{"id":39803,"date":"2023-01-20T13:22:22","date_gmt":"2023-01-20T10:22:22","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=39803"},"modified":"2023-01-20T13:22:24","modified_gmt":"2023-01-20T10:22:24","slug":"forish-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/forish-tumani\/","title":{"rendered":"FORISH TUMANI"},"content":{"rendered":"\n<p>FORISH TUMANI \u2013 Jizzax viloyatidag\u0456 tuman. 1935 yil 9 Fevralda tashkil etilgan. 1962 yilda Nurota va Jizzax tumanlari tarkibiga qo&#8217;shib yuborilgan. 1964 yilda qayta tashkil etilgan. Forish tumani dastlab Samarqand, 1964 yil Sirdaryo, 1974 y. Jizzax viloyatlari tarkibiga kiritilgan. Shimol va shimoli sharqdan Qozog&#8217;iston, sharqdan Jizzax, Zafarobod, Arnasoy, Do&#8217;stlik, Mirzacho&#8217;l tumanlari, Jan.dan G&#8217;allaorol tumani, g&#8217;arbdan Samarqand, Navoiy viloyatlarining Qo&#8217;shrabot, Nurota tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 9,53 ming kilometr kvadrat. Aholisi 74,8 ming kishi (2004). Mahalliy ma&#8217;lumotlar bo&#8217;yicha tuman nomiga o&#8217;tgan Forish qishlog&#8217;ining nomi Amir Temur Samarqand atrofida qurdirmoqchi bo&#8217;lgan &#8220;Parij&#8221; sh.ahri nomidan olingan. Keyinroq mahalliy xalq shevasida bu atama Farij, Farish, Forish deb o&#8217;zgarib borgan degan, taxmin mavjud. Tumanda 2 shaharcha (Uchquloch, Yangiqishloq), 11 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (Arnasoy, Garasha, Gulzor, darvoza, Omongeldi, Osmonsoy, Uxum, Forish, Egizbuloq, Qizilqum, Qoraabdal) bor. Markazi \u2014 Yangiqishloq shaharchasi. Tabiati. Tuman hududi viloyatning shimoliy g&#8217;arbiy qismida joylashgan. Relefi pasttekislik, qir, adir va Nurota, Pistali tog&#8217;laridan iborat. Nurota tizmasi shimoli sharqdan (230-250 metr) Janubi g&#8217;arbga (1400-2000 metr) ko&#8217;tarila boradi. Eng baland joyi 2169 metr (zargar tog&#8217;idagi Hayotboshi cho&#8217;qqisi). Janubi g&#8217;arbda Nurota tog&#8217;lari va Qo&#8217;ytosh, Baliqlitov, Pistalitog&#8217;, Yetimtog&#8217;tizmalari joylashgan. Tumanda Arnasoy, Tuzkon, Baliqli, Pistali ko&#8217;llari va Aydar botig&#8217;i bor. Iqlimi keskin kontinental. Yozi issiq, quruq, qishi sovuq. Yillik o&#8217;rtacha temperatura 14,5\u00b0, yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi -1,5\u00b0, eng past temperatura -32\u00b0, iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi 29,5\u00b0, eng yuqori temperatura 46\u00b0. Yiliga o&#8217;rtacha 340\u2014 360 millimetr (shim.sharqida 240-260 millimetr, Janubi g&#8217;arbida 459-480 millimetr) yog&#8217;in yog&#8217;adi. Vegetatsiya davri 216-218 kun. Adirlar kumtosh, qum, mergel, lyosslardan tashkil topgan, ayrim joylar chag&#8217;ir toshlar bilan qoplangan. Soylik, jar, yozda qurib qoladigan soy ko&#8217;p. Bahorgi yog&#8217;ingarchilik paytida soylarda suv to&#8217;lib oqadi. Adirlarning tuprog&#8217;i gipsli bo&#8217;z, o&#8217;tloqi bo&#8217;z, qumoq, qumloqlar, sho&#8217;rxok va sho&#8217;rlangan tuproqlar tarqalgan. Nurota tog&#8217;laridan oqib keladigan Ustixonsoy, Osmonsoy, Bolamansoy, Uxumsoy, Hayotsoy, Oqtoshsoy, Kattasoy, Chorvoqsoy va boshqalarlardan tog&#8217; etaklaridagi lyossli qiya tekisliklarni sug&#8217;orishda foydalaniladi. Tumanda yer osti suvlari ancha yuza joylashgan (shimoli sharqida 1-2 metr, Janubi g&#8217;arbida 10-25 metr). Erta bahorda efemer va efemeroidlar o&#8217;sadi. Dag&#8217;al o&#8217;tlar hamda itqovun, yulg&#8217;un, yantoq, sho&#8217;ra, shuvoq kabi o&#8217;simliklar Qorako&#8217;l qo&#8217;ylar uchun muxim ozuqadir. Tog&#8217;li qismida yovvoyi jiyda, olma, archa, handonpista, yong&#8217;oq, bodom, na&#8217;matak, zira, zirk va boshqalar o\u2019sadi. Yovvoyi hayvonlardan bo&#8217;ri, tulki, qobon, chiyabo&#8217;ri, arxar, jayran, quyon; qushlardan burgut, tuvaloq, bedana, qirg&#8217;ovul, kaklik, o&#8217;rdak, kaptar; kemiruvchilardan kalamush, yumronqoziq, dala sichqoni; tipratikan, toshbaqa, zaharli ilonlar, kaltakesaklar, suv havzalarida turli xil baliq ko&#8217;p. Tuman hududida Nurota davlat qo&#8217;riqxonasi va biosfera rezervati qo&#8217;riqxonalari tashkil etilgan. Aholisi, asosan, o&#8217;zbeklar, shuningdek, qozoq, tojik, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1 kilometr kvadratga 7,9 kishi (2004). Shahar aholisi 12,8 ming kishidan ziyod, qishloq aholisi 62 ming kishi. Xo&#8217;jaligi. Tumanda, asosan, qishloq xo\u2019jaligining chorvachilik, dehqonchilik, bog&#8217;dorchilik, tokchilik tarmoqlari rivojlangan. Forish tumani hududidan qo&#8217;rg&#8217;oshin, rux, ohaktosh, bazalt, marmarlashgan qora ohaktosh ochiq usulda qazib olinadi. Tumandagi &#8220;karbonat&#8221;, Uchquloch koni, &#8220;Devon&#8221;, &#8220;Forteks&#8221; va boshqa korxonalar samarali faoliyat ko&#8217;rsatmokda. Tumanning umumiy yer fondi 474,3 ming gektar. Tumanda chorvachilikk aixtisoslashgan 4 ta, sabzavot va bog\u2019dorchilikka ixtisoslashgan bitta, g&#8217;allachilik-chorvachilikka ixtisoslashgan 7 ta shirkat xo&#8217;jaligi mavjud. 400 dan ziyod fermer xo&#8217;jaligi faoliyat ko&#8217;rsatmoqda. Ekin maydonining 12,5 ming gektariga g&#8217;alla (asosan, lalmikor), 90 gektariga sabzavot, 707 gektariga poliz ekinlari ekiladi. 609 gektar bog\u2019lar, 1058 gektar tokzorlar bilan band. Forish tumani shaxsiy va jamoa xo&#8217;jaliklarida 22,2 mingdan ziyod qoramol, 31 ming qo\u2019y va echki, 34,5 ming parranda, 3,6 ming yilqi boqiladi. Tuman o&#8217;rmon xo&#8217;jaligi hisobida 80 ming gektar yer mavjud. Shundan 2000 gektarda saksovulzor, 130 gektarda yong\u2019oqzor barpo etilgan. O&#8217;rmon xo&#8217;jaligida sariqchoy, kiyiko&#8217;t, tog&#8217;rayhon, na&#8217;matak, ravoch kabi dorivor o&#8217;simliklarni yig&#8217;ib dorixonalarga topshiriladi. Xo&#8217;jalik yiliga 10 ming tup yong&#8217;oq, tok ko&#8217;chatlarini tayyorlab aholiga yetkazib beradi. Forish tumanida avtomobil yo&#8217;llari uzunligi 343 kilometr, shundan 288 kilometr respublika ahamiyatiga ega. Temir yo\u2019l uzunligi 71 kilometr. 2003\/2004 o&#8217;quv yilida tumanda 70 umumiy ta&#8217;lim maktabi (18,3 ming o&#8217;quvchi), 7 maktabgacha, 3 maktabdan tashqari muassasalar ishladi. 2 qishloq xo\u2019jalik va maishiy xizmat kasbhunar kolleji (892 talaba) bor (2004). Madaniyat saroyi, 5 madaniyat uyi, 5 klub, &#8220;chorvador&#8221; xalq dastasi (1972 yilda tashkil etilgan) faoliyat ko&#8217;rsatmoqda. Markaziy kutubxona va bolalar Markaziy kutubxonasi, 28 qishloq kutubxonasi (kitob fondi 281,4 ming asar) aholiga xizmat ko&#8217;rsatadi. Stadion, sport zallari, maydonchalari va boshqa sport inshootlari mavjud. 10 kasalxona (qariyb 600 o&#8217;rin), 30 feldsherakusherlik punkti, 19 qishloq vrachlik punkti, 7 qishloq vrachlik ambulatoriyasida 110 vrach va 426 o&#8217;rta tibbiy xodim ishlaydi. Har 10 ming aholiga 15 vrach to&#8217;g&#8217;ri keladi. Baliqchi ko&#8217;lidan olinadigan shifobaxsh balchiq bilan davolaydigan sanatoriy bor. Shifobaxsh balchiq bilan respublikadagi boshqa stasionar va sanatoriylar ham ta&#8217;minlanadi. Xonbandi to&#8217;g&#8217;oni yodgorligi (10-asr, 1582), Qoratosh (1-2-asrlar), Abdullaxon chorbog&#8217;i (16-asr) arxeologiya yodgorliklari mavjud. Yangiqishloq\u2014 Jizzax, Yangiqishloq\u2014Forish, Yangiqishloq\u2014 Chimqo&#8217;rg&#8217;on va boshqa yo&#8217;nalishlarda avtobuslar qatnaydi. 1936 yildan &#8220;Forish tongi&#8221; gazetasi nashr qilinadi (adadi 2000).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>FORISH TUMANI \u2013 Jizzax viloyatidag\u0456 tuman. 1935 yil 9 Fevralda tashkil etilgan. 1962 yilda Nurota va Jizzax tumanlari tarkibiga qo&#8217;shib yuborilgan. 1964 yilda qayta tashkil etilgan. Forish tumani dastlab Samarqand, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/forish-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":38910,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[200],"tags":[],"class_list":["post-39803","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-f-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/39803","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=39803"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/39803\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":39804,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/39803\/revisions\/39804"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/38910"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=39803"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=39803"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=39803"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}