{"id":4206,"date":"2021-10-16T09:29:24","date_gmt":"2021-10-16T06:29:24","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=4206"},"modified":"2021-10-16T09:29:25","modified_gmt":"2021-10-16T06:29:25","slug":"aristotel","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/aristotel\/","title":{"rendered":"ARISTOTEL"},"content":{"rendered":"\n<p>(miloddan avvalgi 384 &#8211; 322-yillar) Miloddan avval 4-asr boshlarida yunon faylasufi Platon o&#8217;zi tashkil qilgan maktabda shogirdlari bilan suhbatni soya-salqin bog&#8217;da, afsonaviy qahramon Akadem haykali oldida o&#8217;tkazar edi. Shunga ko&#8217;ra, u tashkil etgan maktabni Akademiya deb atay boshlashgan. Platonning shogirdlaridan biri Stagira shahridan edi. U hamma narsani ham to&#8217;g&#8217;ri deb qabul qilavermas, ust\u043ezidan o&#8217;rganganlarini tekshirib k\u043e\u2018rishga harakat qilardi. \u201cPlaton menga do&#8217;st, ammo haqiqat qadriiroq\u201d, der edi u. Bu Aristotel edi. O\u2018rta asr Sharqida Aristotel \u2014 Arastu, Platon esa Aflotun deb atalgan. U vaqtlarda kishilar o&#8217;zlarini o&#8217;rab turgan olam haqida juda oz narsa bilardilar. Aristotel esa imkoni boricha ko&#8217;proq narsa bilishni istardi, o&#8217;sha vaqtda olimlarga ma\u2019lum bo&#8217;lgan bilimlarning hammasini &#8211; tabiat va olam haqidagi bilimlarni yagona fanga jamlashni xohlardi. Shuning uchun u o&#8217;sha davrdagi fanning deyarli barcha sohalari bilan shug&#8217;ullandi. Ko&#8217;p kashfiyotlar qildi, yangi fanlarga asos soldi. Masalan, u yaratgan fanlarning biri meteorologiya &#8211; ob-havo haqidagi fandir. Aristotel birinchilar qatorida Yer va Oy sharga o&#8217;xshash dumaloq shaklga ega ekanligini kashf qildi. U shamol va dengiz oqimlarining kelib chiqishini tushuntirdi, kasalliklarni davolashda yangi vositalarni axtarib topdi, to&#8217;g&#8217;ri fikrlash haqidagi fan &#8211; mantiq asoslarini ishlab chiqdi. Davlat va inson hayoti maqsadlari haqida ham o&#8217;z ta\u2019limotini yaratdi. Lining fikricha, davlatning eng yaxshi shakli o&#8217;rta tabaqa hokimiyatidir. Albatta, Aristotel hamma narsada ham haq emasdi. Masalan, u Yer olamning markazida joylashgan, deb hisoblardi. Aristotel ilm taraqqiyotiga g&#8217;oyat ko&#8217;p hissa qo&#8217;shdi. Tabiatni o&#8217;rganishni istagan olim qanday mehnat qilishi kerakligini ko\u2019rsatib berdi. U birinchilardan bo&#8217;lib hayvonlar ustida tajriba o&#8217;tkaza boshladi, birinchi bo&#8217;lib tabiat hodisalarini muttasil ilmiy kuzatdi, birinchi bo&#8217;lib ilmiy ashyoviy dalillar yig&#8217;a boshladi. Aristotel qadimgi dunyoning buyuk mutafakkiridir. Uning asarlarini o&#8217;rganish, g&#8217;oyalarini targ&#8217;ib qilish va rivojlantirishda O&#8217;rta Osiyo mutafakkirlari juda katta rol o&#8217;ynadilar. Aristotel o&#8217;rta asr Sharqida \u201cBirinchi muallim\u201d, deb atalar edi. Forobiy uning asarlarini mukammal bilishi, u kabi qomusiy bilim sohibi ekanligi sababli \u201cIkkinchi muallim\u201d, \u201cSharq Arastusi\u201d degan buyuk unvonga sazovor bo&#8217;ldi. Abu Ali ibn Sino Aristotel va Forobiyning ilg&#8217;or g&#8217;oyalarini tabiatshunoslik ilmining yangi yutuqlari asosida yanada rivojlantirdi va \u201cUchinchi muallim\u201d degan buyuk unvonga ega bo&#8217;ldi. Aristotelning \u201cOsmon haqida\u201d va \u201cFizika\u201d asarlari yuzasidan Beruniy bilan Ibn Sino o&#8217;rtasida bo&#8217;lib o&#8217;tgan ilmiy munozaralar O&#8217;rta Osiyoda Aristotel merosiga qiziqish yuqori darajada bo&#8217;lganligini va tabiiy-ilmiy bilimlarni rivojlantirishga intilish kuchli ekanligini ko&#8217;rsatdi. Bu munozara ilm tarixida katta ahamiyatga egadir. Munozara birinchi marta O&#8217;zbekiston Fanlar akademiyasida tarjima qilinib, nashr etilgan. Aristotel o&#8217;rta asr Sharqida juda katta obro\u2019 qozondi va ilm-ma\u2019rifatning himoyachisi, bayroqdori bo&#8217;lib tanildi. Uning merosi ma\u2019naviy madaniyatning keyingi taraqqiyotida katta rol o&#8217;ynadi. Aristotel vafotidan so&#8217;ng u asos solgan maktab faoliyatini boshqa faylasuflar davom ettirib, tabiiy-ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>(miloddan avvalgi 384 &#8211; 322-yillar) Miloddan avval 4-asr boshlarida yunon faylasufi Platon o&#8217;zi tashkil qilgan maktabda shogirdlari bilan suhbatni soya-salqin bog&#8217;da, afsonaviy qahramon Akadem haykali oldida o&#8217;tkazar edi. Shunga ko&#8217;ra, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/aristotel\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":4074,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[104],"tags":[],"class_list":["post-4206","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bolalar-uchun","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4206","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4206"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4206\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4207,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4206\/revisions\/4207"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/4074"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4206"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4206"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4206"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}