{"id":4163,"date":"2021-10-15T19:46:46","date_gmt":"2021-10-15T16:46:46","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=4163"},"modified":"2022-03-22T15:17:20","modified_gmt":"2022-03-22T12:17:20","slug":"rossiyaning-xonliklarga-dastlabki-tajovuzkorona-harakatlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/rossiyaning-xonliklarga-dastlabki-tajovuzkorona-harakatlari\/","title":{"rendered":"Rossiyaning xonliklarga dastlabki tajovuzkorona harakatlari"},"content":{"rendered":"\n<p>Kavkaz, Volgabo\u2019yi, Sibir va O\u2019rta Osiyo ustidan hukmronlik qilish rus podsholarining azaliy orzusi edi. Rossiya podshohi Ivan Grozniy ana shu orzuni amalga oshirishni boshlab berdi. U XVI asr ikkinchi yarmida Qozon, Ashtarxon va Sibir xonliklarini bosib oldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Rus davlati endi afsonaviy boyliklar makoni deb shuhrat topgan O\u2019rta Osiyo mintaqasiga ko\u2019z olaytirib, bu yerdagi mavjud xonliklar haqida keng ko\u2019lamda josuslik ma\u2019lumotlarini to\u2019play boshladi. Bu holat \u201cMoskva savdo kompaniyasi\u201d deb atalgan tashkilotning vakili Antoji Jenkinson boshchiligidagi elchilarning faoliyatida yaqqol namoyon bo\u2019ldi. Antoni Jenkinson Richard va Robert Jonsonlar bilan birgalikda 1558 yilning aprelidan to 1559 yilning 2 sentabrigacha Buxoroda bo\u2019ldi, u yerda Abdullaxon II bilan uchrashdi. Shayboniylar sulolasining salohiyatli va mashhur vakillaridan hisoblangan Abdullaxon rus podshosining elchisi bilan bo\u2019lgan suhbatda Rossiya, Angliya va Turkiy davlatlarining harbiy qudrati, qurol-aslahasi haqida ma\u2019lumot olishga qiziqqan bo\u2019lsa, Jenkisnson va uning hamrohlari Buxoroning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy ahvoli va xalqaro aloqalari haqida imkon qadar ko\u2019proq ma\u2019lumot to\u2019plashga intildilar. Rus davlati bundan keyin ham zo\u2019r berib O\u2019rta Osiyo xonliklari haqida ma\u2019lumot yig\u2019ishda davom etdi. 1620 yilda Ivan Xohlov, 1660 yilda B.A va S.I.Pazuxinlar, 1675 yili esa V.A.Daudov boshchiligidagi elchilarini O\u2019rta Osiyo xonliklariga jo\u2019natdi. Ular Buxoro, Xiva, Urganch va Balxda bo\u2019lishib, o\u2019zbek xonliklarining iqtisodiy-siyosiy va harbiy ahvoli bilan yaqindan tanishdilar. Manbalarda XVII asrda Buxoro va Xiva xonliklarida Rossiyaning 9 elchisi bo\u2019lganligi qayd etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>XVII asr boshlarida rus kazaklari Urganchga xurujlar uyushtirganlar. Rus kazaklarining Urganchga hujum qilib katta o\u2019ljalik bo\u2019lishgani, mahalliy xalqning ularga qarshi kurashgani xususida tarixiy manbalarda ishonchli ma\u2019lumotlar bor. Urganchning rus kazaklari tarafidan bosqin etilishi va Xorazm xalqining tajovuzkorlarga qarshi olib borgan kurashi mashhur tarixchi olim Abulg\u2019ozixonning \u201cShajarai turk\u201d asarida yoritilgan. Jumladan, mazkur asarda shunday deyiladi: \u201cYoyiq teganda yurug\u2019on o\u2019rusning qozoqindin ming kishi saratonning avvalgi kuni g\u2019ofil kelib, Urganchning qal\u2019asiga kirdi. Shaharda ra\u2019iyatdin o\u2019zga kishi yo\u2019q erdi. Xonning o\u2019rdasi kishi chopturdilar. Yetti kunda xon keldi. [Kazaklar] Urganchda ra\u2019iyatdin ming kishini o\u2019ltirdi va ming qiz bilan juvonni oldi. Ming arobagaa yaxshi mollardan yukladi. Bo\u2019z va bo\u2019yog\u2019li, palos va to\u2019n, to\u2019shak-yastuq mundog\u2019 nimarsalarni barchasini o\u2019tga yoqdi. Bularni saranjom qilguncha yetti kun bo\u2019ldi. Andin so\u2019ng [kazaklar] Urganchdin chiqib daryo labiga yurudi. Arab Muhammadxon oldiga borib o\u2019r qazdi va jang qildi. Ikki kun urushtilar, uchinchi kuni jibni zo\u2019r qilib olib, taqi bosib o\u2019tdi. O\u2019rus piyoda, bizning xalq otlig\u2019 ikki farsang yer yuzunda yana o\u2019r qazib jang qildilar. O\u2019rus yuklagan suvini tamom qildi\u2026 o\u2019rus qon icha boshladi. Beshinchi kuni qonni ham tavosutti. O\u2019zbek har yerdan to\u2019p-to\u2019q bo\u2019lib chopdi. O\u2019rusni o\u2019ldurib-o\u2019ldurib qaytdi. Ul arobadan chiqib urushar erdi. Axir arobaning ichindan chiqa bilmadi. Ojiz bo\u2019ldi. Yettilanchi kuni barcha ittifoq birlan choptilar. Arobaga kelgandan so\u2019ng otdin tushib ko\u2019ran ichiga kirib qilichni qo\u2019ya berdilar. Xalq o\u2019ljaga yuzburg\u2019onda o\u2019rus qochib daryo labiga borib Tuq qal\u2019asining quyisida yag\u2019ochdin qal\u2019a solib baliq olib yedida o\u2019lturdi. Arab Muhammadxon borib qabadi. Taqi o\u2019n besh kunda oldi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunday qilib, rus kazaklarining dastlabki talonchilik qutqusi barbod bo\u2019ldi. Keyin Urganchga bostirib kirgan Ataman Nechayev kazaklarining taqdiri ham shunday bo\u2019ldi. Abulg\u2019ozixon yozadi: \u201cBiz dunyoga kelgan yilning avval bahorinda (1603 yil) o\u2019n yetti kishi o\u2019rusg\u2019a savdog\u2019a ketar erdi. Qo\u2019sh Yoyiq teganda ming qozoq o\u2019rus bor ekandi. Yo\u2019lda anga uchray qolur. Ikkisini o\u2019lturur, saqlag\u2019an kishilardin Urganchning xabarin so\u2019rar. Aning birisi turkistonlik ekandur. Ul aytur, Urganchning shahrinda sipohdin bir kishi yo\u2019q edi. Sipohning yaqin o\u2019lturgani otlig\u2019a bir kunlik yo\u2019q edi. Sipohning yaqin o\u2019lturgani otlig\u2019a bir kunlik yo\u2019l. Shaharda tanho ra\u2019iyat turur. Bir tarafi cho\u2019l. Agar cho\u2019l yo\u2019lindin yuz ming lashkar borsa, shaharga kirganda ko\u2019rar. Andin ilgari ko\u2019rmas. Yot yurtli kishi ancha qo\u2019lindan va tilindan kelgan sa\u2019y birlan xushomadni qildi. O\u2019rus muning so\u2019zina firifta bo\u2019lib turkistonlini boshchi qilib, ming kishi kelib Urganchning Mirzo darvozasindin kiribdi\u2026<\/p>\n\n\n\n<p>Otamiz [Arab Muhammadxon] o\u2019rusdin bir kishi qo\u2019ymay qirib ekandur\u201d. XVIII asr boshida esa ana shunday xuruj keng miqyosda amalga oshdi. Bu xuruj Rossiyaning birinchi imperatori Pyotr I davriga boshlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>1713 yilda Ashtarxonga kelgan mang\u2019ishloqlik Turkman savdogi Xo\u2019ja Nafas knyaz Mixail Samonov bilan uchrashadi. Ular tezda o\u2019zaro til topishib ketishadi. Turkman savdogari undan katta va\u2019dalar oladi, Eronning G\u2019ilon viloyati hukmdori bo\u2019lgan, lekin ayrim sabablarga ko\u2019ra Rossiyaga qochib kelib nasroniy diniga o\u2019tgan bu kimsa Xo\u2019ja Nadasni Sankt-Peterburgga taklif qiladi. Xo\u2019ja Nafas bu shaharda cho\u2019qintirilgan yana bir musulmon-knyaz Bekovich-Cherkasskiy bilan tanishadi. Xo\u2019ja Nafas unga Amudaryo sohili oltin qumlarga boyligi haqida gapiradi. U Rossiya uchun oltinning naqadar zarurligini yaxshi anglagani uchun bu haqda Pyotr I ga axborot beradi. Shuning uchun Pyotr I Xo\u2019ja Nafasni shaxsan o\u2019z huzuriga chaqirtiradi. Xo\u2019ja Nafas u bilan qilgan suhbatida qadim zamonlarda Amudaryo Kaspiy dengiziga kelib qo\u2019yilganini, ammo, keyinchalik mahalliy aholi daryoni to\u2019g\u2019on bilan to\u2019sganini va qurigan o\u2019zan ham oltinga boyligini aytadi. Xo\u2019ja Nafasning ma\u2019lumotlarini aynan shu vaqtda Sankt-Peterburgga kelgan Sibir gubernatori Matvey Gagarin ham tasdiqlaydi va Yorkent shahri yaqini Sirdaryo sohilidan olib kelingan oltin namunalarini unga ko\u2019rsatadi. Pyotr I endi maxfiy reja tuzib, bu oltinlarga ega bo\u2019lish uchun ekspeditsiya jo\u2019natishga qaror qiladi. Kapitan Ivan Buxgolts rahbarligidagi birinchi ekspeditsiya Sibir orqali Tobolskdan Irtish daryosi bo\u2019ylab Yorkentga borishi kerak edi. Bu guruh 1715 yilning boshlarida yo\u2019lga chiqib, Yamishchev qo\u2019liga yetib boradi va u yerda istehkom quradi. Ammo, bu yerlarda yashayotgan qalmoq qabilalari ajnabiylarning qal\u2019asiga har tarafdan hujumlar uyushtiravergach, Buxgolts orqali chekinishga majbur bo\u2019ladi. O\u2019rta Osiyo orqali o\u2019tishi kerak bo\u2019lgan ikkinchi ekspeditsiya esa Xiva xonligiga borishi, unga rus gvardiyasini taklif etishi hamda Amudaryoni eski oqimiga burish imkoniyatlarini aniqlashi, so\u2019ng esa Buxoroga o\u2019tib, amirning ham Rossiya panohi ostiga o\u2019tishi ta\u2019minlashi lozim edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu ekspeditsiya podsho gvardiyasi Preobrjensk polka poruchigi Aleksandr Bekovich-Cherkasskiy rahbar qilib tayinlandi.<\/p>\n\n\n\n<blockquote class=\"wp-block-quote is-layout-flow wp-block-quote-is-layout-flow\"><p><em><strong>Mavzuga oid hujjat<\/strong><\/em><\/p><cite>Pyotr I ning Bekovich-Cherkasskiyga yo\u2019riqnomasi<br>&nbsp;<br>1. Amudaryo bir vaqtlari Kaspiy dengiziga qo\u2019yilgan joyda 1000 chaqirimni qamraydigan harbiy istehkom qurilsin. Amudaryo oqimini va to\u2019g\u2019onlarini sinchkovlik bilan o\u2019rganib, imkoni bo\u2019lsa eski yo\u2019lga burib yuborilsin. Suvni Orol dengiziga yo\u2019naltiradigan to\u2019g\u2019onlar buzilsin. Bu ishlarni bajarishga qancha kishi kerakligi aniqlansin.<br>2. Xiva xonligining rus davlati tobeligiga o\u2019tishiga erishilsin hamda bizning manfaatlarimizga xizmat qilish sharti ko\u2019tarsa, harbiy qism qoldirilsin. Agar xon rozi bo\u2019lsa va sharoiti ko\u2019tarsa, harbiy qismni o\u2019zi ta\u2019minlasin. Bordiyu, buni qila olmasa, harbiy qismni bir yil davomida ta\u2019minlash kafolati berilsin, keyingi yillardagi xarajatlar esa uning zimmasiga yuklatilsin.<br>3. Agar Xiva xoni rozilik bildirsa, u vaqtda xon kishilariga ikki rusni qo\u2019shsin va ular Sirdaryo suvi bo\u2019ylab oltin borligini aniqlash uchun Yorkentga jo\u2019natilsin. Shuningdek, xondan savdogarlarimizning Amudaryo bo\u2019ylab Hindistonga borishlari uchun kemalar berishi so\u2019ralsin. Savdogarlar ketayotganlarida quruqlik va suv yo\u2019llarini, daryo va ko\u2019llarini, ayniqsa Hindistonga boradigan yo\u2019lni yaxshi o\u2019rgansinlar va ma\u2019lumotlar to\u2019plasinlar. Agar savdogarlar Hindistonga Kaspiy dengizi orqali boradigan yo\u2019l mavjudligini eshitsalar, u vaqtda shu yo\u2019l bilan orqaga qaytsinlar va ko\u2019rganlarini qog\u2019ozga tushirsinlar.<br>4. Xiva xonidan Buxoro xonligining rus davlati tobeligiga o\u2019tishga xohishi, bor-yo\u2019qligi aniqlansin. Bordiyu bunday istak bo\u2019lmasa, do\u2019stlik munosabatlari o\u2019rnatishga erishilsin.<br>5. Ko\u2019rsatilgan topshiriqlarni amalga oshirish uchun 4000 kishidan iborat muntazam qo\u2019shin va kerakli kemalar ajratilsin. Bundan tashqari, Yoyiq kazaklaridan 1500, eshkakchilardan 500 va otliqlardan 100 kishi berilsin. Ular savdo karvonlarini muhofaza qilish niqobi ostida Ashtarxondan harbiy qal\u2019a va shahar quriladigan joyga, ya\u2019ni Kaspiyning sharqiy qirg\u2019og\u2019iga yuborilsin. Qo\u2019shin komandirlari barcha joylardagi tub aholiga nisbatan xushmuomalada bo\u2019lsinlar. Shaharni qurish uchun zarur bo\u2019lgan asbob va cho\u2019kichlar berilsin.<br>6. Dengiz ofitserlaridan poruchik Kojin va navigatorlardan 50 yoki ko\u2019proq kishi harbiy qismga qo\u2019shilsin. Kojin savdogarlar niqobida ish yuritishi, navigatorlar esa Yorkentga yuborilishi lozim.<\/cite><\/blockquote>\n\n\n\n<p>Pyotr I ning harbiy istehkomlar qurish va shu yo\u2019l bilan Kaspiy dengizining sharqiy qirg\u2019oqlarida rus davlatining ta\u2019sirini o\u2019rnatish haqidagi ko\u2019rsatmasini bajarish uchun u 69 kemada Kaspiy dengizi bo\u2019ylab yo\u2019lga chiqdi. Tikqarag\u2019an degan joydan Manqishloqqa kelib, bu yerda Avliyo Pyotr nomida harbiy istehkom qurdi. Ikkinchi qal\u2019a Krasnovodskda barpo etildi.<\/p>\n\n\n\n<p>1717 yil ko\u2019klamida Bekovich-Cherkasskiy o\u2019z qo\u2019shinining bir qismini yo\u2019l bo\u2019yiga qo\u2019yib, o\u2019zi qolgan askarlari bilan kemada Kaspiy dengizi orqali Guryevga keldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qalmoqlar xoni Ayuka Bekovich-Cherkasskiyni Xivadagi vaziyatdan ogoh qiladi: \u201cMening Xiva xonligiga borib kelgan odamimning guvohligiga ko\u2019ra, 2000 kishidan iborat xivaliklar, qoraqalpoqlar va qozoqlar birlashib, chegara joylarda turibdilar. Ular yo\u2019llardagi quduqlarni ko\u2019mganlar hamda jang qilish niyatidalar. Yo\u2019llarda jazirama issiq oqibatida o\u2019t yo\u2019qligidan rus askarlari og\u2019ir ahvolga tushib qolmasinlar. Vaziyatni batafsil tushuntirish uchun 7 kishini yubormoqdaman\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Bekovich-Cherkasskiy 3000 dan ortiq qo\u2019shin bilan 1717 yil may oyining oxiri \u2013 iyunning boshlarida Guryevdan chiqib, Xiva tomon yurdi. Emba daryosi irmog\u2019ini kechib o\u2019tdi, ikki kundan keyin esa Bagachat degan joyga kelib qo\u2019ndi. So\u2019ngra Dukchon, Mansulmas, Childon, San Durali va Yangisuv singari quduqli manzillarni bosib o\u2019tdi. Biroq, jazirama issiq va o\u2019tlar qovjirab ketganligi sababli qo\u2019shindagi ot va tuyalarni boqish g\u2019oyatda og\u2019ir kichadi. Bekovich-Cherkasskiy Yangisuvga kelgach, tinchlik va do\u2019stlik elchisi sifatida borayotganligini ma\u2019lum qilish uchun Sherg\u2019ozixon huzuriga Mixail Karetovni jo\u2019natdi. Shundan keyin qo\u2019shin yo\u2019lda davom etib, Shershik qudug\u2019i va Qoraqumobod arig\u2019i orqali Oqko\u2019l arig\u2019i bo\u2019yiga keldi. Ko\u2019p o\u2019tmay uning huzuriga Xiva xoni Sherg\u2019ozi nomidan ikki kishi va Karetovning bir odami keldi. Ular on nomidan Bekovich-Cherkasskiyga ot, to\u2019n va turli matolardan iborat sovg\u2019a-salomlarni topshirdi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019z navbatida u ham Xiva elchilariga diplomatik mulozamatlar ko\u2019rsatadi. So\u2019ng qo\u2019shini bilan Xivaga yurishini davom ettiradi. Poytaxtgacha to\u2019rt kunlik masofaga yetishganda Xiva qo\u2019shini ekspeditsiya bilan to\u2019qnashadi. Uch kun davom etgan jang ruslarning harbiy ustunligini ko\u2019rsatadi. Sherg\u2019ozixon bosqinchilarni qurol kuchi bilan yengib bo\u2019lmasligini anglaydi. Xiva hukmdori ruslar huzuriga o\u2019z elchisini yuborib muzokaralar boshlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bekovich-Cherkasskiy o\u2019z navbatida Xiva hukmdoriga o\u2019zining rus davlatinign elchisi ekanligini va qoraqalpoqlar hujumlaridan saqlanish uchun qo\u2019shin bilan kelganligini ma\u2019lum qildi. Oradan ko\u2019p vaqt o\u2019tmay, rus elchilari xonning lashkarboshisi Qulunbek va Nazarxo\u2019ja ismli kishi bilan birga keldilar. Qisqasi, har ikki tomon bir-birlari hujum qilmaslikka ahd qildilar. Sherg\u2019ozixon Eshonxo\u2019ja orqali Bekovich-Cherkasskiyni o\u2019z huzuriga taklif etdi. Nihoyat bunga rozilik bildirgan Bekovich-Cherkasskiy knyaz Mixail Samonov, brigadier Grigoriy Volkov, 700 askar va boshqa kishilar bilan xon huzuriga yo\u2019l oladi. U Pyotr I yorlig\u2019ini, qimmatli egar-jabduq o\u2019ralgan ot, movut, har biri 5 gazdan bo\u2019lgan turli gazlamalar, kallaqand, kumush idishlardan iborat sovg\u2019alarni xonga topshirdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sherg\u2019ozixon do\u2019stona suhbatlar va mehmondorchiliklar uyushtirib kapitan-poruchikni yaqindan tanish, maqsadini anglashga urinadi. Asli Vatani Qabarda bo\u2019lgan Iskandarbek knyaz Golitsinning qizi Mariyaga uylangach, nasroniy diniga o\u2019tgan. Cho\u2019qintirish marosimida Aleksandr Bekovich-Cherkasskiy nomini olgan. Xorijga o\u2019qishga yuborilgan. So\u2019ngra poruchik unvonida Preobrajensk leyb-gvardiya polkiga xizmatga tayinlangan. Podshoning yaqin va ishonchli mulozimiga aylangan. Xivaga yaqinlashganda rafiqasi Mariya va qizlarining Volgada cho\u2019kib o\u2019lgani haqida xabar olgach, dunyoqarashi o\u2019zgargan. U Ollohning qahriga uchraganini sezib, yana musulmonlikka qaytgan. Sherg\u2019ozixon aniqlagan ma\u2019lumotlar asosida Iskandarbekka aylangan. So\u2019ng ularni qirib tashlaydi. Xiva xonining tabirkorligi tufayli birinchi rus ekspeditsiyasi barbod bo\u2019ladi. Rossiyaning Xivaga elchilik niqobida qo\u2019shin yuborgani bu vaqtda Buxoroda katta bezovtalik uyg\u2019otgan edi. Shuning uchun Buxoro xoni Abulfayzxon 1716 yilda Xonquli to\u2019pchiboshi boshliq 61 kishidan iborat elchilarni Peterburgga jo\u2019natadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Elchilar 1716 yilning 22 fevralida Ashtarxonga yetib keldi va komendant M.Chirikovga o\u2019zining ishonch qog\u2019ozini va Abulfayzxonning maktubini topshirdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ayni vaqtda Prussiyada turgan Pyotr I ning Peterburgga qaytishini, keyin esa yo\u2019llarning ochilishini kutgan Xonquli to\u2019pchiboshi 1717 yilning may oyigacha Moskvada qoldi. Uni zodagonlar, amaldorlar va boy-ayonlar ovuntirib turdilar, bazmlariga olib borishdi. Elchiga Rossiyaning boyligi va qudratini namoyish qilishga urinishdi. 17171 yilning 26 iyunida esa uni Peterburgga izzat-ikrom bilan kuzatib qo\u2019yishdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abulfayzxon Pyotr I ga yozgan maktubida ikki davlat orasida do\u2019stlik munosabatlarini o\u2019rnatish va o\u2019zaro savdo-sotiq ishlarini rivojlantirish istagini bildirgan edi. Buxoro xoni o\u2019z maktubida Ashtarxonda ayrim musulmonlarning tuhmatga uchrab, begunoh hibsga olinganligini ta\u2019kidlab, ularning ozod qilinishini iltimos qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1717 yilning 3 iyulida Rossiya hukumatining topshirig\u2019iga ko\u2019ra, Tashqi ishlar mahkamasi xodimi Pyotr Kurbatov Xonquli to\u2019pchiboshining huzurida bo\u2019ldi. Ammo, elchi Buxoro xonining yorliq va maktubini shaxsan Pyotr I ga topshirish lozimligini aytib, podshoning Rossiyaga qaytishini kutdi.<\/p>\n\n\n\n<p>1717 yilning 10 oktabrida Sankt-Peterburgga qaytgan Pyotr I Buxoro elchisini 26 oktabrda qabul qildi. Shohlarga xos odat bo\u2019yicha Pyotr I elchidan Buxoro xonining salomatligini surishtirdi. Shundan keyin Buxorodan keltirilgan sovg\u2019a-salomlar topshirildi. Xonquli to\u2019pchiboshi Abulfayzxonning ishonch yorlig\u2019ini topshirgach, asir etilgan buxoroliklarning ozod etilishini iltimos qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bekovich-Cherkasskiy ekspeditsiyasi halokatidan so\u2019ng o\u2019z rejasidan qaytmagan Pyotr I endi o\u2019z nigohini Buxoroga qaratadi. Shuning uchun podsho va uning vazirlari, xususan, zobitlar elchiga zo\u2019r qiziqish bilan qaradilar. Ular Xonquli to\u2019pchiboshi qachonlardir Orenburg garnizoni kaprali Andrey Rodikov bo\u2019lganini eshitishgan edi. Asir tushib qolgan bu zobit Xivada qul tariqasida sotilgani, Buxoro shahzodasi Abulfayz uni o\u2019z xizmatiga olib, armiyada katta lavozimga qo\u2019ygani tarixini ham bilishardi. Andrey Rodikov o\u2019z darajasiga ko\u2019ra, generaldan ham yuqori unvondagi Buxoro amaldori ekani ham bu qiziqishni oshirgan edi. Sobiq kapral endi Xonquli to\u2019pchiboshi nomida qirq yildan so\u2019ng o\u2019z vatani o\u2019zga yurtning elchisi sifatida turardi. Pyotr I Buxoro elchisi bilan qilgan shaxsiy suhbati uning butun tarixini bilib oldi va unga hurmati oshdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xonquli to\u2019pchiboshi Abulfayzxonning topshiriqlarini bajarib bo\u2019lgach, Buxoroga qaytib ketishi oldidan xotini va qizi Peterburgda umrbod qolmoqchi ekanini podshoga aytganida Pyotr I elchining bu iltimosini qondirgani ham bejiz bo\u2019lmagan. O\u2019z burchiga sodiq bu rus zobitining Buxoro xoniga sadoqati podshoni ajablantirdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Pyotr I Rossiyaning Buxoro bilan yaxshi munosabatda bo\u2019lishi siyosiy maqsadlarda qo\u2019l kelishini yaxshi anglar edi. Shuning uchun u Abulfayzxonga yozgan javob maktubida o\u2019zaro savdo-sotiq aloqalarini yo\u2019lga qo\u2019yishdan mamnunligini bildirdi va bundan buyon Buxoro savdogarlaridan boj-xiroj olinmasligini xabar qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro xonining Rossiyadagi asirlarni ozod qilish haqidagi iltimosi ham ijobat topdi: \u201cO\u2019ta xavfli jinoyat sodir etib, o\u2019lim jazosiga loyiq bo\u2019lgan\u201d buxorolik ikki kishi umrbod surgun qilindi, boshqalari ozod etildilar. Pyotr I Abulfayzxonning Buxoroga \u201cidrokli odam\u201dni elchi qilib yuborish to\u2019g\u2019risidagi iltimosiga alohida e\u2019tibor bilan qaradi. Chunki Buxoro xoni Abulfayzning Pyotr I dan o\u2019z elchisini yuborishni iltimos qilishi rus hukumatining manfaatlariga to\u2019la mos kelar edi. Buxoroga borishga hozirlik ko\u2019rayotgan Florio Beneveni boshchiligidagi elchilik jamoasining taraddudi Abulfayzxon iltimosiga javob bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Rus podshosi Pyotr I huzurida yuqori lavozimda turgan F.Beneveni asli italiyalik bo\u2019lib, \u201cfors va turk tillarini yaxshi bilar, o\u2019ziga topshirilgan elchilik vazifasini bajara oladigan darajada boy tajribaga ega\u201d odam edi.<\/p>\n\n\n\n<p>F.Beneveni boshliq elchilarni jo\u2019natish bilan shaxsan Pyotr I hamda uning eng yaqin yordamchilari: kantsler G.Golovkin va uning o\u2019rinbosari P.Shafirovlar shug\u2019ullanganligi uchun Buxoro xoni Abulfayzxon ham bu tashrifga o\u2019ta qiziqish bilan qaradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Florio Beneveni elchiligining maqsad vazifalari 1718 yilning 13 iyulida imzolangan maxfiy yo\u2019riqnomada ochiq-oydin ko\u2019rsatib berilgan. Yetti moddadan iborat ushbu yo\u2019riqnomada F.Beneveniga o\u2019z safari chog\u2019ida iqtisodiy va geografik ahamiyatga molik yerlarni buxoroliklarga sezdirmasdan eslab qolish, Kaspiyga quyiladigan katta-kichik daryolar va mavjud kemalar, shaharlar va istehkomlar haqida ma\u2019lumot to\u2019plash topshirilgan edi. Bu topshiriqlar ichida uning ham Buxoroda Eron elchilariga ko\u2019rsatiladigan darajada izzat-ikrom bilan kutib olinishiga erishish lozimligi alohida uqtirilgan edi. Bundan tashqari. F.Beneveni Buxoro xonligining qit\u2019alari va qo\u2019shinlarining umumiy soni, armiyasining tuzilishi va ahvoli, boshqarish usuli, Buxoroning Eron, Xiva va Turkiya bilan munosabatlari haqida to\u2019la ma\u2019lumot to\u2019plashi hamda Rossiya va Buxoro davlati o\u2019rtasida savdo-sotiqni rivojlantirishda mavjud imkoniyatlarni aniqlash bilan birga, O\u2019rta Osiyo daryolaridagi oltin zaxiralari haqida ma\u2019lumotlar to\u2019plashi ham lozim edi. F.Beneveniga Buxoro xoniga soqchilik uchun rus gvardiyasini taklif etish va bu ishning oson kechishi uchun Xonquli to\u2019pchiboshining ko\u2019nglini topishi alohida uqtirilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Rus podshosi Pyotr I F.Benevenini jo\u2019natib, xonlikning iqtisodiy, harbiy, fuqarolik va diplomatik ahvoli haqida yetarli tasavvurga ega bo\u2019lmoqchi edi. Chunki Rossiya uchun xavf qudratli Usmonli turk davlati tomonidan kutilgan bo\u2019lib, Turkiyaning Eron hisobiga yanada kuchayishi va O\u2019rta Osiyoga kirib borishi natijasida Rossiyani mushkul ahvolga soliq qo\u2019yishi e\u2019tiborga olingan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Rossiyaning Buxoro bilan \u201cdo\u2019stona\u201d munosabatda bo\u2019lishga urinishi ayni paytda Xiva bilan bo\u2019lgan munosabatlarining uzilishi bilan ham bog\u2019liq edi. Ikkinchi tomondan, F.Beneveniga berilgan yo\u2019riqnoma birmuncha vaqt oldi Eronga yuborilgan A. Volinskiyning vazifalariga juda o\u2019xshar edi. Pyotr I Buxoro va Eronga o\u2019z elchilarini yuborib, diqqatini Sharqqa qaratgan va bu yerlarda Turkiyaning ta\u2019sirini sindirish payiga tushgan edi. Shu tariqa, kerakli ko\u2019rsatmalar olgan F.Beneveni 1718 yilning 13 noyabrida Ashtarxonga yetib keldi va Buxoroga jo\u2019natayotgan Xonquli to\u2019pchiboshi bilan uchrashadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1721 yilning 6 noyabrida F.Beneveni va uning hamrohlari Buxoroga yetib keldilar. Rus elchilarining Buxoroga kelishi ayrim mahalliy zodagonlarga yoqmadi, ular ruslar ta\u2019sirining ortishi o\u2019lzarining mavqelariga futur yetkazishidan xavfsirar edilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu paytda Buxoro xonligida o\u2019zaro urush-talashlar avj olib, mamlakatning boshqaruv tizimi ancha zaiflashgan edi. Xonlikda oliy lavozim \u2013 otaliq mansabini talashib qilingan harakatlar tufayli amaldorlar ikki qarama-qarshi guruhga ajralib qolgan edi. Masalan, Rossiya elchilari Buxoroga kelgach, oradan bir oy o\u2019tar-o\u2019tmas, Farhodbiy otaliq o\u2019ldiriladi va uning o\u2019rnini Muhammad Hakimbiy egallaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Buxorolik amaldorlarning ko\u2019pchiligi Rossiyaga qaraganda Eron bilan yaqin munosabatda bo\u2019lish tarafdori edilar. Shuning uchun ular xon tomonidan Buxoroga keyinroq kelgan Eron elchisini F.Benevenidan oldin qabul qilishiga erishmoqchi bo\u2019ldilar. Ammo, xalqaro nufuzda Eron Rossiya bilan tenglasha olmasligiga aqli yetgan Abulfayzxon F.Benevenini avval qabul qildi. Xon Rossiya salobatiga keragidan ortiq darajada hurmat bilan qarar ediki, buni su\u2019iistemol qilgan takabbur F.Beneveni muqaddas shaharda qabul qilingan odatni buzib yayov emas, otliq kirdi, go\u2019yo bu udumni bilib-bilmaslikka oldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Rossiya elchisi Buxoroda 3 yildan ortiq turdi hamda Buxoro va Xiva davlatining ichki-tashqi siyosati, iqtisodiyoti, tabiiy boyliklari haqida qimmatli ma\u2019lumotlar to\u2019pladi. Bu yumushlarning hammasini bajarish, tabiiyki, juda qiyin edi. Buning ustiga, amaldorlarning ko\u2019pchiligi Beneveniga nisbatan xayrixoh bo\u2019lgan va hatto xonga ham ta\u2019sir etishi mumkin bo\u2019lgan xo\u2019ja Ulfat yordamidan foydalandi.<\/p>\n\n\n\n<p>F.Beneveni Abulfayzxon bilan yakkama-yakka uchrashib, Rossiyaning yordamini taklif etmoqchi edi. Ammo Rossiya elchisi bu niyatga erisha olmadi. Rossiyaga juda katta umid bilan qarasa-da, xo\u2019fyona uchrashuv saroy amaldorlarining shubhasiga sabab bo\u2019lishi mumkinligidan cho\u2019chigan Abdulfayzxon turli zodagon guruhlarning nog\u2019orasiga o\u2019ynaydigan qo\u2019g\u2019irchoq xon bo\u2019lib qolganligini anglab yetgan edi. Ayni paytda Buxoro va Xiva xoni Sherg\u2019ozixon bilan yashirincha til biriktirib, Buxoro taxtiga tajovuz qilishni ko\u2019zlagan siyosatidan xabardor edi. 1721 yilda Sherg\u2019ozixondan norozi bo\u2019lgan bir guruh xivaliklar yordam so\u2019rab Buxoroga keldilar va Abulfayzxon bir necha Urganchga yurish uyushtirdi. Ammo buxoroliklar har safar mag\u2019lub bo\u2019lib, chekindilar. Uch yil davomida xonlikda kechgan bu voqealar, tabiiyki, F.Benevinining nazaridan chetda qolmadi. U imkon topib bu haqda Pyotr I ga ma\u2019lumot jo\u2019natib, bunda asosiy aybdor deb Xiva xoni Sherg\u2019ozixonni ko\u2019rsatdi va mabodo rus qo\u2019shinlari Xivaga kirgudek bo\u2019lsa, Buxoro xoni bundan xursand bo\u2019lishini ma\u2019lum qildi<\/p>\n\n\n\n<p>Sherg\u2019ozixon esa qalmoq va no\u2019g\u2019ay savdogarlaridan Rossiyaning janubga tomon yurishga hozirlik ko\u2019rayotganini eshitgach, vahimaga tushdi va Buxoroga elchi jo\u2019natib, Xivaga xavf solayotgan kulfat ertaga Buxoroning boshiga ham tushishi mumkinligi, shuning uchun o\u2019rtadagi nizoni bartaraf etib, umumiy dushmanga qarshi birgalashib kurashishni taklif qildi. Ammo uning elchilari Abulfayzxonni o\u2019z takliflariga ko\u2019ndira olmadilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Xonlikdagi vaziyatni chuqur tahlil qilgan F.Beneveni Buxoro saltanatining beqarorligi va ayniqsa, ichki ixtiloflar uni bosib olishni osonlashtiradi, degan xulosaga keladi. U o\u2019zining yana bir maxfiy vazifasi mamlakatning oltin zahiralari bilan ham qiziqib, kerakli ma\u2019lumotlarni to\u2019pladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Pyotr I Xonquli to\u2019pchiboshining hikoyasi, Kantemirning \u201cTizim kitobi yoki Muhammad dinining ahvoli\u201d asari va Beneveni axborotlaridan islom dinining mohiyatini, ahamiyatini anglab oldi va undan imperiya manfaatlari yo\u2019lida foydalanish uchun maxfiy reja tuzdi. Bu rejaga ko\u2019ra, imperiya tarkibidagi musulmon o\u2019lkalarida islom ulamolari nasroniy ruhoniylarga qaraganda katta huquq va imtiyozlarga ega bo\u2019lishi lozim edi. Pyotr I ning uzoqni ko\u2019zlab tuzilgan rejasi o\u2019zbek xonliklarini tobe\u2019 qilish uchun qozoqlar dashtida ruslarning ta\u2019sirini kuchaytirish alohida o\u2019rin egallaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu vaqtda, ya\u2019ni XVIII asrning birinchi choragida, ko\u2019chmanchi qozoqlar Yoyiq daryosi va Kaspiy dengizidan Xiva xonligi chegarasigacha bo\u2019lgan ulkan hududda, Katta, O\u2019rta va Kichik juzga bo\u2019lingan holda, istiqomat qilar edilar. Qozoq sultonlari o\u2019rtasidagi o\u2019zaro urushlar ularni tobora zaiflashtirib bormoqda edi. Shu hududda yashagan qalmoqlar ham tez-tez qozoqlar ustiga yurishlar qilar, o\u2019zaro qonli to\u2019qnashuvlar bo\u2019lib turardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qozoqlarga 1723 yildagi ocharchilik juda qimmatga tushdi. Ular nochor bir ahvolda tashqaridan yordam kutdilar. Kichik juz oqsoqoli Abulxayrxon 1730 yilga kelib Rossiya davlatiga murojaat qilib, o\u2019z juzining Rossiya panohiga olinishini so\u2019radi. Kichik juz va boshqa juzlardagi ayrim zodagonlarning qarshiligiga qaramay, Kichik juz 1732 yilda Rossiya imperiyasi himoyasiga o\u2019tdi va Abulxayrxon cho\u2019l orqali O\u2019rta Osiyoga o\u2019tadigan va u yerda qaytadigan rus savdo karvonlarini talonchilik hujumlaridan himoya qilishni o\u2019z zimmasiga oldi. Keyinroq \u2013 1739-1740-yillarda O\u2019rta juz, 1747 yilda Katta juz ham Rossiya tobeligiga olindi. Kichik, O\u2019rta va Katta juzning Rossiya tobeligiga o\u2019tishi bilan rus hukumatining O\u2019rta Osiyo tomon harakat qilishi uchun qulay imkoniyat yuzaga keldi. Rus hukumati topshirig\u2019iga binoan qozoq dashtlarida mustahkam o\u2019rnashib olish va o\u2019zbek xonliklarini bosib olishga tayyorgarlik ko\u2019rish maqsadida ko\u2019plab harbiy qal\u2019a va istehkomlar qurildi. Faqat XVIII asrda qozoq juzlari hududida 46 ta katta va 96 ta kichikroq harbiy qal\u2019a va istehkomlar qurildi va ularga harbiy qismlar joylashtirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Rossiya hukumati o\u2019zining mustabidlik manfaatlari yo\u2019lida o\u2019zbek xonliklarining savdogarlari faoliyatini cheklab qo\u2019yishdan ham toymagan. Bundan tashqari, Rossiya strategik xom ashyo hisoblangan metallarni (mis, qo\u2019rg\u2019oshin va boshqa), ulardan ishlangan buyumlarni O\u2019rta Osiyoga chiqarishni ta\u2019qiqlagan edi. Bunday siyosatdan norozilik Buxoro va Xiva xonlarining Rossiyaga yuborgan elchiliklari faoliyatida katta o\u2019rin egallagan. Ular rus savdogarlari o\u2019zbek xonliklarida erkin savdo qilayotganlarini eslatib, shunday sharoit o\u2019zbek savdogarlariga ham yaratilishi kerakligini Rossiya hukumati oldiga qo\u2019yishgan. Ammo o\u2019zbek savdogarlari bunday cheklashlarga qaramay, tadbirkorlik bilan ish yuritib, Rossiyadan o\u2019z mamlakati mudofaasi uchun zarur xom ashyosi va buyumlarni olib kelishgaan. Ernazar Maqsud o\u2019g\u2019li ana shunday tadbirkorlardan biri edi.<\/p>\n\n\n\n<blockquote class=\"wp-block-quote is-layout-flow wp-block-quote-is-layout-flow\"><p>Mulohaza uchun axborot<\/p><cite>Elchi savdogar<br>&nbsp;<br>Tabiatan iqtidorli, madrasada tahsil olgan, yurt tanigan Ernazar Maqsud o\u2019g\u2019li ham sayohat, ham tijorat maqsadida Rossiya bilan yaqindan tanishadi.<br>Rossiya davlatining arxivlarida Buxoro amirligi ana shu fuqarosining shaxsi va faoliyatiga doir hujjatlar saqlanadi. Hukumat arkonlarning hujjatlarida u dastlab mulla, savdogar va diplomat sifatida tilga olinadi. Rossiya imperiyasi Davlat kengashi va hukumatiga tegishli hujjatlarda, xususan, uning o\u2019limiga oid xabarda Ernazar Maqsud o\u2019g\u2019li \u201cmillatiga shon-sharaf keltirgan\u201d shaxs sifatida ulug\u2019lanadi. Uning 1745 yildan 1780 yilgacha Rossiya bilan bog\u2019langan faoliyatiga nihoyatda yuqori baho beriladi.<br>Xo\u2019sh, bundan 250 yil muqaddam Rossiyada shuhrat qozonib, uning podsholari e\u2019tibori va hurmatini qozongan bu zot kim edi? Biz quyida tijoratni siyosat, shaxsiy foydani yurt manfaati bilan uzviy bog\u2019lab ish yuritgan Ernazar Maqsud o\u2019g\u2019li faoliyatidan ayrim jihatlarnigina yorityapmiz, xolos.<br>1754 yilda Rossiya imperatritsasi Yelizaveta o\u2019z saroyida Sharq ellaridan kelgan bir guruh savdogarlarni qabul qildi.<br>Gvardiya zobitlari yordamida uyushtirilgan davlat to\u2019ntarishi natijasida taxtni egallagan Yelizaveta shijoatli va tadbirkor ayol edi. U xuddi otasi Pyotr I singari Sharq bilan qiziqar, ayniqsa, nodir toshlar, qimmatbaho gavhar va duru javohirlar yig\u2019ishga havasi baland edi.<br>Yelizaveta savdogarlar bilan suhbatlashib, ularning mollarini ko\u2019zdan kechiradi. Uning diqqatini Buxoro savdogari Ernazar Maqsud o\u2019g\u2019li jalb etadi. U boshqa savdogarlarga nisbatan o\u2019zining muomalasi, tavozeliligi, dadil harakatlari va rus tilida erkin so\u2019zlashi bilan ajralib turadi.<br>Buxorolik savdogar Yelizavetadan po\u2019lat va qo\u2019rg\u2019oshin sotib olishga ruxsat berilishini iltimos qiladi. Hamma savdogarlar birinchi navbatda o\u2019z manfaatini ko\u2019zlasa, u o\u2019z mamlakatining mudofaasi uchun zarur narsalarni so\u2019ramoqda edi. Yelizaveta o\u2019zi tanlagan qimmatbaho toshlar uchun qancha to\u2019lash lozimligini so\u2019raganda, Ernazar Maqsud o\u2019g\u2019li hozirjavoblik bilan musulmon savdogarlari odati bo\u2019yicha mollarning eng sarasi avvalo yurt hukmdoriga tuhfa etilishini bayon etib, barchani o\u2019ziga maftun qiladi. O\u2019shanda saroy mulozimlari ham uning tuhfalaridan bahramand bo\u2019lishdi.<br>Ernazar Maqsud o\u2019g\u2019liga imperatritsa uchun zarur mollar ro\u2019yxatini berib, ularni kelasi yilgacha olib kelishini tayinlashadi. U shunday buyurtmalarni saroy amaldorlaridan ham olgan edi. Shundan keyin Ernazar Maqsud o\u2019g\u2019li oddiy savdogar emas, balki Rossiya hukumati a\u2019zolarining shaxsiy ta\u2019minotchisiga aylanadi. Uning o\u2019zi va sheriklari uchun Rossiya bozori bilan birga barcha idoralarning eshiklari ham keng ochildi. U bunday keng vakolat va imkoniyatlardan o\u2019z foydasi uchun emas, balki eng avvalo, vatani manfaatlari yo\u2019lida foydalandi. 1762 yili u Rossiya hukumatidan buxoroliklarning Makkaga haj qilishi uchun Eron orqali emas, balki Ashtarxon orqali o\u2019tishiga ruxsat berilishini iltimos qildi.<br>Yelizavetaning o\u2019limidan so\u2019ng o\u2019tirgan imperator Pyotr III Ernazar Maqsud o\u2019g\u2019li iltimosini qondirishga rozi bo\u2019lib, bu haqdagi farmoniga imzo chekadi. Shundan keyin musulmonlar uchun Makkaga borish yo\u2019li qisqarib, qulay imkoniyatlar tug\u2019ildi.<br>1774 yilda Ernazar Maqsud o\u2019g\u2019li Buxoroning rasmiy elchisi sifatida Ashtarxonga katta karvon bilan yetib keladi. Bojxona xodimlarining hisob-kitobiga qaraganda, u olib kelgan mollarning umumiy hajmi 40 tonnadan ziyod edi. Ernazar Maqsud o\u2019g\u2019li o\u2019z yuklarini kemada keltirgan savdogar Pyotr Volnovoinovga yo\u2019l haqi uchun 1300 so\u2019m to\u2019lagan. Ashtarxon portioning bojxona taftishchilari hay\u2019ati undan Rossiyaga keltirilgan mollari uchun 2 ming so\u2019m boj to\u2019lashni talab qiladi. Ammo Ernazar buni rad etib, Sankt-Peterburgdan maxsus vakolati borligiga ishora qiladi. U o\u2019zinign yaqin odamlarini imperatritsaga mo\u2019ljallangan sovg\u2019a-salomlar va buyurtma mollar biln zudlik ila poytaxtga jo\u2019natadi. Ernazar bojxonadagi da\u2019volarni va o\u2019ziga bo\u2019lgan munosabat haqida kantsler N.Panin nomiga atalib yozilgan maktubni ham qo\u2019shib yuboradi. Javob uni uzoq kuttib qo\u2019ymaydi. Sankt-Peterburgdan imperatritsaning Ernazar Maqsud o\u2019g\u2019lidan hech qanday boj olmaslik va uni zudlik bilan poytaxtga o\u2019tkazib yuborish haqida farmoni keladi.<br>Buxoro elchisi 1775 yil 27 mart kuni Rossiya hukumati boshlig\u2019i kantsler N.Panin tomonidan qabul qilinadi, 5 aprelda esa uni Yekaterina II, valiahd Pavel va xos kishilar hurmat bilan kutib olishadi. Ernazar Maqsud o\u2019g\u2019li elchi sifatida Buxoro va Rossiya o\u2019rtasidagi savdo-sotiqni kengaytirishga oid takliflarini bayob qiladi. U Buxoro savdogarlaridan Rossiyaning Ashtarxon, Orenburg kabi chegara shaharlarda olinadigan boj soliqlarini kamaytirish va Rossiyaning ichkarisidagi shaharlarda erkin savdo qilishga ijozat berilishi so\u2019raydi.<br>1775 yil 25 iyunda Ernazar Maqsud o\u2019g\u2019li vitse-kantsler Osterman qabul qilib, unga Rossiya hukumatining iltimoslarini bayon qiladi. Buxoro elchisi vitse-kantslerning savdo-sotiq yo\u2019llari, ichki va tashqi bozor imkoniyatlari haqidagi barcha savollariga javob beribgina qolmay, Buxoro-Rossiya aloqalarini kengaytirish, yanada rivojlantirishga oid qator takliflarni ham kiritdiki, ularning ayrimlari Davlat kengashi muhokamasiga kiritildi. Tashqi Ishlar hay\u2019ati hujjatlarida Buxoro elchisi shaxsiga doir rus amaldorlari bergan yuksak baholar keltirilgan.<br>Ernazar Maqsud o\u2019g\u2019liga Rossiya hukumati katta sovg\u2019a-salomlardan tashqari, Kaspiy dengizidagi bir kemani shaxsan tuhfa qilib, unga savdogar sifatida imperiya hududida besh yil davomida erkin savdo qilish va qiymati 10 ming so\u2019mgacha bo\u2019lgan mollaridan boj olmaslik huquqini berdi. Unga 15 ming pud temir, 5 ming pud po\u2019lat, 3 ming pud mis sotib olish va Buxoroga yuborishga ijozat berildi. Yana shuni ham aytish kerakki, farmonda ana shu strategik ahamiyatga molik mollardan boj olmaslik haqida ham alohida ko\u2019rsatma bor edi.<br>Imperatritsa o\u2019ziga ikki tonnadan ziyod atir-upa, dorivor giyohlar va turli-tuman attorlik mollari keltirgan Ernazarga minnatdorchilik sifatida Buxoroda o\u2019z nomi bilan ataluvchi madrasa qurish uchun katta pul in\u2019om qiladi.<br>Buxoro elchisiga ko\u2019rsatilayotgan muruvvat va hurmat Rossiyadagi boshqa davlatlarning elchilarini ajablantiradi. Chunki ulardan hech biri imperator saroyida bunday e\u2019tiborga ega emas edi. Xususan, Turkiya sultonining Rossiyadagi vakili shaxsan Ernazar Maqsud o\u2019g\u2019li bilan suhbatlashadi va bu haqda o\u2019z hukmdoriga axborot beradi. Turk sultoni Buxoroga odam yuborib, Ernazarni o\u2019z saroyiga buyuk elchi sifatida jo\u2019natishni iltimos qiladi.<br>Ernazar Maqsud o\u2019g\u2019lining Rossiyadagi nufuzi Buxoro hukumatini undan yanada unumli foydalanish kerakligiga undaydi. 1779 yilda Buxoro hukumati Ernazar Maqsud o\u2019g\u2019lini o\u2019zining Rossiya va Turkiyadagi buyuk elchisi qilib tayinlaydi. Unga g\u2019oyat qaltis va murakkab vazifa topshiriladi. Bu Buxoroning taniqli savdogari, fozil ulamosi va diplomatining hayotidagi yangi vazifa edi.<br>Buxoroning Rossiya saltanati va Turkiya davlatidagi buyuk elchisi Ernazar Maqsud o\u2019g\u2019li zimmasidagi asosiy vazifa o\u2019sha vaqtda musulmon dunyosidagi katta kuch-qudratga ega bo\u2019lgan. Turkiya bilan aloqani mustahkalash bilan bog\u2019liq edi. Shu bilan bir vaqtda, Rossiyada ham Buxoroning tayanch nuqtalarini barpo etish, nufuzli siyosiy-harbiy, savdo va sanoat doiralari bilan ikki tomonlama o\u2019zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlashi zarur edi. Bu ishda Ernazar Maqsud o\u2019g\u2019lining 35 yillik tajribasi, Rossiya hukumat arboblari va shaxsan davlat boshligi imperatritsa Yekaterina II bilan shaxsiy munosabatlari muhim rol o\u2019ynashi lozim edi.<br>1780 yil yanvarida Sankt-Peterburgga yetib kelgan Ernazar Maqsud o\u2019g\u2019lini rus amaldorlari zo\u2019r hurmat-e\u2019tibor bilan kutib olishadi. Yuksak lavozimdagi barcha amaldorlar elchining sovg\u2019a-salomlaridan bahramand bo\u2019lishadi. Shaxsan Yekaterina II unga o\u2019ziga keltirgan Buxoro qovunlari unga Buxoro savdogarlaridan olinadigan bojning kamaytirilganini hamda Makkaga haj qiluvchi musulmonlar uchun barcha qulayliklar va yo\u2019l xavfsizligi ta\u2019minlanganini ma\u2019lum qilishadi.<br>Hukumat boshlig\u2019i graf Nikita Panin Ernazar Maqsud o\u2019g\u2019lini rasman qabul qilib, yuksak martabali mehmon sifatida siylaydi va yaqin kunlarda uni imperatritsa qabul qilishini ma\u2019lum qiladi. Ular Buxoro-Rossiya savdo-sotig\u2019i masalasiga oid qator shartnomalar xususida suhbatlashadilar. Xususan, Ernazar Maqsud o\u2019g\u2019li hukumat boshlig\u2019iga Buxoroda rus savdogarlari erkin yurgani va qator imtiyozlarga ega bo\u2019lgani holda, Buxoro savdogarlari Rossiyada ko\u2019p qiyinchiliklar, ta\u2019qiq va cheklanishlarga duchor bo\u2019layotganini aytib, tegishli choralar ko\u2019rilishini iltimos qiladi.<br>Rus diplomatlari Buxoro elchisi tadqim etgan rasmiy yorliq va maktublarni chuqur o\u2019rganib, Buxoro hukumatining Ernazar Maqsud o\u2019g\u2019liga berilgan katta vakolatlari bejiz emasligini angladilar.<br>Buxoro xonining maktubida, eng avvalo, Rossiya imperatritsasiga hurmat-ehtirom bildirilib, so\u2019ng Turkiya sultonining ismi sharifi yozilgan edi. Bundan, diplomatiya tilida aytilganda, biz uchun birinchi o\u2019rinda Rossiya bilan munosabat masalalari turadi, degan ma\u2019no anglashilardi. Turkiya bilan urush holatida bo\u2019lgan Rossiya Buxoroning Turkiya ittifoqchisiga aylanishi qanday oqibatlarga olib kelishini yaxshi tushungan. Ernazar Maqsud o\u2019g\u2019li esa xuddi shu rus xududidan Turkiyaga o\u2019tishi kerak. Bu Rossiya manfaatlariga mutlaqo zid bo\u2019lgani holda, dini islom markaziga ayanib borayotgan Buxoro uchun g\u2019oyat muhim va zarur edi.<br>Ernazar Maqsud o\u2019g\u2019li zimmasidagi vazifa ana shunday murakkab va nozik edi.<br>Elchi o\u2019zining ko\u2019p yillik tanishlari va aloqalarini ishga soldi. 1780 yil aprelida Yekaterina II Buxoro elchisini rasman qabul qilib, unga va hamrohlariga iltifot ko\u2019rsatdi. Elchi talablaridan ko\u2019pining qabul qilinishi va shaxsiy iltimoslarining bajo keltirilishi ma\u2019lum qilindi. Imperatritsa Buxoro fuqarolarining Rossiya orqali Makkaga haj safariga borishlari uchun sharoit yaratilishini va Buxoroga mis sotishga ruxsat berilishini ham aytdi. Yekaterina II Ernazar Maqsud o\u2019g\u2019lini Turkiyaga yetib borishi uchun faxriy soqchilar ajratilganini ham ta\u2019kidladi. Shu tariqa Buxoro elchisiga nisbatan imperatritsaning hurmati Rossiya manfaatlaridan ustun keldi. Yana shu ham diqqtga sazovorki, Rossiya hukmdori Buxoroga yo\u2019llagan javob maktubida Ernazar Maqsud o\u2019g\u2019li imperator saroyida o\u2019z odami ekanligi bois, Buxoro xonining iltimoslari bajo keltirilajagini alohida ta\u2019kidladi. Shu bilan Yekaterina II hukumati Buxoro elchisiga bo\u2019lgan buyuk hurmat va e\u2019tiborini oshkora namoyish qilgan edi.<br>Rossiya bunga qadar hech qanday davlat elchisiga bunday marhamat ko\u2019rsatmagan edi. Rossiya tashqi siyosatini yurgizuvchi idoralarning hujjatlarida u \u201cRossiya bilan yaqinlashishni dildan istaydigan kishi\u201d ekanligi, \u201caqlli, ayyor va tadbirkor\u201d savdogar hamda \u201cjuda tavozeli va bilimdon\u201d ulamoligi ko\u2019rsatiladi. Elchi panohida Makkaga ketayotgan ko\u2019pgina musulmonlar ham rus soqchilari kuzatuvida Turkiya hududiga yetib olishadi. Turkiya sultoni Ernazar Maqsud o\u2019g\u2019lini hurmat bilan qarshi oladi. O\u2019rtada Buxoro va Turkiya munosabatlariga oid suhbatlar bo\u2019lib o\u2019tadi. Suhbatlarning mazmuniga doir hujjatlar XVIII asrdgi musulmon olami, davlatlari va siyosati haqida qimmatli ma\u2019lumotlar beradi.<br>Manbalarda Ernazar Maqsud o\u2019g\u2019li \u201cBuxoro savdogari, karvonboshi, mull ava elchi\u201d, \u201cmillatiga sharaf keltirgan\u201d, uning obro\u2019sini chet ellarda ko\u2019rsatgan ajoyib inson sifatida ta\u2019riflanadi.<\/cite><\/blockquote>\n\n\n\n<p>XVIII asr oxiri va XIX asr boshlaridagi Rossiya-Turkiya urushi, Rossiya-Fransiya munosabatlarining keskinlashuvi va Napoleonning Rossiyaga yurishi Rossiya hukmron doiralarining e\u2019tiborini O\u2019rta Osiyodan biroz chalg\u2019itdi. Taxtga Nikolay I (1825-1855) chiqqach, vaziyat o\u2019zgardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qo\u2019qon xoni Muhammad Ali (1822-1842) ning Rossiya tarafidan uyushtirilayotgan ig\u2019vogarliklardan jiddiy tashvishlanib, o\u2019z elchilarini Rossiyaga yuborgani bejiz emas edi. 1825 yilda Toshkent qushbegi xon nomidan Soatbek Sultonbekovni Sibirga elchi qilib jo\u2019natadi. Elchi Omskda rus ma\u2019murlari tomonidan qabul qilinadi va Qushbegi tomonidan Sibir general-gubernatori nomiga yozilgan maxsus xatni topshiradi. Xatda, jumladan, shunday deyiladi: \u201cQadim zamonlardan beri Irtish daryosining bu tomonini biz, narigi tomonini Rossiya nazorat qilar edi. Lekin hozir biz olgan ma\u2019lumotlarga qaraganda, rus Irtishdan bu yoqqa o\u2019tib, bizning dindoshlarimiz yerida qurilishlar olib bormoqdalar. Shu munosabat bilan bizning xonimiz siz janobi oliylariga ushbu xatni yozishni va bu qurilishlarning sababini so\u2019rashni buyurdilar: Siz buni o\u2019z ixtiyoringiz bilan qilayotirsizmi, yoki oliy hazrat buyrug\u2019iga muvofiq bajaryapsizmi? O\u2019z hukmdorimga batafsil axborot berishim uchun meni shu to\u2019g\u2019rida xabardor qilishingizni so\u2019rayman\u2026 Bundan tashqari, ma\u2019lum qilamanki, ruslar bizning daavlatimizda savdo ishlari bilan ba\u2019zan ikki yillab qolib ketadi, lekin biz ularni dinimizga kirishga majbur qilmaymiz. Shunday ekan, sizlar nega bizning dindoshlarimizni o\u2019z fuqarolingizni qabul etishga majburlaysiz? Oldingizga biror kimsa iltimos bilan kelsa, fuqarolingiz va dingizga kirishni shart qilib qo\u2019yasiz? Biror kimsa ko\u2019chib borishga joy so\u2019rasa, yana shu shartni qo\u2019yasiz? Shu bois sizdan buning sababini menga ma\u2019lum qilishingizni so\u2019rayman, toki biz ham bularga qarshi kerakli chora ko\u2019raylik\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Xatdan Rossiyaning tajovuzkorona siyosatiga ochiq norozilik bildirilgani yaqqol ko\u2019rinib turibdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Omsk viloyat boshlig\u2019i polkovnik Bronevskiy Sibir general-gubernatorining topshirig\u2019iga binoan Toshkent qushbegisiga javob xati yozib elchiga topshiradi. Mazkur javob xatida shunday deyiladi: \u201cKo\u2019p asrlardan beri ulug\u2019 Rossiya imperiyasi qirg\u2019iz-qozoq xalqlariga va shimol dengizidan to Qora dengizgacha bo\u2019lgan katta-kichik qabilalarga homiylik qilib keraldi. Lekin qozoq cho\u2019li savdo bojidan tashqari, Qo\u2019qon hukmdorlariga soliq to\u2019lagani, unga bo\u2019ysunganini hech kim bilmaydi va bu haqda ma\u2019lumot yo\u2019q\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Yuqorida keltirilgan hujjat, o\u2019z mazmuniga ko\u2019ra, qozoq dashtlarida harbiy istehkomlar qurish bilan bog\u2019liq barcha ishlar Rossiya va mahalliy aholining \u201cxohish-irodalariga\u201d ko\u2019ra amalga oshirilayotgani, boshqalarning bunga aralshishga haqli emasligini asoslashga urinish ekanligini ko\u2019rsatadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Rossiya ma\u2019muriyatining ko\u2019rsatmasiga binoan Sibirda joylashtirilgan rus harbiy qismlari XIX asr 30-yillarida Qo\u2019qon xonligi tomonidan Sarisuv daryosi va Ulutovda qurilgan harbiy qo\u2019rg\u2019onlarni buzib tashladi, ustalik bilan Sharq tomondan Qo\u2019qon xonligi hududlariga suqulib kirishini esa davom ettiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shuningdek, Rossiyaning xonliklarga tazyiqi G\u2019arbdan \u2013 Orenburg tomondan ham kuchayib bordi. O\u2019rta Osiyoni qo\u2019lgaa kiritish uchun dastlab qozoq dashtlarini istilo qilish zarur degaan Pyotr I ning vasiyatiga izchil amal qilgan Rossiya imperiyasi qozoq dashtlarida qurgan harbiy istehkom vositasida asta-sekin Xiva hududiga yaqinlashmoqda edi. Imperaiya siyosatini amalga oshirishda muhim rol o\u2019ynagan Orenburg general-gubernatori Vasiliy Perovskiy Xiva xonligini tiz cho\u2019ktirishga kirishdi. U katta qo\u2019shin bilan 1839 yilda Xiva ustiga yurish boshladi. Xiva xoni Olloqulizon ham o\u2019zbek, qozoq va turkmanlardan iborat birlashgan lashkar bilan ruslarga qarshi otlandi. Oxir-oqibat, Perovskiy qo\u2019shini zarbaga uchrab, orqaga chekinishga majbur bo\u2019ldi. Bu g\u2019alaba Rossiyaga qarshi kurash bayrog\u2019ini ko\u2019targaan qozoq istiqlolchilarini ham ruhlantirdi. Uzoq yillardan beri qozoqlarning mustaqilligi uchun jang qilayotgana Kenesari Qosimov harakati keng quloch yoydi. Xiva xoni unga doimo madad berib turdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Kenesari Qosimov o\u2019zaro nizolar oqibatida o\u2019ldirilgach, uning 20.000 kishilik tarafdorlarining ko\u2019pchiligi Qo\u2019qonga, bir qismi Xiva xonligi hududiga o\u2019tib ketgan edi. Bu qozoqlar endi Rossiya asoratida qolgan birodarlariga yordam berish uchun vaqti-vaqti bilan rus qo\u2019shinlariga hujumlar uyushtirib turdi. Bu hujumlar asta-sekin bosqinchilarga qarshi partizanlik urushiga aylana boshladi. Sankt-Peterburgning hukmron doiralari uchun esa bunday harakat kelgusi rejalarini puchga chiqarish xavfini tug\u2019diradi. Xiva qozoqlar mustaqilligi qalqoniga aylandi. Chindan ham xonlik o\u2019zbek va qozoq yigitlarining bosqinchilarga qarshi kurashini har taraflama quvvatladi. Shunday vaziyat vujudga keldiki, endilikda Xiva butun Osiyoda Rossiyaning jiddiy raqibi sifatida tanila boshlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Rossiya podshosi Nikolay I Xiva xonligini bosib olish uchun katta tayyorgarlik ko\u2019rish haqida farmon chiqardi. Bu haqda harbiy vazir graf Chernishev 1840 yil 30 yanvarda Orenburg general-gubernatori Perovskiyga maxsus ko\u2019rsatma berdi. Perovskiy qayta hujumga tayyorgarlik ko\u2019rishga kirishdi. Biroq yangi hujum katta mablag\u2019 va harbiy kuchlarni talab qilardi. Kiyim-kecha, oziq-ovqat, transport vositalari yetishmas edi. Shu boisdan, Nikolay I 1840 yil 19 mayda Xiva xonligiga yangi harbiy yurishni muayyan muddatga kechiktirish to\u2019g\u2019risida farmon berishga majbur bo\u2019ldi. Biroq rus qo\u2019shinlari chegaralarda harbiy istehkomlar qurishni kuchaytirdilar. 1845-1847 yillarda barpo etilgan To\u2019rg\u2019ay daryosi bo\u2019yidagi Orenburg, Irgiz daryosi bo\u2019yidgi Yoyiq, Sirdaryoning Orol dengiziga quyiladigan joydagi Rayim (Orol) qal\u2019alari shular jumlasidandir.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kavkaz, Volgabo\u2019yi, Sibir va O\u2019rta Osiyo ustidan hukmronlik qilish rus podsholarining azaliy orzusi edi. Rossiya podshohi Ivan Grozniy ana shu orzuni amalga oshirishni boshlab berdi. U XVI asr ikkinchi yarmida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/rossiyaning-xonliklarga-dastlabki-tajovuzkorona-harakatlari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2640,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[98],"tags":[],"class_list":["post-4163","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-tarix","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4163","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4163"}],"version-history":[{"count":13,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4163\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22217,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4163\/revisions\/22217"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2640"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4163"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4163"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4163"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}