{"id":4208,"date":"2021-10-16T09:30:16","date_gmt":"2021-10-16T06:30:16","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=4208"},"modified":"2021-10-16T09:30:17","modified_gmt":"2021-10-16T06:30:17","slug":"arktika","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/arktika\/","title":{"rendered":"ARKTIKA"},"content":{"rendered":"\n<p>Yunoncha \u201carktikos\u201d so&#8217;zi \u201cshimoliy\u201d degan ma\u2019noni anglatadi. Shimoliy Muz okeani, uning orollari hamda Yevropa, Osiyo va Amerikaning shimoliy chekkalari Arktika deb ataladi. Uning o&#8217;rtasida, Muz okeanining muzlari ustida Yer o&#8217;qining shimoliy uchi &#8211; Shimoliy qutb bor. Arktikaning janubiy chegarasi Shimoliy qutb doirasiga deyarli to&#8217;g&#8217;ri keladi. Arktikaning quruqlik qismi Rossiya, Kanada, AQSHning Alyaska shtati, Daniya (Grenlandiya oroli) va Norvegiya (Shpitsbergen) davlatlari hududlarining bir qismini o\u2018z ichiga oladi. Materiklar chekkasigacha bo&#8217;lgan qutb yonidagi maydon Markaziy Arktika deb ataladi. Bu yerda bir necha oy mobaynida qutb tunlari davom etadi. Bu davrda faqat yulduzlar, oy va qutb yog&#8217;dusining rang-barang shu\u2019lalari bepoyon maydonlarni yoritib turadi, quyosh esa mutlaqo ko&#8217;rinmaydi. Quyosh dastlab mart oyida ufqda bir lahzagina ko&#8217;rinib qo&#8217;yadi va shu vaqtdan boshlab osmonda uzoqroq turadi. Nihoyat, ko&#8217;zni qamashtiradigan qutb kuni boshlanadi va u ham bir necha oy davom etadi. Arktika yozi sovuq bo\u2018lsa-da (o&#8217;rtacha 1\u2014 3 daraja issiq), baribir Antarktida yoziga qaraganda ancha iliqroq. Arktikaning hamma yerida hayot bor. Yozda sohilda oddiygina shimol gullari ochiladi. Qirg&#8217;oqlarini Golfstrim iliq oqimi suvi yuvib turadigan Kola yarim orolida esa hatto, haqiqiy issiq yoz ham bo&#8217;ladi. Muz okeani suvlarida grenlandiya tyuleni, morj, dengiz quyoni o&#8217;zini juda yaxshi his etadi. Orollar va muz parchalarida oq ayiqlar yashaydi, yozda orollarning dengiz qirg&#8217;og&#8217;igacha tik tushgan qoyalarida minglab dengiz qushlari uya quradi. Bular qushlar bozordir. Ko&#8217;pgina sayyohlar Shimoliy qutbga borishga harakat qildilar. Lekin ularning intilishlari muvaffaqiyatsiz bo&#8217;ldi. Faqat 1909-yilda amerikalik Robert Piri Yerning bu nuqtasiga birinchi bo&#8217;lib qadam qo&#8217;ydi. 1912 yilda rus sayyohi Georgiy Sedov \u201cSvyatoy Foka\u201d kemasida Shimoliy qutbga uyushtirgan birinchi rus ekspeditsiyasi natijasiz tugadi. Ekspeditsiya Shimoliy qutbga yetib bora olmadi, chunki u yetarlicha jihozlanmagan va yaxshi tayyorgarlik ko&#8217;rmagan edi. Georgiy Sedov halok bo&#8217;ldi. Arktika tabiatini muntazam o&#8217;rganish maqsadida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida maxsus Arktika va Antarktika instituti tashkil etildi. Arktikani Skandinaviya mamlakatlari, Kanada, AQSH va boshqa mamlakat olimlari ham muntazam o&#8217;rganmoqdalar. Ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladigan kemalardagi ekspeditsiyalar Shimoliy Muz okeani orqali Murmansk va Arxangelsk portlaridan Uzoq Sharq portlariga eng qisqa yo&#8217;lni o&#8217;rgandilar va o&#8217;zlashtira boshladilar. Biroq Arktika den gizlarida kemalar faqat yoz oylarida suzib yurishi mumkin, chunki yilning ko\u2018p qismida u dengizlarning yuzi qalin muz bilan qoplangan bo&#8217;ladi. Shimoliy dengiz yo&#8217;li orqali kemalar qatnovi mavsumini uzaytirish va kema karvonlarini bemalol olib o&#8217;tish maqsadida 60-70-yillarda atom muzyorar kemalari qurildi. Lekin kemalar suzib o&#8217;tishi uchun faqat qirg&#8217;oq bo&#8217;ylaridagina emas, balki butun Arktikada ob-havo holati, muzlarning siljishi, dengiz oqimlari to&#8217;g&#8217;risidagi hamma ma\u2019lumotlarni bilish lozim. Arktika dengizlari ko&#8217;proq Rossiyaga qarashli bo&#8217;lganligidan uni asosan rossiyalik tadqiqotchilar o&#8217;rgandi. Shimolda qahraton sovuq, qor bo&#8217;ronlari, qutb tunlari bo&#8217;lishiga qaramay ruslar Arktika tabiatini hozirgacha muntazam o&#8217;rganib kelmoqdalar. Arktikaning barcha rayonlarida qishlab qoladigan olimlar doimiy kuzatishlar olib boradilar. Ular har kuni ob-havo va okeanning holati to&#8217;g&#8217;risida radio orqali axborot berib turadilar. Bu axborotlardan butun dunyoda foydalaniladi. Arktika havosi ayniqsa qish oylarida O&#8217;zbekiston hududiga bemalol yetib keladi. Qutbchilar qishlab qolmaydigan ko&#8217;chma muzlarda 1955-yildan boshlab har yili avtomat stansiyalar o&#8217;matiladi. Ular muzlarning siljishini va ob-havoni kuzatib turadi. Qutbchilar Arktikaning ko&#8217;pgina sirlarini, masalan, Shimoliy qutb rayonida hech qanday oral va umuman quruqlik yo&#8217;q ekanini aniqladilar. Keyinchalik boshqa qutb tadqiqotchilari Muz okeanining tubida 1800 kilometr uzunlikdagi baland tog&#8217; tizmasini topdilar. Arktika foydali qazilmalarga boy. U yerda toshko&#8217;mir, qo&#8217;ng&#8217;ir ko&#8217;mir konlari, rangli va nodir metall rudalari, neft qazib olinmoqda. Endilikda Arktika oppoq sahro emas. Muz okeani sohillarida dengiz portlari, shahar va shaharchalar qad ko&#8217;targan. Shimoliy dengiz yo&#8217;lida kemalar qatnovi yil sayin avj olmoqda. Bugungi kunda yozda ham, qishda ham kemalar karvoni to&#8217;xtamaydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Yunoncha \u201carktikos\u201d so&#8217;zi \u201cshimoliy\u201d degan ma\u2019noni anglatadi. Shimoliy Muz okeani, uning orollari hamda Yevropa, Osiyo va Amerikaning shimoliy chekkalari Arktika deb ataladi. Uning o&#8217;rtasida, Muz okeanining muzlari ustida Yer o&#8217;qining &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/arktika\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":4074,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[104],"tags":[],"class_list":["post-4208","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bolalar-uchun","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4208","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4208"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4208\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4209,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4208\/revisions\/4209"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/4074"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4208"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4208"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4208"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}