{"id":4077,"date":"2021-10-14T14:25:17","date_gmt":"2021-10-14T11:25:17","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=4077"},"modified":"2021-10-14T14:29:12","modified_gmt":"2021-10-14T11:29:12","slug":"abdulla-qahhor-1907-1968-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/abdulla-qahhor-1907-1968-2\/","title":{"rendered":"Abdulla Qahhor (1907\u2014 1968)"},"content":{"rendered":"\n<p>Abdulla Qahhor Qo&#8217;qon shahrida kosib oilasida tug&#8217;ildi. Otasi oq-qorani tanigan savodli odam, temirchi usta edi. Uningo\u2018sha paytlarda bir joyda ish topib muqim ishlashi qiyin kechar, shu uchun qishloqma-qishloq ko&#8217;chib yurardi. Bunday ko&#8217;ch-ko&#8217;chlar tufayli oilasi ham turli joylarda yashashga majbur bo&#8217;lardi. Bu haqda yozuvchi \u00ab O\u2018tmishdan ertaklar\u00bb asarida hikoya qilgandi. Bu holat, tabiiyki, bo\u2018lg\u2018usi adibga ko\u2018p odamlarni ko&#8217;rish, g&#8217;aroyib voqealarning shohidi bo&#8217;lish, xalq hayotini chuqur bilish imkonini bergan. Yosh Abdulla 1919\u2014 1924-yillarda boshlang&#8217;ich maktab, maktab-internatda o\u2019qidi. Keyin Qo&#8217;qondagi pedagogika texnikumida ta\u2019limoldi. So\u2018ng O\u2018rta Osiyo Davlat universitetining ishchilar fakultetini, pedagogika fakultetini tugatdi. Uning ijodi 20-yillarning o&#8217;rtalarida boshlandi. Dastlab maqolalar, lavhalar, felyetonlar yozib, ularda eski turmushni, ilmsiz, fikran qoloq, yangilikka qarshi turadigan odamlarni fosh qilishga intildi, hayotdagi yangiliklarni ulug&#8217;ladi. Abdulla Qahhor iste\u2019dodli bo&#8217;lish bilan birga, havas qilarli darajada tirishqoq, mehnatsevar, ko&#8217;p kitob mutolaa qiladigan inson bo&#8217;lgan. Undan ikkita roman meros qolgan. Bu romanlarning biri \u00abSarob\u00bb, ikkinchisi \u00abQo&#8217;shchinor chiroqlari\u00bbdir. \u00abSarob\u00bbromanini yozib tugallaganida 27 yoshda bo&#8217;lgan. 20-asrning 20-yillaridagi voqealar ,yangilikka moslasha olmagan, xalqning mustamlakachilik zulmi ostida yashashini istamagan, millat taqdiri uchun kurashganlar fojiasi aks ettirilgan bu roman yozuvchini xalqqa tanitdi. 1951- yilda tugallangan \u00abQo&#8217;shchinor chiroqlari\u00bb romanida 30-yillarda O&#8217;zbekiston qishloqlarida bo&#8217;lgan o&#8217;zgarishlar qalamga olingan. \u00abO\u2018tmishda nertaklar\u00bb asariga yozgan so\u2018z boshisida Abdulla Qahhor rus yozuvchisi A.P.Chexovni ustozim deydi. Darhaqiqat, 30-yillarda Abdulla Qahhor bu adib asarlarini sinchiklab o&#8217;qib-o&#8217;rgandi va undan ta\u2019sirlanib \u00abAnor\u00bb, \u00abBemor\u00bb, \u00abO\u2018g\u2018ri\u00bb, \u00abBoshsiz odam\u00bb, \u00abJonfig\u2018on\u00bb, \u00abDahshat\u00bbsingari hikoyalarini yaratib, mohir hikoyanavis sifatida tanildi. G\u2018am-g\u2018ussaga to\u2018la bu hikoyalarida, shuningdek \u00abO\u2019tmishdan ertaklar\u00bb qissasida yozuvchi mustamlaka zulmi ostida ezilgan xalqimizning 20-asr boshidagi og\u2018ir hayoti, qismatini tasvirlagan.\u00abSinchalak\u00bb (1958) qissasi ham yozuvchi ijodida muhim o\u2019rin tutadi. O\u2019nlab xorijiy tillarga tarjima qilingan bu asar 20-asrning 50-yillaridagi ayollar ongidagi o&#8217;zgarishlar, ularning jamoat ishlaridagi faolligi, hayotda o\u2018z o\u2019rnini topish uchun intilishlari to&#8217;g&#8217;risidadir. Adib nasriy asarlardan tashqari dramatik asarlar ham yaratgan. Uning Mirzacho&#8217;lni o\u2019zlashtirishga intilgan insonlar hayoti, orzu \u2013o\u2019ylari (\u00abYangi yer\u00bb \u2014\u00abShohi so\u2019zana\u00bb, 1949-53), poraxo\u2019rlik illatlarini (\u00abSo\u2019nggi nusxalar\u00bb \u2014 \u00abTobutdan tovush\u00bb, 1962) va keksa avlod bilan yangi avlod o&#8217;rtasidagi munosabatlarni namoyon etuvchi (\u00abAyajonlarim\u00bb, 1967) pyesalari respublikamizdagi va chet ellardagi ko&#8217;plab teatrlarda sahnalashtirilgan. Yozuvchi badiiy tarjima bilan ham shug&#8217;ullangan. Abdulla Qahhor 1954 \u2014 56-yillarda O&#8217;zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga raislik qilgan. 1952-yilda \u00abShohi so\u2019zana\u00bbasari uchun Davlat mukofotiga (1952),\u00abO\u2018tmishdan ertaklar\u00bb qissasi uchun Hamza nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo&#8217;lgan (1966). O&#8217;zbekiston Respublikasining Prezidenti 2007 -yil 8-yanvarda \u00abO&#8217;zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor tavalludining 100 yilligini nishonlash to&#8217;g&#8217;risida\u00bb qaror qabul qildi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Abdulla Qahhor Qo&#8217;qon shahrida kosib oilasida tug&#8217;ildi. Otasi oq-qorani tanigan savodli odam, temirchi usta edi. Uningo\u2018sha paytlarda bir joyda ish topib muqim ishlashi qiyin kechar, shu uchun qishloqma-qishloq ko&#8217;chib yurardi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/abdulla-qahhor-1907-1968-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":4078,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[104],"tags":[],"class_list":["post-4077","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bolalar-uchun","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4077","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4077"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4077\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4082,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4077\/revisions\/4082"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/4078"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4077"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4077"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4077"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}