{"id":4150,"date":"2021-10-15T16:28:16","date_gmt":"2021-10-15T13:28:16","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=4150"},"modified":"2021-10-15T16:28:17","modified_gmt":"2021-10-15T13:28:17","slug":"alisher-navoiy-1441-1501","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/alisher-navoiy-1441-1501\/","title":{"rendered":"ALISHER NAVOIY (1441-1501)"},"content":{"rendered":"\n<p>9-fevral. Xurosonning markazi bo&#8217;lgan Hirotda Alisher Navoiy olamga keldi. Navoiyning zamondoshi, tarixchi Mirxondning guvohlik berishicha: \u201cAmir Alisherning bobosi Amir Temurning o&#8217;g&#8217;li Umarshayx bilan ko&#8217;kaltosh (emikdosh, bironani emgan bolalar) edi. Darvoqe, Navoiy o&#8217;zining ilk she\u2019rlar to&#8217;plami \u201cBadoyeul-bidoya (\u201cBadiylik ibtidosi\u201d)ga yozgan bosh so&#8217;zida o&#8217;z oilasining temuriylar xonadoniga yaqinligini gapiradi, o&#8217;zining ota-onadan yetti pushtigacha, \u201coliy darajali xonadonning samimiy xizmatchisi\u201d ekanini alohida ta\u2019kidlaydi. Boshqa bir joyda Navoiy, garchi ota bobolarining temuriylar saroyida qanday mansabda bo&#8217;lganini aniq aytmasa ham, har holda katta mansablarda bo&#8217;lganiga ishora qiladi. Alisher Navoiyning favqulodda iste\u2019dodi uch-to&#8217;rt yoshlarida namoyon bo&#8217;lgan. O&#8217;shanda u birinchi marta she\u2019r yod olgan, \u201cazizlar\u201d (hurmatli kishilar) orasida shu she\u2019rni o&#8217;qib, ularning hayratiga sazovor bo&#8217;lgan. Bu Alisherning bolalik chog&#8217;ida Hirotda eng mashhur shoir Amir Qosim Anvorning bir g&#8217;azali edi. Uch-to&#8217;rt yashar Alisherning bitta g&#8217;azalni yod olishi, adabiyotshunos olim Izzat Sultonning ta\u2019kidlashicha, bu yerda, bolaning qobiliyatidan tashqari yana bir odatning ta\u2019siri bor: o&#8217;rta asrlarda Osiyoda, Sharqda kichiklikdan butun-butun she\u2019rlarnigina emas, hatto katta kitoblarni ham bolaga yod oldirishga to&#8217;g&#8217;ri kelar, bolaning yod olish qobiliyatini tarbiyalash pedagogikaning eng muhim vazifalaridan edi. Alisher Navoiyni 1445-yilda maktabga berishadi. U Xurosonning bo&#8217;lg&#8217;usi podshohi Husayn Boyqaro bilan birga o&#8217;qiydi. Alisher maktabda yaxshi o&#8217;qishdan tashqari, she\u2019riyatga qiziqib ketadi. Badiiy asarlarni o&#8217;qish va o&#8217;rganish bilan kifoyalanib qolmay, 10\u2014 12 yoshlaridayoq ilk she\u2019rlari bilan ko&#8217;pchilikning diqqatini o&#8217;ziga jalb etadi. Alisher g&#8217;oyat qobiliyatli, tirishqoq, harakatchan, zehnli bo&#8217;lib, uning iste\u2019dodi o&#8217;sha davrning ulug&#8217; kishilari tomonidan juda erta tan olingan. Alisher bir kun ustozi Mavlono Lutfiyga:<\/p>\n\n\n\n<p><em>Orazin yopqoch ko&#8217;zumdin sochilur har lahza yosh,<\/em><br><em>O&#8217;ylakim, paydo bo&#8217;lur yulduz, nihon bo&#8217;lg&#8217;och quyosh,<\/em><\/p>\n\n\n\n<p>deb boshlangan g&#8217;azalini o&#8217;qib beradi. Lutfiy, agar iloji bo&#8217;lganida barcha she\u2019rlarimni shu ikki misraga almashgan bo&#8217;lardim, deydi. Bu maqtov yosh Alisher uchun katta mukofot edi. Alisher Navoiy ikki tilda &#8211; turkiy (qadimgi o&#8217;zbek) va fors tillarida g&#8217;azallar yozadigan shoir edi. Lekin turkiy tilda buyuk adabiyot yaratish hayotidagi asosiy maqsadi bo&#8217;lgan. Shoirning hisobicha, uning faqat she\u2019riy asarlarining o\u2018zi 120 ming baytdan ortadi. Ijodining chuqur mazmuni va badiiy qudrati bilan esa uni jahondagi buyuk shoirlar qatoriga qo&#8217;yish mumkin. 51230 misradan tashkil topgan \u201cXamsa\u201d Alisher Navoiyning shoh asaridir. U \u201cHayrat ul-abror\u201d (\u2018Yaxshi kishilarning hayratlanishi\u201d), \u201cFarhod va Shirin\u201d, \u201cLayli va Majnun\u201d, \u201cSab\u2019ai sayyor\u201d (Yetti sayyora\u201d), \u201cSaddi Iskandariy\u201d (\u201cIskandar devori\u201d) dostonlaridan iborat. \u201cXamsa\u201dga kiruvchi har bir dostonda Navoiy jamiyat hayoti, inson tarbiyasi bilan bog&#8217;liq g&#8217;oyat muhim masalalarga davrning eng ilg&#8217;or mutafakkiri sifatida o\u2018z munosabatini bildirdi. Masalan, \u201cFarhod va Shirin\u201d dostonida haqiqiy inson qanday bo&#8217;lishi kerak, degan savolga asaming bosh qahramonlari Farhod va Shirin obrazlari orqali javob berdi. Navoiyning fikricha, haqiqiy inson yoshligidanoq imon-e\u2019tiqodli bo\u2018lishi, ilm-ma\u2019rifatga qiziqishi, hunar o&#8217;rganishi, bilmagan narsasini bilishga intilishi, xalq, mamlakat ishiga fidoyi, do&#8217;stiga sodiq bo&#8217;lishi kerak. Bilimga bo&#8217;lgan mislsiz qiziqishi, yuksak qobiliyati bilan hammani bolaligidayoq hayratga solgan Farhod otasining xazinasidagi ko&#8217;zgu sirini bilish uchun qo&#8217;shin bilan qanchadan-qancha yo&#8217;lni bosadi, devlar, ajdaholar bilan olishadi va maqsadiga erishadi. Shu ko&#8217;zguda u birinchi marta Shirinni ko&#8217;rib, uni sevib qoladi. O&#8217;z mahbubiga erishish yo&#8217;lini izlab, yuz xil mashaqqatlarni boshdan kechirar ekan, tasodifan dengizda uchragan Shopurgina u bilan do&#8217;stlashib, uning mahbubi Arman yurtida yashashini aytadi. Ikki do&#8217;st o&#8217;sha tomon yo&#8217;l olar ekanlar, Shirinning iltimosi va uning ammasi &#8211; Mehinbonu buyrug&#8217;i bilan Arman yurtida tog&#8217; orqali suv olib kelish uchun qora terga botib ariq qaziyotgan kishilarni ko&#8217;rganda Farhod ularning oldidan beparvo o&#8217;tib ketmadi, o&#8217;zining tesha chopish hunari bilan ularga yordam berishga qaror qiladi va deydi:<\/p>\n\n\n\n<p><em>Hunarni asrabon netgumdur, oxir?!<\/em><br><em>Olib tufroqqamu ketgumdur, oxir?!<\/em><\/p>\n\n\n\n<p>Farhod mo&#8217;jizakor teshasi va hunarmandligi bilan aligning tez qazib bo&#8217;linishiga erishadi. Navoiy \u201cXamsa\u201dsining har bir dostonini o&#8217;qiganimizda biz shunday qahramonlar obraziga duch kelamizki, ularni hech shubhasiz sevib qolamiz. Navoiy o\u2018z dostonlarida adolat, ma\u2019rifat, ishq-muhabbat, sadoqat va do&#8217;stlikni ulug&#8217;ladi, zulm-jaholat, zo&#8217;ravonlikni qoraladi. Navoiy uchun hayotdan go&#8217;zal narsa yo&#8217;q, uni sevish va qadrlash kerak:<\/p>\n\n\n\n<p><em>Xush durur bog&#8217;i koinot guli<\/em>,<br><em>Barchadin yaxshiroq hayot guli.<\/em><\/p>\n\n\n\n<p>Navoiy muttasil ijod qilish bilan birga, yoshlikda birga o&#8217;qigan do&#8217;sti Husayn Boyqaro saroyida davlat ishlarini ham olib bordi. Muhrdor, so&#8217;ngra bosh vazir bo&#8217;lganida mamlakatni obodonlashtirish, xalq hayotini farovon etish, oddly mehnatkashlardan olinadigan soliqlarni kamaytirishga alohida ahamiyat berdi; ariqlar qazdirdi, masjid va madrasalar, shifoxona, kutubxonalar qurdirdi. Xalqning turmushini yaxshilash, beklar va amaldorlarning o&#8217;zboshimchaligiga chek qo&#8217;yish uchun harakat qildi. Navoiy xalq orasida katta obro\u2019 qozondi. Shuning uchun zamondoshlari orasida \u201cvaziri ravshanzamir\u201d \u2014 \u201cpok dil vazir\u201d laqabiga sazovor bo&#8217;ldi. Ilm, san\u2019at va adabiyot ahllariga hamisha rahnamolik qildi. Lekin Navoiyning mamlakatni obodonlashtirish, xalq hayotini farovon etish yo&#8217;lidagi urinishlari shoh saroyidagi amalparast, xudbin kishilarga yoqmas edi. Ular Navoiydan qutulish, uning podshoh bilan yaxshi munosabatiga xalal yetkazish yo&#8217;llarini izladilar. 1487-yili qishda Husayn Boyqaro Navoiyni Astrobod hokimi qilib tayinladi. Navoiy ikki yillik hokimlik faoliyati davomida bu chekka o&#8217;lkani obod qilish, madaniy ishlarni yo&#8217;lga qo&#8217;yish, chegaradosh qo&#8217;shni davlatlar bilan munosabatlarni yaxshilash uchun muhim tadbirlarni amalga oshirdi. Tarixiy manbalardan ma\u2019lum bo&#8217;lishicha, Astrobodda Navoiyni zaharlamoqchi bo&#8217;ladilar. Biroq Navoiyning hushyorligi tufayli bu reja amalga oshmaydi. Husayn Boyqaro Navoiyni Hirotga chaqirib oladi va unga bir qancha yuqori mansablarni taklif qiladi. Navoiy barchasini rad etadi. Husayn Boyqaro unga \u201cmuqarribi hazrati sultoniy\u201d \u2014 \u201chazrat sultonning yaqini\u201d degan faxriy unvonni beradi. Navoiy davlat ishlari bilan juda band bo&#8217;lgan vaqtlarida ham hech qachon qalamini qo&#8217;lidan qo&#8217;ymadi. U o&#8217;zini eng avvalo shoir deb bilar, biron kun she\u2019r yozmasdan tura olmas, kuniga yuz, ikki yuz bayt she\u2019r ijod etardi. Navoiy o&#8217;zining o&#8217;lmas asarlarida o&#8217;zbek tilining go&#8217;zalligini, boyligini va qudratini olamga namoyish etdi. Navoiy adabiy merosining katta bir qismini butun umri davomida yaratgan g&#8217;azal, ruboiy, qit\u2019a, tuyuq, muxammas, musaddas, muammo, fard, chiston (she\u2019riy topishmoq) kabi she\u2019r turlari tashkil etadi. Shu xildagi asarlari jamlangan \u201cXazoyin ul maoniy\u201d (\u201cMa\u2019nolar xazinasi&#8221;) devoni qariyb 45 ming misradan iborat. Fors tilidagi she\u2019rlarni shoir vaqtincha, o&#8217;tkinchi ma\u2019nolarini anglatuvchi \u201cFoniy\u201d taxallusi bilan ijod etgan. Shuning uchun ham uning fors tilidagi she\u2019rlar to&#8217;plami \u201cDevoni Foniy\u201d deb ataldi. Navoiy g&#8217;azal va ruboiylarida hayot go&#8217;zalligini, nozik insoniy tuyg&#8217;ularni, tabiatni kuylashga alohida o&#8217;rin berdi. Navoiyning ko&#8217;pgina g&#8217;azallari xalq qo&#8217;shiqlariga aylangan, ulami biz tez-tez radio, televizor orqali tinglaymiz. Navoiy butun ijodini xalq manfaatlari uchun kurashga, kishilarda imon-e\u2019tiqodni mustahkamlashga, inson qadr qimmatini himoya etishga, mamlakatda tinchlik va osoyishtalik o&#8217;rnatishga bag&#8217;ishladi. U bir g&#8217;azalida dunyodagi barcha xalqlarni o&#8217;zaro totuvlikka chaqirib, shunday deydi:<\/p>\n\n\n\n<p><em>Olam ahli, bilingizkim, ish emas dushmonlig\u2019<\/em><br><em>Yor o&#8217;lung bir-biringizgakim, erur yorlig&#8217; ish.<\/em><\/p>\n\n\n\n<p>Navoiy nasriy va ilmiy asarlar ham yaratgan. Uning \u201cLison ut-tayr\u201d (\u201cQush tili\u201d) dostonida bolalar uchun ko&#8217;pgina qiziqarli hikoyatlar bor. Navoiy hayotining so&#8217;nggi yillari ham sertashvish bo&#8217;ldi. U Husayn Boyqaro va uning o&#8217;g&#8217;illari o&#8217;rtasidagi nizo-adovatlarni bartaraf qilishga ko&#8217;p kuch sarfladi. Zamon tashvishlaridan horigan va toliqqan, salomatligi ishdan chiqqan shoir miyaga qon quyilishi natijasida 3-yanvarda vafot etdi. Uni dafn etish chog&#8217;ida maydalab yomg&#8217;ir yog&#8217;ib turgan. Buni tarixchi Xondamir \u201cMakorim ul-axloq\u201d (\u201cYaxshi xulqlar\u201d) kitobida Navoiy vafotiga hatto tabiat ham motam tutdi, deb ta\u2019riflagan. Shoirlar o&#8217;nlab marsiyalar yozishgan. Navoiy o&#8217;zbek adabiyotini jahon yuksakligiga ko&#8217;targan va avlodlarga boy adabiy meros qoldirgan shoir. Uning asarlarini qayta-qayta o&#8217;qiymiz va har gal ulardan yangi-yangi ma\u2019naviy ozuqa olamiz.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>9-fevral. Xurosonning markazi bo&#8217;lgan Hirotda Alisher Navoiy olamga keldi. Navoiyning zamondoshi, tarixchi Mirxondning guvohlik berishicha: \u201cAmir Alisherning bobosi Amir Temurning o&#8217;g&#8217;li Umarshayx bilan ko&#8217;kaltosh (emikdosh, bironani emgan bolalar) edi. Darvoqe, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/alisher-navoiy-1441-1501\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":4074,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[104],"tags":[],"class_list":["post-4150","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bolalar-uchun","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4150","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4150"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4150\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4151,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4150\/revisions\/4151"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/4074"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4150"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4150"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4150"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}