{"id":4155,"date":"2021-10-15T16:31:39","date_gmt":"2021-10-15T13:31:39","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=4155"},"modified":"2021-10-15T16:31:40","modified_gmt":"2021-10-15T13:31:40","slug":"alpomish","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/alpomish\/","title":{"rendered":"\u201cALPOMISH\u201d"},"content":{"rendered":"\n<p>&#8230;Zindonda yotib, Alpom ish Qorajonni ko&#8217;rdi. Qorajon ekanini bilmadi. To&#8217;qson botmon temirdan sovut kiygan, zindonning boshida qarag&#8217;ayday buldurab ko&#8217;rinadi. \u201cBu Qalmoqshohning xabar olib yurgan josuslarida, Alpomishning juda ko&#8217;ngli cho&#8217;kib ketgan ekan, demasin\u201d, &#8211; deb Qorajonga qarab, bir so&#8217;z aytib turgan ekan:<\/p>\n\n\n\n<p><em>Zindonchilar, mendan xabar olasan,<\/em><br><em>So&#8217;zimni shohingga aytib borasan,<\/em><br><em>Men Alpomish, nazarkarda botirman,<\/em><br><em>Botirlikda bu zindonda yotirman&#8230;<\/em><\/p>\n\n\n\n<p>Bu so&#8217;zni eshitib, Qorajonning ko&#8217;ngli buzilib, ko&#8217;zdan yoshi tizilib, jigar-bag&#8217;ri ezilib, \u201cDo&#8217;stim m ard-da, hali ham ko&#8217;ngli cho&#8217;gargan yo\u2018q ekan\u201d, &#8211; deb o&#8217;zini bildirib, bir so&#8217;z aytib turgan ekan:&#8230; Shunday qilib yovuz Shoh Alpomishni zindonga tashladi. Hozircha u zindonda tura tursin. Siz esa endi bu yog&#8217;idan, \u201cAlpomish\u201d dostonining yaratilish tarixidan eshiting. Qadimgi davrlarda yaratilgan \u201cAlpomish\u201d dostoni xalq baxshilarining og&#8217;zaki ijrosida bizgacha yetib kelgan. Xalq baxshilari og&#8217;zidan qirqqa yaqin nusxasi yozib olingan. Bular orasida g&#8217;oyaviy-badiiy jihatdan eng mukammali Fozil Yo&#8217;ldosh o&#8217;g&#8217;lidan yozib olingan nusxasi hisoblanadi. Dostonda tasvirlanishicha, Boysin Qo&#8217;ng&#8217;irotning biylari Dobonbiyning nevaralari va Alpinbiyning o&#8217;g&#8217;illari aka-uka Boybo&#8217;ri va Boysari farzandsiz bo&#8217;ladi. Ular Shohimardon Pir qabrida qirq kecha-kunduz toat &#8211; ibodat qilib farzand ko&#8217;radilar. Boybo&#8217;rining o&#8217;g&#8217;li Alpomish, qizi Qaldirg&#8217;och, Boysarining qizi Barchin yetti yoshga yetganda, aka-uka janjallashib, Boysari Qalmoq eliga ko&#8217;chib ketadi. Yana yetti yildan keyin Alpomish Barchinni izlab Qalmoq eliga boradi va qalmoq alplari bilan yonma-yon turib, Barchinning to&#8217;rt sharti (qirq kunlik yo&#8217;ldan poyga, yoy tortishish, ming qadamdan tanga pulni urush va kurashda to&#8217;qson alpni yiqitish)ni bajarib, uni o&#8217;z yurtiga olib keladi. Qalmoqda qolgan Boysarining mol-mulkini tortib olib, o&#8217;zini cho&#8217;pon qilib qo&#8217;yadilar. Qaynotasini qutqazish uchun ikkinchi marta safarga borgan Alpomish qalmoqlarga asir tushadi va yetti yil zindonda qolib ketadi. Qo&#8217;ng&#8217;irotda esa, Ultontoz hokimiyatni qo&#8217;lga kiritib, Alpomishning yaqinlarini quvg&#8217;in qiladi va Barchinga uylanmoqchi bo&#8217;ladi. Bu paytda oti Boychibor yordamida asirlikdan qutulgan Alpomish yurtiga qaytib keladi. Dostonda taqdir taqozosi bilan ikkiga bo&#8217;linib ketgan bir o&#8217;zbek urug&#8217;ining qayta birlashishini badiiy aks ettirish orqali millat birligi g&#8217;oyalari, uning qahramonona shonshuhrati, el-yurt farovonligi va oila baxti, vatan ravnaqi uchun kurash kuylangan. \u201cAlpomish\u201d dostoni turkiy xalqlaming mushtarak eposi hamdir. Uning namunalari bugungi qoraqalpoq, qozoq, oltoy xalqlari epik an\u2019analarida \u201cAlpamis\u201d, \u201cAlpamis batir\u201d, \u201cAlip-Manash\u201d nomlari bilan doston sifatida, tatar, boshqird xalqlari orasida esa, \u201cAlpomsho\u201d, \u201cAlpamisho va Barsin hiluv\u201d nomlari bilan ertak va rivoyatlar tarzida, aniqrog&#8217;i, oraliq shakllarda saqlanib qolgan va bizgacha yetib kelgan. Hatto Panjikent atroflari, Q ashqadaryo viloyatining Vargonza, Jo&#8217;ynov qishloqlaridan o&#8217;zbek dostonchilik an\u2019analari ta\u2019sirida yuzaga kelgan hamda o&#8217;zgargan tojikcha va arabcha nusxalari ham yozib olingan. Voqealar tizmasi o&#8217;xshash bo&#8217;lgan bu xildagi asarlarning bir necha xalqlarda mavjudligi ularning qadimiy tarixiy-hayotiy asoslari umumiy bo&#8217;lganligini ko&#8217;rsatadi. Biroq ularning har biri keyini! taraqqiyotida o&#8217;zlari mansub xalqning epik an\u2019analari doirasida rivojlandi, og&#8217;zaki ijod va ijro sharoitlarida yashashda davom etdi va keyingi davrlardagina yozib olindi. Shuning uchun ham uning taxmin va nusxalariga ega bo&#8217;lgan har bir xalq unga o&#8217;zining milliy eposi sifatida munosabatda bo&#8217;lishi tabiiy hol. 1999-yil respublikamizda \u201cAlpomish\u201d dostonining 1000 yilligi nishonlandi. Yubiley munosabati bilan uning ko&#8217;plab nusxalari, bu turkumga kiruvchi boshqa dostonlar kitob qilib chiqarildi. Shuningdek, doston tarixini, g&#8217;oyaviy-badiiy xususiyatlarini aks ettiruvchi kitoblar, maqolalar chop etildi, ushbu dostonni va uning qahram onini ifodalovchi nasriy, nazmiy asarlar yaratildi va Termiz shahrida xalq qahram oniga ulug&#8217;vor haykal o&#8217;rnatildi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&#8230;Zindonda yotib, Alpom ish Qorajonni ko&#8217;rdi. Qorajon ekanini bilmadi. To&#8217;qson botmon temirdan sovut kiygan, zindonning boshida qarag&#8217;ayday buldurab ko&#8217;rinadi. \u201cBu Qalmoqshohning xabar olib yurgan josuslarida, Alpomishning juda ko&#8217;ngli cho&#8217;kib ketgan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/alpomish\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":4074,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[104],"tags":[],"class_list":["post-4155","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bolalar-uchun","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4155","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4155"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4155\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4156,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4155\/revisions\/4156"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/4074"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4155"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4155"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4155"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}