{"id":4214,"date":"2021-10-16T09:32:47","date_gmt":"2021-10-16T06:32:47","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=4214"},"modified":"2021-10-16T09:32:48","modified_gmt":"2021-10-16T06:32:48","slug":"arslon","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/arslon\/","title":{"rendered":"ARSLON"},"content":{"rendered":"\n<p>Afrika savannasi uzra qorong&#8217;ulik tushgan. Qishloqdagi odamlar shirin uyquda, echki va qo&#8217;ylar qo&#8217;raga qamalgan, bog&#8217;langan ot va tuyalar mudramoqda. Birdan dahshatli o&#8217;kirish hamma yoqni larzaga keltirib yubordi. Odamlar o&#8217;rinlaridan sapchib turishdi, jonivorlar tipirchilab qolishdi. Boyagi dahshatli o&#8217;kirish yana takrorlandi, demak, hayvonlar podshosi \u2014 arslon ovga chiqibdi. Axir uni hayvonlar podshosi, sher deb bekorga atashmagan. Kuch-qudrat, chaqqonlik va dovyuraklikda arslonga teng keladigani yo&#8217;q. U yashirinmaydi, o&#8217;z o&#8217;ljasiga panadan pisib hujum qilmaydi. Arslon men ovga chiqdim, hoy hayvonlar, o&#8217;zingni ehtiyot qil, deb ochiqchasiga ogohlantiradi. Yovvoyi cho&#8217;chqa va yo&#8217;l-yo&#8217;l zebra, tezchopar va bahaybat buyvol, ehtiyot bo&#8217;l! Uzoq vaqt arslonlar chindan ham Afrika savannalarining hokimi bo&#8217;lgan. Mahalliy aholi esa bu yirtqichni ahyon-ahyonda ovlagan. Ammo qurolli odamlar paydo bo&#8217;lgach, arslonning kuch-qudrati ham, chaqqonligi ham, dovyurakligi va yashirinishdagi uddaburonligi ham yordam bera olmadi. Oradan ko&#8217;p vaqt o&#8217;tmay, arslonlarni deyarli butunlay qirib tashlashdi. Hozir arslonlar Markaziy Afrikaning ayrim rayonlarida va qo&#8217;riqxonalarda, shuningdek, juda oz miqdorda Hindistonda saqlanib qolgan. Dastlab arslonlar qirib tashlansa, tuyoqli hayvonlar ko&#8217;payadi deb o&#8217;ylashgan edi. Aslida esa aksincha bo&#8217;lib chiqdi. Ma\u2019lum bo&#8217;lishicha, arslonlar eng avvalo kasalmand, nimjon hayvonlami tutib yeyar ekan va shuning uchun yuqumli kasalliklar keng tarqalmas ekan. Endilikda arslonlar saqlanib qolgan joylarda ularni ov qilish taqiqlangan. Faqat maxsus ruxsatnoma bo&#8217;yicha hayvonot bog&#8217;lari uchun tutish mumkin. Arslonlar tutqunlikka tez ko&#8217;nikadi va hatto shunday sharoitda ham bolalaydi. Yangi tug&#8217;ilgan bolalari (ular odatda uchta bo&#8217;ladi) juda kichkina, uzunligi 30 santimetrga yaqin, olachipor tusda bo&#8217;ladi, katta bo&#8217;lganda esa terisi bir xil rangga kiradi. Arslonning tanasi ikki metrga, dumi to&#8217;qson santimetrga yaqin. Katta hamda o&#8217;tkir panja timoqlari yurganda teri ichiga tortilib kiradi. Arslonning juni qisqa, erkagining bo&#8217;yni va ko&#8217;kragini yol qoplagan bo&#8217;ladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Afrika savannasi uzra qorong&#8217;ulik tushgan. Qishloqdagi odamlar shirin uyquda, echki va qo&#8217;ylar qo&#8217;raga qamalgan, bog&#8217;langan ot va tuyalar mudramoqda. Birdan dahshatli o&#8217;kirish hamma yoqni larzaga keltirib yubordi. Odamlar o&#8217;rinlaridan sapchib &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/arslon\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":4074,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[104],"tags":[],"class_list":["post-4214","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bolalar-uchun","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4214","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4214"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4214\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4215,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4214\/revisions\/4215"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/4074"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4214"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4214"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4214"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}