki Olimpiada o&#8217;yinlari dasturiga kiritildi (sport raqslari \u2014 1976 yildan; 1908 va 1920 yillarda musobaqalar Olimpiada o&#8217;yinlari dasturida o&#8217;tkazilgan). O&#8217;zbekistonda 1972 yil Figurali uchish maktabi (Toshkentda) tashkil qilindi. Unda 200 ga yaqin sportchi shug&#8217;ullandi. Figurali uchish bo&#8217;yicha Olimpiya o&#8217;rinbosarlarini tayyorlaydigan respublika maxsus bolalar-o&#8217;smirlar sport maktabining tarbiyalanuvchilari Marina Nikityuk va Rashid Kodirkaevlar juft bo&#8217;lib uchishda o&#8217;smirlar o&#8217;rtasida jahon chempionatining kumush medaliga sazovor bo&#8217;ldi (1980). Toshkentlik Alina Spirgiadu va Yuriy Razgulyaev sport raqslari bo&#8217;iicha o&#8217;smirlar o&#8217;rtasida jahon chempioni (1991), keyin kattalar o&#8217;rtasida bir necha bor Osiyo chempionati va yirik xalqaro turnirlarning g&#8217;olibi bo&#8217;ldilar. Shuningdek, yakka holda uchishda Osiyo o&#8217;yinlari, 4 qita (Osiyo, Afrika, Avstraliya va Amerika) chempioni, Gran pri musobaqalarining finalchisi Tatyana Malinina va Roman Skornyakov, juft holda uchishda Natalya Ponomareva bilan Yevgeniy Sviridov O&#8217;zbekistonning mashhur figurali uchuvchilari hisoblanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>FIGURALI UCHISH &#8211; sport turi. Uning asosida konkida yuguruvchi sportchining muz ustida harakat yo&#8217;nalishini o&#8217;zgartirishi, aylanishlar va sakrashlar bilan bog&#8217;liq maxsus harakatlari yotadi. Ayollar va erkaklarning yakka holda, juft holda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/figurali-uchish\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":38910,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[200],"tags":[],"class_list":["post-39677","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-f-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/39677","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=39677"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/39677\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":39678,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/39677\/revisions\/39678"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/38910"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=39677"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=39677"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=39677"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}