{"id":3997,"date":"2021-10-14T10:54:41","date_gmt":"2021-10-14T07:54:41","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=3997"},"modified":"2021-10-14T10:54:43","modified_gmt":"2021-10-14T07:54:43","slug":"hozirgi-olimpiadalar-qadimdagi-olimpiya-oyinlariga-oxshashmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/hozirgi-olimpiadalar-qadimdagi-olimpiya-oyinlariga-oxshashmi\/","title":{"rendered":"Hozirgi olimpiadalar qadimdagi olimpiya o&#8217;yinlariga o&#8217;xshashmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Garchi zamonaviy Olimpiya o&#8217;yinlari qadimgi Yunonistonda o&#8217;tkazilgan o&#8217;yinlar namunasi bo&#8217;yicha o&#8217;tkazilsa-da, bir talay jiddiy farqlanishlar ham mavjuddir. Xuddi antik zamonlardagi singari o&#8217;yinlar har to&#8217;rt yilda o&#8217;tkaziladi. O&#8217;yinlar bo&#8217;lib o&#8217;tishi uchun o&#8217;sha bizdan olis-olis kunlarda urushlarga barham berilardi, ammo birinchi va ikkinchi jahon urushlari sababli 1916, 1940 va 1944 yillarda olimpiadalar o&#8217;tkazilmadi. Qadimgi Olimpiya o&#8217;yinlari faqatgina Yunonistonda, Olimpiya tog&#8217;larida o&#8217;tkazilardi. Har bir zamonaviy Olimpiada dunyoning turli yirik shaharlarida bo&#8217;lib o&#8217;tadi. Ilgari o&#8217;yinlar faqat Yunoniston fuqarolari va O&#8217;rtayer dengizi havzasi mamlakatlaridan kelgan atletlar uchun ochiq bo&#8217;lgan. Zamonaviy o&#8217;yinlarga barcha millatlarning sportchilari taklif etiladi. Tag&#8217;in bir jiddiy farq shundaki, xotin-qizlar bellashuvlari ham zamonaviy o&#8217;yinlarning muhim qismiga aylandi. G&#8217;olibalar ham xuddi g&#8217;oliblar kabi hurmat-e&#8217;tiborga sazovar bo&#8217;lishadi. Qadimgi o&#8217;yinlarda madaniy yutuqlar uchun mukofot mavjud bo&#8217;lgan, zamonaviy musobaqalar esa \u2014 tamomila atletikaviydir. Zamonaviy olimpiadalarda o&#8217;tkaziladigan ko&#8217;pgina musobaqalar ilgari noma&#8217;lum edi. Quyidagilar ana shu siraga kiradi: velosiped sporti, yaxta va kanoyeda poyga, futbol, basketbol, dzyudo, miltiqdan o&#8217;q otish va vaterbol. Zamonaviy olimpiadalarning eng mashhur voqealaridan biri marafon sanaladi. Ushbu mashaqqatli qirq ikki kilometrdan ko&#8217;proqqa yugurish \u2014 yuguruvchilar chiniqqanligining oliymaqom sinovi. Marafon, u Yunonistonda kurtak yozganligiga qaramay, qadimgi olimpiadalar dasturiga kiritilmagan edi. Va nihoyat, Olimpiada tarixidagi nisbatan bizga yaqin yangilik \u2014 bu, birinchi marta 1924 yilda o&#8217;tkazilgan qishki Olimpiada o&#8217;yinlari. Ular yozgilaridan alohida, lekin aynan o&#8217;sha sanada o&#8217;tkaziladi. Qishki olimpiadalar chang&#8217;i sporti, chang&#8217;ida yugurish, figurali uchish, muz ustida xokkey, biatlon bo&#8217;yicha musobaqalarni nazarda tutadi. Sovuq havo zarur bo&#8217;lgan bunday sport turlari Yunonistonning tafti baland ihlimida hech qachon vujudga kela olmasdi. Olimpiya bayrog&#8217;ini bezagan besh halqa yer kurrasining odamlar yashaydigan qit&#8217;alarini bildiradi. Bu degani, o&#8217;yinlarda barcha mamlakatlarning sportchilari ishtirok eta oladilar, demak. 1913 yilda xalqaro qo&#8217;mita Olimpiya o&#8217;yinlari emblemasini beshta har xil rangdagi halqalar ko&#8217;rinishida tasdiqlagandi. Ancha oldinroq, 1894 yilda, Olimpiya Xartiyasi \u2014 O&#8217;yinlar nizomi tasdiqlangan bo&#8217;lib, unga ko&#8217;ra terisining rangidan, tabaqa va ijtimoiy ahvolidan qat&#8217;i nazar butun dunyo sportchilari o&#8217;yinlarda ishtirok eta oladilar. Emblemaning zangori halqasi Yevropaning, qorasi \u2014 Afrikaning, sarig&#8217;i \u2014 Osiyoning, qizili \u2014 Amerikaning va yashili \u2014 Avstraliya bilan Okeaniyaning ramzidir. Beshta qit&#8217;a ustida bitta Quyosh \u2014 do&#8217;stlik va tinchlik oftobi balqib turadi. Tag&#8217;in, xuddi qadimgi Yunonistondagi singari, Quyosh nurlari butun Olimpiya o&#8217;yinlari davomida yonib turadigan mash&#8217;alani yoqadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Garchi zamonaviy Olimpiya o&#8217;yinlari qadimgi Yunonistonda o&#8217;tkazilgan o&#8217;yinlar namunasi bo&#8217;yicha o&#8217;tkazilsa-da, bir talay jiddiy farqlanishlar ham mavjuddir. Xuddi antik zamonlardagi singari o&#8217;yinlar har to&#8217;rt yilda o&#8217;tkaziladi. O&#8217;yinlar bo&#8217;lib o&#8217;tishi uchun &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/hozirgi-olimpiadalar-qadimdagi-olimpiya-oyinlariga-oxshashmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":657,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[21],"tags":[],"class_list":["post-3997","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bilasizmi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3997","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3997"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3997\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3998,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3997\/revisions\/3998"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/657"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3997"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3997"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3997"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}