{"id":4087,"date":"2021-10-14T19:06:00","date_gmt":"2021-10-14T16:06:00","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=4087"},"modified":"2021-10-14T19:06:02","modified_gmt":"2021-10-14T16:06:02","slug":"abdullayev-habib-muhamedovich-1912-1962","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/abdullayev-habib-muhamedovich-1912-1962\/","title":{"rendered":"ABDULLAYEV HABIB MUHAMEDOVICH (1912 \u2014 1962)"},"content":{"rendered":"\n<p>Abdullayev Habib Muhamedovich tabiat va yer farzandi edi. U yerni ham dehqoncha mehr, ham olimona tuyg&#8217;u bilan sevardi. Shu sababli ulug\u2019 olimimiz butun umrini yer ilmiga baxshida etdi. Bu yo&#8217;ldagi barcha mashaqqatlarni sabot bilan yengdi. Akademik Habib Abdullayev Oloy tog&#8217;lari etagida joylashgan xushmanzara qadimiy Aravon qishlog&#8217;ida (hozir shaharcha) o&#8217;zbek dehqoni \u2014 bog&#8217;boni oilasida dunyoga keldi. Ehtimol, qishloq atrofining ajoyib tabiati, uning uyi yaqinida katta konlardan birining topilganligi Habibning qalbida geologiya faniga qiziqish uyg&#8217;otgandir. Ana shu qiziqish uni O&#8217;rta Osiyo Industriya instituti (hozirgi Toshkent Davlat texnika universiteti) ning geologiya fakulteti sari yetakladi. O&#8217;rta Osiyoning tog&#8217; toshlari, cho&#8217;l dashtlariga da\u2019vat etdi, yer qa\u2019rida necha million yillardan buyon yashirinib yotgan noyob qazilma boyliklami ilm kaliti bilan ochishga undadi. U o&#8217;zi yirik tadqiqotlar olib borishi bilan birga yosh avlodda, maktab o&#8217;quvchilarida ham geologiyaga qiziqish uyg&#8217;otishga intilardi. Bolalar gazetalarida yoshlarga murojaat etib, oldindan belgilangan va alpinistik safarlarda, sayohatlarda qazilma boylik konlarini qanday izlash kerakligi haqida soddagina tavsiyalar berardi. Faqat O&#8217;zbekistonda emas, balki umuman O&#8217;rta Osiyoda geologiya fani va amaliyotida erishilgan katta muvaffaqiyatlar Habib Muhamedovichning ilmiy faoliyati bilan uzviy bog&#8217;liqdir. Uning tashabbusi bilan O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasining hozir uning nomi bilan ataladigan Geologiya instituti asosida 8 geologiyaning turli sohalari bo&#8217;yicha to&#8217;rtta ilmiy tadqiqot instituti tashkil etildi. Respublikamizning faxri hisoblangan Yadro fizikasi institutining tashkil etilishida ham Habib Muhamedovich fidokorlik ko&#8217;rsatdi. Urush yillarida bevosita Habib Muhamedovich ishtirokida O&#8217;zbekiston qora metallurgiyasining to&#8217;ng&#8217;ichi \u2014 Bekobod metallurgiya zavodi barpo etildi. Mamlakatimizning mineral xom ashyo bazasini tez sur\u2019atlar bilan rivojlantirish, qazilma boylik konlarini izlash va ularni zudlik bilan ishga solishda Abdullayev o&#8217;zining salmoqli hissasini qo\u2019shdi. U yerosti boyliklarining tarixan tashkil topishi va qaysi qatlamlarda qanday qazilma boyliklar yotishi mumkinligi haqidagi o&#8217;z nazariyasini yaratdi. Bu nazariyaga suyanib o&#8217;zbekistonlik va chet el geologlari ko&#8217;p yangi konlar ochdilar. Geologiya fani sohasida daho darajasiga ko&#8217;tarilgan olim Habib Muhamedovich fan yo&#8217;lida har qanday qiyinchiliklardan qo&#8217;rqmaydigan fidoyi edi. Ana shu fidoyilik tufayli u jahonga tanildi. Uning Fransiya geologlari jamiyati va Buyuk Britaniya qirollik mineralogiya jamiyatining a\u2019zosi etib saylanganligi ham bejiz emas. Habib Abdullayev geologlaming chet ellarda o&#8217;tkazilgan bir qancha xalqaro kongresslarida faol qatnashgan. Asarlari xorijiy tillarga, jumladan, nemis, xitoy va boshqa tillarga tarjima qilingan. Habib Muhamedovich jamoat va davlat ishlarida ishlagan chog&#8217;larida ham, O&#8217;zbekiston Fanlar akademiyasiga rahbarlik qilganida ham geologiya sohasidagi tadqiqotlarini davom ettirdi. U geologiya sohasidagi ilmiy ishlari uchun respublikada birinchi bo&#8217;lib o&#8217;sha davrning eng nufuzli davlat mukofotiga sazovor bo&#8217;ldi. Olimning geologiya faniga qo&#8217;shgan hissasi 1970-yilda Beruniy nomidagi O&#8217;zbekiston davlat mukofotiga loyiq deb topildi. Habib Abdullayev davlat va jamoat ishlari bilan band bo&#8217;lishiga qaramasdan, huzuriga kelgan shogirdlari bilan suhbatlashishni kanda qilmas, maslahatlar berar, ilmiy tadqiqotlarni davom ettirish uchun vaqt topar edi. Abdullayev 130 dan ortiq ilmiy asar, shu jumladan 7ta monografiya yozdi. U o&#8217;zining o&#8217;lmas asarlari, g&#8217;oyalari bilan geologiya faniga ulkan hissa qo&#8217;shdi, ayni vaqtda O&#8217;zbekiston sha\u2019nini baland ko&#8217;tardi. Habib Abdullayevning o&#8217;z farzandlariga murojaat etib aytgan gaplari ayni vaqtda respublikamizning barcha bolalariga aytilgandek tuyuladi: \u00abBolalarim, hamisha inoq bo&#8217;lib yashang, bir-biringizdan hech qachon hech nimani ayamang. Har qanday sharoitda ham bir-biringizni suyang, qo&#8217;llab-quvvatlang&#8230;. Men o&#8217;n ikki yasharligim dan mehnat qila boshlaganman. Mehnatsevar bo&#8217;ling, aziz bolajonlarim. Men o&#8217;zimning butun umrimni xalqimizga va fanimizga baxsh etdim. Sizlar ham, qayerda va qaysi lavozimda ishlashingizdan qat\u2019i nazar, o&#8217;z hayotingizni, mehnatingizni xalqqa bag&#8217;ishlang. Halol xizmat qilib, jonajon yurtimizning munosib farzandlari bo&#8217;lib yetishing\u00bb. Olimning hayoti va ilmiy hamda jamotchilik faoliyati haqida bir qancha olimlar muallifligida \u00abEsdaliklar\u00bb chiqarilgan. O&#8217;zbek xalqi ulug&#8217; olimning fanga qo&#8217;shgan hissasini munosib baholadi. Uning nomiga O&#8217;zbekiston FA Geologiya va geofizika instituti hamda Toshkent shahridagi katta ko&#8217;cha, Toshkent metrosi stansiyalaridan biri, maktab va boshqa ob\u2019yektlar qo&#8217;yilgan, yodgorlik taxtasi o&#8217;rnatilgan, Toshkentning \u00abChig&#8217;atoy\u00bb qabristonidagi qabri ustiga marmar byusti o&#8217;rnatilgan. 1992-yil Habib Abdullayev nomida medal ta\u2019sis etilgan. U tug&#8217;ilib o&#8217;sgan Aravon shaharchasida ham uy-muzeyi, uning nomida ko&#8217;cha va maktab bor.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Abdullayev Habib Muhamedovich tabiat va yer farzandi edi. U yerni ham dehqoncha mehr, ham olimona tuyg&#8217;u bilan sevardi. Shu sababli ulug\u2019 olimimiz butun umrini yer ilmiga baxshida etdi. Bu yo&#8217;ldagi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/abdullayev-habib-muhamedovich-1912-1962\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":4074,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[104],"tags":[],"class_list":["post-4087","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bolalar-uchun","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4087","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4087"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4087\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4088,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4087\/revisions\/4088"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/4074"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4087"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4087"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4087"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}