{"id":4118,"date":"2021-10-14T20:25:14","date_gmt":"2021-10-14T17:25:14","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=4118"},"modified":"2021-10-14T20:25:16","modified_gmt":"2021-10-14T17:25:16","slug":"aleksandr-miloddan-avvalgi-356-323-yillar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/aleksandr-miloddan-avvalgi-356-323-yillar\/","title":{"rendered":"ALEKSANDR (miloddan avvalgi 356\u2014 323-yillar)"},"content":{"rendered":"\n<p>Bu shaxs buyuk sarkarda va Qadimgi Sharqning ko&#8217;pgina davlatlarini o&#8217;ziga bo&#8217;ysundirgan istilochidir. Aleksandr (Iskandar Maqduniy) Sharq mamlakatlarida Iskandar Zulqarnayn nomi bilan mashhur. Bolaligidayoq u otasi \u2014 Makedoniya podshosi Filipp va saroy ahli ko&#8217;z oldida asov otni jilovlagan. Hamma Aleksandrning chaqqonligi va dovyurakligiga qoyil qolgan. Shunda podsho Filipp uni bag&#8217;riga bosib: \u201cO&#8217;g&#8217;lim, Makedoniya senga torlik qiladi, o&#8217;zingga monand saltanat izla\u201d, \u2014 deydi. Tabiat Aleksandrga ko&#8217;p narsani \u2014 aql-idrok va jasoratni in\u2019om etgan edi. Leonid ismli o&#8217;z amakisi shahzodani jasur jangchi qilib tarbiyalaydi. Aleksandr chidamli, kuchli, ovqatlanishda sabr-qanoatli bo&#8217;lib o&#8217;sadi. Qadimgi mashhur olim Aristotel Aleksandrning ustozi bo&#8217;lgan. U shahzoda bilan olam va tabiat, inson va davlat to&#8217;g&#8217;risida suhbat qurardi. Jangovar yurishlarda Aleksandrga olimlar hamroh bo&#8217;lishardi. Biroq boshqa har qanday istilochi kabi, Aleksandr ham o&#8217;zining qadami yetgan joylarga avvalo vayronalik va qirg&#8217;in olib kelardi. Aleksandr ko&#8217;plab xalqlar va podsholiklarni o&#8217;ziga qaram qilgan qudratli forslar davlatini bo&#8217;ysundirdi. Unga Misr, Bobil kabi yunonlarga ma\u2019lum va mashhur bo&#8217;lgan ko&#8217;p mamlakatlar tobe bo&#8217;lib qoldi. Aleksandr 329-yilda Turonga yurish qilib, uning katta hududini istilo qildi. Lekin bu yerda uning qo&#8217;shini boshqa bosib olingan mamlakatlarga qaraganda mahalliy aholining eng kuchli qarshiligiga uchradi. Unga qarshi bir qancha m illiy ozodlik xalq qo&#8217;zg&#8217;olonlari ko&#8217;tarildi. Tarixda Spitamen boshchiligidagi qo&#8217;zg&#8217;olon ayniqsa mashhur. Aleksandr bu qo&#8217;zg&#8217;olonlarni juda katta qiyinchiliklar bilan bostirgan, bu orada u bir necha marta yarador ham bo&#8217;lgan. Istilochi butun alamini tinch aholidan olib, Zarafshon vohasida 120 ming kishini qatliom etgan. O&#8217;rta Osiyoda Aleksandr yurishi bilan bog&#8217;liq bir qancha joy nomlari bor. Turonlik go&#8217;zal Ravshanak Aleksandrning suyukli xotini bo&#8217;lgan. Aleksandr Turon yurishidan so&#8217;ng nihoyatda boy va sirli o&#8217;lka bo&#8217;lgan Hindistonni ham tobe etishni istardi. Hind vodiysiga yurish qilib, bir qancha g&#8217;alabaga erishadi. Biroq o&#8217;n yillardan beri davom etayotgan yurishlardan charchagan uning qo&#8217;shini Gang sohillariga borishdan bosh tortdi va Aleksandr ularga quloq solishga majbur bo&#8217;ldi. Safardan qaytib kelgach, ko&#8217;p vaqt o&#8217;tmay Aleksandr vafot etdi. Uning ulkan davlati tezda parchalanib ketdi, chunki bu davlat qo&#8217;shinlar kuchi bilangina ushlab turilardi. Biroq Aleksandr zabt etgan yo&#8217;llar izsiz yo&#8217;qolmadi. Ulardan savdo karvonlari o&#8217;ta boshladi. Yunonlar va Qadimgi Sharq xalqlarining boy madaniyati bir-biri bilan qo&#8217;shilib, ilgarigidan farq qiladigan ellinizm madaniyati yuzaga keldi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bu shaxs buyuk sarkarda va Qadimgi Sharqning ko&#8217;pgina davlatlarini o&#8217;ziga bo&#8217;ysundirgan istilochidir. Aleksandr (Iskandar Maqduniy) Sharq mamlakatlarida Iskandar Zulqarnayn nomi bilan mashhur. Bolaligidayoq u otasi \u2014 Makedoniya podshosi Filipp va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/aleksandr-miloddan-avvalgi-356-323-yillar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":4074,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[104],"tags":[],"class_list":["post-4118","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bolalar-uchun","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4118","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4118"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4118\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4119,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4118\/revisions\/4119"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/4074"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4118"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4118"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4118"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}